Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   259
id313213

 
 
 
 
KO„NGLIMDASAN, VATAN
!

Qobil KO„BAYEV,
filologiya fanlari nomzodi, 
dotsent
 (GulDU) 
 
Qulluq qil demasman, 
Yurt tuprog‗in o‗p. 
Unga qullar emas, fidolar kerak. 
Uning senu mendek shoirlari ko‗p, 
Buyuk elga endi fidolar kerak.
She`r – ko‗ngil mulki. U yangicha mazmun va shakl kasb etib borar ekan, 
uning tadqiqi va tahlili yuzasidan nazariy qarashlar ham boyib boraveradi. Shu 
boisdan ham bu borada ko‗plab tadqiqot ishlari yuzaga kelgan. She`rga, uning 
asosi bo‗lgan, mohiyatini, hissiy ta`sirini belgilaydigan hodisalarga e`tibor shu 
sababli yanada kuchayadi, ijodkorlarning she`riy namunalariga ham munosabatlar 
o‗zgarib boraveradi.
O‗zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodini mana shunday o‗chovlar 
asosida tahlil va talqin qilish, ayni zamonda, o‗rinli bo‗lar edi. Ma`lumki, o‗tgan 
asrning 60-yillari o‗zbek she`riyati badiiyatini belgilab bergan, 70-80-yillarda 
takomillashgan shoir ma`naviy olami keyingi yillarda esa mumtoz adabiyot 


41 
irmoqlari hamda jahon poeziyasi tajribalari sari yuzlandi. Xususan, ijodiy erkinlik 
darajasi, milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi mafkuraviy yakkahokimlik 
asoratlarini bir qadar cheklab qo‗yganligi, badiiy izlanishlarning falsafiy-
intellektual 
saviyasi 
yuksalayotganligi 
hamda 
shakliy–uslubiy-mazmuniy 
miqyoslar kengayayotganligi shoir izlanishlariga yangi estetik salmoq bag‗ishladi. 
Ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosining ham ma`naviy-axloqiy, ham 
ma‘rifiy tomondan o‗tkaza boshlagan ta`siri shoir ijodida ham o‗chmas iz qoldirdi.
XX asrning ikkichi yarmi, XXI asr boshlari o‗zbek she`riyati, ma`naviyati va 
madaniyatini Erkin Vohidov she`riyatisiz tasavvur qilish mushkul. Negaki, o‗tgan 
asrning 60-yillari o‗rtalarida o‗zbek she`riyatini yangi o‗zanda yuqori pog‗onalarga 
ko‗targan, tizimini jonlantirgan hamda sifat jihatdan yangi bosqichga ko‗targan 
shoir ijodi nisbatan qisqa vaqt oralig‗ida millat tuyg‗u va ongi shuurida tub burilish 
yasaganligini aslo inkor etib bo‗lmaydi. Uning g‗oyaviy-badiiy izlanishlarida ilg‗or 
adabiy-estetik an`analarning ijodiy voqelikni poetik tadqiq qilish tamoyillarini 
belgilab berayotganligi, inson ruhiy olamini teran badiiy inkishof etishga 
moyillikning kuchayib borayotganligi, estetik qadriyatlarni qayta baholash jarayon 
tusini olganligi shundan dalolat beradi. 
Shoirning eng suygan va sadoqatli mavzularidan biri – bu Vatan. Ona yurt 
sha‘ni, shonu shavkati, hurriyati, buyuk tarixi, dunyo taningan va tan olgan 
ajdodlari haqida kuylaganda u o‗zida yo‗q to‗lqinlanib ketadi. To‗lib-toshib she`r 
aytadi. ―O‗zbegim‖, ―Vatan istagi‖, ―Sadoqat‖ singari o‗nlab majmualari
dostonlari, 
she`riy 
turkumlari 
Erkin 
Vohidov 
nomini 
ona 
yurt 
sarhadlaridantashqariga olib chiqdi. Qardosh xalqlarda ham uning muxlislari sonini 
orttirdi. She`r sehri, she`r mehri ko‗ngillarni zabt eta borgani sayin uning 
sarhadlarini kengaytirar ekan. 
Shoirning o‗zi esa ijodiga nisbatan o‗ta talabchan. U shoirlikni mehnat deb, 
qismat deb biladi. Non-tuz ichgan el-yurtning, kindik qoni tomgan tuprog‗ining 
sha‘nini yuksaltirish deb biladi. Vatan haqida yozmagan birorta ham shoir 
bo‗lmasa kerak. Lekin Erkin Vohidovning bu mavzudagi yozganlari, salaflari va 
zamondoshlari nazmini takrorlamaydi. Mana bu misralar ham fikrimizni 
tasdiqlaydi: 
Qutlug‗ istiqlol kunida 
Ey Vatan, bag‗ringda shod, 
Erkin o‗g‗loning bo‗lib 
Yurmoqni istadir ko‗ngil. 
Vatanni kuylamagan shoir shoir emas. Erkin Vohidov Vatani, yurti, millati, 
xalqini yonib, jo‗shib kuylaydi. Har nafasida u haqida o‗ylaydi. U yurtimiz, 
xalqimiz tarixini yaxshi biladi va bundan faxr bilan vatanimizni kuylaydi.
Tarixingdir ming asrlar 
Ichra pinhon, o‗zbegim, 
Senga tengdosh Pomiru 
Oqsoch Tiyonshon, o‗zbegim. 
Vatan va millatga muhabbat tuyg‗usi Erkin Vohido she`rlarining asl 
mohiyatini, mag‗zini belgilaydi. Shoir shu yurt farzandi ekanidan iftixor hissini 


42 
tuyadi. So‗zni qadrlagan, o‗z ona diyorini sevib, xalqiga sadoqat bilan xizmat 
qilgan, Vatanini sidqidildan tarannum etgan shoirni xalqi ham, Vatani ham 
qadrlab, e‘zozlaydi. Mana bu misralar ana shu quvonch izhori o‗laroq yaralgan: 
Vatan, to tanda jonim bor, 
Seningdirman, seningdirman, 
Tanim hok o‗lsa ham sen yor, 
Seningdirman, seningdirman. 
Erkin Vohidov so‗zga zug‗um o‗tkazmaydi. She`rlarining ohangi tabiiy, 
misralarining aksariyati quyma. Uning she`rlari bir o‗qishda yodda qolib ketadi. 
Ayniqsa, uning Vatan haqidagi she`rlarini o‗qigan inson o‗zining yuragidagi
qalbining tub-tubidagi yurt, millat, to‗g‗risidagi fikrlarini o‗qiyotgandek bo‗ladi. U 
odamlarning yuragidagi dard-u o‗ylarini yaxshi biladi, va buni o‗z she`rlarida 
kuyga soladi. Ming-ming yillardan buyon kuylanib kelayotgan Vatan mavzusi 
uning qalamida o‗zgacha joziba topayotganini ham shuning bilan izohlash 
mumkin. Shu bois tuyg‗ularning samimiyligi o‗quvchiga yuqadi: 
Yurt farzandi asli o‗zi yurt bo‗lar, 
Ko‗zi chaqnoq bo‗lar, qalbi o‗t bo‗lar, 
Qatorida nori bor vatan but bo‗lar, 
Sen o‗zing davlatsan, aziz vatandosh. 
Shoirning badiiy talqini, ijtimoiy-estetik va badiiy umumlashma fikrlari 
samarasida voqelikning ana shu mitti bo‗lagi millat va Vatan taqdiriga dahldorlik 
mohiyati bilan namoyon bo‗ladi: 
Bu dunyoda yaxshi, yomon kunlar ko‗rdim, 
O‗kinchim yo‗q, mayli, yillar qaddim egsin. 
Men hamon bir askaringman, ona yurtim, 
Sen tomonga otilgan o‗q menga tegsin. 
Erkin Vohidov she`riyatining jozibadorligini ta‘minlagan eng muhim asos 
ham ana shunda. Erkin Vohidov ijodining dastlabki davridanoq ulug‗ ustozlari 
G‗afur G‗ulom, Oybek singari ulug‗ ustozlari yo‗lini davom ettirishga, ulug‗lar 
ijodiy faoliyatining abadiyligini ta‘minlagan millat ma`naviyati va uning 
intelektual qadriyatlarini ulug‗lashga, badiiy-falsafiy tadqiq etishga intilib 
kelmoqda. O‗tmish ajdodlarimiz ijodiy merosini o‗rgamaslik, qalbiga jo qilmaslik 
millatning intellektual salohiyatiga, uning kelajagiga bolta urish bilan barobar 
deydi: 
O‗zbek Navoiyni o‗qimay qo‗ysa, 
Oltin boshning kalla bo‗lgani shudir. 
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa, 
Qora sochning malla bo‗lgani shudir. 
O‗zbek Navoiyni o‗qimay qo‗ysa, 
Dod demoqqa palla bo‗lgani shudir. 
Ma‘rifatdan ayri o‗ynasa kulsa, 
Aza chog‗i yalla bo‗lgani shudir. 


43 
Adib o‗z elini, xalqi, Vatanini chin farzandday, beg‗araz, sidqidildan yaxshi 
ko‗radi. Shu mehrning natijasi o‗laroq, uning she`rlari ham xuddi shundoq 
beminnat va beg‗araz she`riyat sifatida maydonga keldi. She`ri ham, so‗zi ham shu 
mehr barobarida, yurtning bo‗yu bastiga qarab voyaga etdi:
Ishonchim bor, Vatan, bir kun 
Kelar chin nurli davroning, 
Degayman shunda chin Erkin, 
Chin inson qaytadan bo‗ldim. 
Erkin Vohidov o‗zining sermazmun, badiiy yuksak asarlarida Vatanimizga, 
xalqimizga, milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‗usini katta mahorat blan 
kuyladi. Shuning uchun ham adibning betakror ijodi hayotiyligi, xalqchilligi bilan 
milliy merosimiz xazinasining noyob durdonalariga aylanib qoldi. 
Shunday ekan, yangi bosqich o‗zbek she`riyatini hozirgi milliy she`riyat 
takomilida o‗z o‗rniga ega, tasvir va ifoda yo‗nalishida yangi so‗qmoqlar ochgan 
Erkin Vohidov ijodiy mahorati timsolida o‗rganish o‗zbek she`rshunosligi va 
tanqidchiligining kelajakdagi yo‗nalishlarini belgilab beradi va shoir nomini 
abadiyatga muhrlaydi, deyishimizga asos bo‗ladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
N. Rahimjonov. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. – T.,Tafakkur, 2011 y. 
2.
E. Vohidov. Saylanma. – T., Sharq. 2016 y. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə