Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV LIRIKASIDA IJODKOR SHAXSINING NAMOYON



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   259
id313213

 
ERKIN VOHIDOV LIRIKASIDA IJODKOR SHAXSINING NAMOYON 
BO„LISHI
Dilnoza TO„RAYEVA,
doktorant (GulDU)
 
Har bir obraz ma`naviy-axloqiy dunyosini adib badiiy-estetik olamidan ayri 
tasavvur etish qiyin. Ijodkorning bilimi, dunyoqarashi, o‗ziga xos fazilatlari u 
yaratgan 
badiiy 
asarlarda 
ma`lum 
darajada 
namoyon 
bo‗ladi. 
Adabiyotshunoslikdagi bunday o‗rinli mulohoza va talqinlar ijodkorning ma`naviy 
dunyosini tushunish va u yaratgan asarlarni tarixiy voqelik bilan qiyoslab 
o‗rganishda alohida ahamiyatga ega. Adabiyotshunos Sh.Hasanov haqli e`tirof 
etganidek: ―Olamni ob‘ektiv va sub‘ektiv talqin etishda ijodkorni voyaga etkazgan 
ijtimoiy, ruhiy-psixologik jarayonlarning ta`siri o‗z izini qoldiradi. Xolislik – 
ijodkor uchun yaxshi fazilat. Har qancha xolislik bo‗lsa-da, tarixiy voqelik baribir 
ijodkor xarakteri, tafakkuri va qalbi ―tahriri‖dan o‗tib, muayyan bir asar shakliga 
kiradi. Ijodkorning xarakteri, tafakkuri, qalbi esa uni qurshab kelgan muhit va 
sharoitning ―havosidan nafas oladi‖ [4, 25]. Darhaqiqat, adib ijodiy jarayonda 
badiiy asar uchun taassurotlarini, avvalo, o‗zini qurshagan muhitdan olar ekan 
bevosita uni o‗z shaxsiyatiga xos fazilatlar bilan boyitadi. Yaratgan obrazlarida 
yozuvchining qaysidir ma`noda o‗zi ―yashaydi‖, qahramonlari esa, aytmoqchi 
bo‗lgan ijodiy niyati bilan uzviylikda bo‗y ko‗rsatadi. O‗zbek she`riyatida o‗ziga 
xos sehr sohibi Erkin Vohidovga xos iste`dod tug‗ma bo‗lsa-da, uni ulg‗aytirgan 
muhit va sharoit shoirdagi bu hislatni yanada sayqalladi, unga jilo berdi. Hayotning 
sinovli kunlari uni qalbini dardga to‗ldirdi. Bu tuyg‗ular tug‗yoni esa lirikasida o‗z 
aksini ko‗rsatdi. Qalb qo‗ridan chiqqan samimiy satrlari qatiga hayotni sevish, 
kelajakka ishonch kabi tuyg‗ular yashiringan shoir ma‘rifatli, ziyoli oilada 
tug‗iladi. Ota-onasidan erta etim qolgan Erkin Vohidov tog‗alari qo‗lida tarbiya 
topadi. She`riyatga bo‗lgan qiziqishi juda erta boshlangan shoir shu zayilda 
hayotning katta sinovli yo‗liga chiqadi. Uning lirik asarlari birin-ketin dunyo 
yuzini ko‗radi.
―Yozuvchining hayotga munosabati, uning e`tiqodi, imoni, kimlarni yoqlashi, 
nimalarga qarshi kurashishi, talantining xarakteri, hayotiy tajribasi, uslubi – 
hammasi ijodiy mehnat jarayonida yaratilgan obrazlarga, xarakter va tiplarga 
o‗tadi‖ [1, 109]. Ijodkor yaratgan obrazlariga o‗ziga xos jihatlarni yuklaydi, ular 
xarakterida gavdalantiradi. Bu obrazlar badiiy g‗oyani yuzaga chiqarishga xizmat 
qiladi. Chunki, yozuvchilar uni o‗zining qarashlari bilan to‗yintiradi. Erkin 
Vohidovning ijodkor sifatidagi fazilatlari yozganlarida namoyon bo‗lishi 
xususidagi masalani adib lirik asarlarini tahlil qilish orqali oydinlashtirish 
maqsadga muvofiq. E`tibor beradigan bo‗lsak, shoirning yaratgan qahramonlari 
vatanparvar, o‗z erki uchun, vatan ozodligi uchun kurashuvchan kishilardir. Zotan, 
adibning o‗zligi uning asarlarida o‗zining «iz»ini qoldirgan, deyish o‗rinli. Shorir 
shaxsiyati bilan bog‗liq jihatlar sifatida, ijodkor iqtidorini, kuzatuvchanligini, 


130 
uning teran tafakkur va keng tasavvurga egaligini sanash mumkin. Erkin Vohidov 
lirikasida, avvalo, vataniga, ona xalqiga muhabbat, milliy g‗urur va iftixor tuyg‗usi 
ufurib turganligini guvohi bo‗lamiz. Buni quyidagi satrlar orqali ko‗rishimiz 
mumkin:
Faxr etarman ona xalqim, 
Ko‗kragimni tog‗ qilib,
Ko‗kragida tog‗ ko‗targan 
Tanti dehqon o‗zbegim. 
―O‗zbegim‖ qasidasidagi vatantanparvarlik hissi bevosita o‗z tarixini 
ardoqlagan adib qalbidan sizib chiqqan. Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy, Al 
Farobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‗bek xarakteridagi xalqparvarlik, ilmu fanni 
ulug‗lash tuyg‗usi ham yozuvchi ruhiyati bilan hamohang. Shoir buyuk 
ajdodlarimiz obrazini yaratar ekan, ularning bosgan har bir qadamini avlodlar 
uchun o‗rnak bo‗larli darajada qalbga yaqin qilib tasvirlaydi.
Mir Alisher na`rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She`riyat mulkida bo‗ldi 
Shoh-u sulton o‗zbegim. 
Shoirning ko‗pgina she`rlarida ilmu fan qadri doimo balandligi, 
vatanparvarlik tuyg‗usining ulug‗ligi qalamga olinadi. Bu asarlar bevosita adib 
shaxsiyati bilan bog‗liq ravishda yuzaga chiqqan, deyish o‗rinli. Negaki, qomusiy 
olimlarning jahon ilmiga qo‗shgan hissalari, ulardagi yuksak insoniylik xislati 
yuqoriligi dastlab adib ijodiy laboratoriyasida uning qalbi orqali his qilinib
so‗ngra badiiylik tusini olgan. Darhaqiqat, Vatanini ardoqlagan, millatini sevgan 
insongina uning tarixini bilishga qiziqadi. O‗zligini anglashni burchi deb biladi va 
uning qalbi milliy ruh degan mo‗‘tabar tushuncha bilan to‗yinadi. Shubhasiz, Erkin 
Vohidovda yuqorida sanalgan barcha fazilatlar mujassam ekanligi bois, uning 
she`rlarida ham shu jihatlar etakchilik qiladi. ―Mana necha o‗n yildirki, biz dilbar 
bir she`riyatning muattar havosidan bahramand bo‗lib kelayotirmiz. Bu Erkin 
Vohidov she`riyatidir. Ona tilimizdagi ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang, 
g‗oyat nazik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum 
uyg‗otuvchi tashbihlar, o‗tkir xulosalar – bular bari ulkan shoirimizning qalamiga 
mansub betakror fazilatlardir. Men Erkin Vohidovni she`riyatda o‗ziga xos sehr 
sohibi deb bilaman...‖ – deb yozadi o‗zining ―So‗z sehri‖ maqolasida zamondosh 
shoir Abdulla Oripov. 
―Ijodkor shaxsiyati, xarakteri, tuyg‗ulari, nainki, ijtimoiy hayotdagi faol 
insonni anglashda, balki badiiy ijodni, undagi qahramonlarni, ularning turmush 
tarzi, xarakteri, tuyg‗ularini va shu asno ijodkor uslubiga tegishli muhim qirralarni 
bilish uchun ham muhim omillardir‖ [6, 7]. Shuning uchun ham hayotiy voqea-
hodisalarning badiiy talqinida ijodkor ruhiy kechinmalari, hayotiy tajribalari o‗z 
aksini topadi. Erkin Vohidovning ―Nido‖ dostoni ham ana shunday iztiroblar 
hosilasidir. Dostonda urush va uning ayanchli oqibati, u olib kelgan kulfatlar, u 
etkazgan jarohatlar to‗g‗risida. Shoirning bu lirik asari qaysidir ma`noda 
avtobiografik xarakterga ega. Adib iztiroblari butun xalqning qayg‗usiga 


131 
hamohang, uning dardi boshqalarnikiga o‗xshash. Negaki urush yog‗dirgan kulfat 
butun halqning qalbidagi tuzalmas jarohatga aylangandi. Dostondagi lirik 
qahramon ana shunday umumlashma obraz sifatida bo‗y ko‗rsatadi. Unda urush 
tugaganiga yigirma yildan oshgan bo‗lsa-da, uning ayanchli xotiralari hamon 
kechagiday yodida saqlanib qolgan farzandning o‗y-kechinmalarida aks etadi. 
―O‗g‗lim!‖ degan nidoning er qa‘ridan yangrab turishida olis urush yillaridagi 
ayriliq azobi qayta yangilanaveradi. Bu nido hech qachon tinmaydi. Chunki 
urushning ayanchli asorati qalblarga bir umrlik tamg‗asini bosib ulgurgandi. Shoir 
tomonidan bu nido shunchaki aytilmaydi, chunki uning o‗zi bu kulfatni boshidan 
o‗tkazgandi. Dostonning ta`sir kuchini oshirgan asosiy omil ham mana shunda. 
Dunyoni urushlar emas tinchlik saqlab qolishini, aytilgan nidolar tinchlik 
tarafdorlari qalbidan sizib chiqqanligi uchun ham bu asar umrboqiy deyish 
mumkin. Millati taqdirini o‗zining taqdiri deb bilgan shoir, doimo vatani va xalqi 
tarixiga bo‗lgan ehtiromini qalbida asrab yashaydi. Bu tuyg‗u uni shu ruhdagi 
asarlar yozishga chorlayveradi. ―Badiiy asar xoh lirik, xoh nasr, xoh drama bo‗lsin 
– yozuvchining ijod mahsuli. Farzand ota-onaga o‗xshamasligi mumkin emas. 
Badiiy asar tahlil, talqin qilinganda, tabiiyki, yozuvchining ruhiy holati, kayfiyati 
hisobga olinadi‖ [2, 75]. Yozuvchining ijodiy jarayondagi holati butun borlig‗i 
bilan o‗zi yaratgan obrazlariga ma`lum darajada singib ketadi. Endi u beixtiyor 
yaratgan qahramonlari bilan bo‗y ko‗rsatadi. Erkin Vohidov vatanparvar yozuvchi, 
uning qalbidagi milliy ruhning yuqoriligi barcha she`rlari g‗oyasiga singdirib 
yuborilgan. Shoirning lirik qahramonlari tilidan aytilgan falsafiy, kishini o‗yga 
toldiruvchi mulohazalarida, millat tarixi aks etgan badiiy talqinlarida vatanni 
sevishi, unga bo‗lgan cheksiz muhabbati ko‗zga tashlanib turadi.
Adabiyotshunos olim Sh.Hasanov ta‘biri bilan aytganda, ―Ijodkor shaxsiyati 
alohida olingan vakuumda emas, jamiyatda kamol topadi. U jamiyatdagi mavjud 
aqidalarni o‗zgartiradi, qarashlarni yangilaydi. Uning asari muayyan bir davrda 
yaratilsa-da, o‗sha davr doirasida qolib ketmaydi. Zamonlar, tuzumlar o‗zgarishi 
barobarida badiiy so‗z o‗zining yangi qirralarini namoyon etaveradi‖.[4, 3] 
Binobarin, har bir badiiy asar ijodkor qarashlarini o‗zida mujassamlashtiradi. Vaqt 
o‗tgani sari bu qarashlar mohiyati ochilib boraveradi. Erkin Vohidov shaxsiyati 
bilan to‗yingan tarixiy asarlari bugungi kun kitobxoni qalbida milliy g‗urur va 
vatanparvarlik tuyg‗ularini shakllantiradi. ―Mualliflarning shaxs va adib sifatidagi 
mentalitetini o‗zgartirmay turib, adabiyotimiz mentalitetini, tiynatini o‗zgartirib 
bo‗lmaydi‖ [5, 10], – deb yozadi, Xurshid Do‗stmuhammad. Qodiriy nasridagi 
badiiy yetuklik, Cho‗lpon she`riyatidagi nozik tuyg‗ular sarchashmasi vujudga 
kelishini yozuvchi muallif ―men‖i bilan bog‗laydi. Ko‗rinib turganidek, shaxs 
sifatidagi barkamollik bevosita badiiy asarda – obrazlarda o‗z aksini ko‗rsatadi. 
Insonlar xarakteri bir xil bo‗lmaganidek, ijodkor shaxsiyatining, ruhiyatining 
asarda aks etishi barcha yozuvchilarda turlicha namoyon bo‗ladi. Bu holat uning 
ijodiy jarayonda badiiy asarga munosabatida o‗zini namoyon qiladi. Hayot haqiqati 
ijodkor qalbiga ko‗chib, uning his-tuyg‗ulari bilan qorishiq holda yuzaga chiqadi. 
Ijodkorning hayot haqidagi qarashlari unga munosabati bilan uyg‗unlashib, badiiy-
estetik mohiyat kasb etadi. Yozuvchi o‗zi tasvirlayotgan olamda yashaydi va uni 


132 
ijodiy imkoniyatidan kelib chiqqan holda talqin qiladi. Erkin Vohidov butun 
e`tiborini izchil ravishda, avvalo, badiiy so‗z san`atining asosiy ob‘ekti sanalgan 
inson mohiyatini tadqiq etishga qaratadi. Ma`lumki, so‗z san`atkori muayyan 
masalaga butun vujudi bilan berilsa, biron voqea-hodisadan qattiq ta`sirlansa, bu 
holat izsiz ketmaydi, natijada zururiyatga aylanadi. Badiiy asar estetik ta`sirlanish 
va kuzatishlar samarasi sifatida maydonga keladi.
Umuman olganda, Erkin Vohidov ijodida shoir shaxsidagi sabr-bardosh, qunt, 
sobitqadamlik va zahmatkashlik, undagi madaniy-badiiy saviya, keng qamrovli 
iqtidor, muntazam mehnat bilan bir qatorda juda keng ma‘rifat va bilim doirasiga 
ega bo‗lishi, hayotni, tarixni, insonlarni katta ishtiyoq bilan o‗rganishga moyilligi, 
tabiatida olijanob insoniy xislatlari lirik asarlarida o‗z aksini topgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Jamoa. Adabiyot nazariyasi. II jildlik II jild. Ijodiy jarayon. – T.: Fan, 1979. 
– B. 109.
2.
Rasulov A. Tanqid, talqin, baholash. – T.: Fan, 2006. – B.75. 
3.
Hasanov Sh. Ijodkor shaxsiyati va voqelik talqini. O‗zbek tili va adabiyoti. 
2018. 4-son. – B.25. 
4.
Do‗stmuhammad X. Muallif tiynati o‗zgarmaguncha. //O‗zbekiston 
adabiyoti va san`ati. 2018. 5-oktyabr. 
5.
Nosirov O‗. Obrazlarda uslub jilolari. – T.: Fan, 1991. – B.7. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə