Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   259
id313213

IZDOSHLIK JASORATI 
Bahodir RAHMONOV, 
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (ADU) 
Haqiqiy ijodkor, avvalo, qalb buyurganini yozadi. Ko‗ngil esa ummon 
misolidir. U goh yoqimli va mayin mavjlansa, goh to‗lqinlanadi. Ba‘zan uzoq va 
davomli bo‗ronlar iskanjasida qoladi. Ijod mahsulining kichik yo yirik janridagi 
asarlar qalb kechinmalarining mana shunday holati ehtiyojidan tug‗iladi. Holat esa 
voqelik ta`sirining natijasidir. Demakki, holat janr poydevori. Shu poydevor 
asosida qay darajadagi asar bunyod etish esa bu ijodkor mahorati bilan bog‗liq. 
Mahoratning birinchi galdagi belgisi qalb holatining boricha ochib bera oladigan 
shakl tanlay bilishdadir. Axir yurak dardiga mos shakl bo‗lmasa shoir bo‗ronlar 
iskanjasida qolgan iztirobli qalbini tag-tugigacha bo‗shata olarmidi. O‗z-o‗zidan 
dard shoir yuragidan shakl bo‗lib to‗kila boshlaydi. Talantli ijodkorlarda shakl 
tanlanishi ham ilhom mahsuli. Dard, ilhom, shakl – bu uchlik har bir janrdagi 
asarlarning yaralishi uchun ijodiy jarayon, ayniqsa, epik asarlar uchun juda 
muhimdir. Ya`ni, dostonning yaralishi shunday kechgandagina bu janrning etuk 
namunalari nafaqat shoir ijodidan, balki milliy adabiyot xazinasidan mustahkam 
o‗rin oladi.
O‗zbekiston xalq shoiri, ko‗p qirrali ijodkor Erkin Vohidovning bu janrdagi 
ayrim asarlari ham qalbning iztirobli holatlaridan tug‗ilgan yuksak badiiy ijod 
namunasi sifatida baholanishga haqlidir. Ayrimlari deb bekorga ajratganimiz yo‗q. 
Chunki adolat yuzasidan shuni ham qayd etib o‗tish kerakki, bu janrda yozgan 
asarlarning ba`zilari mustabid tuzum siyosatining ta`sirida yaratilgan. ―Buyuk 
hayot tongi‖, ―Charog‗bon‖, ―Baxmal‖ kabi asarlari shular jumlasidandir. 
Umuman, shoir ijodiy merosida 10 ga yaqin doston mavjud: ―Toshkent sadosi‖, 
―Quyosh maskani‖, ―Orzu chashmasi‖, ―Palatkada yozilgan doston‖, ―Nido‖, 
―Ruhlar isyoni‖. Ular har xil mavzu va har xil shakllarda yozilgan. Shoirning 
―Istanbul fojiasi‖ she`riy dramasi ham ayrim manbalarda dramatik doston sifatida 
tahlil qilingan [5, 314].
Bular orasida ―Nido‖ va ―Ruhlar isyoni‖ dostonlari shoirga beqiyos shuhrat 
keltirdi. 1964 yilda yozilgan ―Nido‖ dostoni urushga qarshi o‗tli nafrat va 
tinchlikka mas`ullik ruhidagi bir chorlov nido bo‗lib yangragan edi. 
Asrdosh birodar, qo‗lni ber, 
Kel, Erga qilaylik qasamyod: 
Bo‗lurmiz gal kelsa har birimizga 


30 
Tinchlik jangohining fidosi. 
Bu senga, bu menga, bu bizga 
Yigirmanchi asr nidosi [2, 315] 
XX asr ortda qoldi. Lekin urush va tinchlik muammosi hali xanuz davom 
etib kelayapti. Aynan shu jihatdan qaraganda yuqoridagi satrlar XXI asrning ham 
nidosi bo‗lib qolmoqda. Badiiy asar umuminsoniylik va umrboqiylik xususiyatini 
o‗zida namoyon eta olsagina uning qimmati va ahamiyati hech qachon 
pasaymaydi. Insoniyatga xizmat qilaveradi. Shoirning ―Ruhlar isyoni‖ dostoni 
mana shunday asarlar qatoridan mustahkam o‗rin olgan yuksak badiiyat 
namunasidir. Doston 1979 yilda yozib tugatilgan. Taniqli adabiyotshunos olim 
Umarali Normatov o‗zining ―Ruhlar isyoni‖ning nurli tolei‖ nomli maqolasida 
yozadi: ―Erkin Vohidov do‗stlar iltimosiga ko‗ra kuni kecha yozib tugatgan yangi 
dostoni – ―Ruhlar isyoni‖ni o‗qib berdi. Bir soatdan ortiqroq davom etgan o‗qish 
nihoyasiga etdi. Davradagilarning barchasi chuqur sukutda, o‗y-mushohadalar 
og‗ushida. Doston va uning muallifi sha‘niga hech qanaqa hamdu-sanolar 
aytilmadi. Bunga hojat yo‗q edi. Milliy dostonchiligimizda jiddiy hodisa paydo 
bo‗lganiga tinglovchilarning ishonchi komil edi. Jahon adabiyoti bilimdoni Tal‘at 
Solihovning birgina ―Bugungi jahon adabiy-badiiy tafakkuri darajasidagi asar 
bo‗libdi‖ degan e`tirofiga so‗z qo‗shishga o‗rin qolmadi‖ [7, 353] Haqiqatan ham 
―Ruhlar isyoni‖ dostonchiligimizdagi jiddiy hodisa, chet el adabiyotining etuk 
bilimdoni xulosa qilganidek jahon dostonchiligi darajasidagi asardir. Bu baho hech 
qanday e‘tirozsiz, hech qanday mubolag‗asiz aynan haqiqat yanglig‗ e`tirof edi.
Dostonning yozilish tarixi haqida olimlarimiz batafsil ma`lumot berganlar. 
Ba`zi o‗rinlarda muallifning o‗z tilidan, ba`zi o‗rinlarda esa o‗zlashtirgan holda. 
Biz quyida aynan muallifning o‗zi bu haqda yozganlarini batafsil keltiramiz: 
―Otashin bengal shoiri Nazrul Islomning qahramonona va fojiali taqdiri qo‗pdan 
meni hayajonga solib kelar, u haqda biron narsa yozish xayolida yurar edim. Shu 
maqsadda shoir hayoti va ijodini qo‗limdan kelgancha o‗rgandim, shoir hayotida 
oid faktlar bilan yaqindan tanishish niyatida Hindistonga bordim, shoir yashagan 
joylarda bo‗ldim, shoirni yaqindan bilgan kishilar bilan suhbat qurdim. Shu 
materiallar, taassurotlar asosida dastlab bir she`riy qissa yozildi, unda Nazrul 
Islomning hayot yo‗li, kurashi, fojiali taqdiri ancha batafsil hikoya qilingan edi... 
Lekin bu asardan, negadir, ko‗nglim to‗lmadi. O‗ylab qarasam, unda men Nazrul 
Islom hayotiga oid ko‗pchilikka tanish faktlarni shunchaki belletristik yo‗lda 
sharhlash, hikoya qilib berish bilan cheklanib qolgan ekanman. Yozuvchi - 
shoirning vazifasi biror shaxs hayoti, sarguzashtini shunchaki hikoya qilib 
berishdan iborat bo‗lsa, dunyoda yozuvchilikdan oson hunar bo‗lmasdi. Ijodkor o‗z 
qahramoni hayoti, taqdirini badiiy tahlil etishi, shu bahonada o‗zining hayot 
haqidagi kuzatishlari, o‗y-mushohadalarini o‗rtaga tashlash kerak-ku axir! Mening 
qahramonim – Nazrul Islom taqdiri bu jihatdan g‗oyat boy material berardi. 
Mushkul ijodiy izlanishlar pallasi boshlandi, dostonning tayyor ilk variantidan voz 
kechishga to‗g‗ri keldi, ko‗p urinishlardan keyin dostonning o‗quvchilarga taqdim 
etilgan hozirgi varianti paydo bo‗ldi. 


31 
Bilasiz, ―Ruhlar isyoni‖ garchi Nazrul Islomga bag‗ishlangan bo‗lsa-da, asar 
faqat otashin shoir hayoti ifodasidan iborat emas. Unda men shoir hayoti 
bahonasida o‗zimning umuman shoirlik, insonlik, fidoiylik, erk tashnaligi 
haqidagi, erkka tashna ijod ahlining zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati 
haqidagi, qolaversa, inson hayotining ma`nosi, hayotning ham shafqatsiz, ham 
adolatli haqiqati haqidagi o‗y-mulohazalarimni kitobxon bilan baham ko‗rishga 
intildim‖ [3, 200-201] 
Dostonning yaratilish tarixi haqida bunday batafsilroq ma`lumot berishdan 
maqsad nima edi. Birinchidan, bu muallifning o‗z asari haqidagi haqqoniy 
ma`lumotlari bo‗lsa, ikkinchidan asar bahona shoirning aytmoqchi bo‗lgan 
fikrlarining mundarijasi bayon qilingan. Hatto muallif davom etib dostonning 
shakli haqida ham ma`lumot beradi: ―...unda real hayot kartinalari bilan yondosh 
holda berilgan afsona, rivoyatlar ham bevosita qahramon hayoti haqida o‗ylash 
jarayonida tug‗ildi. Ehtimol, boshqa bir ijodkor Nazrul Islom haqida boshqacha 
planda yozishi mumkindir, lekin mening asarim beixtiyor xuddi shu shaklda 
tug‗ildi, o‗sha damlarda men o‗zgacha yo‗lni – dilimdagilarni ifoda etadigan 
boshqacha shaklni tasavvur etolmasdim‖ [3, 201] 
Aziz kitobxon, shu erda maqola maqsadiga ko‗ra bir oz ortga qaytamiz. 
Ya`ni, o‗tgan asrning 20-yillariga. Aynan shu yili ―Chin sevish‖ nomi bilan o‗zbek 
adabiyotida tarixiy drama yaratildi va sahna yuzini ko‗radi, jamoatchilik e`tiborini 
tortadi. Asar voqealari Hindistonning Dehli shahrida bo‗lib o‗tadi. Drama hind 
xalqining 
mustamlakachilik 
zulmiga 
qarshi 
kurashiga 
bag‗ishlangan. 
Bosqinchilarning ayyorona siyosatini fosh etishga qaratilgan. Mana, asar 
qahramoni tilidan aytilgan birgina fikr: ―Ovrupoda bilim bor, lekin insof yo‗q. 
Ovruponing bilimi – qoplonning tishi, tirnog‗i kabi bir narsadir. Kuchsizlarni yirtib 
emak to‗g‗risida ko‗p ish ko‗rmishdir‖. Bu qisqagina parchada dramaning butun 
g‗oyaviy mazmuni ifoda etilgan. Umuman olganda, inglizlarning Hindistonda 
o‗tkazayotgan mustamlakachilik siyosati va buni amalga oshiruvchi kirdikorlari 
ayovsiz badiiy tadqiq etilgan. ―Yaqinda o‗zbek sahnasi ulug‗ va ulug‗ligi qadar 
yuksak va go‗zal tamosha ko‗rdi‖, - deb yozgan edi Cho‗lpon o‗z taqrizida. Lekin 
taqrizning bir joyiga alohida e`tibor qaratishga to‗g‗ri keladi: ―Asar to‗g‗risida fikr 
yurituvdan qochmoqqa va o‗zimni tortishga majburman‖. Ayonki, Cho‗lpon 
muallifning asar orqali aytmoqchi bo‗lgan maqsadini anglagan va ayagan. 
Nimadan?! O‗sha davr siyosatidan. Chunki Hindiston boshiga tushgan 
mustamlakachilikning aynan ko‗rinishi Turkistonda endigina boshlanayotgan, 
Turkiston muxtoriyatining vahshiylarcha ag‗darilishi esa Sho‗ro tuzumi 
siyosatining fojiali oqibatlaridan darak berib bo‗lgan edi. Sahnaga olib chiqilgan 
voqealar mustamlakachilikdan ogohlantirish va unga qarshi qo‗zg‗olish bo‗lib 
faqat boshqa joyda kechayotganligi bilangina farq qilardi xolos. Shuning uchun 
ham drama muallifni ajdaho og‗ziga olib borish uchun tap-tayyor em bo‗lishi ayon 
bir haqiqat bo‗lib, bu jasoratli shaxs buyuk jadid Abdurauf Fitrat edi.
Fitrat ―Chin sevish‖da boshlagan ijodiy ishini ―Hind ixtilolchilari‖da davom 
ettiradi, yanada mukammallashtiradi, rivojlantiradi. Bu davrda Fitrat ijodiy 
faoliyati yanada kamolga etgan edi.


32 
―Hind ixtilolchilari‖ asarida Fitrat yana o‗sha ilgari tilga olgan – 
imperialistik davlatlarning bosqinchilik siyosatini fosh etish masalasini mavzu 
qilib oladi. Endi bu masalani yanadi keng ko‗lamda ifodalaydi. Etakchi g‗oya bu 
asarda bosqinchilik tarixan halokatga mahkum, mazkur siyosat har qancha qudratli 
bo‗lmasin, xalqlarning milliy ozodlik harakatlari oldida ojizdir: agar xalqlar 
uyushqoqlik bilan birlashib harakat qilsalar uning oldini oladigan kuch dunyoda 
yo‗qdir, degan falsafani tashkil qiladi‖ [1, 35-36]. 
Taniqli adabiyotshunos Sultonmurod Olim o‗zining ―Fitrat kim edi?‖ nomli 
turkum maqolasida bu buyuk shaxsning fojiali qismati va uning o‗zak sabablari 
haqida quyidagi xulosani qayd etadi: ―G‗addor jamiyatga, totalitar, avtoritar 
tuzumga aqlli, yorqin, o‗tkir, mustaqil shaxslar kerak emas edi. Hech kim fikrlashi, 
tashabbus ko‗rsatishi, o‗zini namoyon etishi shart emas edi. Proletariat dohiysi bor, 
etadi. Faqat ugina yangi gap aytishi, mafkura bilan shug‗ullanishi, xalqni o‗z 
ortidan etaklashi mumkin, xolos. Boshqalar jimgina ergashsin, vassalom. Hamisha 
uninggina og‗ziga qarasin. Ko‗pning orasida faqat uninggina ovozi jaranglasin. 
Fitrat Lenin hokimiyati davridayoq yurtdan quvg‗in qilindi. Stalin zamonida 
qamoqqa tashlanib, otib o‗ldirildi. Fitratni bu proletariat dohiylari shaxsan tanishi 
shart emas edi. Ular shunday puxta-pishiq qatag‗on mexanizmini joriy etgan ediki, 
Fitratdek yorqin vatanparvarlarni har qanday yo‗l bilan izlab topar, jilovini tortar, 
jazosini berar edi‖ [6, 8-10].
Aynan shu erda Erkin Vohidov ijodiga qaytish o‗rni keldi. Axir ―Ruhlar 
isyoni‖ ham Sho‗ro tuzumi davrida yaratildi-ku. Shuning uchun ham biz Fitrat 
ijodiga to‗xtaldik. Toki kitobxon yurakdan his qilsin: Erkin Vohidov bu dostonini 
jallod kundasi hali mustamlakachilarning jazo maydonidan olinmagan bir paytda 
yaratdi. Hali millatimiz fidoiylarini ―xalq dushmani‖ sifatida sotganlarning va 
shunga o‗xshash kimsalarning tili aylanib turgan bir davrda jur`at etdi. Hali ―Erk‖, 
―Isyon‖ degan so‗zlar Sho‗ro siyosati joniga nayzadek botishi mumkin bo‗lgan 
zamonda chaqmoqday paydo bo‗ldi. Qolaversa, aynan Fitratning fojiali qismatini 
bilgan holda, aynan ―Chin sevish‖ va ―Hind ixtilolchilari‖ davr siyosatiga zid 
asarlar ro‗yxatida turgan bir paytda ularga o‗xshash bir asar yozdi.
Erkin Vohidov dostoni Fitratning yuqorida biz tilga olgan va bir oz 
tanishtirgan dramalarida qo‗llangan usul, qolaversa, g‗oya va mavzu jihatidan ham 
juda yaqindir. Adabiyotshunoslar bu faktni doimo qayd etib kelishgan. Biz faqat 
bir jihatga e`tibor qaratmoqchimiz. Axir Fitrat ana shunday g‗oyalari uchun ham 
qatag‗on qilindi. Qolaversa, 50-yillarda ham bir qator ijodkorlar Sho‗ro tuzumi 
siyosatining og‗ir zarbasiga duchor bo‗ldilar-ku. Doston yozilgan 70-yillarda ham 
erk va ozodlik haqida yozish millatchi sifatida xalqlar do‗stligiga rahna solishdek, 
yot bir g‗oyani ilgari surishdek gap edi. Bir jumla bilan aytganda, siyosatga 
butunlay zid edi-ku.
Demak, ―Ruhlar isyoni‖ Erkin Vohidovning jasorati namunasi sifatida 
maydonga keldi. Chinakam xalqparvar, vatanparvar, erkka tashna ijodkor bunga 
ma`naviy kuch topa oldi. Bunda Fitrat uslubi qo‗l keldi. Shu jihatdan olganda 
Erkin Vohidov qatag‗on qilingan erk kuychilari Cho‗lpon va Fitratlarga nisbatan 


33 
adabiyot maydonida ma`lum bir muddat uzilib qolgan izdoshlik rishtalarini 
bog‗lashdek muqaddas burchni jasorat bilan ado eta oldi.
Adabiyotshunoslar ham Sho‗ro davrida xuddi Cho‗lpon kabi ―Asar 
to‗g‗risida fikr yurituvdan qochmoqqa va o‗zimni tortishga majburman‖ deganday 
dostonning asl g‗oyaviy maqsadidan og‗iz ochmay muallifni asradilar. ―Shaxsan 
men ham shunday qilganman, - deb yozadi munaqqid Umarali Normatov. – Doston 
muallifi Erkin Vohidov televidenieda ―Ruhlar isyoni‖ga bag‗ishlangan 
ko‗rsatuvdagi chiqishida (2006 yil, may) munaqqidlar Sho‗ro hokimiyati yillarida 
shunday yo‗l tutganlari, shu tariqa dostonni balo-qazolardan asrab qolishga hissa 
qo‗shganlari uchun ularga chin dildan minnatdorchilik bildirdi‖ [7, 356]. 
Bugungi mustaqil va ozod Vatanda adabiyotga ixlosmandlar, xususan, Erkin 
Vohidov ijodining muxlislari, albatta, ―Ruhlar isyoni‖ dostoni bilan tanish. Uni 
qayta-qayta o‗qiganlar ham sanoqsiz. Erk va ozodlikning millat uchun, umuman, 
inson uchun naqadar ahamiyatli ekanligini shu doston voqealari bilan yurakka jo 
qilganlar qanchadan-qancha. Buning uchun, avvalo, erksizlik qurboni, fidoiy shoir 
Nazrul Islom ruhi shod bo‗lsin. Dunyodagi barcha erksizlarni uning isyonkor ruhi 
qo‗llasin, deymiz. Bizning o‗zbek adabiyotimizga shunday obrazni olib kirgan 
erkka tashna qalb sohibi, Vatan mustaqilligini, millat ozodligini yurak-yurakdan 
istagan ijodkor, O‗zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning ―Ruhlar 
isyoni‖ dostoni uchun ham bugungi erkin avlod shukronalar qilsa arziydi.
Cho‗lpon, Fitrat, Nazrul Islomlar fojiasi – o‗xshash qismatdir. Erk istaganlar 
qismatidir. Ular erk uchun tutqunlik azobini ham tortdilar. ―Ruhlar isyoni‖da 
qahramonning o‗xshab tutqunlikdagi ruhiy holati onasi oldidagi farzandlik uzri 
orqali ochib berilganki, unda Vatan va millat erkiga bo‗lgan e`tiqodning naqadar 
mustahkam ekanligi, qolaversa, yurtning fidoiy farzandi bilan uni bu yorug‗ 
dunyoga keltirgan bir onaizorning dilbandi o‗rtasidagi ruhiy ziddiyatli holat 
yuraklarga o‗zgacha ta`sir qiladi: ―Kechir, onam! Ko‗zingda g‗am, Azob bo‗ldim 
joningda, - deydi tutqun Nazrul Islom. Uning dardli uzrini zindonning metin 
devorlari eshitadi xolos. – Bukun bayram, Men bukun ham Bo‗lolmadim 
yoningda. Odamlardek Beozor, tek Yashab yursam netardi. Menga tole, senga 
tinchlik Balki nasib etardi. Bulbullarga, gullarga mast Yozsam faqat g‗azallar, 
Balki meni mirshablarmas, Izlardi yosh go‗zallar. Menga ham yor sokinligu 
Sening ham yo‗q bu darding; Men – uylik, Sen – kelinligu Nabiralik bo‗larding. 
Oh, u yo‗l berk Menda yo‗q erk, Tirik umrim – aftoda. Ne qilayki, Odamlardek 
Yasholmadim dunyoda. Lek ko‗nglimda nolish emas, Allanechuk dilshodlik. 
Garchi jismim bandi qafas, Ruhimda bor ozodlik. Tug‗ilishdan qul emasman, 
Qullik yot bu jonimga. Erk istagi Suting bilan Kirmish mening qonimga. Meni 
otash, girdoblarga Otgan o‗shal istagim. Onajonim, Azoblarga Qo‗ydi seni 
yuragim. Meni kechir, Faqat sendan bukun uzr so‗rayman. Uzr so‗rab, umid bilan 
Xayolimni o‗rayman. Rozi bo‗lgin, Gar o‗g‗loning Yurak qo‗rin asrolsa. Bir kun 
ona Hindistonning Xizmatiga yarolsa‖ [4, 278-279]
.
Nazrul Islom ko‗z oldidan shoirlarning qismati ham bir-bir o‗ta boshlaydi. 
Ular o‗z qismatini o‗z tillari bilan aytadi. Rudakiy der: ―...Adolat deb bitdimu 
she`r, Mil tortdilar Ko‗zimga‖. Navoiy der: ―Zulmat aro Ko‗p izladim yo‗limni. 


34 
Men o‗zimni qildim ado, Engolmadim zulmni‖. Bobur deydi: ―Tingla ogoh bo‗lib, 
Gar sen bo‗lsang tutqunda, Men bir yurtga podshoh bo‗lib, Umrim o‗tdi quvg‗inda. 
O‗n ikkimda taxtga mindim, Yosh ochildi ko‗zlarim. Qondoshlarga yov ko‗rindim, 
Meni sotdi do‗stlarim. Najot istab Men har nafas Quyun kabi elganman. Yurtingga 
men Shoh bo‗libmas, Panoh izlab kelganman‖. 
Pushkin she`ri 
Qildi faryod, 
O‗qqa tutdi o‗t qalbni 
Lermontovni otgan jallod 
Dorga osdi 
Mashrabni. 
Shoirlarning –
Erkdir dini, 
Erkka sajda qildilar. 
Erk kuychisi 
Nasimiyni 
Tovonidan shildilar. 
Dostonda shoirlar qismatini berilishidan xulosa shuki, butun dunyoda va har 
bir davrda adolatsizlik va zulm mavjud bo‗lib kelgan. Shuning uchun ham xalq 
dardini o‗z qismatiga aylantirgan shoirlar borki, doimo ularning hayoti fojiali 
kechgan. Chunki zulm va zo‗ravonlik, hukmronlik hech qachon haqiqat va adolatni 
tan olmaydi. Uni himoya qilganlarni kuch bilan, fitna bilan jisman yo‗q qiladilar. 
Ularning kuch-qudrati shunda. Eslasangiz Fitratning ―Abulfayzxon‖ dramasida 
Ulfat tilidan: ―Hoqonimizga ma`lumki, podshohlik qon bilan sug‗orilgan bir 
yog‗ochdir. Qon oqib turmagan erda bu yog‗ochning qurib qolishi aniqdir‖, 
deyiladi. 
Nazrul Islom 75 yil umr ko‗rdi. Lekin shu umrining 40 yili tutqunlikda o‗tdi. 
U orzu qilganidek Hindiston ozod bo‗ldi. Biroq u buni his qilolmadi. Bosqinchilar 
qiynog‗i, zindon azobi uni jisman va ruhan ojiz, behush qilib qo‗ygandi. Hindiston 
fidoiy shoiridan ayrildi. ―Shoir umri Qoldi she`rda, Qoldi Yoniq dostonda. 
Bitganlari uning – erda, Ruhi esa – osmonda.‖ 
Doston ―Nihoya‖si ostiga ―Dehli. 20 mart, 1979 yil‖ deb yozilgan. Bunda 
muallifning o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan voqealari tasvirlanadi. O‗zlarining qashshoq va 
nochor turmushlaridan sabr kosasi to‗lgan oddiy xaloyiq zulm va tengsizlikka 
qarshi bosh ko‗tarib chiqishgan. Shoir yozadi: ―Bir mehmonman. Hayrat ko‗zin 
Mash‘al qilib boqaman. Xayolan shul mavjli to‗lqin Quchog‗ida oqaman. Jisman 
chetda, Ammo ruhan G‗alayonda men ham bor. Nazrul Islom ruhi bilan 
bormoqdaman bir qator. Men ham alvon Tug‗ ko‗tardim. Shu el dog‗i dog‗imdir. 
Dardi uning – Mening dardim, Ohi – mening ohimdir‖. Aynan shu erda 
muallifning o‗z yurtiga ishorasi bir qadar aniqlashgan. Shuning uchun ham doston 
so‗ngida Nazrul Islom ruhi tilga kiradi: 
Shoir bo‗lib 
Elga bukun 
Darkormisan, der menga. 


35 
Fidolikka xalqing uchun 
Tayyormisan, der menga. 
Der: ―Shoirlik – yurakda qon –
Silqib turgan jarohat. 
Tilamasman senga, o‗g‗lon, 
Osuda baxt, 
Farog‗at.
Tilamasman bir zum orom, 
To tiriksak, 
Bedor bo‗l. 
Azob bersin senga ilhom, 
She`r dardida bemor bo‗l. 
Ha, Erkin Vohidov isyonkor ruhlar, ya`ni Cho‗lon, Fitrat, Nazrul Islomlar 
ruhi talab qilganday bir umr el dardida bedor bo‗lib, ilhomlardan azoblanib, she`r 
dardida bemor bo‗lib o‗tdi. Bunga uning ―Ruhlar isyoni‖ dostonining o‗ziyoq 
guvohlik beradi. 
Adabiyotlar: 
1.
Ahmad Aliev. Istiqlol va adabiy meros. – Toshkent: O‗zbekiston, 1997 yil, 
35-36-betlar. 
2.
Erkin Vohidov. Iztirob. – Toshkent: O‗zbekiston. 1992, 200-201 b. 
3.
Erkin Vohidov. Kuy avjida uzilmasin tor. – Toshkent: G‗afur Qulom 
nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. 278-279-betlar. (Dostondan 
kelitiriladigan keyingi parchalar ham shu kitobdan olindi. 247-309-betlar) 
4.
Erkin Vohidov. To‗la asarlar to‗plami. 1-jild. Bahor tarovati. – Toshkent: 
Sharq, 2015. 315-bet. 
5.
Karimov N.va boshqalar. XX asr o‗zbek adabiyoti tarixi. – T.: O‗qituvchi, 
1999. 
6.
Sultonmurod Olim. ―Fitrat kim edi?‖. //Sharq ziyosi gazetasi, 26-son, 2016 
yil 30 iyun. 
7.
To quyosh sochgayki nur. – Toshkent: O‗zbekiston, 2016. 353-bet. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə