Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   259
id313213

 
 
ERKIN VOHIDOV USLUBINING O„ZIGA XOS JIHATLARI 
Gavhar MAMATQULOVA,
12-maktab o„qituvchisi (Guliston)
Har bir shoir uslubining mukammal ko‗rinish kasb etishida, u yashab ijod 
etgan davrning turli sohalardagi hayot tarzi, sharoiti hamda adabiy jarayoni muhim 
ahamiyatga ega. Adabiyotshunos olim I.Haqqul bu borada shunday yozadi: ―Davr 
ruhi, zamon nafasi, jamiyat dardi ham dastlab ijodkor shaxsiga ta`sirini o‗tkazib, 
undan so‗ng asarlariga ko‗chadi‖ [2, 20]. 
Uslub san`atkor ijodiy qobiliyatining samarasi, shu bilan birga, ijodiy 
qobiliyat yetukligi, originalligining o‗ziga xosligi ifodasi. Uslub orqali ijodkorning 
shaxsiyati, ijodiy individuallik kamoloti, adabiy jarayondagi mustaqilligi, badiiy 
tafakkur tipi, ijodiy mahorati anglashiladi. Uslub ijodkor badiiy olamidagi original 
ifoda va yechimlarni jamlaydi, ko‗rsatadi. Shu ma`noda o‗zbek adabiyotining yirik 
zabardast vakillaridan biri Erkin Vohidov ham o‗z uslubi va yo‗nalishiga ega 
bo‗lgan ijodkor sanaladi.
Erkin Vohidov o‗z uslubini, badiiy mahoratini goh lirikada, goh mumtoz 
poetikada, goh tarjimada, goh dramaturgiyada namoyon etib, bir qator ibratli 
yutuqlarga erishgan. Ayniqsa, nemis klassik shoiri Gyotening ―Faust‖ asari shoir 
tarjimasida mukammallikka erishgan. Bir so‗z bilan aytganda, shoir G‗arbda 
jaranglagan sharqona ohangni yana Sharqqa qaytargan. ―Faust‖ ustidagi uzluksiz 
ishlar tarjimon E.Vohidovninggina emas, balki shoir E.Vohidov fikrlarining ijodiy 
teranlashuviga samarali ta`sir ko‗rsatdi. Uning poetik chizgilari shoir iqtidorining 
yuksakligi, estetik ideallarining buyukligi, oddiy voqea yoki oddiy badiiy detaldan 
favqulodda katta poetik umumlashmalar chiqara olish mahoratidan dalolat beradi.
Sheʼr – shoirning anglangan va anglanmagan tasavvurlaridan tarkib topgan 
tuyg‗ulardan yaraladi. Unda ―borliq bilan yo‗qlik‖ chegarasi doim bir-biriga taʼsir 
oʻtkazib, biri-ikkinchisini marom bilan harakatlanishiga ragʻbat bagʻishlab turadi. 
Shu ikki sifat oʻrtasida muvozanat bilan fikr yuritayotgan ijodkor-shoir yirik va 
oʻziga xos tuygʻular yigʻindisini muayyan tartibga, yaxlitlik, butunlikka jamlay 
oladi. Sheʼr – mangu dard haqidagi soʻz. Shubhasiz, Erkin Vohidov ijodiyoti ana 
shunday teran mushohadalar toʻplamidan iboratdir. Fikr va tuygʻu nisbati 


109 
ziddiyatda, harakatda, tadrijiyatda ekan, shoir poetik olami ham tobora tiniqlashib, 
kengayib, oʻziga xos va mos yoʻl tanlab boradi.
Erkin Vohidovning serqirra va rang-barang ijodiy merosiga nazar tashlasak, 
oʻtgan davrning mafkuraviy gʻoyalariga kuchli tanqidiy ruhda fikr yuritganini 
ko‗ramiz. Buning yorqin namunasi sifatida ―Oʻzbegim‖ qasidasi misol boʻla oladi: 
Ilmu sheʼrda gohu sulton
 
Lek taqdiriga qul,
 
Oʻz elida chekdi gʻurbat,
 
Zoru nolon oʻzbegim [1, 34]. 
Erkin Vohidov 1968-yil aruz vaznida yozgan ―O‗zbegim‖ qasidasida 
yo‗qotilgan milliy g‗ururni qayta tiklash va uyg‗otish, milliy ruhni xalqimiz ongiga 
singdirish, mustahkamlash va bardavom ettirish g‗oyasini ilgari surgan edi. Olim 
Qozoqboy Yo‗ldoshev ta‘biri bilan aytganda: ―O‗zbegim‖ o‗z vaqtida maydonga 
tashlangan mardona poetik chorlov bo‗lgandi [3, 267]. 
Maʼlumki, ijodkorning doimiy harakatdagi tafakkurida kurtak ochgan badiiy 
fikrning o‗ziga xos halqasini tashkil qiluvchi muayyan obrazda estetik nigoh, lirik 
harorat mujassam. Shu bois ham unga real hayot bilan aynanlik maqomini berish 
mumkin emas. ―Illo badiiy haqiqat hayot haqiqati boʻlmay, ong va tuygʻu – 
ruhoniy nazar ifodasining uygʻunligidan hosil boʻluvchi goʻzallik sifatida matnga 
tayanib, ijodkor mikroolamiga kechinmadoshlik orqali poetik idrok etiladi‖, - deb 
yozadi taniqli adabiyotshunos olim Islom Yoqubov [5, 365]. 
Darhaqiqat, ijod uslubining o‗ziga xosligi poetik idrok mohiyatidan 
oziqlanadi. To‗g‗rirogʻi, ijtimoiy-ruhiy, milliy va umuminsoniy jihatlar qamrovi 
sharoit taqozosi, ijodkorning ayni shu jihatlarga qay darajada yondashuvi bilan 
ham belgilanadi. Binobarin, sheʼriy tabdilda shakl, mazmun va uslub uygʻunligini 
taʼminlovchi asosiy omil dunyoqarashning nechogʻli yuksakligi va tafakkurning 
miqyoslariga borib ulanadi. Ayni paytda, poetik tushuncha tadriji ham ichki, ham 
tashqi mohiyatini butunlashtiradigan estetik mohiyatning oʻziga xos qirralari bilan 
raqobatga kirishadi. Har bir sheʼr voqeligi ijodkor kechinmalaridan vujudga keladi. 
Bu esa umummillat kayfiyatini ifoda qilayotgandek taassurot uygʻotadi: 
U baxsh etgan otashda yondim,
 
Oʻzi boʻldi menga rahnamo,
 
Unga, faqat unga ishondim,
 
Yurak meni aldamas aslo!
 
[1, 67] 
Aql va yurak amri ziddiyatini qarama-qarshi qoʻygan ushbu satrlarda shoir 
real hayot manzaralariga nazar tashlaydi. Bunda shoir hodisotni poetik kashf etish 
bilan cheklanib qolmaydi, balki ijodiy yondashuv hamda estetik baholash 
mezonlarini birlashtiradi. Bu munosabat tuygʻu shiddati uygʻunligini taʼminlash 
barobarida tasvir toʻlaqonliligini ham tasdiqlaydi. 
Adabiyotshunos olim N.Rahimjonovning taʼkidlashicha: ―Erkin Vohidov 
estetikasida insonning ma`naviy-intellektual kamolotiga alohida urg‗u beriladi. 
Shoir nuqtai nazariga ko‗ra inson tirikligining ma`nosi, hayotining mazmuni 
qanday sharoitda va muhitda bo‗lishidan qat‘iy nazar, o‗z shaxsida komillik xislat-
xususiyatlarini takomillashtirishga muttasil intilishdan iborat. Ma`naviyatni, 


110 
tiriklikni go‗zallashtirish barobarida hayotni va jamiyatni yanada go‗zallashtirish 
bosh muddaodir‖ [4, 121]. 
Sheʼr – ijodkorning ichki kechinmalarini, olamni qabul qilish va uni 
ifodalashdagi ayricha usulini belgilab beradi. Chunki ijodkor ana shu kichkina 
qalbi orqali, katta umumlashmalar hosil qiladi. Xoh u Vatan haqida bitilgan 
boʻlsin, xoh u muhabbat, qalb amrining buyurganini qalamga oladi. Erkin 
Vohidovning samimiy, dilbar va jozibali satrlarida millatning pinhon iztiroblari, 
uning maʼnaviy-ruhiy manzarasi yaqqol koʻzga tashlanib turadi. Chunki shoir 
kitobxonning, nainki kitobxon, balki shu yurtda yashovchi oddiy insonlarning qalb 
nidolarini sheʼrga aylantiradi. Bu oʻz navbatida millat qoʻshigʻiga, uning 
madhiyasiga aylanib ketadi. ―Sen tomonga otilgan oʻq menga tegsin‖ [1, 83] 
satrlarining oʻziyoq aytilgan fikrlarimizni dalillaydi. 
Sheʼr – ogʻriqlardan dunyoga keladi. Toʻrt misra sheʼrga olam maʼno 
singdira olgan ijodkor chinakam salohiyat egasidir. Uning uchun shoir chinakam 
tuygʻularni, qalbning millat uchun eng zarur soʻzlarini sheʼrga aylantira olsa, o‗z 
maqsadiga erisha oladi. Erkin Vohidov ―Toʻrt satr‖ sheʼrida ham shu kabi 
mazmun-mohiyatni kitobxonga anglatadi. ―Kamtarlik haqida‖ deb nomlanuvchi 
sheʼrda ham chiroyli tashbeh qoʻllay olgan. Unda choynakning piyolaga egilishi – 
kamtarlik ramzidir.
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidov lirikasida hissiy idrok 
birlamchi omil vazifasini o‗taydi. Unda tuygʻular silsilasi sezimlar quvvat 
manbaini kengaytiradi. Aslida ham haqiqiy sheʼr tuygʻular silsilasidan paydo 
bo‗ladi. Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov lirikasi ham bunday xususiyatdan 
mustasno emas. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 1997. – B. 283. 
2.
Haqqul I. Badiiy matn va tahlil muammolari. // O‗zbek tili va adabiyoti jurnali, 
2012, 4-son. 
3.
Qozoqboy Yo‗ldosh. So‗z yolqini. – T.: G‗afur G‗ulom nomidagi NMIU, 2018. – 
B. 503.
4.
Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. – T.: Fan, 2007. – B. 259. 
5.
Yoqubov I. Badiiy-estetik so‗z sehri. – T.: TDPU, 2011. – B. 475.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə