Zbekiston respublikasi oliy va o


“Ayoqingg„a tushar har lahza gisu...”



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   259
id313213

“Ayoqingg„a tushar har lahza gisu...”
[3, 237] deb boshlanuvchi besh 
baytli g‗azalini boshdan oxirigacha irsoli masal san`ati bilan bezatganligini juda 
yaxshi bilamiz. Erkin Vohidov ham 
“Masal borkim...”
deb boshlanuvchi 
g‗azalining boshdan-oyoq har baytida bittadan, ya`ni beshta maqol qo‗llagan.
Ajab, 
vaslingga men endi 
Etishganda ko„rindi moh

Masal borkim, 
og„iz oshga, 
Burun toshga tegibdir

Voh! Kulib yurgay elim bir vaqt 
O‟qib Majnun jununidan, 
Degaylar, 
o„zgadin kulma, 
O‟zingdan bo„lmayin ogoh. 
Seving, deb she`r bitib avval, 
O‟zim bo„ldim asiri ishq, 
O‟zi tushgay emish oxir 
Birovga kimki qazgay choh. 
Parivash zulmidan bo„ldi 
Ko„ngil mulki parishonhol. 
Demishlar: 
mulk vayrondir 
Agar zolimlik etsa shoh. 
Bo„libsan oshiq, Erkin, 
Uz umid jondin, o„kinch qilmay, 
O‟zingga, deydilar, 
dushman 
Keyin chekkan pushaymon, oh
[1, 204]. 
Shoirning bir qator she`rlarida folklor syujetlari, motivlari asosida 
yaratilgan namunalarini uchratamiz. O‘zbek xalq ertaklari orasida ―Uch 
yolg‗ondan qirq yolg‗on‖ nomli motiv bor. Erkin Vohidov shu mavzuni asos qilib, 
olib ―Bir yolg‗ondan qirq yolg‗on‖ she`rini yozgan [2, 293-296]. Bu she`r 
bolalarga atab yozilganligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki 
voqeaband she`r syujeti chaqoloq tilidan hikoya qilinadi.
She`r odatdagidek juda engil o‗qiladi. Kitobxonda katta qiziqish uyg‗otadi. 
She`rning mazmunidan ko‗rinib turibdiki, shoir bolalar uchun go‗zal she`rlar 
yozishda mahorat ko‗rsatgan. 
Kaminai kamtarin – 
Falonchiev Falonchi. 
Men bir o„zim rostgo„yman. 
Qolgan hamma - yolg„onchi. 
Yoshimni so„rasangiz, 
Yuz oylik chaqoloqman. 
Qotmadan kelgan daroz, 


69 
Pakana baqoloqman... 
Ichim to„la hikoya, 
Qirqtasin aytaman. 
Dam olinglar, hozircha 
So„zimni to„xtataman. 
Erkin Vohidov she`riyatida salmoqli o‗rinni hajviy ruhdagi she`rlar 
egallaydi. e`tiborga loyiq jihati shundaki, aynan shunday she`rlarda folklorga xos 
xususiyatlardan, jumladan, mavzularidan foydalanilgan. Masalan, shoirning 
―Donishqishloq latifalari‖ turkumidagi she`rlarini keltirishimiz mumkin [2, 168-
210]. Bu turkumga kiruvchi yigirmaga yaqin she`rlarning bosh qahramoni 
Matmusa, garchi muallif qahramonini Aldarko‗sa deb e`tirof etgan obraz bo‗lsa 
ham folklordagi Nasriddin Afandining aynan o‗zginasi. Matmusaning foydasidan 
zarari ko‗proq yumushlarni qoyillatib bajarishi, hatto bu ishlarini donolik 
darajasida baholashi o‗quvchida samimiy tabassum uyg‗otadi. Engil yumor bilan 
sug‗orilga bu she`rlarni o‗qir ekanmiz, oramizda yashab yurgan afanditabiat 
zamondoshlarimiz ko‗z o‗ngimizda gavdalanadi. Beixtiyor yuzimizga tabassum 
yuguradi. Mazkur turkumdagi ayrim she`rlar ham folklor namunalari asosida 
yaaratilganligini ko‗rishimiz mumkin. 
Mashhur adib Abdulla Qodiriyning ―G‘irvonlik Mallavoy‖ qissasida 
g‗irvonliklarning latifanamo hangomalaridan namunalar keltirilganligi ma‘lum. Bir 
g‗irvonlik bozordan tandir sotib oladi va eshakka o‗tirib, tandirni kiyib oladi va 
adashib boshqa joyga borib qoladi. Ana shu hangoma syujetidan Erkin Vohidov 
―Tandir kiygan Matmusa‖ she`rida unumli foydalangan. She`r oxirida
Ayo do„stlar, adashagan 
Bir mo„mindan kulmaylik. 
Matmusadek o„zimiz 
Tandir kiygan bo„lmaylik.
[2, 188]. 
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov ijodida folklor namunalaridan 
foydalanib yaratilagan she`rlar o‗quvchilar ruhiyatini ko‗tarish, ular qalbida yumor 
hissini o‗stirishga xizmat qiladi.
Shoir xalq og‗zaki ijodi namunalarini mukammal bilishini, ularda ilgari 
surilgan ezgu g‗oyalarni asarlari qatiga singdirib yuborishni haddi a‘losiga etkazib 
uddalay olganini guvohi bo‗lamiz. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Vohidov Erkin. Asarlar. 1-jild. Bahor tarovati. – T.: Sharq, 2015. – B.144-
145

2.


Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə