Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV – MOHIR SO‟Z USTASI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   259
id313213

 
 ERKIN VOHIDOV – MOHIR SO‟Z USTASI
 Muqaddasxon MAMASALIEVA,
23-umumta‟lim o„qituvchi (Namangan)

“Ko„p yo„llardan o„tib kelayotgan odam... Ko„p o„ylarni o„ylab kelayotgan 
shoir. Ko„p yo„llardan o„tib, ko„p o„ylar o„ylab kelayotgan kishining so„zini 
tinglash doim maroqli bo„ladi. Yillar–gulbog„largina emas, gultikanli devorlar 
ham. Gullarni gultikanlar zulmidan olguncha qo„llar qancha tilinadi, qonga 
belanadi. Lekin chin shoir baribir shu gullarni oladi, gard yuqtirmay, g„ubor 
qo„ndirmay oladi. U xalqiga bokira gullar berish uchun dunyoga kelgan kishi”. 
(I.G‘ofurov. So‗zboshi. ―Muhabbatnoma‖) 


106 
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov zamonaviy o‗zbek she`riyatining 
zabardast vakillaridan biri edi. Uning sharq mumtoz adabiyoti an`analari izidan 
borib, zamondoshlari ma`naviy dunyosini ochib beruvchi g‗azallari, zo‗r insoniylik 
ruhi bilan yo‗g‗rilgan talay she`rlari, urush fojialari haqida bahs yurituvchi ―Nido‖, 
hayot jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan 
yo‗g‗rilgan ―Ruhlar isyoni‖, ―Istambul fojiasi‖ asarlari, tomoshabinlarni xushnud 
etgan ―Oltin devor‖ komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok, 
A.Tvardovskiy, R.Hamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa, ―Eron taronalari‖, 
bilan ―Faust‖ tarjimasi adabiyotimizda ulkan voqea bo‗ldi.

“Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo„shib olib borishdek 
sharafli vazifa yukini doimo elkamda his qilaman. Odamlarga faqat she`ring emas, 
o„zing kerakligingni sezish-bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan 
hech qachon o„zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashab 
o„rganganman.”
(E.Vohidov) 
Erkin Vohidov hayoti va ijodini o‗rganish uchun umumta‘lim maktablari 
o‗quv dasturida – 5-sinfda 4 soat, 6-sinfda 3 soat, 11-sinfda 4soat ajratilgan. 5-
sinfda E.Vohidovning ―Nido‖ dostoni, 6-sinfda ―O‘zbegim‖ qasidasi, 11-sinfda 
‖Ruhlar isyoni‖ dostoni, ―Inson‖qasidalari o‗rganiladi.
Erkin Vohidovning hamma asarlari, ular qaysi yillarda yozilganligidan 
qat‘iy nazar, bir-birlari bilan chambarchas bog‗langan. Ular bir-birlarini 
to‗ldiradilar va boyitadilar. Shoir asarlaridan hayotga, go‗zallikka muhabbat, 
yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni ―Nido‖da 
insoniyatga og‗ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralansa, 
keyinroq bitilgan ―Ruhlar isyoni‖ dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‗rtasidagi 
nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi tasvirlangan. Bu esa shoir 
ijodida hamisha insonparvarlik bosh mavzu bo‗lib kelganlgini ko‗rsatadi. 
Erkin Vohidovning ―Nido‖ dostoni qisman avtobiografik xarakterga ega 
bo‗lgan asar. Bu doston shoirning tarjimai holi bilan bog‗liq. Chunki Erkinning 
ayni qalam ushlab, savod chiqarish davri Ikkinchi jahon urushi davriga to‗g‗ri 
keladi. 
Doston yigirma yil avval urushda halok otasini xotirlayotgan farzandning 
xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. Oradan yigirma yil o‗tib ketgan bo‗lsa-da, 
hamon uning jarohatlari bitgani yo‗q. Hamon er qa‘ridan ―O‘g‗lim!‖ degan nido 
keladi. Shu o‗rinda shoir olis bolalik yillarini eslab ketadi. Ko‗z oldidan to‗p-to‗p 
bo‗lib jangga ketayotgan odamlar o‗ta boshlaydi. Yoshgina bolakay hali urush 
nima ekanligini anglay olmaydi. Lekin biroz fursat o‗tgach, urush bu bolakay 
qishlog‗ida ham o‗z fojiali qiyofasini namoyon qila boshlaydi: 
Rustamning akasi urushdan qaytdi, 
Qo‗ltiqtayog‗i bor, 
Bir oyog‗i yo‗q. 
Rustam aytib berdi: 
Ataka payti 
Tizzasidan olib ketgan emish o‗q... 


107 
Bu urush har bir xonadonga kulfat olib kelgan, har bir qalbda bitmas jarohat 
qoldirgan. Dostonda tinchlik uchun kurashib jon berganlar nidosi, ularningortida 
qolgan farzandlar, onalar,cholu kampirlar nidosi umumlashib davr nidosiga – 
tinchlik uchun kurash nidosiga aylanadi: 
Bo‗lurmiz 
Gal kelsa 
Har birimizga 
Tinchlik jangohining fidosi 
Bu senga, 
Bu menga, bu bizga 
Yigirmanchi asr nidosi 
Erkin Vohidovning ―Ruhlar isyoni‖ dostoniga isyonkor bengal shoiri Nazrul 
Islom hayoti, fojiali qismati asos qilib olingan. 
“Otashin bengal shoiri Nazrul 
Islomning qahramonona va fojiali taqdiri ko„pdan meni hayajonga solib kelar, u 
haqda biron narsa yozish xayolida yurardim.”, - deydi muallif.
Shu maqsadda u shoir hayoti va ijodini astoydil o‗rgandi, shoir hayotiga oid 
faktlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Hindistonga bordi, shoir yashagan 
joylarda bo‗ldi, shoirni shaxsan tanigan, bilgan kishilar bilan suhbatlashdi. Aynan, 
dostonni o‗rganish jarayonida o‗quvchilar diqqatini asarning yaratilish tarixiga 
qaratish darkor. 
Nazrul Islom kim o‗zi? Ma‘lumki, Nazrul Islom XX asr boshlarida 
chaqindek charaqlab, she`riyatda o‗chmas iz qoldirgan, isyonkor she`rlari bilan 
butun Hindiston yarimorolinilarzaga solgan, hayotini Hindistonni chet el 
mustamlakachilari zulmidan ozod etish ishiga, xalqlar birdamligi, erki, baxti 
yo‗lida fido etgan dovyurak shoirdir. Tazyiq, hibs, qiynoqlar ostida shoirni hali 
o‗ttiz beshga etmagan navqiron yoshida, ayni ijodi gullagan paytida es-hushidan 
ayiradilar. Oradan yillar o‗tdi, shoir vatani Hindistonda katta o‗zgarishlar yuz 
berdi. Nazrul Islom orzu qilgan kunlar keldi, mustamlakachilar yurtdan quvildi. Bir 
vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir hayotda o‗rnini, qadrini topdi, el ardog‗iga 
sazovor bo‗ldi. 
Afsus, endi uning aqlu hushi joyida emas. Shu ahvolda u qirq yil ardoqda 
yashadi, yurtidagi o‗zgarishlarni, o‗ziga ko‗rsatilgan ehtiromlarni sezmadi, 
bilmadi, uni tark etgan es-hush bir lahza bo‗lsin qaytmadi. 
Shoirning maqsadi faqat Nazrul Islom qismatini hikoya qilish emas. Buni 
Erkin Vohidovning quyidagi fikrlari bilan asoslashimiz mumkin: 

Ruhlar isyoni”garchi Nazrul Islomga bag„ishlangan bo„lsa-da, asar faqat 
otashin shoir hayoti ifodasidan iborat emas.Unda men shoir hayoti bahonasida 
o„zimning, umuman, shoirlik,insonlik, fidoyilik,erk tashnaligi haqidagi, erkka 
tashna ijod ahlining zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati haqidagi, 
qolaversa, inson hayotining ma`nosi,hayotning ham shafqatsiz, ham adolatli 
haqiqati haqidagi o„y-mushohadalarimni kitobxon bilan baham ko„rishga 
intildim” .
Ayni paytda o‗quvchilar ko‗z o‗ngida o‗z ona yurtimiz, uning istilochilar 
istibdodi yillaridagi kechmishi, Qodiriy, Cho‗lpon, Fitrat kabi millatning asl fidoyi 


108 
o‗g‗lonlari, ularning yurt ozodligi, mustaqilligi yo‗lidagi kurashlari va bu kurashlar 
qanchalik qimmatga tushganligini gavdalantirish lozim. 
Erkin Vohidovning har bir asari ijod mashaqqatlarini, shoir bo‗lish oson 
emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o‗z ona yurtiga, xalqiga, inson zotiga 
bo‗lgan fidoyi mehrning samarasidir. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. G‘ofurov I. So‗zboshi. Shoir haqida fikrlar./Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: 
Sharq, 1997.
2.S.Ahmedov, R.Qo‗chqorov, Sh. Rizayev. 6-sinf. Adabiyot. 2017. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə