Zbekiston respublikasi oliy va o


Shoirni u tug„ilmasdan Gado qilgan edilar, O„z yurtida o„z yurtidan Judo



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   259
id313213

Shoirni u tug„ilmasdan Gado qilgan edilar, O„z yurtida o„z yurtidan Judo 
qilgan edilar
». Shuning uchun ham davri undan so‗lim ishqiy g‗azallar emas, 
balki: «
...uning yonib turgan yuragini so„rardi
». Dostonda johilligi sabab 
dushmani tomonidan aldangan xalq bosqinchiga qarshi turish o‗rniga, hindu 
musulmonga ajralib, bir-birini qirish bilan ovora ekani tasvirlanadi. Muallif ana 


13 
shu qora kunlar tasviri asnosida, iste`dodli shoir va uning burchi haqida 
mulohazalarini bildiradi: 
Har nechakim zo‗r iste`dod,
Toshqin ilhom, u nega? 
Xalqing yotsa chekib faryod.
Yaramasang kuniga.
Shoir esang, shoir bo‗lib
Nega kelding hayotga,
Eling yotsa dardga to‗lib,
Kelolmasang najotga?!
Ne shoirsan, tashbihlarning
Bormi asli keragi?
Bo‗lmasa el g‗ami – darding,
Yuraging – el yuragi?! 
El g‗amini o‗z dardi deb bilgan Nazrul Islom adolatsizlik bilan kelisholmay, 
butun kuchini yurtni ozod qilishga sarflaydi. Unga zarba ustiga zarba berib
e`tiqodidan qaytarmoqchi bo‗ladilar. Lekin bunga erisholmaydilar. Dostonda bu 
holat g‗oyat ta`sirli ifoda etilgan: «
Nazrul Islom o„z qalbini Bayroq qilib ko„tardi. 
Yuragida to so„nggi dam Isyon o„ti so„nmadi. Haqsizlikka ko„ndi olam, Ammo 
shoir ko„nmadi
». Bunday shaxslik sifatlariga ega shoirga, avvalo, faqat jonining 
tinchini o‗ylaydigan, jur`atsiz, munofiq kimsalar dushmandirlar. Zo‗ravonlik va 
haqsizlikni ko‗rib turib indamaslik, unga qarshi kurashmaslik diyonatsizlikdir. 
Jonu jahonini yurtining ozodligi, elining erki uchun bag‗ishlagan Nazrul Islom 
jaholat tufayli ko‗ru karga aylangan olomon ta‘qibiga uchraydi. Shu tariqa, shu 
xalq uchun jonini tikkan fidoyi yigit shu xalq tomonidan dushman sanaladi. Bu 
tasvirlar haqiqatning yo‗li nechog‗lik chigal ekanini ko‗rsatib, o‗qirmanni hadsiz 
iztirobga soladi. Kishida umidsizlik uyg‗otadiganday ko‗ringan iztirob cheksizligi 
o‗qirmanni shoirga yaqinlashtiradi. Uning ruhini, ko‗nglini anglatadi. 
Dostonda faqat Nazrul Islom qismatigina tasvirlanmaydi, balki yo‗l-yo‗lakay 
shoir qismatiga muvoziy keladigan turli rivoyatlar ham keltiriladi. Bular bilan 
tanishgan o‗qirman muallifning maqsadi faqat bengal shoirining hayoti, bir 
zamonlar Hindistonda kechgan voqealar, qadim rivoyatlarni aytib berishdan iborat 
emasligini, bu tasvirlarning chuqur tagma`nosi borligini his etib turadi. Asardagi 
tasvirlar ota yurtning sovet istibdodi yillaridagi kechmishi, Fitrat, Qodiriy, 
Cho‗lpon, Usmon Nosir kabi asl millat o‗g‗lonlarining yurt ozodligi yo‗lidagi 
kurashlari va ular o‗z hayotlarini haq yo‗liga tikkanlarini yodga soladi. 
«Ruhlar isyoni» dostoni tasvir yo‗sini va ifoda shakliga ko‗ra betakror asardir. 
Doston xilma-xil she`riy shakllar, ritmik birliklar, hissiy ifodalar, hayotiy lavhalar, 
rivoyatlar, shartli ramziy tasvirlarning nazokatli uyg‗unlashuvidan paydo bo‗lgan. 
Shu xildagi rang-baranglik doston asosidagi hayotiy va badiiy haqiqatni hamda 
muallifning ko‗nglidagi fikr-tuyg‗ularni butun nozik tovlanishlari bilan ifodalashga 
xizmat qilgan. 
Bu jihatdan dostondagi rivoyatlar muhim badiiy vazifa bajargan. Jumladan, 
asardagi «Jaholat to‗g‗risida rivoyat» Nazrul Islomning diniy nizoga qarshi 


14 
kurashib tuhmatga qolgani, ta‘qib ostiga olingani tasviridan keyin berilishi 
tasodifiy emas. Chunki «G‗alayon» deb atalmish bu faslda keyinroq keltiriladigan 
rivoyatning urug‗i tashlab qo‗yilgan edi. Bu faslda Nazrul Islom tilidan: 
Bosqinchining qadimdanoq 
Falsafasi ayondir, 
El ichida bo‗lsa nifoq, 
Demak, zolim omondir. 
Ular mazlum vatanida 
Bo‗lmasin der sobitlar, 
Jaholatning gulxanida 
Isinadi zobitlar. 
Eldan omad ketsa dastlab 
Hamjihatlik yo‗qolgay, 
Bunday elni sirtmoq tashlab, 
Har bosqinchi yiqolgay. 
«Jaholat to‗g‗risida rivoyat»da jaholat hukm surgan zamonda ulug‗ 
donishmand hakimning ko‗r ko‗zni ochgani, johil olomon esa uning bu ishini 
Yaratganga isyon hisoblab, uni sazoyi qilib, o‗tda kuydirgani tasvirlanadi. 
O‗qirman qalbiga titroq soladigan joyi shundaki, hakimdan shifo topib, ko‗zi 
ochilgan chol uni Tangri irodasiga qarshi borganlikda ayblab, donishmandni 
kuydirish uchun yig‗ilgan o‗tinga o‗t qo‗yadi. Bunday haqsizlikdan hakim qilgan 
faryod she`rxon yuragiga ham ko‗chadi: 
Yoqing, - deya so‗radi u. - 
Olov bo‗lsin sarbaland. 
Tezroq ketay bu dunyodan 
Hech toqatim qolmadi, 
Menda shifo oldi odam
Olam shifo olmadi. 
...Ko‗r ko‗zlarga mehrgiyodek 
Nur baxsh etdi nashtarim, 
Qalblar ko‗zin ochmoqqa lek 
Kamlik qildi hunarim. 
Shoir rivoyatni shu bilan tugatmaydi. Jaholat, adolatsizlik g‗alabasi mangu emas. 
Ezgulik ertami-kechmi, baribir yuzaga chiqadi. Bu hol dostonda shunday 
tasvirlanadi: 
Shu olovdan elning, ajab,
Aql ko‗zi ochildi.
O‗kindilar. Aza tutib,
Yig‗ladilar, kuydilar.
Donishmandga yillar o‗tib
Oltin haykal qo‗ydilar.
«Ruhlar isyoni» asari chin insonni engib bo‗lmasligi, uni chin e`tiqodidan, 
ezgulikka ishonchidan ayirish mumkin emasligini g‗oyat ta`sirli ko‗rsatib berishi 
jihatidan o‗zbek dostonchiligi tarixida takrorlanmas voqea bo‗ldi. U millat 


15 
ma`naviyati shakllanishiga ham jiddiy ta`sir ko‗rsatgan asar sifatida sevib 
o‗qilmoqda. 
Haqiqat quvg‗in qilingan zamonda badiiy so‗zga zo‗r keladi. Chin gapga 
boshqa qopqalar yopiq bo‗lganda u adabiyot orqali el orasiga yoyiladi. Erkin 
Vohidov ijodiy umrining eng sermahsul qismi shunday davrda o‗tdi. Ijodining ilk 
bosqichidayoq: ―

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə