Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV DOSTONLARINING O„ZIGA XOSLIGI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   259
id313213

ERKIN VOHIDOV DOSTONLARINING O„ZIGA XOSLIGI 

 
 
 
 
 
Shohista XUDOYQULOVA,

 
 
 
 
 
 Lutfinisa DEHQONOVA

 
 
 
 
 
 katta o„qituvchilar (GulDU) 
 
O‗zbek xalqining suyukli shoiri Erkin Vohidov o‗zbek she`riyatida o‗ziga 
xos o‗ringa ega ekanligi barchamizga ma`lum. Shu bilan bir qatorda shoir o‗nga 
yaqin dostonlar muallifi hamdir. Erkin Vohidovni ko‗p qirrali ijodkor inson desak 
mubolag‗a bo‗lmaydi. U turli yo‗nalishlarda ijod qilib o‗z uslubini yarata olgan 
ijodkorlardandir. Erkin Vohidov o‗z ijodiy yo‗li davomida she`r she`r yozish bilan 
birga chuqur falsafiy asarlar ham yozishga muvaffaq bo‗ldi. 
Erkin Vohidovning yana bir dostoni ―Istanbul fojiasi‖da hayotning boshqa 
bir shafqatsiz haqiqatiga duch kelamiz. ―Ruhlar isyoni‖ dostoni o‗z davridan hiyla 
olg‗a ketgan, davr nopokliklariga, zulm va adolatsizlikka, qoloq odatlarga, 
jaholatga qarshi chiqqan jasur, mardona shaxs fojeasi bo‗lsa, ―Istanbul fojeasi‖ 
davr to‗zonlari, hayot chigalliklari ichra gangib, noxush, nomaqbul to‗lqinlar 
iskanjasiga tushib qolgan, adashgan ammo kechikib bo‗lsa-da, xatosini anglagan 
odamlar fojiasidir. Xuddi ―Ruhlar isyoni‖dagi kabi ―Istanbul fojiasi‖da ham 
qahramonlar qismati zamonning muhim tarixiy-ijtimoiy voqea hodisalari – 
Ikkinchi jahon urushi, urushdan keyingi davrda dunyodagi keskin ziddiyatlar, 
mamlakatimiz ijtimoiy-ma`naviy hayotidagi muammolar bilan bog‗liq holda talqin 


115 
etiladi. 
Drama syujeti unchalik murakkab bo‗lmasa-da, bir qorindan talashib 
tushgan aka-uka Jalol va Iskandarlar muhabbat tufayli bir-biriga raqibga 
aylanadilar. Aka ukasi sevgan qizni yo‗ldan uradi, alamiga chiday olmagan uka 
esa o‗zini qo‗ygani joy topolmay, ko‗ngilli bo‗lib frontga jo‗naydi. Qismatni 
qarangki, ana shu aka-uka va ular orasidagi ziddiyatga sababchi bo‗lgan ayol-
Sadoqat qirq yildan keyin xorijda uchrashib qolishadi. 
Syujet rivoji zanjirida romantik ruhdagi asarlarga xos favqulodda shartli 
halqalar talaygina: og‗a-ini va ular orasiga g‗ov solgan ayol, ya`ni ham qondosh, 
ham raqib og‗a-ini va ularning har ikkisi uchun aziz bo‗lgan shaxsning qirq yildan 
so‗ng xorijda bir-biriga duch kelishi, allaqachon marhum sanalib, nomi 
qahramonga aylangan, shuhratlarga burkangan odamning tirik, buning ustiga 
vatangado bo‗lib chiqishi bir vaqtlar o‗zga nomda, o‗zga el odami bo‗lib yurtiga, 
og‗asi, sevgilisi, onasi huzuriga kelib ketishi, buni hech kim sezmay qolishi - 
bularning barchasi romantik asarlar syujetiga xos favqulodda xususiyatlardir. 
Bulardan tashqari, asarning shakliy-she`riy tuzilishi, ifoda tarzi ohangidagi 
romantik ko‗tarinkilik, qandaydir salobat bor. Shu bilan birga muallif tasvirda 
izchil realistik yo‗ldan borishga – qahramonlar fojiasining ham sub‘ektiv, ham 
ob‘ektiv – hayotiy asoslarini ochishga, ular xarakterining murakkabligi, 
ziddiyatlari ila ko‗rsatishga, ularni zamonasining real jonli odamlari sifatida 
berishga intiladi. ―Ular xatolari va armonlari bilan, ishonchlari va ishtiboqlari bilan 
shu zaminda yashab turgan odamlar‖, - deydi muallif asarga yozgan so‗zboshida. 
Eng muhimi, hodisa va xarakterlar talqinida shoir bir xillik hamda 
biryoqlamalikdan qochadi. 
Asardagi uch yetakchi personaj – og‗a Jalol, ini Iskandar, oradagi ayol 
Saodat – hammasi o‗zgaruvchan xarakterlar, ular hayot yo‗li – umrning turli 
bosqichlarida turli vazifalarda turlicha holda ko‗rinadilar. 
Ko‗p hollarda bir hodisa uch personaj tomonidan uch xilda idrok etilib, uch 
xilda baholanishi, aksari qarashlaridagi tafovut va ziddiyatlarning keskin tus olishi 
asarga o‗ziga xos munozara ruhini bag‗ishlaydi. Bahslar payti muallif voqeaga 
bevosita aralashmaydi, kim haq, kim nohaq, asl haqiqat kim tomonda ekanini 
o‗qiyotgan kishi sezib, bilib turadi. Shunga ko‗ra bu asarni o‗qish uchun kishida 
adabiy-estetik tayyorgarlik bo‗lishi kerak, hamda u nozik didli, bilimdon bo‗lishi 
talab etiladi. 
Bunday olib qaraganda, Iskandar shunchaki adashgan vatangado xoin bir 
kimsadek ko‗rinadi. Aslida esa Iskandar qochoq, xiyonatkor emas, yurt oldida 
gunohsiz: u ixtiyorsiz ravishda hayot so‗qmoqlariga tushib qolgan. Bir vaqtlar bu 
pok va sodda, qalbi ko‗zgu kabi musaffo, oriyatli yigit Saodatni chin dildan 
sevgan, vatan ozodligi yo‗lida chindan ham mardona jang qilgan. Bu odam 
hayotining izdan chiqishi sarson-sargardon vatangadoga aylanishi, avvalo urush 
dahshatlariga, ziddiyatli dunyoning g‗ayriinsoniy tomonlariga borib taqaladi.U 
urushning eng baxtsiz tirik qurboni.Omonsiz jang payti dushman qo‗liga tushib 
qoladi, xorijda sarson-sargardon kezadi.Iskandarning baxtsizligida beqaror 
Saodatning ham hissalari bor. Bunga Iskandarning o‗zi ham aybdor.U ilk sevgi 


116 
hijroni azoblariga dosh berolmay, jizzakilik qilib, ixtiyorini butunlay taqdir izniga 
qo‗yib beradi.Endi uning uchun go‗yo ona yurtida qiziqtiradigan hech narsa 
qolmagandek, 
yurtiga 
astoydil 
talpinmaydi, 
o‗z baxti, sha‘ni uchun 
kurashmaydi.Bunday beqarorlik, loqaydlik esa, unga nihoyatda qimmatga tushadi. 
Dostonda Jalol obrazi alohida ahamiyatga ega. U shaxsiy manfaat, shon-
shuhrat kuyida bilib bilmay ko‗p nomaqbul ishlarga, gunohlarga qo‗l urgan: bir 
vaqtlar u inisining tirigini xo‗rlab, o‗limi haqidagi yolg‗on xabardan so‗ng uni 
e‘zozlashga tushgan, inisining jasorati haqidagi xabardan esa xudbin maqsadlari, 
soxta shuhrati uchun bir omil sifatida foydalangan. 
Hayotda yo‗l quyilgan xato sabablarini, mohiyatini, oqibatlarini anglab 
yetish ham mardlik alomati. Jalol shunday holatlarni boshidan kechiradi.Xorijdagi 
inisi bilan uchrashuv Jalol uchun bir hayot imtihoni vazifasini o‗taydi. Iskandar va 
Saodat bilan tortishuvlar asnosida ko‗p ikkilanishlar, ishtibohlar, ichki olishuvlar 
jarayonida u oxiri chin haqiqat, adolat yo‗lini tanlaydi. Shaxsiy hayotda yo‗l 
qo‗ygan xato, o‗z jigariga qilgan adolatsizlik, bu adolatsizlikning dahshatini 
yurakdan his etish, Jalol uchun boshqa ayblarni-ijtimoiy faoliyatdagi gunohlarini 
anglab yetishga yo‗l ochadi. 
Shu tariqa ―Istanbul fojeasi‖ davrining ijtimoiy-ma`naviy muammolari – 
millat tanini har qanday g‗uborlardan poklash g‗oyasi, ijtimoiy adolat nuri bilan 
yo‗g‗rilgan asardir. 
Doston kamchiliklardan ham holi emas. Chunonchi, Jalol ruhiyatidagi 
o‗zgarishlar, uning oxirgi qat‘iy qarori qanchalar qimmatga tushishi mumkinligini, 
oldindagi vaziyat naqadar chigal va mushkulligi butun dramatizmi bilan 
ko‗rsatilmagan; voqea va hodisalarning uch shaxs doirasida cheklab qo‗yilishi 
muallif oldida muayyan ijodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Personajlar, 
ayniqsa, Jalol ijtimoiy faoliyati bilan bogliq murakkab muammolarni kengroq 
yoritishga mone‘lik qilgan, voqealarga yana kimlardir aralasha olmay, dardini, 
gapini ayta olmay qolgani sezilib turibdi; syujet janridagi omonatroq halqalar 
realistik dalillashni taqozo etadi. Lekin bu xildagi kam -ko‗stlaridan qat‘iy nazar, 
bu asar 80-yillar o‗zbek adabiyotida katta hodisadir. 
Dramaturg qalamga olgan muhim jihatlar va ziddiyatlar ichida qolgan, 
adashib qolgan kishilar foydasi, murakkab taqdiri, muammolar bilan chambarchas 
bo‗lgan kimsalar o‗tmishini asar davomida birin-ketin uzliksiz kuzatamiz. Bu kabi 
chigal muammolar bugungi kunda ham yo‗q emas.Mavzu yillar o‗tsa ham o‗z 
yukini, mag‗zini, insonlar o‗rtasidagi, ayniqsa jigarlar orasidagi oqibatni 
yo‗qotmaslikka, kengroq fikr yuritishga undaydi. 
Erkin Vohidov yillar davomida ijodiy izlanishlari tufayli fikrlar ufqini 
kengaytirdi, uning his-tuyg‗ulari tobora serjilo bo‗lib bordi. Ammo u hech qachon 
o‗z ijodidan qoniqmadi, unda yangilikka moyillik kayfiyati tug‗ildi. Bu bir dard, 
armon bo‗lib vujudini g‗alayonga soldi. Qalbdagi ana shu g‗alayonlarning mevasi, 
izlanishlarining samarasi 80-yillada yaratilgan ―Ruhlar isyoni‖ dostonida yaqqol 
namoyon bo‗ladi. 
Xulosa qilib aytganda, real hayotga o‗ta yaqinlik, zamin, zamon va inson 
tashvishlari bilan hamdardlik, oddiy kundalik tashvishlarda katta insonning 


117 
muammolarini ko‗ra olish, ulardan umumbashariy ma`nolar qidirish, bugungi 
kunda barchani hayajonga solgan masalalarni dadil o‗rtaga qo‗yish Erkin Vohidov 
uchun xos xususiyatdir. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Qodirov M. An`anaviy teatr dramaturgiyasi. – T.: Yangi asr avlodi, 2006. 
2. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. –T., 1993. 
3. Vohidov E. She`r dunyosi. Saylanma. II jild. – T.: Sharq, 2001. 
4. 
Vohidov E
.
Saylanma. 1-jild. – T.: Sharq, 2000.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə