8
SO„Z BOSHI
Qishloq xo‗jaligining asosiy masalasi bu – qishloq xo‗jaligida ishlab
chiqarishning barqarorligini ta‘minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib
borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga
bo‗lgan ehtiyojini qondirishdir. Bugungi kunda aholi jon boshiga to‗g‗ri
keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yillik iste‘moli 47,3 foizini tashkil
qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari importi yildan yilga kamayib, uning eksport
hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek,
―Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo‗jaligida asosiy kuch bo‗lib, nafaqat
mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz
taraqqiyotini yuksaltirish,
xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har jihatdan obod va
farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga oshirayotganini bugun faxr va g‗urur
bilan, minnatdorlik bilan qayd etamiz‖
1
.
Qishloq xo‗jaligini erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari talabi darajasida
barqaror rivojlantirish uchun qishloq xo‗jaligini yuritishning turli mulk va
mulkchilik shakllarini va tadbirkorlik shakllarini barpo etishning zarurligi, yer-
suv resurslaridan
samarali foydalanish, sug‗oriladigan yerlar maydoni, sifati,
moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalar va
ulardan samarali foydalanish, qishloq xo‗jaligining asosiy va aylanma fondlari
mehnat resurslari bozori, mehnat unumdorligini oshirish, investitsiyalar (kapital
qo‗yilmalar) bo‗yicha davlatning siyosati, qishloqda servisni rivojlantirish,
xarajatlarni
tejash,
mahsulot
va
xizmatlarning
baholarini
belgilash,
raqobatbardoshligini oshirish hamda qishloq xo‗jaligi
korxonalarining
daromadlarini ko‗paytirish yo‗llarini asoslab berish maqsadga muvofiqdir.
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
ta‘kidlaganidek, ―Qishloq xo‗jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv
resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish
orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli
ishlarimiz ham asta-sekin o‗z samarasini bermoqda.‖
2
Agrar-iqtisodiy
islohotlar
va
tarkibiy
o‗zgarishlar
hamda
diversifikatsiyalash natijasida qishloq xo‗jaligida xo‗jalik
yuritishning bozor
11
SH.M. Mirziyoyev Rizq-ro‗zimiz bunyodkori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi xodimlari mehnatini ulug‗lash, soha
rivojini yangi bosqichga ko‗tarish – asosiy vazifamizdir//Xalq so‗zi. 10.12.2017.
2
Usha joyda.
9
shakllariga o‗tildi va mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning salmog‗i oshdi.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarini moliyaviy sog‗lomlashtirish, davlat byudjeti
subsidiyalari orqali kredit tizimidan foydalanish, hosilni sug‗urtalash va boshqa
bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, qishloq xo‗jaligining barqaror va
jadal rivoji uchun bir qancha ishlarni amalga oshirish lozim. Qishloq xo‗jaligi
ishlab chiqarishida innovatsiyalar, zamonaviy texnika va texnologiyalar hamda
xo‗jaligi yuritishning yangicha shakllaridan foydalanish orqali ushbu
muammoni hal etish mumkin.
Shu bilan bir qatorda, qishloq va boshqa ASM
korxonalari mutaxassislarining iqtisodiy tayyorgarlik darajasiga keskin talablar
qo‗yilmoqda. Ushbu talablarga javob berish uchun ―Qishloq xo‗jaligi
iqtisodiyoti‖ fani bo‗yicha chuqur bilimga ega bo‗lish muhim ahamiyatga ega.
O‗zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligida olib borilayotgan iqtisodiy
islohotlar yo‗nalishlarining mazmun va mohiyatini yoritishda O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlarga, O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti asarlariga, Prezident farmon va qarorlariga,
Vazirlar
Mahkamasining qarorlariga asoslanadi. Agrar sohada amalga oshirilayotgan
asosiy iqtisodiy munosabatlarning ahamiyati Respublika Makroiqtisodiyot va
Statistika hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirliklari ma‘lumotlaridan
foydalanib, jadvallar, rasmlar, diagrammalar, grafiklar yordamida yoritilishiga
harakat qilindi.
O‗zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi talablari va
Oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi yo‗nalishlari bo‗yicha o‗quv-uslubiy
birlashmalar
faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bilan
tasdiqlangan (2013 yil 19 apreldagi 128-sonli bayonnomasi hamda №BD-
5230100-4.01 bilan ro‗yxatga olingan) ―Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining
o‗quv dasturi asosida yozilgan bo‗lib, ushbu darslikda o‗qitishning yangi ta‘lim
texnologiyasi, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydanilgan holda har bir
mavzu bo‗yicha maqsadi, mazmuni, mohiyati va ahamiyati yoritilgan hamda
mavzu bo‗yicha nazorat va muhokama uchun savollar,
tayanch iboralar va
foydalaniladigan adabiyotlar ro‗yxati keltirilgan.
―Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining darsligi asosan oliy o‗quv
yurtlarining iqtisodiy ta‘lim yo‗nalishlari talabalari uchun mo‗ljallangan.
Bundan tashqari, qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti muammolari bilan
shug‗ullanuvchi professor-o‗qituvchilar, talabalar, tadqiqotchilar, katta ilmiy
xodim-izlanuvchilar, tadbirkorlar hamda qishloq va suv xo‗jaligi xodimlari ham
foydalanishlari mumkin.
10
Ushbu darslik qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti bilan bog‗liq
muammolar,
masalalar va ularni tarmoq ishlab chiqarishiga joriy etish uchun imkoniyatlarini
kengaytirishga yordam beradi degan fikrdamiz.
Mualliflar ―Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining darsligi sifatida unga
bildirilgan fikr va mulohazalar hamda takliflarni minnatdorlik bilan qabul
qiladilar va ularni keyingi nashrlarga tayyorlash va chop etish jarayonida
inobatga oldilar. Ushbu darslikni chop etilishiga yordam berganlarning
barchasiga samimiy minnatdorchilik bildiradilar.