Zbekiston respublikasi oliy va o


ARUZ HAQIDAGI BAHSLAR XUSUSIDA



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   259
id313213

 
ARUZ HAQIDAGI BAHSLAR XUSUSIDA 
Marhabo XUDOYQULOVA,
stajyor-tadqiqotchi (BuxDU)
Ijodkorlarning adabiy-nazariy qarashlari badiiy asarlarni talqin qilishda 
muhim ochqich vazifasini o‗tashi dunyo adabiyotshunosligi tajribasidan ma`lum. 
Shuning uchun buyuk iste`dodlarning she`riyatga, badiiyatga, iste`dod egalariga, 
umuman, adabiyot va san`atga qarashlari maxsus kitoblar holida nashr qilinadi. 
Bunday ishlarning ikki jihatdan ahamiyati ko‗zga yaqqol tashlanib turadi: 
Birinchidan, ijodkorning badiiy-estetik kontseptsiyasi ma`lum bo‗ladi. 
Ikkinchidan, adabiy-nazariy qarashlar xazinasi boyib, adabiyot maydoniga 
kirib kelayotgan havaskorlar uchun ibrat maktabi vazifasini bajaradi. Zotan, jahon 
adabiyotdagi I.V.Gyote, L.Tolstoy yoki Ch.Aytmatovning adabiyot haqidagi 
qarashlari ilm ahli uchun har doim qimmatli bo‗lgan va shunday bo‗lib qoladi. 
O‗zbekiston qahramoni Erkin Vohidovning «Shoiru she`ru shuur» nomli 
kitobi biz tilga olayotgan masala nuqtai nazaridan e`tiborga loyiq. Kitobga 
kiritilgan maqolalar uning munaqqid sifatidagi qiyofasini oydinlashtirishga yordam 
beradi. Jumladan, E.Vohidovning ―Aruz haqida‖ (1972 yil) deb nomlangan etyud 
maqolasi aruz vazni haqidagi bahslarga javob tarzida yozilgan.
Bahslashuvchilar ikki guruhga bo‗lingan, birinchi guruh aruzning zarurligi, 
bugun ham zamonamizga xizmat qilishi mumkin deganlar mumtoz va zamonaviy 
g‗azallarning eng yaxshi namunalariga suyanganlar, ikkinchi guruh esa ya`ni shoir 
aytmoqchi, ―aruzning raqiblari‖ arzon va jo‗n g‗azallarni, ―aksari qo‗shiq qilib 
aytilayotgan zamonaviy aruzning turfahol namunalarini misol qilib ko‗rsatganlar‖
[1, 20]. Ijodkor ―bunday ―g‗azallarning‖ o‗sha vaqtlarda haddan ziyod ko‗payib 


95 
ketganligi natijasida hatto adabiyotimizning bir necha ulkan vakillari ―aruz 
raqiblari qarorgohidan‖ joy olganlarini afsus bilan qayd etadi‖. Ular o‗sha vaqtda 
balki haqli ham edilar. Chunki:
Yaxshilikni odat et, qilma yomonlik hech qachon, 
Yaxshilik yaxshi erur, lekin yomonlikdir yomon, singari o‗ta jo‗n nasihatlar, 
―aylading-ketding‖ kabi radiflarda yuksak his-tuyg‗udan yiroq oshiqonalar 
matbuot sahifalarini seldek to‗ldirgan edi‖. 
Ijodkor o‗zi ta`kidlaganidek, she`riyat bosib o‗tgan ulkan yo‗lga nazar solib
aruzning yutuq va kamchiliklari haqida ma`lum darajada ob'ektiv xulosalar 
chiqaradi. Bundan uning adabiy jarayonga befarq emasligi ayonlashadi, shu bilan 
birga o‗zining aruz vaznida yozilgan go‗zal asarlari bilan she`riyatimizni boyitib 
kelganligini ham ko‗ramiz.
E.Vohidovning ―Aruz haqida‖ deb nomlangan kichik etyud maqolasidagi 
mulohazalar 
bugun 
ham 
eskirmagani 
yaqqol 
ko‗rinadi: 
―Aruz, 
adabiyotning,umuman, san`atning hamma turlari kabi talant va mahorat, teran 
xayol va ehtiros talab qiladi‖.
Shoirning ijodiy tajribalari tufayli tug‗ilgan nazariy qarashlari katta ahamiyat 
kasb etadi.
«Aruz haqida» maqolasida: «G'azal – murakkab va ancha qiyin janr. 
G'azalnavisdan oz so‗zda ko‗p ma`no berish, fikr durdonalarini badiiy tashbeh 
sadaflari ichida taqdim etishni talab etuvchi janr… Aruz adabiyotning, umuman, 
san`atning hamma turlari kabi talant va mahorat, teran xayol va ehtiros talab 
qiladi», degan e`tiborli mulohazalarni yozadi. 
«Sarbast – o‗lchov qirg‗og‗iga sig‗magan toshqin tuyg‗ularning vaznidir», 
«Maqollar – hech bir podsho e‘lon qilmagan farmon, hech bir davlat tomonidan 
bitilmagan konstitutsiyadir». Umuman olganda, Erkin Vohidov anglagan va 
anglatgan bunday haqiqatlar, adabiy-nazariy qarashlar o‗z qadr-qiymatiga ega. 
Ulardan bahramandlik ma`naviy yuksalish, adabiyot va san`atni, she`riy his-
tuyg‗ular va nazm tabiatini anglash uchun juda zarurdir.
Istiqlol yillarida qilingan bir suhbatda E.Vohidovga aruz bilan bog‗liq 
shunday savol berishadi: ― Bugun barmoq, sarbast va shu kabi boshqa vaznlarda 
yozilayotgan she`rlarga ko‗proq duch kelayapmiz. Aruzda esa negadir oqsash bor. 
Bu shu mumtoz she`riy vaznda ijod qilishning murakkabligidanmi yo she`r 
ahlining aruzga ko‗nikolmayotganidanmi? Shuningdek aruzning bugungi kundagi 
mavqei haqida ham to‗xtalib o‗tsangiz… Shoir va munaqqid shunday jaob beradi: - 
Men uchun hech qanday vaznning ahamiyati yo‗q. Shekspir sonet yozgunicha 
birorta odam sonetning ulug‗ligini tasavvur qilmagan bo‗lsa kerak. Bizda 
Navoiydan keyin shunday shoirlar o‗tganki, partiya, sovet hukumatini maqtab, 
she`rga solib aruzning mavqeiga putur yetkazishgan. Hattoki, Abdulla Qahhor, 


96 
aruzniyam dabdalasini chiqardilaring, endi aruzda yozmanglar, deb norozi 
bo‗lgan‖. 
Shoir bir vaqtlar aruz vaznida she`r yozish-yozmaslik muammosi 
ko‗tarilganda, aruzda yozmaslik tarafdorlari no‗noq shoirlardan misol keltirib, 
aruzda yozish tarafdorlari Navoiydan misol keltirishgani haqida gapirib, o‗sha 
mo‗'jaz maqolasini eslaydi. Hamma gap iste`dodda. Iste`dod shunday nur, shu'laki, 
zax tushgan burchakka tushsayam, uni nur qilib yoritib yuboradi deb hisoblaydi. 
―Bir vaqtlar turkiy tilda she`r yozib bo‗lmaydi degan to‗xtamga kelingan. 
She`r fors tilida yozilishi kerak, fors tili go‗zal til, turkiy til tikonga o‗xshaydi, bu 
tilda so‗kish mumkin, bozorda savdo qilish mumkin, boringki, harbiyda «tur», 
«o‗tir», deyish mumkin, deb hamma bir fikrga kelgan. Shunda Navoiy, Fuzuliy 
turk tilining nazokatini ochib, shu go‗zal tilda she`r kashf qilib, o‗z iste`dod nuri 
bilan yoritgandan keyin turkiy til ham g‗oyat go‗zal til ekanligini Abdurahmon 
Jomiy e`tirof etgan: «Navoiy biz fors-tojik shoirlariga rahm-shafqat qilib forschada 
yozmagan, turkchada yozgan. Agar shu ijodkor forschada «Xamsa», devon 
yozganda, biz bechoralarga nima qolardi…». Gap vaznda emas. Hayrat, dard, 
ruhiyatda‖.
E.Vohidov aruzni ma`naviy xazina, boylik deb hisoblaydi va bu boylikni 
yo‗qotmaslikka chaqiradi. Shu vaznda she`r yozgan ijodkorlar muxlislarni o‗ziga 
jalb qilishini istaydi. Ko‗rinadiki, shoirning aruz haqidagi mulohazalari yanada 
chuqurlashgan. U aruzda yozilgan asarlari bilan, maqolalari bilan aruzning 
targ‗ibotchisi sifatida ko‗rinadi. 
E.Vohidovning aruz haqidagi mulohazalari bir maqola doirasidan nihoyatda 
katta, uning suhbatlari, yirik maqolalarini tadqiq etish adabiyotshunoslik oldidagi 
vazifalardan biri bo‗lib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Vohidov E. Shoiru she`ru shuur. – Toshkent. Yosh gvardiya. 1987. 20-bet. 
2. Vohidov E. Ishq savdosi. – T., ―Sharq‖ nashriyot matbaa qontserni Bosh 
tahririyati. 2000.
3. Vohidov E. Muhabbat. –T., G'afur G'ulom nomli Adabiyot va san`at 
nashriyoti. 1982.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə