Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOVNING SHE`RIY TURKUMLARI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   259
id313213

ERKIN VOHIDOVNING SHE`RIY TURKUMLARI 
Obidaxon FAYZULLAEVA, 
filologiya fanlari nomzodi
, dotsent
 (GulDU)
 
Erkin Vohidov xassosqalb shoir bo‗lib, uning she`riyatining zalvori va 
nufuzi individual she`riyat haqidagi tasavvurlarni boyitishga yetarlicha manba 
vazifasini o‗tashiga shubha qilmasa ham bo‗ladi.
Ma`lumki, turkumlilik o‗zbek
she`riyatida qadimdan shakllanib 
kelayotgan hodisalardan biri sanaladi. Erkin Vohidov she`riyatida ham she`riy 
turkumlarning o‘ziga xos shakllarini uchratish mumkin. Xususan, shoirning 
“Kavkaz she`rlari” turkumi, Kanada turkumi, “Donishqishloq latifalari” 
turkumi kabilar shular jumlasidan.
Lirik turkumlilik haqida muxtasar ma`lumot beradigan bo‗lsak, lirik 
turkumlilik – bu muallif tomonidan ma`lum bir ketma-ketlikda birlashtirilgan 
mustaqil asarlar to‗plami bo‗lgan badiiy tizimdir. Turkumning murakkab 
yaxlitligini qo‗llab-quvvatlovchi yadro bu – lirik qahramon obrazi. ―Lirik 
turkumlilikning qiymati har doim uning tarkibiy qismlari qiymatlarining 
yig‗indisidan kattaroqdir, chunki o‗zaro turkumni tashkil etuvchi unsurlar, ularning 
o‗zaro ta`siri butun turkumning yangi ma`nosini keltirib chiqaradi, ma`noda katta 
rol o‗ynaydi‖. [3, 11] Lirik turkumning quyidagi o‗lchamlari ajralib turadi: 
umumiy sarlavha, matnning barqarorligi, she`rlarning mavzuviy yaqinligi, motiflar 
va ramziy tasvirlar orqali kompozitsiyaning umumiy tamoyillari, fazo-vaqt 
davomiyligi, umumiy poetik hajm yoki ritm. 
Mana shu jihatlariga ko‗ra o‗rganilganda, Erkin Vohidovning ―Kavkaz 
she`rlari‖ turkumi shunday xususiyatlarga ega.
Ushbu turkum tarkibidagi shoirning ―Yelkan‖ she`ri Boku ko‗rfazida suzib 
ketayotgan oq yelkanli qayiq tavsifi bilan, ―Ararat cho‗qqisiga‖ she`ri bulutlarga 
bo‗y cho‗zgan yuksak tog` cho‗qqisiga lirik qahramonning murojaati bilan, 
―Azganush‖ she`ri go‗zal arman qiziga oshiq shoir yigitning dil izhori bilan, 
―Ayrilish‖ she`ri oshiq o‗zbek yigitining Kavkazdagi suyukli yori bilan o‗z yurtiga 
ketish oldidan ayrilishning azobli onlari ifodasi bilan, ―Fuzuliy haykali qoshida‖ 
she`ri ushbu buyuk ozar shoiriga o‗zbek shoirining yuksak ixlosi izhori bilan, 
―Xayrlashuv‖ she`ri Kavkaz yurti bilan lirik qahramon bo‗lgan shoirning 
xayrlashuv onlari tavsifi bilan jamlanganiga guvoh bo‗lish mumkin.
Har bir she`rning lirik qahramoni bo‗lgan o‗zbek shoiri o‗zga fusunkor 
yurtning manzaralaridan hayratini yashira olmaganligi, shu yurt go‗zallari tavsifiga 
ham o‗rin ajratganligi, bir oshiq yigit sifatida ularga ko‗ngil berganligi va qisqa 
muddatli safar chog`ida unga izhori dil qilishga ham ulgurmaganligini ko‗rish 
mumkin. demak, ushbu she`rda turkum she`rlardan talab qilinadigan yagona lirik 
qahramonning mavjudligi tamoyili ham o‗z ifodasini topgan ekan.
Keyingi turkum ―Kanada turkumi‖ bo‗lib, ushbu turkum tarkibiga shoirning 
―Kalgarida soat o‗n ikki‖, ―Auksion‖, ―Arslon o‗rgatuvchi‖, ―Ko‗cha chetidagi 


48 
ayol‖ kabi she`larini kiritish mumkin. Ushbu she`rlarda ham lirik qahramon 
Kanadaga safari taassurotlarini tavsiflayotgan musofir shoirdir.
―Kalgarida soat o‗n ikki‖ she`rida bu o‗lka Kovboy – cho‗ponlar (aslida 
qoramol boquvchilar) vatani ekanligi, u yerda soat tushgi o‗n ikki bo‗lganida 
Toshkentda soat tungi o‗n ikki bo‗lishi, ularda quyosh tikkada turib qizdirganida, 
bizda tungi sokinlik paytida insonlar orom olayotgani haqidagi o‗ylar aks ettiriladi. 
She`rning nihoyasi ham o‗ziga xos: 
Ajab,
Kovboylar makonida 
Kovboylardek qadam tashlayman. 
Yer sharining ters tomonida 
Toshkent vaqti bilan yashayman [1, 290]. 
deya tamomlashidan lirik qahramonning o‗zi qayerda bo‗lsa ham qalbi o‗z Ona 
vatani bilan ekanligini ilg`ash mumkin.
Shoirning ―Auksion‖ she`rida bozorning ulgurji savdo ko‗rinishi bo‗lgan bu 
shaklida yuz berayotgan voqelik xususida so‗z boradi. Undagi g`ovur-g`uvur, 
ishbilarmonlar uchun har bir lahzaning g`animatligi kabi jihatlar alohida 
ko‗rsatilgan.
E.Vohidovning ―Arslon o‗rgatuvchi‖ nomli mashhur she`ri ham shu 
turkumdan bo‗lib, u ―Vankuver tomoshagohida‖ degan izoh bilan chop etilgan. 
She`rning asosiy g`oyasi insoniyatning abadiy muammolaridan biri bo‗lgan erk 
tushunchasi bo‗lib, shoir ushbu she`rda sher kabi o‗rmonlar shohi bo‗lgan 
hayvonning erki masalasini insonning tirikchilik ko‗yidagi erki masalasiga 
yondosh qo‗yib, har ikkalasidagi hayotning ayanchli haqiqatini ochib ko‗rsatishga 
erishadi. Shoir she`rdan nazarda tutilgan g`oyaviy maqsadni amalga oshirish uchun 
intoq san`atidan unumli foydalanadi. Olovli halqadan qamchi yordamida sakrashga 
da`vat qilayotganga qarata: 
- Ojiz odam!! 
Bas, boshimdan qamchi o‗ynatma! 
... Bor! 
Olovdan sakramasman! 
Bo‗lma ovora! 
Bilasanmi –
Men kimmanu sen kim, bechora! [1, 293] 
kabi vahshatli so‗zlar bilan tahdid qilishi va unga insonning javobi muammoning 
hal bo‗lishiga olib keladi: 
Holatimga tushun,
Isyon qilma, birodar, 
Charx oldida ikkimiz ham
Asli barobar. 
Garchi arslon o‗ynataman, 
Garchi men – Odam, 
Oy so‗ngida qand kutaman 
Xo‗jamdan men ham [1, 293]. 


49 
Ya`ni, arslon o‗rgatuvchi ham o‗z xo‗jasi oldida ojiz, u ham bola-chaqasi va 
tirikchiligi uchun ―qand‖ – maoshini kutib, o‗shanga intiq bo‗lib yashaydigan 
banda. She`r ham o‗z xojasi bo‗lgan arslon o‗rgatuvchidan yemak kutadi, usiz 
halok bo‗lishi aniq. Har ikkalasining ham yashash uchun kimgadir bo‗ysunishi, o‗z 
yemagiga yarasha xizmat qilishi zarurati ulardagi umumiy jihat bo‗lib, ushbu hayot 
haqiqati sherday ulug`vor jonivorni ham larzaga keltiradi:
-
Bo‗ldi, bas qil! 
Yuragimni qon qilma, inson! 
O`t olsin bu charxi falak
Risqu ro‗zini!.. 
Arslon olov chambarakka 
Otdi o‗zini [1, 294]. 
Ko‗rinadiki, arslon oddiy hayot haqiqati bo‗lgan erk tushunchasi tirikchilik 
va yemak muammosi oldida oyoqosti bo‗lishi hech gap emas ekanligini anglab 
yetadi. Insonlar o‗z erkini o‗z qo‗llari bilan sohiblarga, boshliqlarga, xojalarga 
berib qo‗yishidan g`azabga keladi.
Shoirning ―Alisher Navoiy kemasi‖ she`rida shoir Bahri muhit aro kezib 
yurgan Alisher Navoiy kemasini ko‗rgan shoirning hayratlari aks ettirilgan. 
Hayajon ko‗nglimda, hayrat aqlimda, 
Olis qirg`oqdaman – bu nechuk timsol!! 
Yarim ming yil osha o‗zga iqlimda 
Bundoq uchrashuvni kim etmish xayol [1, 294]. 
Shoir ta`riflayotgan kema xayol mahsuli bo‗lib, u lirik qahramon bo‗lgan 
shoirning shuurida namoyon bo‗lgan. Bu balki Navoiyning ushbu uzoq o‗lkalarda 
ham ijodkorlar tomonidan chuqur ehtirom bilan e`tirof etilishining ifodasi bo‗lishi 
ham mumkin.
Mahshargacha uyg`oq buyuk Alisher 
Jahon ummonida kezib yuripti [1, 295]. 
She`rdan Navoiy dahosiga e`tirof zamonlar osha bardavom ekanligi va 
Navoiy ruhi jahon bo‗ylab kezishi esa uning yodi hamisha qalblarda ekanlig, ushbu 
daho ijodkor hech qachon unutilmasligi xususida deyish mumkin.
Ushbu turkumdagi ikkita she`rning lirik qahramonlari poetik obrazlarning 
o‗zidir. Bular ―Unutish qo‗shig`i‖ she`ridagi ko‗cha chetida yotgan insonlar 
tomonidan unutilgan odam bo‗lsa, ikkinchisi ―Ko‗cha chetidagi ayol‖ she`ridagi 
yengiltabiat ayol obrazlaridir. Har ikkalasi ham yashayotgan muhitlarida jamiyat 
chiqindilari darajasidagilar bo‗lsa ham shoir ular tilidan so‗zlab, ularning ham 
insonlar ekanligini, ular ham yashashga haqli ekanligini, ularning bu holatlari 
noilojlikdan ekanligini uqtirish orqali o‗sha jamiyatda gumanizm tushunchasiga 
munosabatni ko‗rsatgandek bo‗ladi. ―Unutish qo‗shig`i‖ she`rida: 
Yo‗l chetida behol yotibman, 
Ne bo‗ldi, deb so‗rar odam yo‗q. 
Olam uchun yo‗qman tamoman, 
Bunday olam men uchun ham yo‗q [1, 296]. 


50 
deyish orqali o‗zi yashayotgan olamdan uchun begona bo‗lib qolgan odamning bu 
olamni unutib, ya`ni jamiyatdagi qonun-qoidalarga, axloqiy normalarga 
bo‗ysunmagan holda, beqarov va abgor ko‗yga tushib, o‗zligini ham unutib, 
irodasizlik qilib yotganligini ko‗rish mumkin.
―Ko‗cha chetidagi ayol‖ she`rida ham lirik qahramon bo‗lgan o‗sha ayol o‗zi 
yashayotgan chirkin jamiyatni ―ozod yurt‖ deya atab, uning ―kasbi‖ qonuniy 
ekanligini, hech kim uni cheklashga haqqi yo‗qligini aytib o‗tish orqali, faxsh va 
fujur ushbu jamiyatda norma sifatida qabul qilinganligini ta`kidlaydi.
Umuman, Kanada turkumidagi she`rlarda ushbu yurtga qilingan safarning 
turfa taassurotlari aks ettirilganligini, lekin turkumdagi she`rlarda yagona lirik 
qahramon 
nutqi 
bayon 
qilinmasdan, 
poetik 
obrazlar 
nutqidan 
ham 
foydalanilganligi, shoirning bu mavzudagi she`rlarning maqsadidan kelib 
chiqqanligini ko‗rish mumkin.
Erkin Vohidovning yana bir turkumi ―Donishqishloq latifalari‖ she`rlari 
bo‗lib, ushbu turkumdan o‗n yettita mustaqil she`rlar o‗rin olganlgidan uning 
salmog`ini ko‗rish mumkin. Ushbu mashhur turkum hajviy she`rlar jamlanmasi 
bo‗lib, undagi she`rlar satirik va yumoristik mazmunda ekanligiga ko‗ra ham 
ajratilishi mumkin.
Turkumning ilk she`ri ―Matmusaning qishlog`i‖ deb atalib, bu she`r 
turkumning asosiy qahramoni bo‗lgan Matmusa yashaydigan Donishqishloq 
haqidagi umumiy tasavvurni beruvchi turkumning kirish qismi deyish mumkin.
Kitob bo‗lar ta`rifi, 
Yozsa ming bir sahifa. 
Donishqishloq ahlidan
Tinglang uch-to‗rt latifa... [ 1, 507] 
Asardagi Matmusa o‗zbek xalq og`zaki ijodidagi Afandi obraziga o‗xshab 
ketadi. Afandi latifalarda ikki xil shaklda ko‗rinadi: biri – o‗z oilasi davrasida, 
ikkinchisi – jamiyat kishilari orasida. Matmusa ham xuddi shunday holatda 
namoyon bo‗ladi. Shoir muqaddima she`rda aytganidek, keyingi she`rlarda 
Matmusa haqidagi latifalar tizimi ko‗zga tashlanadi.
Turkumdagi ―Matmusaning qalpog`i‖, ―Matmusaning lagani‖, ―Qiziquvchan 
Matmusa‖, ―Matmusaning mehmondo‗stligi‖, ―Matmusa va o‗g‗rilar‖ kabi she`rlar 
yumor yo‗li bilan yozilgan bo‗lib, ularda qalpoqni ―yuvgan‖ Matmusaning 
pirovardida o‗sha qalpoqni ichkilik haqiga berib ketishi, bozordan lagan sotib 
olgan Matmusaning uning keyingi holatini o‗ylab, sindirib, qaytadan chegalatib 
olishi kabi ―omilkorligi‖dan butun qishloq qoyil qolishi, yangi bo‗yalgan 
simyog`ochga uning tepasiga yopishtirilgan qog`ozdagi yozuvni o‗qiyman, deya 
chiqib, yangi kiygan ishton-ko‗ylagini bo‗yoq qilishi, o‗zi qutqargan shaharlikni 
o‗z galstugidan daraxtga osib, ―quritib‖ qo‗yishi, uni talagan o‗g‘rilarning ovozi 
chiqmasligi uchun chalgan karnaylari bilan to‗ylardagi chalingan karnayni 
adashtirib qo‗yishi kabilar shular jumlasidan.
Turkum tarkibidagi ―Matmusaning charxpalagi‖, ―Matmusaning uylanishi‖, 
―Matmusa – rassom‖, ―Matmusaning dutori , ―Tandir kiygan Matmusa‖, 
―Matmusaning qo‗shig`i‖, ―Matmusaning Amerika ochishi‖, ―Matmusaning 


51 
haykali‖, ―Matmusaning eshak sotgani‖, ―Matmusaning bog`i‖ kabi she`rlar 
satiriklik jihati yetakchi bo‗lgan she`rlardir. Ularda jamiyatda mavjud illatlar 
zaharxanda kulgu orqali qoralanadi. Xususan, yakka shaxsga sig`inish, 
―katta‖larning yo‗rig`idan chiqmaslik, jamiyatning ongsiz vakili kabi o‗zining 
mavhum 
kelajakka 
tomon 
odimlash, 
buyruqbozlikka 
ko‗nikmaning 
shakllantirilganligi, mavjud ―tizim‖larning xizmatida bo‗lish, o‗z manfaati uchun 
haqni nohaq deyishga tayyor bo‗lish, mehnat qilgan kishining chetda qolib, 
tekinxo‗rlar ―telefonli‖ amaldorlarning hosilga ega chiqishi kabilar shular 
jumlasidan. So‗nngi she`rning xulosasi ham shunga yarasha: 
O`zingiz bir hisoblang 
Xodim ko‗pmi, qumursqa... 
Kirib oling siz ham bir 
Telefonlik yumushga [1, 534]. 
Umuman, ushbu turkumning o‗ziga xos jihatlari undagi she`rlarning yagona 
qahramoni – Matmusaning mavjudligi, yagona makon – Donishqishloqdagi 
hangomalar aks ettirilganligi, yagona zamon, ya`ni Matmusa yashayotgan zamon 
tasvirlanganligi, she`rlarning hammasi hajviy usulda yozilganligi, g`oyaviy-
mavzuviy jihatdan umumiy mazmunni, ya`ni Matmusa bilan bog`liq latifalar 
tasviriga bag`ishlanganligi, she`rlardagi yaxlit tasvir noma`lum, ya`ni hayotda 
borligi gumon bo‗lgan makon bo‗lsa-da, badiiy to‗qima uchun o‗rinli bo‗lgan 
shartli-kinoyaviy nomlangan Donishqishloq tushunchasining mavjudligi kabilarda 
aks ettirilgan.
―Lirik turkum shoirga voqelikning yaxlit tushunchasini, dunyo va odamning 
yaxlit nuqtai nazarini ifoda etishga imkon beradi, shu bilan birga lirikaga xos 
xususiyatlarni saqlab qoladi‖ [3, 34]. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidov yaratgan she`riy 
turkumlarda voqelik yaxlit holatda aks ettilgan. Bu turkumlarning Kanada, 
Kavkaz, Donishqishloq kabi nomlaridanoq seziladi. Inson va borliqning yaxlitligi 
ham she`rlardagi liri kqahramonlarning o‗zi harakatlanayotgan muhitga 
munosabatlarida o‗z ifodasini topgan. Turkumning asosiy mavzusi, xarakterli 
tasvirlari, matnning subyektiv tashkil etilishi, intertekstuallik aloqalari, 
kompozitsiyasi, mavzu dinamikasi va xronotopi kabi jihtlarida yaxlitlikning 
mavjudligi uning turkum ekanligining yaqqol isboti bo‗la oladi. Bu jihatlarning 
amaliy ifodasi Erkin Vohidov she`rlarida o‗z ifodasini topgan deya to‗la ishonch 
bildirishimiz mumkin.
Adabiyotlar: 
1.
Erkin Vohidov. Tanlangan asarlar. – T., Sharq, 2016. - 696 bet. 
2.
Muhammad Ali. She`riyatimizning porloq yulduzi. (E.Vohidov Saylanmasiga 
so‗zyuoshi). –T., Sharq, 2016. 5-10- betlar.
3.
Qosimova A.R. Lirik turkumlilik Anna Axmatova ijodidagi doimiy uslub sifatida. 
Filol. fanlari nomzodi… diss. avtoreferati. – M., 2011. - 26 b. 
4.
Yo‗ldoshev Q. So‗z yolqini. –T., G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy 
uyi. 2018. – 504 bet.


52 
5.
Хализев В.Е. Теория литературы. Поезия и проза. М., Высшая школа, 1999. 
Стр. 236-239. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə