Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA MUMTOZ ADABIYOT AN`ANALARI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   259
id313213

 
ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA MUMTOZ ADABIYOT AN`ANALARI 
T.R.XO„JAYEV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (Navoiy DPI) 
Erkin Vohidov haqida, uning ijodi xususida ko‗p gapirildi va yozildi ham. 
Ammo shoir she`riyati, undagi latofat va falsafiylik, o‗ziga xos joziba va sevimlilik 
mohiyati hali to‗liq namoyon bo‗lmagandek tuyuladi. Shu bois shoir she`riyati 
borasida qancha ko‗p mulohaza yuritilsa va yozilsa, faqat va faqat ko‗ngil istagi 
amalga oshgandek bo‗lardi. 
E.Vohidov she`rlarini o‗qir ekanmiz, shoirning xalqimiz tarixi, o‗tmishimiz, 
adabiyotimiz, Sharq she`riyati, mumtoz adabiyotimiz, uning vakillariga bo‗lgan 
munosabatning o‗ziga xos qirralarini anglaymiz. Birgina ―O‗zbegim‖ qasidasining 


38 
o‗zi xam uning keng bilimi, tariximiz, mumtoz adabiyotimizdan chuqur 
xabardorligidan dalolat beradi, 
E.Vohidovning ―Ishq savdosi‖ nomli saylanmasiga kirgan she`rlari 
shoirning mumtoz adabiyotimiz, uning vakillari ijodidan yaxshigina voqif 
ekanligini anglatadi. Shoir she`rlarida mumtoz adabiyotimiz an`analarini 
quyidagilarda ko‗rish mumkin. 
1. Mumtoz shoirlarimiz she`rlari ta`sirida, ular ruhi va shaklida yaratilgan 
ijod namunalari. 
2. Shoir she`rlarida mumtoz shoirlarimiz tilga olingan misralar. 
3. Sharq adabiyotida mashhur bo‗lgan an`anaviy obrazlar talqini. 
4. Shoir she`rlarida mumtoz she`riyat shakllari haqidagi qaydlar. 
5. E.Vohidov she`rlarida mumtoz adabiyotimizga xos badiiy vosita va she`riy 
san`atlarning qo‗llanishi va boshqalar. 
E.Vohidovning bir turkum she`rlari bizni o‗tmish bilan bog‗laydi. Mashhur 
ajdodlarimizni hozirgi zamonga yaqinlashtiradi. Biz Afrosiyob, Al Xorazmiy, 
Beruniy, Forobiy, Muqanna, Firdavsiy, Umar Xayyom, Hofiz Sheroziy
,
Ulug‗bek, 
Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Mashrab, Nodira, Muqimiy, Furqat kabi ulug‗ zotlarning 
siymosini his qilgandek, ularning dardli, hazin nidolarini eshitgandek bo‗lamiz. 
Adabiyotshunos I.G‗afurovning mana bu fikrlari ayni haqiqat: ―E.Vohidov 
zamondoshimiz. U o‗zi bilan birga she`r xazinalarini olib yuradi. Uning bilan birga 
Navoiy yurgandek, Fuzuliy yurgandek, Gyote yurgandek, Geyne yurgandek, 
G‗afur G‗ulom, Hamid Olimjon, Cho‗lpon yurgandek…‖ [1, 7]
E.Vohidovning mazkur ―Saylanma‖siga kirgan aksariyat asarlarida, ayniqsa, 
―Yoshlik devoni‖ga kirgan she`rlarida mumtoz shoirlarimiz ta`siri, mumtoz 
she`riyatimiz an`analari aniq sezilib turadi. Shoirimizning mumtoz adabiyotimizga 
bo‗lgan cheksiz muhabbati namoyon bo‗ladi. E.Vohidovning ―Bandi zulf‖, 
―Ko‗zing‖, ―Kiprigingdan o‗q uzib‖, ―Yo‗q emish orzuda ayb‖, ―Senga baxtdan 
taxt tilarman‖, ―Dostonga yoz‖, ―Samar bo‗lg‗ay‖, ―Hijron yuki‖, ―Uyg‗otmagil‖, 
―Rashk‖, ―Xazina‖, ―Hofizga‖ kabi she`rlarida mumtoz she`riyatimiz xos uslub, 
g‗oya, ohang ko‗zga tashlanadi. Ayni paytda, ko‗pgina she`rlarda mumtoz 
she`riyatimizga xos so‗z, ibora, atama, tushuncha, obraz va timsollar ishlatilgani 
kuzatiladi. ―Azganush‖ he‘ridagi ―orazi gul‖, ―sochi sunbul‖, ―parivash‖; ―Tun 
bilan yig‗labdi bulbul…‖ she`rida ―bulbul‖, ―g‗uncha‖, ―sabo‗, ―sanam‖, 
―Bisitun‖; ―Surma‖ she`ridagi ―surma‖, ―mayxona‖, ―mastonavor‖, ―g‗am tog‗i‖; 
―Yo‗q emish orzuda ayb…‖da ―sayd‘, ‗sayyod‖, ‗dom‘, ‗ohu‖, ―band‘, ―jodu‖, 
―ishq‘, ―ishq domi‖, ―kahrabo‖; ―Uzum‖ she`rida ―mashshota‖, ‗xum‘, ‗qadah‘, 
―gulgun‖, ―sharob‖, ―may‖, ―devon‖; ―Zamon‖ she`rida ―charx‖, ‗falak‖, 
―kajraftor‘, ‗zolim‖, ―badxu‖, ―bevafo‖, ―Xayyom‖, ―may‖, ―sayyor‖, ―ohu‖, 
―fitna‖ ―fano‖, ―g‗azal‖, ―nazm‖ kabilar fikrni tasdiqlaydi.
Shoirning ba`zi she`rlarida mumtoz shoirlarimiz, ayniqsa, Navoiy asarlarida 
singdirilgan g‗oyalarga mos mulohazalar bildirilgan. Navoiyning asarlarida
xususan, ―Xamsa‖da inson umri, hayoti bilan bog‗liq qarashlar bayon qilingan. 
Navoiy inson vafot etish uchun tug‗iladi, deydi. E.Vohidovning ―Insoniyat tarixi‖ 
she`rida ana shu mazmun sigdirilgan. Mana, shoirning xulosasi: 


39 
Olimlar donishmandi 
Shunda debdi: xoqonim, 
Odamlar tug‗iladi, 
G‗am chekadi, o‗ladi, 
Insoniyat tarixin 
Mazmuni shu bo‗ladi [1, 102]. 
E.Vohidov Navoiy g‗azallarini teran anglaydi. Ularni hech bir olimdan kam 
bo‗lmagan holda sharhlay oladi. 1991-yil chop etilgan ―Alisher Navoiy. G‗azallar. 
Sharhlar‖ [2] kitobida mumtoz adabiyotimiz bilimdonlari S.G‗anieva, N.Komilov, 
Muhammad Ali, J.Kamol, A.Abdug‗afurov, I.Haqqulovlar qatorida shoirimiz 
tomonidan tahlil qilingan Navoiyning ―Junun vodiysida‖ g‗azali sharhi kiritilgan.
Tahlil shoirona badiiy ifoda bilan olimga xos teran mushohada uyg‗unligini 
o‗zida singdirgan. G‗azal tahliliga o‗tish jarayonida bildirilgan mana bu fikrlar 
Navoiyga bo‗lgan ulug‗ muhabbatni anglatadi: ―Navoiy baytlari bizning 
hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‗qish kitoblari bilan kirib keladi. Biz ilk bor 
buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz… So‗ng o‗smirlik, yigitlik 
faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi‖ [3, 89]. Shoir she`rlarida 
Navoiy o‗zgacha bir mehr, e`tiqod bilan eslanadi. 
Navoiydek bobosi borligidan ko‗ksi qalqonligidan masrur shoir ko‗p 
she`rlarida buni ifodalaydi. Navoiy va Fuzuliy she`rlarini hayoti mazmuni ekanligi, 
ularsiz ko‗k ham tatimasligini uqtiradi. 
―Kosmonavt va shoir‖ she`rida ana shu mazmun mavjud: 
Navoiyning, Fuzuliyning she`rlarini 
Olar edim, olar edim men barini. 
Bularsiz men uchmoqqa hech rozimasman, 
Fazolarga kuchmoqqa hech rozimasman [4, 56]. 
Shoirning ―Debocha‖ she`rida Mir Alisher, ―O‗zbegim‖ qasidasida Navoiy, 
―Uzum‖ she`rida Navoiy nomlari tilga olinadi. Fuzuliy, Boburlar kabi Navoiy 
g‗azaliga muxammas bog‗lanishi ham ko‗p narsani bildiradi. ―Hijron yuki‖ 
she`riga Navoiyning mashhur g‗azalidan ―Aylagin jondin judo Etguncha jonondin 
judo‖ misrasini epigraf qilib keltirilishi, shu ruh va mazmunda misralar bitish 
shoirning ulkan iqtidoridan nishonadir. 
E.Vohidov she`rlarida Sharq adabiyotida tez-tez uchraydigan an`anaviy 
obrazlar ham uchraydi. Mumtoz adabiyotimizda sevgi-muhabbat timsollari 
hisoblangan Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Qays, Laylo kabilarni shoir she`rlarida 
ham ko‗ramiz. Ba`zi o‗rinlarda lirik qahramon o‗zini Farhod va Majnunlarga 
qiyoslasa, boshqa bir misralarda ishq va jafokashlikda ulardan ustunligini, 
mahbubasi ham go‗zallikda Shirin va Layli yoki Laylodan ortiqligini sevinch bilan 
tasvirlaydi. Agar ―Yoshlik‖ she`rida yoshlik – bu sevish va sevilish davri, ishqu 
oshiqlik onlari, ya`ni Majnunu Laylilik fasli ekanligini uqtirsa, ―Visol sog‗inchi‖da 
yor visoli umidida Farhodu Majnundan-da dardli holga tushganini bayon etadi: 
Gar sog‗inchim sharhin aytsam 
Yondirar Farhod o‗zin, 
Yo ochay Majnunga dardim, 


40 
Ul-ku mendan sog‗rog‗ (1, 194). 
Shoirning she`rlarida mumtoz adabiyotimiz shakllari – janrlar ham qayd 
etilgan. G‗azal, muxammas, musaddas kabilar tilga olingan. ―Yoshlik‖ she`rida: 
Na bir g‗azal, na bir musaddas, 
Uning o‗zi she`rdan muqaddas (1, 43). 
Mumtoz adabiyotimizda badiiy san`atlarning alohida o‗rni bor. Ular she`r 
badiiyatini oshiradi. Shoirning yuksak mahoratini ko‗rsatadi. E.Vohidov 
she`rlarida ham tazod, tashbeh, tajnis atamalari va ular singdirilgan she`rlarni 
uchratamiz. Tazodning yuksak namunasini ―Barcha shodlik senga bo‗lsin‖, 
―Dutorim tori ikkidur…‖ she`rlarida ko‗rish mumkin. Mana bu misralar mumtoz 
she`riyatimiz ruhiga hamohang: 
Sen shahanshohlikni olgin, 
Menga qullik bo‗lsa bas, 
Bor jafokorlik senga-yu, 
Bor vafodorlik menga [1, 117]. 
Umuman, bunday mulohazalarni ko‗plab keltirish mumkinki, shularning o‗zi 
ham 
E.Vohidov 
she`riyati 
mumtoz 
adabiyotimiz 
an`analarini 
o‗zida 
mujassamlashtirganini ko‗rsatadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Vohidov E. Ishq savdosi. Saylanma. 1-jild. – T.: Sharq, 2000. 
2. Alisher Navoiy. G‗azallar. Sharhlar. – T.: Kamalak, 1991. 
3. Vohidov E. Junun vodiysida . / Alisher Navoiy. G‗azallar. Sharhlar. – T.: 
Kamalak, 1991.
4. Vohidov E. Ishq savdosi. Saylanma. 1-jild. – T.: Sharq, 2000.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə