Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA SHAKL VA



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   259
id313213

ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA SHAKL VA 
MAZMUN BIRLIGI 
Ijobat SAYMURATOVA,
 katta o„qituvchi (GulDU) 
Yulduz KARIMOVA,
talaba (GulDU)
 
XX asr o‗zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Erkin Vohidov ijodi 
o‗ziga xosligi va ko‗p qirraligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning butun 
ijodiyotini butkul qamrab olgan milliylik, odamiylik, falsafiylik, tarixiylik kabi 
ezgu g‗oyalar tamoyili beixtiyor kitobxonni poetik mushohadaga chorlaydi. Hayot 
haqiqatini murakkabligi va to‗lig‗icha, ziddiyatlari bilan boricha namoyon etish
o‗tkir ijtimoiy masalalarni dadil ko‗tarib chiqish, ma`naviy va jismoniy ruh 
erkinligini badiiy tasvirlash shoir ijodiyotining asosiy xususiyatlaridan biridir.
Erkin Vohidov iste`dodi yorqin namoyon bo‗lgan asarlari orasida 1979-yilda 
yozilgan ―Ruhlar isyoni‖ dostoni yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. Mazkur 
doston shoirning uzoq bosib o‗tgan ijodiy yo‗lining eng baland cho‗qqisi, ijodiy 
izlanishlari va dostonchilikdagi tajribalarining gultojidir. ―Erkin Vohidov ijodida 
shaxs va jamiyat psixologiyasini vobasta aks ettirish etakchilik qiladi. Bu borada 
ijtimoiy-falsafiy tahlil poetik tadqiqotchilikda bosh yo‗nalishni tashkil etadi. 
Xususan, inson umrining mohiyati, tiriklik ma`nolari bilan bog‗liq badiiy fikr 
evolyutsiyasini ―Ruhlar isyoni‖ poemasi misolida kuzatishga harakat qilaylik‖ [4, 
123].
Doston, eng avvalo, qahramonlik, shuningdek ham fojeaviy, ham falsafiydir. 
Unda muallif she`riyatda o‗chmas iz qoldirgan, isyonkor she`rlari bilan butun 
Hindistonni larzaga solgan, hayotini el-yurt erki, baxti yo‗liga fido etgan otashin 
bengal shoiri Nazrul Islom jasoratini ulug‗laydi. Isyonkor shoir kurashi, jasorati 
qanchalar qimmatga tushganini, shoir bilan davr va xalq orasidagi murakkab, 
ziddiyatli munosabatlarni, shoir qalbining orzu, alam, iztirob tug‗yonlarini butun 
keskinligi bilan ko‗rsatadi. Nazrul Islom jasorati, fojeaviy qismati bahonasida 
shoirning, umuman, ijodkorning hayotdagi o‗rni, fuqarolik burchi, qolaversa, 
insoniylik, fidoyilik, erk va ozodlikka tashnalik g‗oyalari tasviri qalam ostiga 
olinadi.
―Ruhlar isyoni‖ shakl jihatidan ham o‗ziga xos, novatorona asar. U xilma-xil 
she`riy shakllar, real hayotiy lavhalar, tarixiy rivoyatlar, ramziy ifodalar rang-
barangligidan tashkil topgan. ―Voqelikdagi har qanday narsa o‗zining tashqi 
ko‗rinishi (shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyati (mazmun)ga ega. 


104 
Shakl va mazmun
 
kategoriyalari umumfalsafiy xarakterda bo‗lib, ular voqelikni 
(narsani) idrok qilishda muhim ilmiy abstraktsiyalardir‖ [3, 58]. Shakl va ifoda 
rang-barangligi asar zamirida yotgan hayotiy haqiqatni murakkabligi bilan talqin 
etishga xizmat qiladi, shoirning uzoq yillik kuzatish, hayotiy tajriba, xulosa, o‗y-
mushohadalarini, ko‗ngil dardlarini to‗kib solishga imkon beradi. ―Shu xildagi 
rang-baranglik doston asosidagi hayotiy va badiiy haqiqatni hamda muallifning 
ko‗nglidagi fikr-tuyg‗ularni butun nozik tovlanishlari bilan ifodalashga xizmat 
qilgan‖ [2, 275].
Dostonda bosh qahramon Nazrul Islom hayoti xronologik tarzda izchil 
bayon etilmay, balki shoir hayotidagi eng muhim, keskin daqiqalar tanlab olinib, 
ular badiiy tahlil qilinadi. Nazrul Islomdek isyonkor shoirni etishtirib chiqargan 
tarixiy sharoitni, fojeaning tub ijtimoiy sabablarini tarixan haqqoniy ko‗rsatishga 
erishiladi. Dostonda real hodisalar bilan yonma-yon keltirilgan xilma-xil 
rivoyatlar, tarixiy voqealar xuddi o‗sha tarixiy-ijtimoiy hodisalar mohiyatini, 
umumbashariy ma`nosini chuqurroq anglashga, ulardan falsafiy xulosalar 
chiqarishga qaratilgan. Shu yo‗l orqali muallif Nazrul Islom hayoti va qismatini 
ko‗rsatish barobarida ko‗ngil tubida yashirin yotgan armonlari-yu dardlarini doston 
badiiy tahlili zamiriga singdirib yuboradi.
Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda 
iste`dod egasining o‗rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi. Muallif 
chin iste`dodning tabiati yaralishdan nohaqlikka, adolatsizlikka, istibdodga qarshi 
ko‗tarilgan isyondir heb hisoblaydi.
Shoir yurak – 
Pok tilagi, 
Iymonidir basharning. 
Armon to‗la yurakdagi 
Isyonidir basharning [1, 252]. 
Nazrul Islom dunyoga shoir bo‗lib, ya`ni o‗z davrining pok tilagi, iymoni, 
armon to‗la yurakdagi isyoni bo‗lib tug‗iladi, davr, el-yurt shunday isyonkor 
shoirga muhtoj edi, ―Zamon uning yonib turgan yuragini so‗rardi‖. Shoir hali 
tug‗ilmasdan burun o‗z yurtidan judo etilgan edi, el-yurt dushmanlar oyog‗i ostida 
toptalib yotibdi, jaholatda qolgan xalq zolimlarga qarshi turish o‗rniga, hind va 
musulmonga ajralib, bir-birini qirish bilan, ziyon etkazish bilan ovora. Muallif 
Hindiston tarixining qora kunlarini alam bilan qalamga olar ekan, yana shoir va 
uning insoniylik burchi haqida quyidagi mulohazalarni yozadi: 
Har nechakim zo‗r iste`dod, 
Toshqin ilhom, 
U nega, 
Xalqing yotsa chekib faryod, 
Yaramasang kuniga. 
Shoir esang, shoir bo‗lib 
Nega kelding hayotga, 
Eling yotsa dardga to‗lib, 
Kelolmasang najotga?! 


105 
Ne shoirsan tashbehlarning 
Bormi asli keragi, 
Bo‗lmasa el g‗ami – darding, 
Yuraging – el yuragi?! [1, 252] 
El dardini o‗zining dardi deb bilgan Nazrul Islom butun hayotini yurt 
ozodligi va mustaqilligiga bag‗ishlaydi. Zolim dushmanlar uning qat‘iyatlilik, 
kurashchanlik e`tiqodiga qarshi tursalar-da, biroq uni o‗z yo‗lidan qaytara olmaydi. 
Dostondagi bu holat nihoyatda ta`sirli ifodalangan. 
Nazrul Islom o‗z qalbini 
Bayroq qilib ko‗tardi. 
Yuragida to so ‗nggi dam 
Isyon o‗ti so‗nmadi. 
Haqsizlikka ko‗ndi olam, 
Ammo shoir ko‗nmadi [1, 255]. 
Dostonda faqat Nazrul Islom taqdiri yozilmagan. Uning qismatiga daxldor 
bo‗ladigan turli xil rivoyatlar ham keltirilgan. Doston tarkibidagi rivoyatlar badiiy 
shakl va mazmunning uyg‗unligini ta‘minlagan. Rivoyatlar bilan tanishgan 
kitobxon muallifning asarning yozishdan maqsadi faqat bengal shoirining hayoti 
yoki qismati emasligini, bu talqinlar zamirida qandaydir ma`no yashirin ekanligini 
his etadi. Asardagi bu tagma`no ona yurtimiz, uning sobiq sho‗ro tizimidagi 
kechmishi va taqdirini, Qodiriy, Cho‗lpon kabi asl millat farzandlarining vatan 
mustaqilligi yo‗lidagi tinimsiz olib borgan kurashlarini xotiraga muhrlaydi. Doston 
shu jihati bilan millat ma`naviyatining shakllanishiga o‗z hissasini qo‗shadi, 
abadiyatga daxldor asar sifatida sevib o‗qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 1997. – B.283. 
2.
Qozoqboy Yo‗ldosh. So‗z yolqini. –T.: G‗.G‗ulom nomidagi NMIU, 2018. - 
B.503. 
3.
Quronov D. Mamajonov Z. Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‗ati. – T.: 
Akademnashr, 2010. – B.398.
4.
Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. –T.: Fan, 2007. – B.259. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə