Zbekiston respublikasi oliy va o


Yaxshidir achchiq haqiqat



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   259
id313213

Yaxshidir achchiq haqiqat

Lek
 shirin yolg„on yomon
 
[1, 27]. 
Erkin Vohidovning ―Kuy avjida uzulmasin tor‖ va ―Dutorim tori ikkidur‖ 
kabi g‗azallarida ham tazod san`atining chiroyli namunalarini uchratishimiz 
mumkin. 
Xulosa qilib aytganimizda, sevimli shoirimiz Erkin Vohidov o‗zining 
she`rlarida mumtoz she`riyatimizda an`anaga aylangan o‗nlab badiiy san`atlar, 
jumladan, tazod san`atining go‗zal namunalarini yaratib, badiiy mahoratini 
namoyish qila olgan. Shuning uchun ham she`rlari kitobxonlar tomonidan tez yod 
olinadi va uzoq vaqt xotirada saqlanib qoladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Vohidov Erkin. Asarlar. Uchinchi jild. Kuz sahovati. – T.: Sharq, 2016.
2.
Vohidov Erkin. Asarlar. Birinchi jild. Bahor tarovati. – T.: Sharq. 2015.

 
 
ERKIN VOHIDOVNING ISTIQLOL YILLARI SHE`RIYATIDA HAJV
Obidaxon FAYZULLAYEVA, 
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (GulDU) 
Erkin Vohidovday buyuk so‗z san`atkori vaqtning zalvorli g‗ildiragi ta`sirida 
yo‗qlik olamiga jisman ketgan bo‗lsa-da, ammo uning ruhi etuk ijod namunalari 
orqali asrlar osha xalqimizning, har bir muxlisining qalbidagi mustahkam o‗rni 
tufayli barhayotlik kasb etishiga shubha qilmasa ham bo‗ladi. Shoir butun umrini 
ijodga baxshida etdi, takrorlanmas san`at asarlari bilan o‗zbek adabiyotiga o‗zining 
tengsiz hissasini qo‗shib bordi. Shoirning istiqlol yillarida yaratgan she`rlari 
orasida hajviy mavzu alohida o‗rin tutadi. Shoirning ―Donishqishloq latifalari‖ 
kabi turkum hajviy she`rlarida mustabid mafkuraning salbiy jihatlari yoritilgan 
bo‗lsa, so‗nggi davrdagi asarlarida ijtimoiy hayotda uchrab turadigan illatlar, inson 
atalmish murakkab tilsimning o‗zligi bilan bog‗liq muammolar aks 
ettirilganligining guvohi bo‗lish mumkin. Xususan, kichik hajmli she`rlarining 
birida:
Bo‗sag‗a 
O‘pmoqqa qo‗lin bermadi, 
ostonani men zor –
O‘pdim. 
Bo‗sag‗a bo‗sag‗a nom – 
olmadi bekor. 
deyish orqali yorning ma‘shuqa eshigi oldidagi intizor holatini va bundan yuzaga 
kelgan poetik mushohadakorlikka guvoh bo‗lish mumkin. Ya`ni, oshiqning 
ma‘shuqasiga atalgan bo‗sasi ostonaga nasib etganligi uchun u ―bo‗saga loyiqlik‖ 
maqomidagi ―bo‗sag‗a‖ nomini olganligi nazarda tutilmoqda. 
Ijodkorning ―Bizlar arra tortmoqdamiz‖ nomli satirik ruhdagi she`rida o‗zi 
o‗tirgan shoxni arralayotgan kishilar obrazi tasvirlangan.


63 
Bizlar arra tortmoqdamiz
Arramizning tishi yo‗q. 
Nega arrang tishi yo‗q, deb 
So‗raydigan kishi yo‗q. 
Bunda jamiyatdagi loqaydlik va o‗z xohishiga qarshi ish qilayotgan, undan 
ham aniqrog‗i, o‗zi yashayotgan jamiyati tanazzuliga xizmat qiluvchi vazifa 
bajarayotgan insonlarning faoliyati nazarda tutilmoqda. Shu tanazzulda o‗zlari ham 
barbod bo‗lishini bilgan kimsalar tishsiz arra bilan o‗z ishlarini bajarmoqdalar. 
Chunki bizlar anoyimas, 
Pishib ketgan ko‗zimiz. 
Arra tushgan o‗sha shoxda 
O‘ltiribmiz o‗zimiz. 
Lekin bu holatda tishsiz arra orqali vaqtni cho‗zishga erishiish va o‗zlarini 
qutqargani keladigan biror qahramondan umidvorlik ma`nosi ham yo‗q emas.
Bugungi ijtimoiy hayotdagi maishiy muammolardan yana biri bo‗lgan 
ayolllarning bordi-keldi, sarpo-surug‗iga ketadigan harajatlarning kattaligini 
tavsiflagan satirik she`rlardan biri ―Shaxmat ustida aytilgan she`r‖ deb nomlanadi. 
Bunda zamona erkaki xotinning yuqoridagi kabi harajatlari uchun ―labbay‖ deb 
turib berolmasa, bunday deyishi uchun esa uning ―pul zavodi‖ bo‗lishi kerakligi, 
bankni o‗marishi yoki bu ish qo‗lidan kelmaganda xotini oldida indamay 
―shalvirab‖ turaverishi kerakligi tavsiflanadi. She`rning xulosasi ham o‗ziga xos: 
...Dunyodan yo‗q bo‗lib ketmaslik uchun 
Men erkak o‗rnida turishim kerak. 
Ya`ni erkaklarning ishini qilib, 
Mazza qilib shaxmat surishim kerak. 
Shaxmat o‗yiniga berilish orqali u mavjud holatga beparvolashadi va o‗z 
vazifasi tashvishlardan chekkaroqda bo‗lish ekanligini his etadi va hokazo. 
Davlat tiliga munosabat xususida juda ko‗p bong uriladi, lekin oddiy holatlar 
va loqaydlik unga bo‗lgan hurmatning yo‗qolishiga sabab bo‗lishi mumkinligi 
haqidagi mulohaza shoirning ―Tayyorada‖ nomli to‗rtligida aks ettirilgan:
Parvoz chog‗i tayyoraning dilbar kelini 
Ko‗k toqini bizga taxti Sulaymon qildi. 
Lekin e‘lon o‗qiganda o‗zbek tilini 
Davlat tili bo‗lganiga pushaymon qildi. 
Bu o‗rindagi ―taxti Sulaymon‖ jumlasi ikki xil ma`noda, biri – barcha 
sharoitlarning muhayyoligi, ikkinchisi esa osmon uzra Sulaymon kabi el qanotida 
parvoz etish ma`nolarida qo‗llanilgan. Misralardagi ―dilbar kelin‖ o‗zbek tilini 
buzib talaffuz qilayotgan ovoz egasi bo‗lib, u davlat tili bo‗lgan o‗zbek tilini 
xorijliklar oldida ham boshqalar orasida ham obro‗sizlantirishdan boshqa ishga 
qodir emasligini isbotlamoqdaligi nazarda tutilmoqda. 
Yana bir she`rida ijodkor yomonga yondoshgan kishining ahvoliga voy 
bo‗lishi, hamisha bunday kimsalardan yiroq yurish zarurligi haqidagi an`anaviy 
fikrni hajv yo‗li bilan yana bir bora eslatadi.


64 
Yomonga yondoshmoq 
oqibat nimadir, 
Sen anglab etmading, 
bilardi jinni ham. 
Shoir bir she`rida majoziy obrazlardan foydalanib, jamiyatdagi o‗zini zo‗r 
deb biluvchi, elga zo‗ravonlik bilan so‗zini o‗tkazishga harakat qiluvchi ayrim 
kimsalarning xulq-atvori xususida fikr yuritadi. Ya`ni, she`rdagi zo‗ravon – 
chigirtka, tog‗ esa butun xalq, yoki insoniyat deyish mumkin.
Zo‗ravon 
Kim der meni mayda hasharot? 
Tepkim xuddi olti yashar ot. 
Qoch, chetga o‗t, yo‗l ber yigitga!- 
Deya tog‗ni tepdi chigirtka. 
Bunda hayot yo‗lida uchrab turadigan shu kabi noraso kimsalar tog‗ kabi 
mahobatli xalqning, insoniyatning iroda kuchi oldida chigirtka misol ojiz qolishi 
tasvirlangan.
Shoirining hayot yo‗li, umr mazmuni haqidagi mulohazalari o‗ziga xos bo‗lib, 
uning tasvirini quyidagi kichik she`rdan anglash mumkin. Unda insonlarning hayot 
tashvishlari bilan shu darajada bandligidan umrning yakunlanib qolganligini ham 
sezmay qolishlari holati «ikki sana aro bir chiziq» tashbehi orqali ifodalangan.
Hayot yo‗li 
Zamon tez, fursat oz, 
Har lahza ziqdir, 
Har lahza ziqligi bilan qiziqdir. 
Hayot yo‗li nadir? Qabr toshida 
Ikki sana aro qisqa chiziqdir. 
Umr har xil holatda tufa xil tashbehlanadi. Shoirning yuqoridagi tashbehi 
ham original poetik topilma deyishga arzirlidir.
Sevimli shoirimizning «San`atning, adabiyotning sharti – barkamollik va 
mukammallikdir», degan fikrlari ijod namunalari xususidagi o‗ziga xos falsafasi 
bo‗lgan. Erkin Vohidov she`riyati barkamolligi bilan barchaga manzur bo‗lgan, 
butun xalqni muxlisiga aylantirgan, hammaga birdek ma‘qul tushgan va sevimli 
bo‗lgan she`riyat desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Uning istiqlol yillari yaratgan 
she`rlari ham badiiy adabiyotning, hayotning asosiy siymosi hisoblangan 
insonning turfa ko‗rinishlari, uning muammolari va malalalarining qaysidir 
ma`nodagi faylasufona echimlariga bag‗ishlangan desak yanglishmaymiz. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Erkin Vohidov. Tanlangan asarlar. – T., Sharq, 2016. - 696 bet. 
2.
Muhammad 
Ali. 
She`riyatimizning 
porloq 
yulduzi. 
(E.Vohidov 
Saylanmasiga so‗zyuoshi). –T., Sharq, 2016. 5-10- betlar.
3.
Yo‗ldoshev Q. So‗z yolqini. –T., G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. 2018. – 504 bet.


65 
4.
Хализев В.Е. Теория литературы. Поезия и проза. М., Высшая школа, 
1999. Стр. 236-239. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə