Zbekiston respublikasi oliy va o


SHUURNING SHOIRONA TALQINI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   259
id313213

SHUURNING SHOIRONA TALQINI 
Nafisa KARIMOVA,
(magistrant) TDO„TAU
Badiiy ijod – ko‗ngil munavvarligi. Ilmiy ijod esa fikr charxpalagidir. Qalb 
orom olishni istagan pallalarda, ijodga yo‗g‗riladi. Fikrat olamni anglashga 
intilganda, ilm orqali harakatga tushadi. Adabiyotga odam va olam bobidagi 
yondashuvlar bilan qarab kelingan. Ilm ahli ahli ijodni tahliliy tekshiruvlardan 
o‗tkazadi. Bunga har birimiz juda ko‗p martalab guvoh bo‗lganmiz, badiiy tahlil 
jarayonlarining ishtirokchisiga aylanganmiz. Badiiy asarning mazmun mohiyati 
qay yo‗sinda ochib berilishini yaxshi tushunamiz, albatta. Nazariy tamoyillar 
yozuvchi yoki shoirni qayta kashf etishda muayyan bir ahamiyat kasb etishi hech 
birimizga yangilik emas, biroq ijodkorlarning o‗zlari o‗zlarini tahlil etishini, 
adabiyot ilmiga doir mulohazalarini ham shu kompleks tarkibiga kiritishimiz ayni 
muddaodir. Sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning ―Shoiru, she`ru, shuur‖ nomli 
kitobi ayni biz nazarda tutgan masalaga oydinlik kiritadigan adabiyotlardan biridir. 
Kitobda Erkin Vohidovning maqolalari, suhbatlari, adabiy o‗ylari jam bo‗lgan. 
Shoir dastlab o‗zini tekshiradi: ―Bunday qaraganda, bitta shoir qilishi kerak 
mumkin bo‗lgan ishni qilib qo‗ygandekman. Lekin hech qachon o‗z qilgan 
ishimdan ko‗nglim to‗lgan emas. Hamisha yozganimdan yozadiganim muhimroq 
va azizroq tuyuladi‖ [1, 8]. Hayoldagi jamiki narsa oliy darajada turadi.Xuddi 
orzular kabi.Tafakkur qog‗ozda iz qoldira boshlagach, oliylik darajasi pasaygandek 


133 
tuyuladi. Ana shu ma`noda, shoirimiz bu jarayonni hammadan ko‗ra, yaxshiroq va 
teranroq his etishiga iqror bo‗lgan.
Ijod laboratoriyasiga taalluqli unsurlaridan biri – mavzu tanlash. Ba`zida 
nasrda mavzuning tanlanishi alohida ahamiyatga ega, nazmda esa shoirona 
kayfiyat va ilhomga bog‗liq, degan biryoqlama fikrlar aytilgan. Erkin Vohidov esa 
insonning ichki olamini tavsiflovchi mavzular nazm yo nasr yo‗nalishini 
tanlamasligini, insonni madh etuvchi mavzular abadiy hisoblanishini aytadi. 
―She`riyatning mavzulari, ohanglari, ifoda uslublari har davrda o‗ziga xos 
o‗zgacha bo‗ladi. Lekin bir narsa hamisha ustuvor: she`riyat inson qalbining holati 
ekani, uning quvonchi, muhabbati, nafrati, sog‗inchi ifodasi ekani – abadiy‖ [1, 
15]. Shoirona ta‘rif nazariy ta‘rifdan, mazmuni bilan emas, ifoda yo‗sini bilan 
farqlanishini ko‗rish mumkin.
Shoir bo‗lib, qalam tutishga undovchi layoqat tug‗yoni iste`dod, deb ataladi. 
―Barcha iste`dodlar kabi shoirlik iste`dodi ham tug‗ma bo‗ladi va bolalikdan o‗zini 
namoyon etadi. Bu kunduzdek ravshan, haqiqatning o‗zidek ayon. Tug‗ma iste`dod 
egasi bo‗lmagan, she`riyatga havas tufayli adabiyotga kirib qolganlar – umr bo‗yi 
havaskor bo‗lib qoladilar‖ [1, 15], deb yozadi shoir o‗z kitobida. Lekin 
nazarimizda, shoir havaskorlarning adabiyot maydonida qisqa muddat qolishini 
hisobga olmagandek. Iste`dodning bolalikdan namoyon bo‗laboshlashi, shoirlikka 
bo‗lgan layoqat tug‗ma ekani shak-shubhasizdir. Biroq iste`dodlarga ergashib she`r 
yozishga harakat qilgan havaskor, har doim ham ergashib yuravermaydi. 
Yozganlari talab darajasida emasligini tushungach, o‗z-o‗zidan chekinadi. Yosh 
shoirlarni o‗z vaqtida aniqlab, ijodkor sifatida tarbiyalash uchun ta`lim 
muassasalari va ijodiy uyushmalarda to‗garaklar tashkil etilgan. Shoirlar 
havaskorlardan shu jarayonlarni o‗zida ham saralanadi. Fikrimizni dalillash uchun 
―XX asr o‗zbek she`riyati antologiyasi‖ni keltirishimiz mumkin. Bunda shoirlar 
havaskorlardan professionallik nuqtayi nazaridan saralangan. Albatta, har qanday 
ijodkorning har qanday mavzu yuzasidan shaxsiy mulohazasi bo‗ladi, ijodkorning 
individualligi ham ana shunda. 
Kitobda ―Qo‗shiqning joni kuy bo‗lsa, vujudi she`rdir. So‗z va kuy, jismu 
jon kabi bir butun bo‗lgan joyda haqiqiy qo‗shiq paydo bo‗ladi va bunday 
qo‗shiqning umri boqiy bo‗ladi‖ [1, 37], deb san`at va adabiyotga doir mulohazalar 
berilgan. E.Vohidovning yuqorida, she`rda insonning ichki holati to‗la ochib 
berilishi asarni abadiylashtiradi, degan gapini ko‗rib chiqqan edik. Shoirning 
fikricha, mazkur ijodiy sifat san`at, jumladan, musiqa bilan ham bog‗lanib ketadi. 
Shu kabi kuzatishlardan olingan xulosalarni o‗qib, har qanday ijodkor Erkin 
Vohidov kabi shoir bo‗lishni istashdan oldin, u kabi adabiyot va hayotni atroflicha 
kuzatishni o‗rganishi lozim ekan, degan to‗xtamga kelamiz. 
Kishilarning ma`naviy ehtiyojlarini to‗ldiruvchi qadriyatlar tipi ham 
mavjudki, ular kishini estetik zavq va yorug‗likka yetaklaydi. Erkin Vohidov she`r 
haqida so‗z yuritar ekan, she`rni oliy qadriyat maqomiga olib chiquvchi 
xususiyatini ham aytib o‗tadi. ―She`riyat inson qalbining ko‗zgusi va malhami, 
unga qanot beruvchi omil ekan, shoirning birinchi vazifasi kishilar ko‗ngliga taskin 
va nur olib kirish, dardiga hamdard bo‗lish, unga kuch va madad berishdir‖ [1, 86]. 


134 
Biz nega kitobni kishilarning do‗sti deb bilamiz? Turmush tashvishlarining 
charchog‗ini chiqaradigan, qalb jabr ko‗rganda hamdard bo‗ladigan adabiyot bor. 
Agar she`riyat (kitoblari) E.Vohidov aytgan ma`naviy vazifani bajarmas ekan, 
uning insonga do‗st deb bilishimizning ahamiyati qolmaydi. Mavzuning tanlanish 
yo tanlanmasligi ham, abadiy tipga kirishi ham, ijodkor iste`dodining ahamiyati 
ham mana shunday sahifalarda bo‗y ko‗rsatadi. Erkin Vohidov shoir sifatida ham, 
chin insoniylik ma`nosida ham nega she`r yozayotganini, kim uchun she`r 
yozayotganini to‗la idrok eta olgan ijodkordir. U she`r va shoir qadriga munosib 
baho bergan : ―Shoirni minglar va millionlar o‗qishi shart emas. Shoirlar bo‗ladiki, 
ularni bir kishi yolg‗iz o‗zi kechasi o‗qiydi. Kitobi yostig‗ining tagida turadi. Bu -
shoir uchun baxt‖ [1, 160], deydi. Chunki millionlarning ko‗ngliga ko‗zgu tutib, 
umumiylikka berilish ijodiy maqsadni marradan uzoqlashtiradi. Millionlar ichidan 
taskin istovchi izlanmaydi. Ma‘sumning o‗zi she`rdan o‗ziga yupanch topa oladi. 
Yozilgan she`rlar kimgadir shunday yupanch bo‗la olsa, shoirning ijodiy maqsadi 
hosil bo‗lgan bo‗ladi. She`r o‗z vazifasini bajargan hisoblanadi. 
Biz Erkin Vohidovni yaxshi shaxmat o‗yinchisi sifatida ham bilamiz. U 
she`riyatni shaxmatga qiyoslagan. Umuman olib qarasak, mushtarak jihatlar bir 
qanchani tashkil etar ekan. Adabiyot ham shaxmat ham oq va qora yo‗llarni bosib 
o‗tadi. Shaxmat donalari ―shoh‖ni himoyalash uchun ikki qatordan tizilib turishsa, 
epizodlar buni aksini bajaradi: bosh qahramonning bor bo‗yini ko‗rsatish uchun 
adiblar ularni ―atay‖ asarga kiritadilar. Har ne bo‗lganda ham, epizodlar ham, 
donachalar ham yaxlitlikni hosil qilishga xizmat qiladi. Erkin Vohidovning ―She`r 
va shaxmat‖ she`ridan parcha:
 
Shaxmat abadiydir, 
She`r ham abadiy. 
Yurish tugamas-u, 
So‗z ham bo‗lmas tamom. 
Shaxmat taxtasida, 
She`r maydonida 
G‗oyalar kurashi 
Etadi davom [2, 63]. 
Misralarda shoirning ham nazariy, ham amaliy qarashlarini ko‗rish mumkin. 
She`r bilan shaxmat o‗yini hech qachon o‗z ijrosini to‗xtatmaydi. She`r 
yozilaveradi, shaxmat o‗ynalaveradi. She`rga yangi bandlarni qo‗shib boraverish 
mumkin. Shaxmat o‗yinida esa ―shoh‖ni ―mot‖ qilish uchun ancha bosh qotiriladi. 
―Shoh‖ni mag‗lub bo‗lmasligi uchun turli o‗yin usullaridan foydalanilaveradi. Bu 
ikki jarayon go‗yo g‗oyalar kurashidek.
“Shaxmat taxtasida, She`r maydonida
G„oyalar kurashi etadi davom”, 
degan misralarni aqliy va ijodiy mehnatni 
mushtaraklashtirgan eng yaxshi ta‘rif, deb baholashimiz mumkin. 
Erkin Vohidovning ―Shoiru, she`ru, shuur‖ kitobidagi adabiy o‗ylar bilan 
tanishib chiqar ekanmiz. Har bir shoir, uning yozgan she`ri va shuuri o‗zaro bir 
insoniy va ijodiy maqsadga qaratilganiga va bu hayotiy tajribalar bilan 
asoslanganligiga guvoh bo‗lamiz. Shoir E.Vohidov o‗z shuuridagi o‗ylarini 


135 
kitobxoni bilan o‗rtoqlashgan. Mazkur risola adabiy-estetik tafakkurni ijodkorona 
ruhda tushuntiruvchi dasturamaldir. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Vohidov E. Shoiru, she`ru, shuur. – T.: Yosh gvardiya. 1987. 
2. Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq. NMAK. 2016. 
3. Umurov H. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: A.Qodiriy. NMU, 2004. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə