Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV LIRIKASIGA SAYOHAT



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   259
id313213

 
ERKIN VOHIDOV LIRIKASIGA SAYOHAT 
Jamila XOLMURADOVA,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (TAQI) 



55 
Erkin Vohidov oʻquvchilik yillarida sheʼr yoza boshlagan. Ilk sheʼri 14 
yoshida „Mushtum― jurnalida chop etilgan. Shoirning ilk sheʼrlari toʻplami 
boʻlmish „Tong nafasi― kitobi 1961-yil bosilib chiqqan. 1987-yil „Shoiru, sheʼru 
shuur: Adabiy esselar― nomli asari nashr qilingan.
Erkin Vohidov zamonaviy milliy adabiyotida sermahsul ijod qilgan yorqin 
namoyanda sifatida ulug‗lanadi. Adib ijodining juda katta qismini she`riy asarlar 
tashkil etadi. Shu o‗rinda shoirning she`riy to‗plamlarini keltirib o‗tishni lozim 
topdim: „Tong nafasi― (1961), „Qoʻshiqlarim sizga― (1962), „Yurak va aql― 
(1963), „Mening yulduzim― (1964), „Nido― (1965), „Lirika― (196), „Quyosh 5), 
„Palatkada yozilgan doston― (1967), „Yoshlik devoni― (1969), „Charogʻbon― 
(1970maskani― (1972), „Dostonlar― (1973), „Muhabbat― (1976), „Tirik 
sayyoralar― (1978), „Ruhlar isyoni― (1980), „Sharqiy qirgʻoq― (1980), „Kelajakka 
maktub― (1983), „Bedorlik― (1985), „Hozirgi yoshlar― (1986), „Saylanma―(1986), 
„Birinchi jild: Muhabbatnoma― (1986), „Ikkinchi jild: Sadoqatnoma― (1986), 
„Daraxtlar suhbati― (1988), „Iztirob― (1991), „Kuy avjida uzilmasin tor― (1991), 
„Oʻrtada begona yoʻq― (1991), „Yaxshidir achchiq haqiqat― (1992), „Qumursqalar 
jangi― (1993), „Saylanma―(1993), „Birinchi jild: Ishq savdosi― (2000), „Ikkinchi 
jild: Sheʼr dunyosi― (2001), „Uchinchi jild: Umrim daryosi― (2001), „Toʻrtinchi 
jild: Koʻngil nidosi― (2001), „Orzuli dunyo― (2010), „Tabassum― (2012), „Soʻz 
latofati― (2014), „Yangi sheʼrlar― (2014), „Zamin sayyorasi― (2014), „Inson― 
(2015), „Birinchi jild: Bahor tarovati― (2015), „Ikkinchi jild: Yoz harorari― (2015), 
„Uchinchi jild: Kuz saxovati― (2015), „Toʻrtinchi jild: Qish halovati― (2015), 
„Beshinchi jild: Qalb sadoqati― (2018) (proza), „Oltinchi jild: Erk saodati― (2018) 
(proza), „Tabassum― (2017), „Mening yulduzim― (2018), „Tanlangan asarlar― 
(2018), „Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, oʻzbegim― (2017) (Afgʻonistonda 
arab yozuvida chop etilgan), „Arvohlar qoʻzgʻaloni― (original asar nomi „Ruhlar 
isyoni―) (2018) (Afgʻonistonda arab yozuvida chop etilgan), „Dilda ishq 
daryochadir― (2019), „Oʻzbegim― (2019) kabi. 
Uning birinchi she`ri 14 yoshida, 7-sinfda o‗qib yurgan kezlarida chop 
etilgan. U 16 yoshga kirganda «Manzara» nomli she`ri bosildi. Unda tabiat 
go‗zalligi samimiy tasvir etilgan bo‗lsa, ko‗p o‗tmay, u do‗stlariga qarata: 
Istaymanki, xurramlik bo‗lsin, 
Sho‗x qahqaha bog‗lasin qanot. 
Kuy shalola yanglig‗ quyilsin, 
Qo‗shiq bo‗lib tuyulsin hayot, 
- deb, ijodning katta karvoniga o‗zining yaxshi niyati, katta umidi, pokiza qalbi 
bilan kirib keldi. 
Shoirning ―Tong nafasi‖ (1961), ―Qo‗shig‗im sizga‖ (1962), ―Aql va yurak‖ 
(1963), ―Mening yulduzim‖ (1964) kabi to‗plamlariga kirgan ko‗pchilik she`rlari 
uning badiiy tafakkurida ham, poetik uslubida ham o‗sish, ulg‗ayish sezila 
boshlaydi. Endi shoir oddiy hayotiy tasavvurlardan ancha chuqur fikrlash sari 
ko‗tariladi. Ayniqsa, ―Fursat – oltin‖, ―Inson‖ kabi she`rlarida shoirning hayot 
haqidagi tasavvuri yana ham chuqurlashadi. 


56 
U inson haqida madhiya o‗qib: ―Yerni go‗zal qilgani sayin, Go‗zal bo‗lar 
o‗zi ham inson‖, degan xulosaga keladi. Mehnatni, go‗zallikni, ezgulikni 
ulug‗laydi. Xuddi shu davrda shoir ijodida yana bir muhim intilish paydo bo‗la 
boshlaydi. U endi mumtoz adabiyotimiz an`analaridan oziq izlab topadi. Uning 
«G‗uncha», ―Azganush‖, ―Fuzuliy haykali yonida‖ kabi she`rlari bu boradagi 
dastlabki dadil izlanishlari edi. Binobarin, shoir ijodida janr va uslub rang-
barangligi qatori mavzular doirasi ham kengayadi. ―Chirchiq‖, ―Do‗stim‖, 
―Olimlarning rafiqalariga‖ kabi she`rlarida shu holat ko‗zga yaqqol tashlanadi. 
E.Vohidov ijodida g‗azal, qasida, muxammas kabi janrlar shakllanib boradi. U 
mumtoz adabiyotning bu sohadagi tajribalarini boyitish, mukammallashtirishga 
intiladi. Ayniqsa, ―Yoshlik‖ (1969) devoniga kirgan she`rlar bu jihatdan 
e`tiborlidir. 
Shoir xuddi shu davrdan boshlab dunyo kezdi, dunyoni ko‗rdi, dunyoni 
tanidi. Ana shu taassurotlari asosida ―Tirik sayyoralar‖ (1978), ―Sharqiy qirg‗oq‖ 
(1981) kabi yangi she`riy to‗plamlarini tashkil etgan she`rlarini yaratdi. Inson 
taqdiri, uning baxti va kelajagi shoir ijodining mavzuiga aylanadi. Uning 
―Kelajakka maktub‖ (1983), ―Yaxshidir achchiq haqiqat‖ (1992) to‗plamlariga 
kirgan she`rlarida buyuk, pokiza, haqgo‗y va bedor insonni kamol toptirish g‗oyasi 
yetakchilik qiladi. Xuddi shu o‗rinda faylasuf shoirning kelajak haqidagi bashorati 
o‗zining yorqin ifodasini topgan satrlarini chetlab o‗tolmaymiz. Uning «Vatan 
istagi», ―Devona haqgo‗y‖, ―Iztirob‖ kabi she`rlari bu jihatdan alohida ahamiyatli. 
Shoir ―Vatan istagi‖ she`rida sobiq SSSR mavjudligidayoq: 
Bu vatandan bir Vatan qurmoqni istaydir ko‗ngil, 
O‗zni ozod qush kabi ko‗rmoqni istaydir ko‗ngil, - deya bo‗lg‗usi mustaqil 
Vatan – O‗zbekistonni ko‗rishni istadi. 
Shuni ham alohida qayd etish lozimki, shoir she`riyati o‗zining ikki muhim 
xususiyati bilan o‗zga tengdosh shoirlar ijodidan farqlanib turadi. Avvalo, Erkin 
Vohidov – shoir deganda klassik adabiyotimizning ming yillik go‗zal va boy 
an`analarini hozirgi davrda yangi pog‗onaga ko‗tarayotgan falsafiy shoir ko‗z 
o‗ngimizda namoyon bo‗ladi. Qolaversa, inson va jamiyat muammosi shoir 
she`riyatining bosh o‗zagini tashkil etadi. U xoh tabiat haqida, xoh muhabbat 
haqida, xoh paxta va paxtakor haqida, xoh xorijiy mavzuda bo‗ladimi hamma-
hamma o‗rinda jamiyat taqdiri, inson kelajagi haqida o‗zining falsafiy 
mushohadalarini o‗rtaga qo‗yadi. Shoir «Inson» she`rida: 
Sobitu sayyorada inson o‗zing, inson o‗zing 
Mulki olam ichra bir hoqon o‗zing, sulton o‗zing, –
degan xulosaga kelishi ham fikrimizning dalili desa bo‗ladi. 
Erkin Vohidov faqat ijtimoiy-ishqiy she`riyat yaratib qolmay, balki hajviy-
yumoristik she`rlar muallifi hamdir. Uning «Manfaat falsafasi», «Sen menga 
tegma», «Majlis qiling», «Donish qishloq latifalari» kabi she`rlarida ham kamoli 
inson uchun kurash muammosi bosh g‗oyani tashkil etadi. Erkin Vohidov bir qator 
ajoyib dramatik dostonlar muallifi sifatida ham ma`lum va mashhurdir. Xususan, 
uning ―Ruhlar isyoni‖, ―Istambul fojeasi‖ kabi dostonlari o‗zining badiiy 
barkamolligi, o‗tkir dramatik xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Ayni chog‗da 


57 
u mohir dramaturg hamdir. Uning «Oltin devor» asari ko‗p yillardan buyon Hamza 
nomli teatr sahnasidan tushmay kelishi ham shundandir. 
Adabiyot oldidagi ana shu xizmatlari uchun u O‗zbekiston Respublikasi xalq 
shoiri, Hamza mukofoti sovrindori bo‗ldi. 
Erkin Vohidov otashin va xassos ijodkor sifatida xalqimiz qalbida o‗ziga 
mangulikka haykal qo‗ya olgan inson sifatida qadrlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Mirvaliyev C, Shokirova R. O‗zbek adiblari, – Toshkent: G‗.G‗ulom 
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2016. - 436 b.
2.Hozirgi o‗zbek adabiyoti. O‗quv qo‗llanma. – T., Fan va texnologiya
2009. - 416 b.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə