Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Passivlarni boshqarish nazariyasi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Passivlarni boshqarish nazariyasi
quyidagi qoidalarga asoslanadi: 
Birinchidan
, tijorat banklarining likvidligi muammosini hal 
qilishga kapital bozoridan pul mablag‘larini jalb etish orqali erishish 
mumkin. Bu qoida g‘arb davlatlari amaliyotida o‘z tasdig‘ini va amaliy 
qo‘llanishini topgan. 
Ikkinchidan,
tijorat banki o‘z likvidligini federal zaxira tizimi
bank-korrespondent, yevrovaluta bozorida ssudalariga murojaat etish 
yo‘li bilan ta’minlanishi mumkin. 
Tijorat banklari aktiv va passivlarni boshqarish nazariyalarini 
amaliyotga qo‘llayotganda doimo daromadlilik, likvidlik va to‘lovlilik 
o‘rtasidagi muvozanatni saqlashlari lozim. 
Bank passivlarini boshqarishdan asosiy maqsad – bankka daromad 
keltirmaydigan mablag‘lar miqdorini qisqartirish va «arzon» mablag‘lar 
jalb qilish orqali bank daromadliligini yuqori darajaga ko‘tarishdir. 
Demak, aktivlar va passivlarni boshqarishning muhim vazifasi eng past 
xatar darajasi asosida foiz tushumlari bilan foiz to‘lovlari o‘rtasidagi 
barqaror farqni ta’minlashdir. 
Nazariy jihatdan aktivlar va passivlarni boshqarishni alohida-alo-
hida o‘rganish mumkin. Lekin amaliyotda ular bir-biriga uzviy bog‘-
langan. Chunki balansning passiv qismidan joy olgan mablag‘lar manba-
yini tahlil qilmasdan turib, aktiv operatsiyalarni amalga oshirish mumkin 
emas. Masalan, mijozning kredit talabnomasini qondirish uchun bank 
o‘zining qancha mablag‘i mavjud ekanligini, agar zarur bo‘lsa, qancha 
miqdorda depozit mablag‘i jalb qilishi kerakligini aniqlashi lozim. 
Bank boshqaruvchisi aktivlar va passivlarni boshqarish orqali 
quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
aksionerlar va omonatchilarni himoya qilish; 
naqd pulga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida likvidlikni 
ta’minlash, shu bilan bir qatorda, harakatsiz aktivlarni investitsiyalarga 
yo‘naltirish; 
daromadlilikni oshirish maqsadida jalb qilingan va kreditga 
berilgan mablag‘lar o‘rtasidagi foiz stavkalari orasidagi farqni boshqarish; 


132
tavakkalchilikning ma’qul darajasi bilan xorijiy valutani ay-
irboshlash operatsiyalaridan daromad olish; 
moliyaviy tavakkalchilikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ka-
pitalning yetarlilik darajasini ta’minlash.
Buning uchun: 
bankning daromadi va xarajati o‘rtasidagi marja spredni orttirish 
va saqlanishini ta’minlash; 
bankning yuqori likvidligini ta’minlash; 
kreditlarning xatar darajasi, qaytishining ta’minlanganlik 
shakllari va daromadlilik darajasi bo‘yicha joylashtirish; 
foiz stavkalarining o‘zgarishini sezuvchan aktivlar bilan shu 
xususiyatga ega passivlarni teng nisbatini ta’minlash lozim. 
Shunday qilib, aktivlar va passivlarni boshqarish uchun quyidagilar 
bajariladi: 
axborotlarni to‘plash; 
ularni tahlil qilish
kredit siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qilish asosida bankning 
kelajakdagi rejalarini belgilash. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə