Zbekiston respublikasi oliy va o


Vohidov Erkin. Asarlar. 3-jild. Kuz saxovati. – T.: Sharq, 2016. –B.51



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   259
id313213

 


Vohidov Erkin. Asarlar. 3-jild. Kuz saxovati. – T.: Sharq, 2016. –B.51.
 
3. Lutfiy. Devon. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy 
uyi. 2012. – B.412 . 
 
POETIK MAHORAT QIRRALARI 
Farida KARIMOVA,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (NamDU)


70 
Erkin Vohidov Alisher Navoiy an‘analarini yangi davrda o‗ziga xos shaklda 
davom ettirgan iste‘dodli shoirdir. Shoir iste‘dodining bir qirrasi oltimishinchi 
yillarda o‗ziga xos adabiy hodisa bo‗lgan «Yoshlik devoni»da o‗ziga xos tarzda 
bo‗y ko‗rsatdi. Shoir g‗azal janri imkoniyatlari kengligini devondagi rang-barang 
mavzularda bitilgan o‗nlab g‗azallar orqali isbot etdi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi. 
Shoir she‘riyati mavzu va g‗oyalar ko‗lamining rang-barangligi bilangina 
emas, balki badiiy qirralarining turli ranglarda jilvalanishi bilan ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, shoir g‗azallarida inson va uning ruhiy holati, ichki 
kechinmalarini bevosita yoki bilvosita qalamga oladi va so‗zi orqali hayotiy 
lavhalar chizadi. Bunga shoir hayotiy voqea, hodisa, tafsilotlarga murojaat qilish 
orqali erishadi. Boshqacharoq aytganda, hayotiylik Erkin Vohidov she‘riyatining 
muhim xususiyatidir. SHoir aksariyat she‘rlarida hayotiy voqea-hodisalar, holatlar 
tasviri zamirida o‗zining asosiy fikrlarini ochishga harakat qiladi. Bunday 
she‘rlarni o‗qiganda, ko‗z o‗ngimizda real holat, lavhalar gavdalanadi. SHu 
jihatdan shoirning «Uzum» radifli g‗azali xarakterlidir: 
Termular shabnamli yaproq – 
Ostidan pinhon uzum, 
Lablaringga etmoq istab 
Tong sahar giryon uzum. 
Tark etib ko‗shkin, savatga 
Qo‗ydi bosh, izlab seni. 
Charx urub bozor ichida 
Bo‗ldi sargardon uzum. 
Kimki oshiqlikni da‘vo 
Aylasa shuldir jazo
Oqibat xum ichra bo‗ldi 
Mahkumi zindon uzum[1, 269]

Kuz kunlarida tong chog‗ida g‗arq pishgan uzumlarning oftob nurida ko‗zni 
qamashtirib tovlanishi, uzib savatlarga joylanishi, bozorda «sargardon» bo‗lishi va 
nihoyat, xumlarga bosilib, ma‘lum muddat saqlangach, sharobga aylanishi – 
hayotiy hodisa. Bu hayotiy hodisadan shoir o‗z devonining necha yillar «dil 
xumida» uzum kabi qonga aylangan iztiroblarning, kechinmalarning, orzu-
armonlarning ifodasi sifatida yuzaga kelganligi haqidagi fikrni obrazli ifodalsh 
uchun foydalangan: 
Xum ichida necha yil xun 
Bo‗lmoq erkan qismati, 
Lablaringga etdi oxir 
Bir piyola qon uzum. 
Ey Dilorom, senga Erkin 
Tutdi maydek she‘rini, 
Dil xumida necha yil 
Qon bo‗ldi bu devon uzum [1, 270]. 
G‗azalning 1-4 baytlarida hayotiy hodisa tasviri beriladi. 5-baytda esa bu 
tasvir bilan uyg‗un tarzda oshiqning ruhiy holati namoyon bo‗ladi. Ya‘ni kimki 


71 
oshiqlikni da‘vo qilsa, «xum ichra» «mahkumi zindon» bo‗lgan uzum yanglig‗ 
bag‗ri qon bo‗lishi tabiiydir. Oshiqning peshonasiga yozilgan «xun bo‗lmoq» 
qismati qachongacha davom etishi noma‘lum. Lekin har qanday hijronning 
nihoyasi – visol… Bunga «bir piyola qon» – sharob bo‗lib ma‘shuqaning lablariga 
etishgan uzumning «qismati» dalildir. Shoir ham necha yillar qalbida tug‗yon 
urgan his-tuyg‗ularining, iztiroblarining, orzu-armonlarining ifodasi bo‗lgan 
g‗azallaridan go‗zal bir guldasta – devon tuzib, visol onlarida ma‘shuqasiga taqdim 
etmoqda. 
Ko‗rinadiki, hayotiy lavhalar bilan qiyoslab tasvirlash usuli bu g‗azalda bir 
uslubiy vositaga aylangan. SHoir she‘rda tashbeh, tamsil, husni ta‘lil, jonlantirish, 
istiora kabi san‘atlarni qo‗llash orqali ko‗z o‗ngimizda go‗zal lavhalarni 
gavdalantiradi. Masalan: 
Oftob mashshotasi 
Tok sochini nurdan tarab, 
Zangining bo‗yniga osmish 
Shodai marjon uzum [1, 269]. 
Oftob mashshotasi (soch tarab oro beruvchi, pardozchi) tokning sochlarini 
nur bilan tarab, zangining bo‗yniga uzumdan marjon shodasi osib qo‗ygan. 
Mumtoz adabiyotda ko‗proq ma‘shuqaning tishlarini marjon shodasiga o‗xshatish 
an‘anaviy tashbehlardan hisoblanadi. Lekin quyosh nurlari ostida ishkomda 
tovlanib turgan uzumlarni tok zangining bo‗yniga osilgan marjon shodasiga 
o‗xshatish shoirning o‗ziga xos tashbehlaridandir. 
Shuningdek, g‗azaldagi qofiya va radifga ham muhim vazifa yuklatilgan. 
Pinhon, giryon, sargardon, qon, devon kabi qofiya uchun tanlangan so‗zlar asosiy 
g‗oyaviy mazmunni ochishga, g‗azal jarangdorligini, musiqiyligini yuzaga 
keltirishga xizmat qilgan bo‗lsa, radif g‗azaldagi kompozitsion mukammallikni 
ta‘minlagan. 
Aruzda ijod qiladigan shoir aruz nazariyasi qoidalarini, vazn, qofiya va 
she‘riy san‘atlar haqidagi ilmni puxta egallashi, tilni chuqur o‗rganishi, so‗z 
boyligi ko‗p bo‗lishi, mumtoz va zamonaviy she‘riyatni «ko‗p va xo‗b» mutolaa 
qilishi, qisqasi, zahmatkash bir inson bo‗lishi lozim. Erkin Vohidovda ana shunday 
fazilatlar mavjud edi. Bu shoir g‗azaliyoti poetikasining har jihatdan barkamol 
bo‗lishini ta‘minlagan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Vohidov E. Muhabbat. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at 
nashriyoti, 1982. 
2. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – T.: Sharq,1999. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə