Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   259
id313213

 
SHE`R AZIZ OLAM ARO
Jasurbek MAHMUDOV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (O`zDSMI)
 
She`r bir ne‟mati uzmodurkim, Tangri taolo oni har kishiga ato qilmamishdur 
va oni aytmoq hunari har kimning qo`lidan kelmamishdur va she`r shoirning izzat 
va davlat ne‟matin hosil qilmoqg`a sabab, balki ikki dunyo manzilati saodatig`a 
vosil bo`lmoqig`a boisdur...(Muhammadrizo Ogahiy. Ta‟viz ul-oshiqiyn” 
debochasidan)
She`r, shoir, shuur, shuaro she`riyat… Inson ehtirosi, qayg`u iztirobi, yaxshi 
dami, yomon kundagi hamdami aynan she`riyatdir. Zero, to`y qilinsa she`rlar 
kuyga solinadi; yor-yor kuylanadi, o`lan aytiladi. Aza bo`lsa ham xuddi 
shuningdek; marsiya o`qiladi. Bayram bo`lsa she`rlar shodasi qator-qator 
yangraydi. Xullas, she`riyat insonga doimo oshno, u bilan hamroh. 
She`r insoniyat olamini tafakkur qilishga, yon-atrofdagi hodisalarga teran 
nigoh bilan qarashga o`rgatadi, uning dunyoqarashini shakllantiradi. Shu sabab 
bo`lsa kerak, payg`ambarlarga vahiy, shoirlarga ilhom keladi, deya shoirlar yuqori 
maqomlarda eslanadi. Bejizga Qur`oni karimda ham ―Shuaro‖ surasi kelmagandir.
Ahmad Tabibiy forsiy devoni debochasida she`r va shoirlik haqida shunday 
yozadi: ―Lekin she`r on nav‘ ne‘mati aziym ast, ki komi har shaxs az on shiriniy 
bagirad va on sifat davlati kubrost, ki tab‘i har inson az vay bahra bapazirad... va 
bisyore azizoni avliyoulloh ham fikri nazm kardaand va niz Shayx Farididdin Attor 
qaddasollohu sirrahu farmudaand, ki nazm: Shoiriy juzvist az payg`ambariy, 
Johilonash kufr xonand az xariy...‖ (lekin she`r shunday ulug` ne‘matdirki, har bir 
shaxs dahani – og`zi uning shirinligidan bahramand bo`ladi, u shunday katta 
davlatdirki, har bir inson tabiati undan o`ziga yarasha bahra oladi, va ko`plab aziz 
avliyoullohlar nazm fikrida bo`lishgan. Shayx Farididdin Attor qaddasollohu 
sirrahu marhamat qiladi: Shoirlik payg`ambarlikdan bir bo`lak, Johillar kufr 
aytishar misli eshak).
Abdurahmon Jomiy o`zining debochasida she`r haqida uzundan-uzoq yozib, 
shunday deydi: ―Bas, she`r fazilatini haddi sonicha ochib berishning iloji yo`q va 
raddiya qo`li bilan uning ko`ksiga itarishning ham imkoni yo`qdir. Zeroki, ―Ana 


58 
afsah‖ (Men fasih so`zliman) bayrog`ining sohibi, ―Ana amlah‖ (men yumshoq 
tilliman) ridosining egasi ―Alayhi minas salovot afzaluha va minat tahiyyoti 
akmaluha (Unga salovot va salomlarning afzali va komili bo`lsin) she`rni yaxshi 
ko`rardi. ―Kashshof‖da nazm mezonining voze‘i, va‘z aytuvchisi, asoschisi va 
she`r me‘yorining rofe‘i – ko`taruvchisi Xalil bin Ahmaddan aniq va haqiqatga 
yaqin rivoyat keltiriladiki, Onhazrat s.a.v mavzun va manzum (she`riy va tartibli) 
so`zlarni juda yoqtirardilar. Ularning tillaridan ko`pgina vaznli, me‘yorli, tartibli 
so`zlar chiqardi. Sahobai kiromlardan (rizvonullohi taolo alayhim ajma‘iyn) biri 
shunday naql qiladi: bir kuni yo`lda avvalu oxirgilarning peshvosi (s.a.v)ning 
yonida o`tirib qoldim. Shunda ular avval o`tgan (qadim) shoirlardan birini nomini 
aytib, marhamat qildilar: - Uning she`ridan biror bayt yod bilasanmi? Bir bayt 
o`qidim. Keyin yana o`qi, dedilar. Yana o`qidim. Yana o`qi dedilar. Yana o`qidim, 
shu zaylda 100 bayt o`qidim...‖ 
Alisher Navoiy tomonidan, ―tab‘i ham xub ermish va nazm aytur ermish‖ 
deb ta‘riflangan Pahlavon Mahmud ruboiylaridan birining tarjimasi shunday 
yangraydi:
Berdim qalamimga so`z, tilim lol etdim.
Orifmanu, qalbimda ajib hol etdim.
So`z davlati sultonlari taslim bo`ldi,
Bu mulkni tafakkur ila ishg`ol etdim. 
(Matnazar Abdulhakim tarjimasi) 
Har bir davrning yetakchi shoirlari, aniqrog`i davr adabiy muhitining 
zalvorli darg`alari bo`ladi. XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshining ana 
shunday peshqadam shoirlardan biri Erkin Vohidov edi. Shoir she`r haqida 
shunday yozadi:
She`r aziz olam aro, 
Menga tiriklik, jon qadar, 
Jon nedir oshiq uchun, 
Jondin aziz jonon qadar. 
She`rdin ayru tonglarim 
Yaldo tuniday zim-ziyo, 
She`r bilan tunlar charog`on 
Xurshidi tobon qadar. 
She`r o`zi jonon emasmu, 
Yondirar hijronida, 
Gohi boqsa bir qiyo, 
Boshim bo`lur osmon qadar. 
Kimki oshiqdur jahonda 
She`rga bo`lgay mubtalo, 
Ishq uchun tengdur gadodan 
To buyuk sulton qadar. 
Shoh Bobur Hindu sori 
Yurdi-yu, shoir va lek 
Yig`ladi Farg`onadin to – 


59 
Mulki Hindiston qadar. 
She`r zulolidan simirdim 
Bir piyola to`ldirib, 
Voh ko`rindi menga har bir 
Qatrasi ummon qadar. 
Nuqta qo`y nazmingga, Erkin, 
Muxtasarlik so`zga zeb, 
Yo`qsa, tong otguncha she`ring 
Bo`lg`usi doston qadar. (1968 yil) 
Darhaqiqat, olam ahli orasida she`r yuksak maqomda. Oliy martabali 
shaxslarning ish stolida ham qaysidir shoirning she`rlari bo`lishi tarixdan ham 
zamonamiz qahramonlaridan ham ma‘lum. O`z davrining mashhur siyosatdonlari 
ham bo`sh qolgan paytlarida qaysidir shoir ijodiga murojaat etishadi. Xulosada 
she`riyat haqida xorijlik adiblarning fikrini keltirsak: 
―She`r shunday bir musiqiylik va u har bir kishining zamirida yashaydi. 
Shekspir (1564-1616)‖.
―She`r bir naqqoshdirki, o`ziga xos tili bor, shunday bir tildirki, o`ziga xos 
naqshi bordir. Mormuntel (1723-1799)‖.
―She`r ta‘rifi va uning tavsifini keltirish shunday mushkil ishki, hozirgacha 
bo`lgan deyarli barcha ta‘rif egalari uni hal etishni oxiriga etkazolmaganlar‖. Gegel 
(1770 - 1831) 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Vohidov E. Sadoqatnoma., - T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1986. 
2.Sharafiddinov X. O‗zbek folklori savollar va javoblarda. O‗quv qo‗llanma. 
Farg‗ona davlat universiteti. 2003. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə