Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   259
id313213

Ruhlar isyoni
» dostoni yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. Nazrul 
Islom XX asr boshlarida she`riyatga chaqindek yaraqlab, momaqaldiroqdek 
gulduros bilan kirib kelgan va Kunchiqish poeziyasi taraqqiyotida o‗chmas iz 
qoldirgan isyonkor shoir edi. U da‘vatkor she`rlari bilan butun Hindistonni larzaga 
solgan, iste`dodi va hayotini vatani ozodligi, xalqlar birdamligi, erki va baxti 
yo‗lida fido etgan dovyurak shoirdir. Bosqinchilar va ularning mahalliy 
yaloqxo‗rlari qilgan adoqsiz tazyiq va qiynoqlar hali o‗ttiz beshga ham kirmagan 
isyonkor va bo‗ysunmas shoirni ayni ijodi qaynagan paytda aqldan ozdiradi. 
Oradan yillar o‗tdi, mustamlakachilar shoirning vatanidan quvildi. Mamlakat 
mustaqillikka erishgach, bir vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir qadr topadi, el 
ardog‗iga sazovor bo‗ladi. Ammo endi u bularni bilmas, chunki uni aqlidan 
ayirgan edilar. Nazrul Islom yurtidagi o‗zgarishlarni sezmay, shu ahvolda yana 
qirq yil yashaydi.
Dostonda Nazrul Islom fojiy qismatini, shoirning iste`dod va jasorati unga 
qanchalar qimmatga tushganini, qalbidagi alam-iztirobu tug‗yonlarni butun 
keskinligi bilan tasvirlanadi. Ayni vaqtda, muallif Nazrul Islom hayoti va qismatini 
ko‗rsatish asnosida o‗zini qiynab kelgan armonli o‗ylaru ko‗ngil dardlarini ifoda 
etadi. Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda 
iste`dod egasining o‗rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi. Chin 
iste`dod egasining tabiati yaralishdan adolatsizlik, nohaqlik, istibdodga qarshi 


12 
isyondir. Hamma narsaga chidashi va ko‗nikishi mumkin bo‗lgan iste`dod zo‗rligu 
istibdodga chiday olmasligini shoir g‗oyat ta`sirchan ifoda etadi: 
Bu dunyoning quvonchi kam, 
Dardu g‗ami ziyoda. 
Ammo g‗amdan qochmoqning ham 
Tadbiri ko‗p dunyoda. 
...Lek olamda bir dard borki, 
Unga sira najot yo‗q. 
Bu azobga kim duchorki, 
Unga kun yo‗q, hayot yo‗q. 
Bu mashaqqat ichgan bilan 
Dil tubiga cho‗kmaydi. 
Uni hech kim yuragidan 
Hech kimsaga to‗kmaydi. 
...U jon bilan ketsa dildan, 
Sukut qolsa yurakda, 
Odamzodning ruhi bilan 
Yashayberar falakda. 
Bu – shoirning dilin ezgan
Istibdodning dardidir. 
Yurakdan qon bo‗lib sizgan 
Iste`dodning dardidir. 
Iste`dodli bo‗lish yoki bo‗lmaslik odamning ixtiyorida emas. U kishiga 
Yaratgan tomonidan qilingan inoyat, ulkan mas`uliyat va tayin etilgan qismatdir. 
Shu bois iste`dodli shaxsning Haqni qaror topdirish uchun kurashishi tabiiy holdir. 
Iste`dodning istibdodga chiday olmasligiga sabab istibdod zamirida adolatsizlik va 
zulm borligidir. Shuning uchun ham dostonda alohida ta`kidlanadiki: 
Kuy, g‗azali odamzodning 
Darddir, ezgu armondir. 
Yaralishdan iste`dodning 
Tabiati isyondir. 
Shoir yurak – pok tilagi, 
Imonidir basharning.
Armon to‗la yurakdagi
Isyonidir basharning. 
Nazrul Islom dunyoga shoir bo‗lib, ya`ni basharning pok tilagi, imoni, 
armon to‗la yurakdagi isyoni bo‗lib kelishi bilanoq elning ozodligi uchun mas`ul 
edi. Ozodlikka chiqishi lozim bo‗lgan yurt isyonkor shoirga muhtoj edi. Chunki 
«

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə