Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   259
id313213

 
 
 
Adibning ―Davlat ishi‖ sarlavhali she`ri uchun ―Nikoh va oila‖ kitobidan 
quyidagi jumlalar epigraf sifatida olingan: ―Mamlakatimizda nikohga, asosan, 
inqilobdan keyingina davlat ishi deb qaraldi‖. Bu jumlalar bevosita siyosiy jarayon 
bilan bog‗liq bo‗lib, shuning uchun ham tanlangan sitata qonuniy manbadan 
olingan. Shu o‗rinda diqqatni jalb qiladigan bir jihat shoir ijodiy namunalariga 
tanlangan birorta ham epigraf xalq og‗zaki ijodi namunalari bilan bog‗liq emas. 


136 
Boshqa manbalarda esa epigrafga quyidagicha ta‘rif beriladi:
“…Epigraf… ba‟zan 
u asarning bosh ma`nosini anglatsa, ba‟zan o„qirmanni shu ma`nodan atay 
chalg„itishga qaratilgan bo„ladi, ba‟zan ushbu asarda asosiy muammoni 
ifodalaydi” 
[2, 146]. Yuqoridagi fikrlardan epigraf haqida uch jihatni anglash 
mumkin. Shoir ijodida ana shu uch jihatga mos epigarflarni quyidagicha 
guruhladik: 
1.
Asarning bosh ma`nosini anglatuvchi epigraflar. 
Shoirning 
―Senga baxtdan taxt tilarman‖ she`ri uchun shoira 
Nodirabegimning 
“Sen g„anisan, menda bisyor ehtiyoj”
misrasi epigraf qilib 
olingan. Shoirning ushbu she`ri ―Yoshlik devoni‖ga kiritilgan bo‗lib, u g‗azal 
janrida yozilgan, shu bois ham asar uchun mumtoz matndan epigraf olish asar 
mazmunini anglashga xizmat qilgan. G‗azalda imkonsiz oshiq (lirik qahramon)- 
ning ichki kechinmalari tasvirlangan.Yoki, ―Hijron yuki‖da ham xuddi shu kabi 
mavzu yo‗nalishini ko‗rishimiz mumkin, bunda hijronda qiynalgan, ammo yordan 
aslo ayrilishni istamagan oshiq kechinmalari tasvirga olingan. She`r uchun 
Navoiyning 
“Aylagil jondin judo Etkuncha jondin judo”
misralari epigraf 
vazifasini bajargan. Habibiyning 
“Ul pari avlodimu, Yo bashar farzandimu?” 
bayti ―Tola soch‖ g‗azaliga epigraf sifatida keltirilgan. Unda ―soch‖ so‗zi bir necha 
marta takrorlanib o‗zgacha bir joziba bajargan va aynan epigrafning o‗zi g‗azal 
so‗ngida sitata sifatida keltirilgan. Erkin Vohidovning ―Vafo‖ she`ri Hamid 
Olimjon va uning rafiqasi Zulfiya haqida bo‗lib, unda shoiraning turmush 
o‗rtog‗iga bo‗lgan vafo, sadoqat tuyg‗ulari qalamga olinadi. She`r ikki qismdan 
iborat. Birinchi qismga Zulfiyaning quyidagi misralari:
Sog‗inganda izlab bir nishon
Qabring tomon men olaman yo‗l.
Keltirarding menga bir zamon
Endi har chog‗ men eltaman gul.
2-qismga Hamid Olimjonning:
Xalqqa ayting:
Men aslo o‗lganim yo‗q!
misralari epigrafdir. ―Vafo‖ she`rining birinchi qismida quyidagi misralarga e`tibor 
qarataylik:
Umrim bir on sendan ayru bo‗lmadi,
Sochlarimga qo‗ndi tola-tola oq.
Yillar seni mendan yiroq qilmadi,
Yillar ikkimizni qildi yaqinroq. 
Bu satrlar epigraf uchun tanlangan misralar mazmuniga ohangdosh va asar 
g‗oyasini yoritishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, shoirning 
―Yosh shoirlarga‖ she`ri uchun Hamid G‗ulomning 
“Oh sening yoshliging menda 
bo„lsaydi...”
, "Ruhlar isyoni" dostoni uchun Nazrul Islomning 
“Tug„ilgansan 
ozod, mudom Ozod bo„lib qol!”
misralari, ―Orzu chashmasi‖ dostoni uchun 
Mirtemirning 
“Kecha oydin bahor ayyomi, Qatra-qatra yosh to„kar buloq”
misralari epigraf qilib, asarning bosh g‗oyasini, mazmuni ochishqa qaratilgan.
 
2.
O‗qirmanni shu ma`nodan atay chalg‗itishga qaratilgan epigraflar. 


137 
Adibning ―Davlat ishi‖, ―Shoir umri‖ she`rlariga tanlangan epigraflar shular 
jumlasidandir. ―Davlat ishi‖ she`riga 
“Mamlakatimizda nikohga, asosan, 
inqilobdan keyingina davlat ishi deb qaraldi”
jumlasi epigraf sifadida keltirilib, 
o‗quvchini haqiqatdan ham shundaydir degan fikrga yetaklaydi, biroq she`rni 
o‗qigan kitobxon buning aksi ekanligini anglaydi. She`rdan olingan ba`zi misralar 
misolida kuzataylik: 
Nikoh davlat ishi, baxtlar yarqiroq,
Maqtanib olamga doston etganmiz.
Tirik yetimlarning sonida biroq
Amerikadan ham o‗tib ketganmiz.
Bu yerda davlatning oilaga, nikohga bo‗lgan munosabati qog‗ozda boshqa, 
amalda boshqa ekanligi aniq ko‗zga tashlanadi. Yuqoridagi "Nikoh va oila" 
kitobidan olingan fikrlar sirti yaltiroq, ichi qaltiroq qabilidagi quruq shoirlar 
ekanligini ifodalaydi. 
―Shoir umri‖ga esa Sayyorning mana bu misralari epigraf qilingan: 
Mana, men Lermantov yoshiga yetdim,
Bir shoir umrini yashadim chindan.
She`riyat ko‗kida tik parvoz etdim, 
Parvozim balanddir uchqur lochindan, 
―Shoir umri‖ she`rida lirik qahramon (ya`ni ijodkorning o‗zi) dan yaxshi 
shoir chiqmasligi kabi parodaks fikrlar aytilgan va epigrafdan anglashiladigan 
mazmunning aksi kuzatiladi:
Mana, men Lermontov yoshiga yetdim, 
Bir shoir umrini yashadim chindan.
Qancha qog‗ozlarning boshiga yetdim 
Va kekin Lermontov chiqmadi mendan. 
Asarda asosiy muammoni ifodalovchi epigraflardir. Erkin Vohidovning 
―Ruhlar isyoni‖ dostoni uchun tanlangan epigraf asarda asosiy muammoni 
ifodalovchi epigraf guruhini tashkil qiladi.
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov ijodida epigrafning o‗rni alohida 
ahamiyatga ega. Epigraflardan o‗rinli foydalanish shoir mahoratini ko‗rsatadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Quronov D., Mamajonov Z. va b. Adabiyotshunoslik lug‗ati. – T.: Akademnashr, 
2013.
2. Yo‗ldoshev Q., Yo‗ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. – T.: Kamalak, 2018.
3.Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2016.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə