Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA NAVOIY SIYMOSI TALQINI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   259
id313213

ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA NAVOIY SIYMOSI TALQINI
Elmurod NASRULLAYEV, 
filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD) 
Madina IBODULLAEVA, 
talaba (JizDPI)


72 
 
Adabiyotshunos 
olim 
N.Ahmedov 
she`riyatda 
Navoiy 
obrazini 
gavdalantirishning nisbatan keng tarqalgan ko‗rinishlari hamda bu badiiy 
usullarning adabiyotdagi yangi insonni shakllantirish xususida fikr yuritadi va 
―lirik poeziya, eng avvalo, poetik ifodalash prinsipiga asoslangani uchun buyuk 
shoir obrazini talqin etishda Navoiy asarlarida tasvirlangan qahramonlar nomini 
talmeh vositasida lirik kechinma oqimiga kiritib, fikrni poetik ta`sirchan 
ifodalashga erishish, ana shu qahramonlar muallifini o‗quvchi xotirasida 
jonlantirish yo‗lidan‖ [2, 69]. Borishini ta`kidlaydi. Poetik ifodalash prinsipiga 
asoslangan bu usul muayyan qarash va vaziyatlarni bir-biriga zidlab gavdalantirish 
jarayonining mahsuli sifatida yuzaga keladi. 
Yangi o‗zbek aruzining etuk vakili Erkin Vohidov 1967 yilda yozgan «Lola 
sayli» [3, 69] she`rida yorini lola sayliga taklif qilganida rozilik olgan oshiqning 
ko‗tarinki kayfiyatini tasvirlaydi: 
Keng jahon bo‗ldi munavvar lutfidan, evoh, qani, 
Sidqidildan yursa dilbar doim oshiq mayliga. 
Ma‘shuqasi bilan lola saylida yurgan oshiq bu visoldan sarmast bo‗lgani 
holda, xayoliga Qays (Majnun) necha yil dashtu sahroda yursa ham, nima uchun 
Laylini lola sayliga taklif qilmaganligi kelib qoladi: 
O‗yladim shu tong, necha yil dashtu sahrolar kezib, 
Taklifi sayr aylamabdir ne uchun Qays Layliga! 
Lirik qahramonning bu xayoli lirik kechinma oqimining ta`sir ko‗lami 
o‗zgarishga uchraydi, uning qamrovi kengayadi, she`rxonni uzoq o‗tmishda sodir 
bo‗lgan fojiaviy ishq qahramonlari qismati tarixidan ogoh etadi. Shu bilan birga, 
ular haqida doston bitgan shoir haqidagi she`rxon tasavvurida mavjud bo‗lgan 
taxayyullarni harakatga keltiradi va tizimlashtiradi, muayyan maqsad sari 
yo‗naltiradi.
Buni ma‘shuqasiga aytganida, uning bildirgan fikri she`rning butun g‗oyasiga 
javob bo‗la oladi: 
Bu xayolim yorga aytsam, kuldi-yu, berdi javob: 
Ahli ishq ham boqqay albat o‗z zamonin zayliga. 
Bu she`rdagi mazmun mohiyatan hozirgi zamon kishisining ma`naviy olamini 
yoritishga, uning erkin va ozodligini tarannum etishga xizmat qilishdan tashqari, 
buyuk Navoiy va uning «Layli va Majnun» qissasi haqida o‗quvchi ongida o‗ziga 
xos tasavvurlar va fikrlar orasidagi bog‗lanishga asoslangan idrokni uyg‗otishga 
ham ko‗maklashadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, shoir bu she`rni aruzning 
o‗zgarishga uchragan sakkizlik ramal (ramali musammani mahzuf) vaznida 
yozgan.She`rni aruzda yozish usuli ham yuqorida aytib o‗tilgan jarayonning, ya`ni 
Hazrat Navoiyga ergashishning muhim vositasi sanaladi. 
Adabiyot taraqqiyotidagi traditsiya va novatorlik tamoyillariga muvofiq, XX 
asrda mumtoz aruz tizimida muayyan o‗zgarishlar sodir bo‗ldi va u o‗zbek tili 
qonuniyatlari asosida yangi, zamonaviy o‗zbek aruzi maydonga keldi. Uning 
shakllanishida H.H.Niyoziy, Habibiy, G‗.G‗ulom, H.Olimjon, Chustiylarning ijodi 
muhim rol o‗ynadi.Ayniqsa, E.Vohidov o‗z she`riyati bilan zamonaviy aruzning 


73 
rivojiga katta hissa qo‗shdi.Shubhasiz, zamonaviy aruz mumtoz aruzning qonuniy 
vorisi sanaladi. Shu sababli, aruzda go‗zal she`r namunalarini yaratgan va 
yaratayotgan shoirlar hazrat Alisher Navoiyni o‗zlariga ustoz deb biladilar va ul 
zotning badiiy timsoliga xos betakror chizgilarni o‗z ijodiga alohida bir sifat 
ko‗rsatkichi maqomida kiritadilar. Bunday g‗azallarda Navoiyning badiiy timsoli 
ba‘zan Navoiy, ba‘zan uning qahramonlari orqali talqin qilinadi. 
O‗zbek she`riyatining atoqli namoyandasi E.Vohidov «Yoshlik devoni»ning 
«Debocha» [3, 63]sida shogirdlik burchi masalasini buyuk Navoiy timsoliga 
taalluqli chizgilarni go‗zal ifoda yo‗sinida tasvirlaydi. Bu g‗azalning har bir 
misrasi va baytidagi mazmun bevosita g‗azal mulkining sultoni Hazrat Navoiyning 
badiiy timsolini yaratish borasida samimiy mehr va o‗ta ehtiyotkorlik bilan 
tortilgan nozik chizgilar sanaladi.
Shoir g‗azalning birinchi baytida o‗z maqsadi va shu maqsadi yo‗lidagi ruhiy 
xavotirini ifodalaydi: 
Istadim sayr aylamakni men g‗azal bo‗stonida, 
Kulmangiz, ne bor senga, deb, Mir Alisher yonida. 
Shoir g‗azal bo‗stonida sayr etishni maqsad qilgan, lekin maqsadi yo‗lida 
turgan asosiy dovon ana shu bo‗stonning sultoni Mir Alisherdir. Shoir sulton 
yonida turib, unga tenglashmoqchi emas, balki uning tasarrufidagi bo‗stonni sayr 
qilib, o‗z g‗azallaridan she`riy guldasta tayyorlashni maqsad qilgan. 
Ikkinchi baytda Navoiy timsoli bilvosita tasvirlanadi, ya`ni buyuk shoirning 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə