Zbekiston respublikasi oliy va o


Elimov!- deydigan bola bo„lishi uchun



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   259
id313213

Elimov!- deydigan bola bo„lishi uchun 
“Bolamov!”- deydigan el bo„lishi kerak
‖,- der edilar. Shoir ana shu haqiqatni:
Shoir bo‗lsang bo‗lsin qalbing 
Elga qurbon bo‗lgulik. 
Shoir bo‗lsang, bo‗lsin xalqing 
Senga qalqon bo‗lgulik 
deya poetik ifoda qiladi. Chindan ham shoirdan fidoyilik talab qiladigan xalq 
fidoyi shoiriga qalqon bo‗la olishi ham lozim. 
E.Vohidovning «
Arslon o„ynatuvchi
» she`ri – XX asr o‗zbek milliy 
poeziyasining jiddiy yutuqlaridan biri. Bu she`r qaramlik, mutelik va erksizlikka 
qarshi o‗tkir poetik aybnomadir. She`rda erksizlik dunyosining shafqatsizligi, kun 
ko‗rish tashvishi nafaqat odamzod, balki umuman, tirik mavjudotni har ko‗yga 
solishi mumkinligi butun keskinligi bilan ko‗rsatiladi. She`rda kishilarni bir-biriga 
ko‗rinmas kishanlar bilan bog‗lab tashlagan ehtiyojning qudrati ochib beriladi.
She`rda hayvonlar podshosi bo‗lmish qudratli arslonni charsillab yonib turgan 
olov halqa ichidan sakrab o‗tishga majbur qilgan, shunday qudratli jonliqni jisman 
ojizgina odamga qaram, befarq olomonga esa ermak qilib qo‗ygan bilgisiz kuch 
nima ekani haqida mushohada yuritiladi. Muallif hodisaning sirtiga emas, 
mohiyatiga nazar tashlaydi. Chuqur poetik tahlil va nozik tasvir orqali haqiqiy 
aybdor tsirk maydonidagi arslon ham, hayvon o‗ynatuvchi ham, tomoshabin ham 
emas, balki sahna ortidagi ayovsiz hayot ekani ko‗rsatiladi. Ularning biriga 
qamchi, boshqasiga qafas, o‗zgalariga chipta bergan qudrat tirikchilik ekani ta`sirli 


10 
yo‗sinda ifoda qilinadi. Arslonning ta‘nalariga o‗rgatuvchi bergan javobning 
ta`sirli ifodasi asar mohiyatini aks ettirishi jihatidan beqiyosdir: 
Netay, men ham egalik qul, 
Boshda xo‗jam bor, 
G‗azab qilsa, 
Ko‗zlarimga dunyo bo‗lar tor. 
Menda-ku dard, iste`dod bor, 
Bor andak sehr, 
Hech bo‗lmasa hayvonotga 
Shafqatu mehr! 
Tomoshagoh egasi kim 
Mening qoshimda! 
Ammo qamchi o‗ynatar u 
Doim boshimda. 
Holatimni tushun, 
Isyon qilma, birodar, 
Charx oldida ikkimiz ham 
Asli barobar. 
...Goh jonimdan o‗tsa zulm 
Na`ra tortaman, 
Lekin bundan 
Faqat boshga balo ortaman. 
She`rning mana shu o‗rinlarida hayotning nechog‗lik chigal va 
tushunarsizligi, sirtdan qaraganda qudratli hokim ko‗ringan kishining aslida nochor 
mahkum ekani g‗oyat samimiy aks ettirilgan. Asarning xotimasi kutilmagan 
darajada hayajonli: 
Bu so‗zlarga chidolmadi,
To‗lg‗ondi arslon: 
— Bo‗ldi, bas qil!
Yuragimni qon qilma, inson!
O‗t olsin bu charxi falak 
Rizqu ro‗zini!.. 
Arslon olov chambarakka 
Otdi o‗zini. 
Bu satrlarda ehtiyoj oldida odamu jonliqning har ko‗yga tushishi, ilojsiz va 
nochorligi holati o‗ta ta`sirli aks ettirilgan. 
«
Tush
» she`rida shoir odamning tushi bilan uning arosatdagi mudroq, lanj 
o‗ngini muvoziy tasvirlaydi. She`rning lirik qahramoni mudrab yurgan elga 
qo‗shilib, o‗zining ham mudragan ko‗yi asta sudralib borayotgani holatini takror-
takror tushida ko‗radi: «

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə