Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   259
id313213

 
 
ERKIN VOHIDOVNING YUMORISTIK IJODIYOTI 
Hayitboy MIRHAYDAROV,
filologiya fanlari nomzodi
, dotsent
 (GulDU)
 
 
XX asrning 70-80 yillarida ijtimoiy hayotda ba`zi o‗zgarishlar, aniqrog‗i 
oshkoralik tizimi hayotga kirib keldi. Buning ta`sirida adabiyot qolaversa, 
she`riyatda ham tub burilishlar sodir bo‗ldi... Lirikada intellektual va voqeaband 
she`rlar taraqqiyot yo‗nalishiga kirib bordi. Erkin Vohidovning avvalgi ijodida 
nafis lirika, o‗ynoqi she`rlar, g‗azal bo‗stoni mustahkam o‗rin olgan bo‗lsa, bu 
davrga kelib voqeaband, xalq donoligi va rivoyatlari asosida yaratilgan she`rlari 
paydo bo‗ldi. Jumladan, ―Uyatchanlik‖, ―Eski hammom, eski tos‖, ―Savag‗ich‖, 
―Shum bola‖, ―Jumladan qolgan odamlar‖ kabilar. ―Eski hammom, eski tos‖ 
she`rida bizning xalqimizda hamma voqealarda ijtimoiy va siyosiy harakatlarda 
faqat jimjitlik hukm surgan. Shu ma`noda shoir she`rning xulosasida: 
Nasibamiz bo‗lgay mudom: 
Eski hammom, eski tos... 
―Uyatchanlik‖ she`rida esa uyatchanlikni yo‗q qilmasak ―juda uyat bo‗ladi‖, 
―Shum bola‖ she`rida esa shumbolaning rostgo‗yligi tufayli ―boy uni ishga 
olmasligini‖ aytadi. Shu o‗rinda ikkinchi jahon urushi davri o‗zbek adabiyotida 
―Nasriddin Afandi Buxoroda‖ kinofilmini misol keltirish fikrimizga uyg‗un keladi. 
Buxoroda hovuzdan suv pulli olinar edi. Bundan nafrat va g‗azabga kelgan 
Nasriddin bir qushchani ko‗rsatib, haloyiqga ―bu kimniki?‖, degan savol beradi. 


44 
Haloyiq esa ―bu hammaniki‖ deb javob beradi. Yana Nasriddin hovuzdagi suv ham 
hammaniki deb hozir bo‗lgan haloyiqni xursand qiladi. Urush yillarida aynan 
Nasriddin Afandining obrazini yaratish ikki ma`noda nihoyatda ahamiyat kasb etar 
edi. Nasriddin qushcha bilan hovuz suvini umumning mulki deyishida talofat 
ko‗rayotgan vatanimiz mulkining umumiyligi va qadriyatini ta`sirchan qilib 
eslatadi. Ikkinchi ma`noda, ma‘yus hamda tushkunlikka tushgan xalqni va askarlar 
kayfiyatini ko‗tarish uchun Nasriddin Afandining kulgusini nisbat berish bilan 
fuqarolar va armiyaning ruhini ko‗tarishga qaratilgan edi va shunday xizmatni ham 
ado etdi. Huddi shuningdek, Erkin Vohidov ham qayta qurish va oshkoralik 
davrida ruhi tushib ketgan xalqning kayfiyatini biroz bo‗lsada, xandaga tortish va 
kulgu orqali hayotimizdagi tub kamchilik va nuqsonlarni esga tushurish ma`nosida 
―Matmusaning latifalari‖ turkumini yaratdi. Latifalar nihoyatda kulgu 
qo‗zg‗atuvchi kitobxonning ichki dunyosi va tuyg‗usini uyg‗otish jihatidan 
ahamiyatlidir. Bunday qarasangiz kitobxonning qah-qahasini jumbushga 
keltiradigan latifalardir. Lekin har bir latifaning zamirida davrning ijtimoiy yutuq, 
kamchiliklari yumorga o‗rab beriladi. Shoirning o‗zi latifalar haqida shunday 
degan edi: ―Donish qishloq latifalari‖ni o‗qib hamma kuladi. Vaholanki men ularni 
alam bilan yozganman‖, - deydi shoir. – Aql idrokka zid, teskari ishlarimiz el 
boshiga kulfat va uqubatlar keltirib yotgani sir emas-ku. 
―Kosasi teskari qurilgan charxpalaklar kammi? Bir pardani tutgancha 
qolavergan, bir hil ohangni qo‗ymay chalavergan Matmusalar ozmi? O‗zimiz 
yaratgan qoliplarni tandirday kiyib olib, yo‗lni ko‗rolmay, osmonga qaragancha 
ketayotgan hollarimiz yo‗qmi? Bular kulguli ishlar emas, achinarli, ofatli 
hodisalar...‖ Xalq hayotining og‗ir-yengilini, achchiq-chuchugini, yaxshi-
yomonini, ezgu va noshud voqealarini, musbat va manfiy munosabatlarni 
ulug‗lovchi xalq kuychisi obrazini yaratganlar. O‗zbeklarda Afandi, qozoqlarda 
Aldarko‗sa, tojiklarda mulla Mushfiq, Turkmanlarda Mirali kabi donolar obrazi 
xalq qiyofasini ifodalab kelganlar. Erkin Vohidov ana shu donishmand xalq 
obrazlari vakillarining zamonaviy tipini – Matmusa obrazini yaratgan. Matmusa 
bunday olib qaraganda Afandining o‗zginasi, lekin zamonaviy voqelik bilan 
ahamiyatlidir. 
Matmusa zamonning dono va nodon, sodda va ojiz fikrlarini o‗zida ifodalab 
kelishi bilan muhimdir. Shoir ―Inson‖ qasidasida ―bu yorug‗ dunyo nadur‖ deb 
savol beradi, ―koshonadur vayronadur‖, deb javob ham qaytaradi. Insonning turli 
xil qiyofasini ―sen kim-u ne dahri dun, biyron o‗zing nodon o‗zing‖ deganda 
odamlarning turli toifada bo‗lishi, turli xil qarashlarda va xilma xil qiyofada 
bo‗lishini ifodalagan edi. 
Ana shu qiyofalar zamonaviy Afandi – Matmusa siymosida aks ettirilgan. 
Matmusa latifalarini ikkiga tasniflash mumkin. 
Birinchi tasnifga ―Matmusaning qo‗shig‗i‖, ―Matmusaning lagani‖, 
―Matmusaning tandiri‖ kabilar kirsa, davr bilan bog‗liq uning kamchilik va 
nuqsonlarini kulgu ostiga oladigan latifalariga ―Matmusaning charxpalagi‖, 
―Qiziquvchan Matmusa‖, ―Matmusaning uylanishi‖, ―Matmusa rassom‖, 


45 
―Matmusaning dutori‖, ―Tandir kiygan Matmusa‖, ―Matmusaning Amerika 
ochishi‖, ―Matmusaning haykali‖ kabilar kiradi. 
―Tandir kiygan Matmusa‖ latifasida bozordan olgan tandirni uyga etkazish 
mushkuli hamon echilmaydi. U o‗zicha yechganday bo‗lib, avval eshakka o‗zi 
mindi, o‗ziga esa tandirni kiydirdi. Yo‗lni ko‗rishga iloji yo‗q, faqat osmonga 
qaragan holda ketaveradi, eshagi esa uyi tomon yo‗l olish o‗rniga tavakkal qilib 
ketib boradi. Matmusa odamlardan uyim qaerda deb so‗ray olmaydi. Matmusaning 
bunday ahvoliga tushgan odamlar ko‗p. Hayotning har go‗shasida o‗zining 
qiladigan ishlarining yechimini topolmaganlar qancha. Latifaning kuchli va 
mantiqli o‗rni shunday yakunlanadi. 
Ayo do‗stlar, adashgan, 
Bir mo‗mindan kulmaylik. 
Matmusadek o‗zimiz 
Tandir kiygan bo‗lmaylik. 
―Matmusaning charxpalagi‖da asrlardan buyon aylanayotgan charxpalakni 
yangisiga almashtirishni va yangisini kashf qilishni Matmusa chuqur o‗ylaydi. U 
charxpalak kosalarini teskari qilib o‗rnatdi, natijada dalaga suv oqmaydi. Yana 
o‗ylab shu narsani topdi-ki, yerni pasaytirishi, daryoni ko‗tarish degan xulosaga 
keldi. Bu kashfiyoti ham natija bermaydi, oxir- oqibat daryoni teskari oqizish zarur 
degan xulosaga keladi. Suv muammosi hayotda tez-tez uchrab turadigan 
hodisalardan biri, suvni mustahkam kanal yoki hovuz yohud to‗g‗on qilish 
asrlardan beri sinalgan. Shunday to‗g‗onlardan biri ―Sardoba‖ suv omboridir. 
Nazarimizda, suv omboriga Matmusaning qilmishlaridan biri amalga 
oshirilganga o‗xshaydi. 2020-yil 1-may kuni suv omborida kuchli toshqin sodir 
bo‗ldi. Masalani yumshatish ma`nosida yomg‗ir yog‗ib, kuchli shamol hovuzda 
po‗rtana hosil qilib, toshib ketgan degan mantiqdan uzoq xulosaga kelindi. 
Mutaxassislarning kuzatishicha, suv to‗g‗ondan sizib chiqib, toshgan degan 
xulosani berishdilar. Suv toshqinidan Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlari 
aholisi qattiq talofat ko‗rdi. Respublika Prezidenti xalqning ko‗nglini ko‗tarib, 
yangi hayotga ega bo‗lasizlar deyishi rahbarga xos oliyjanoblik bo‗ldi. Shu bilan 
birga Prezident loqaydlik bilan qurilgan suv omborining tegishli mutaxassislari 
huquq-tartibot organlariga javob beradi, degan jiddiy masalani ko‗ndalang qo‗ydi. 
To‗g‗on qurilishining ba`zi mutaxasis va ishchilarining ishga bo‗lgan munosabati 
Matmusaning charxpalagini eslatadi. 
―Matmusa rassom‖ latifasida uning surat chizish holatidagi antiqa hodisalar 
kulgu ostiga olingan. Shu bilan birga rassomchilikdagi tuturiqsiz ―izim‖larni 
achchiq kulgu ostiga oladi. Jumladan, ―abstrakt san`atga tushunmadim mutlaqo‖ 
deyishganda asrning 60-yillarida bu borada tomir otgan formalizm beixtiyor esga 
keladi. O‗sha yili rassomlarning ko‗rigi bo‗lganda bir rassomning ikki variant 
natyurmorti ko‗rik-tanlovga qo‗yilgan. Birinchi varianti haqiqiy rasm, ikkinchi 
varianti esa mo‗yqalamni artib qo‗ygan holati bo‗lgan ekan. Rassomdan intervyu 
olganda, ikkinchi variant natyurmorti g‗olib chiqqanligini izohlaganda, ―birinchi 
variantni 
chizishda 
mo‗yqalamimni 
ikkinchi 
variantga 
artganman 
va 
tozalaganman‖ deb javob bergan. Formalizmning keng yoyilishi shu darajaga 


46 
borgan ediki, mo‗yqalamni artgan va unda hosil bo‗lgan rasm tanlovda g‗olib 
chiqgan. Latifani o‗qisangiz, beixtiyor o‗sha davrdagi formalizm ko‗z oldingizda 
namoyon bo‗ladi. 
―Matmusaning Amerika ochishi‖ latifasi haqiqatdan ham nodon, gumroh 
Afandining shoxga o‗tirib, uning tubidan kesishga o‗xshaydi. Lekin ana shu qah-
qah kulgu zamirida katta haqiqat ham bo‗y ko‗rsatadi. Latifada shunday satrlar 
ham bor. 
Ayting Amerikaga 
Kim dastlab qo‗ygan qadam? 
Kolumbmi? Yo‗q Xitoylar - 
Besh ming yilcha muqaddam. 
Ana shu satrlarni o‗qigan kitobxon chuqur o‗yga beriladi va ―kim dastlab 
qo‗ygan qadam‖ degan misralar kitobxonni uzoq tarixga xayolan sayohat qilishga 
yo‗naltiradi va shu o‗rinda zabardast shoir Abdulla Oripovning ―Kolumbda bor 
alamim manim‖ misrasini yodga keltiradi. Yana shu she`rdagi ―Beruniyning aql 
mash‗ali‖, degan misrani ham esga keltiradi. Shu o‗rinda kitobxonda chuqur 
farazlar hosil bo‗lib, Amerikani kashf qilishda Beruniyning xizmati birinchi va 
ulkan ekanligini tasavvur hosil qilishga undaydi. 
―Matmusaning bog‗i‖ latifasida davrimizning nihoyatda muammoli 
masalalarini yengil va achchiq kulgu ostiga oladi. Bog‗ yaratish ibrat va savob 
masaladir. Lekin uning rahbarini tayinlash, ishchilarini joy-joyiga qo‗yish, shtat 
masalasida shunchalik kengayib ketadiki ―cho‗t qoqishga o‗n odam‖, ―pul 
sanashga qirq odam‖ belgilanadi. Oqibat shtatlarni qisqartirish xavfi tug‗iladiki, 
xatto bog‗ direktori ham ixtisoslashtirishga tushadi. Shoir shtat masalasida ―xodim 
ko‗pmi qumursqa‖ deya achchiq haqiqatni fosh etish bilan birga yana bir kulguni 
qistaydigan hodisani qo‗shib qo‗yadi. Hech bo‗lmaganda telefonlik yumishini 
shakllantirishni beixtiyor masxara va kulgu ostiga oladi. Matmusaning bog‗i 
bog‗bonsiz bog‗ deyishadi. Bog‗bonsiz bog‗ning ahvoliga izohga hojat yo‗q. Bizda 
ham shu ahvol bot-bot takrorlanib turadi. Har yili xalq hashari bo‗lgan vaqtda gul, 
ko‗chatlar ekiladi, oqibat bog‗bonsiz, qarovsiz yana avvalgi holatiga qaytadi. 
Aniqroq misol aytadigan bo‗lsak, har yili Yangiyer, Guliston trassasi o‗ng va chap 
tomoniga ko‗chatlar qadaladi, qarovsiz ko‗chatlar pajmurda holga kelib, qurib 
qoladi. Keyingi yillarda o‗sha trassaga ekilgan ko‗chat va gullarga bog‗bon va 
parvarish qiluvchilar qo‗shildi. Tegishli o‗rinlarga kuzatuvchi post ham o‗rnatildi. 
Hozirgi kunda trassaning yonlarida yashil manzaralar hosil bo‗lgan. Bu holning 
amalga oshishida ―Matmusaning bog‗i‖ latifasi o‗rnak va tegishli xulosalarni 
berishi turgan gap. 
Erkin Vohidovning ―Donishqishloq latifalari‖ turkumida Matmusaning 
afandiyona qilmishlaridan kulsakda, lekin ularning zamirida achchiq haqiqat ufurib 
turishi ibratli hodisadir. 
Adabiyotlar ro‗yxati: 
1. Vohidov E. Saylanma. – T., Sharq, 2015 y. 
2. Vohidov E. She`rlar, – T., Sharq, 2016 y. 


47 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə