Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA MUMTOZ JANRLAR



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   259
id313213

ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA MUMTOZ JANRLAR 
TAKOMILI 
Z. BALTAEVA,
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 
XX asr poetik dunyoqarashi vujudga kelishi va taraqqiyotida Erkin Vohidov 
adabiy merosi salmoqli o‗rin tutadi. O‗q ildizlari asrlarga tutash adabiy 
an'anqalarni umuminsoniy qadriyatlarga payvandlagan shoir ijodi milliy nazm 
halqasini muntazam yangi tajribalar bilan boyitdi. Rangin poetik g‗oya, shakl va 
mazmunni muttasil yangilash mayli, badiiy tahlilda izlanish hamda tadqiqot 
sintezi, so‗zning ruhiyatga ta`sir quvvatini anglash va tasvirni maromiga 
yetkazishga intilish sohir she`riyat tabiatini belgilaydi. Uning yashovchanlik 
omillarini ijodiy dunyoqarash o‗ziga xosligi, ijtimoiy-tarixiy muhit quvvati va 
badiiy-estetik ehtiyoj taqozosidan axtarish maqsadga muvofiq sanaladi. Shaxs 
tuyg‗usi realistik manzarasini qayta tiklash jarayonida shoir ham mumtoz adabiyot, 
ham jahon badiiy so‗z san`ati an`analaridan samarali foydalanadi. Shoir adabiy 
mahorati, avvalo, ham barmoq vazni, ham aruz vazni ijodiy imkoniyatlarini 
kengaytirganligida namoyon bo‗ladi. Poetik g‗oyani g‗oyat yorqin ifodalash, 
tuyg‗uni moddiylashtirish har bir ijodkor adabiy talqinida o‗zgachalanadi. Joriy 
holat badiiy shaklda aniqlikka erishadi. Aniqrog‗i, janrga xos barqarorlik uslubni 
dalolatlaydi:
Bo‗lmasin subhing qaro, bor bo‗l mudom borliq aro, 
O‗zing etgil doimo inson o‗zing, inson o‗zing [4, 43]. 
1969 yilda nashr qilingan ―Yoshlik devoni‖ she`riy to‗plami Erkin Vohidov 
ijodida alohida bosqichni tashkil etadi. Deyarli unutilayozgan aruz vazni 


126 
imkoniyatlarini qayta tiklagan shoir asosiy mumtoz janrlar: g‗azal, qasida, ruboiy, 
muxammas hamda tatabbu'ga yangi poetik qiyofa bag‗ishlaydi. Kitobdan o‗rin 
olgan ―Tuni bilan yig‗labdi bulbul‖, ―Barcha shodlik senga bo‗lsin‖, ―G‗uncha‖, 
―Dildorga noma yozdim‖ va ―Kiprigingdan o‗q uzib‖ yanglig‗ g‗azallarda 
mubolag‗a, ta'rif-u tavsif qabarib ko‗rinadi. Yoyiq mushohada va nafis tuyg‗uni 
omuxtalashtirishga yo‗g‗rilgan she`rlarda vazmin o‗ychanlik ustuvor: shoir uchun 
mumtoz she`riy janr – ruhiy tahlil vositasi, poetik mantiqni falsafiy-badiiy 
umumlashma teranligi belgilaydi. Ayni paytda, ―shoir g‗azalni shunchaki she`riy 
janr rutbasidan yuksaltirib, mangu tuyg‗ularning poetik ramzi hamda har qanday 
fikrni ifodalay olishga qodir badiiy vosita darajasiga ko‗taradi‖ [3, 265]. 
Darhaqiqat, ijodkor mumtoz she`riy janr tabiatini jiddiy yangilab, teran falsafiy 
mazmun va original badiiy ifoda bilan boyitadi. Estetik joziba hamda poetik 
go‗zallik uning ikki qirrasi, muallif muntazam ravishda mavjud o‗lcham-
andozalarni tubdan o‗zgartirishga intiladi: 
Tun bilan yig‗labdi bulbul 
G‗uncha hajri dog‗ida. 
Ko‗z yoshi shabnam bo‗lib 
Qolmish uning yaprog‗ida [4, 5]. 
G‗azal ―g‗uncha hajri dog‗ida‖ nola chekayotgan bulbul holatidan ibtido 
oladi. Mumtoz adabiyot an`analariga hamohang matn bir-biriga mantiqan 
payvandlangan besh baytdan iborat. Ruhiyat manzarasi chizilgan asarda idrok 
sezgisi haqqoniyligi va tasvir o‗ynoqiligi, ifoda teranligi va tashbeh betakrorligi 
qabarib ko‗rinadi. Poetik shtrixlar hissiyot aniq suvratini tiklashga xizmat qiladi: 
mubolag‗a (tun bilan yig‗labdi bulbul) lirik kechinma yorqinligini tayinlash 
barobarida ―ko‗z yoshi shabnam‖ yanglig‗ tuyg‗u qalb musaffoligidan 
oziqlanishini mantiqan dalolatlaydi, sifatlash (gul yuz, muhabbat darsi, sevgi 
sahrosi) mushohadani kuchaytirish, urg‗uni ta`kidlash va g‗oyani oydinlashtirish 
vazifasini bajaradi hamda o‗xshatish (g‗uncha, bulbul, gul) tasavvurlar 
ma`nodoshligi tarqoqligini muayyan estetik mundarijaga yig‗ishga zamin 
hozirlaydi: 
Ko‗z yumar bo‗lsam ko‗zim – 
Oldida paydo gul yuzim, 
G‗uncha ko‗z ochmog‗i bor 
Bulbul ko‗zin yummog‗ida [4, 42]. 
Baytda tazod san`ati (ko‗z ochmog‗i, ko‗z yummog‗i) hamda tajnis (ko‗z) 
ma`no hissiy tovlanishini hosil qiladi. Ma'shuqa jamoli oshiqni shu qadar rom 
etganki, hatto xayol ham ozod emas! Muallif tasvirni mukobil rivojlantiradiki, 
unda muhabbat shavqi va ishq sururi, hijron azobi va visol umidi qorishib ketadi. 
Ravon ifoda va yengil musiqiy ohang badiiy yaxlitlikni belgilaydigan yetakchi 
omillar, ko‗ngil inja tuyg‗usidan suv ichgan satrlarda so‗z fasohati bor bo‗y-basti 
bilan namoyon bo‗ladi, tushuncha sog‗inch iztirobi hamda sevgi lazzatini o‗ziga 
xos tarzda birlashtiradi. Ruhiyat sharhi ―mavjudlik jumbog‗i‖ ziddiyatidan 
ijtimoiy-falsafiy umumlashmaga o‗tish vositasiga evriladi. 
Xayoliy tasavvurlar va hayotiy tafsilotlar qorishib ketadigan shoir lirikasida


127 
shakl-mazmun-mohiyat uchligi tahlil quyuqlashuviga keng yo‗l ochadi. Ma`no 
sig‗imini poetik idrokda yangilash hamda qayta baholash uning tabiatini 
dalolatlaydi. Aynan inson ruhiyatini teranroq anglash realistik tasvir qamrovini 
kengaytirishni taqozo etadi. Joriy holat ifoda tejamkorligini mushohada nozikligiga 
payvandlash uchun zamin hozirlaydi, ijod malakasida o‗y-xayol-idrok quyma 
romantik kayfiyat realistik negizini tavsiflaydi. Aslida shaxsiyat va she`riyat bir-
biriga egizak tushunchalar, dunyoqarashdan ko‗ngilga ko‗chgan idrok sezgisida 
maslak, e`tiqod, maqsad va a'mol butunlashadi, ―Shoir hayotining davomi‖ 
(Bahodir Karim) manzumada maromiga yetadi. Ma`naviy-axloqiy va ijtimoiy-
ruhiy qarashlar ijodkor fitratida originallashadi. Aniqrog‗i, so‗z, ijod hamda 
e`tiqodni tasvir silsilasida markazlashtirish vositasida tuyg‗u shakllanadi: 
Yorug‗ dunyo bor ziyosin teng, 
Taqsim etgan kecha, kunduzga. 
Nur yetmay tun, uni – 
Sochdi oyga, minglab yulduzga [4, 67]. 
Mumtoz she`riyat an`analariga hamohang badiiy shakl nafosatini tayin etish, 
hayotiy aqidaga singdirilgan mazmunni teranlashtirish hamda mushohada mantiqiy 
taraqqiyotiga intilish ohorli poetik tasvirda maromiga yetadi. Muallif uslubiga xos 
mohiyatni qarshilantirish yo‗sini (kecha-kunduz) idrok yaxlitligiga zamin 
hozirlaydi: ―yorug‗ dunyo‖ o‗z hissasiga tekkan ziyoni kecha hamda kunduzga 
barobar taqsimlaydi, nur qadriga yetmagan ―tun‖ uni oy – yulduzlarga sochadi, 
―kunduz‖ esa ―birgina quyosh‖ yaratadi. 
Erkin Vohidov ifoda uslubi o‗ziga xosligini belgilaydigan yetakchi xususiyat 
band intizomi, vazn, qofiyaga nisbatan erkinlik darajasi bilan tavsiflanadi. Joriy 
estetik o‗lcham muntazam shakliy-uslubiy izlanishlar, yillar davomida to‗plangan 
hayotiy tajriba, mashaqqatlar bilan erishilgan ijodiy malaka takomiliga tayanadi. 
Yuksak shoirona farosat va nozik did uning har bir she`rida bo‗rtib turadi. Muallif 
odamzod fe‗lida ko‗zga tashlanib turmaydigan ruhiy holat tasviriga ko‗proq e`tibor 
qaratadi. Aksar poetik namunalarda tasvirni moddiylashtirish, borliq va shaxs 
aloqasini anglash, tushuncha mohiyatini idroklash mayli ustuvorlashadi. Inson 
iroda yo‗nalishi tahlili hamda ma`naviy-axloqiy taftishi mantiqiy bog‗lamda 
muayyan salmoq kasb etadi.
O‗tkir nigoh va sinchkov talqin o‗zaro munosabati har bir falsafiy 
umumlashma mohiyatini sharhlaydi: 
Ufqlarga qo‗yib guldasta, 
Tog‗ ortidan ko‗tardi-da bosh, 
Pastga boqdi cho‗qqidan asta, 
Oltin qalam tutgan bir naqqosh [4, 79]. 
―Tong lavhasi‖ (1956) she`rida shoir yaxlit poetik manzara chizadi. 
O‗zbekona sohir tuyg‗u, nafis sezim hamda teran kechinma vositasida yuzaga 
kelgan voqelik suvratida Erkin Vohidov uslubiga xos idrok ustuvor: shoir ―zar 
lavha‖ni bayon qilmaydi, balki tasvirda jonlantiradi. ―Oltin qalam tutgan bir 
naqqosh‖ – oftob nurlari butun borliqni chulg‗agan, vazmin ifoda saralangan lirik 
tafsilotlarni shuurga ko‗chiradi. Lahzalik hissiy jarayon tahlili teran va aniq, so‗z 


128 
hamda tasavvur munosabati bir butun badiiy qiymat kasb etadi. ―Har nuqtaga 
sayqal berib u, Vodiy uzra chizdi zar lavha‖ – tabiatdan muqoyasa qilingan tashbeh 
marom, ohang va munosabatni estetik markazga yig‗adi. Tinimsiz almashinib 
turadigan harakat va holat mantiqiy chambarchasligi musiqiy taranglik hosil qiladi. 
Muallif adabiy talqini beixtiyor Rauf Parfi qalamiga mansub ―Tong otmoqda‖ 
she`rini yodga soladi: ―Tong otmoqda, tong o‗qlar otar, Tong otmoqda, quyosh – 
zambarak, Yaralangan yer shari yotar, Boshlarida yashil chambarak‖ badiiy 
umumlashmasiga ruhiy ohangdosh: agar E.Vohidov oftobni ―oltin qalam tutgan bir 
naqqosh‖ga o‗xshatsa, R.Parfi poetik leksikonida ―quyosh – zambarak‖ka aylanib, 
zaminni ―o‗qqa tutadi‖: 
Tong otmoqda, tong o‗qlar otar, 
Tong otmoqda, quyosh – zambarak. 
Yaralangan yer shari yotar, 
Boshlarida yashil chambarak [5, 36]. 
Rauf Parfining ―Tong otmoqda‖ (1964) she`ri bir-biriga mantiqan 
bog‗langan ikki banddan iborat: dastlabki bandda tong manzarasi chiziladi, aniq 
tasvir tabiatdan olingan muqoyasalar bilan to‗ldiriladi, shoir ikkinchi bandga 
g‗oyaviy-estetik niyatini singdiradi. ―Tong otmoqda, musaffo tongga, Yuragini 
tutar odamlar‖ sathi mohiyatni oydinlashtirishga xizmat qiladi. Joriy holatda 
tushuncha o‗z ma`no tarmog‗idan uzoqlashib, poetik ramz darajasiga ko‗tariladi. 
Tong – saodat, istiqbol yo‗li! ―Musaffo‖ epiteti ―yashil chambarak‖ – hayot 
timsolini tavsiflaydi. Qizig‗i shundaki, Erkin Vohidov ―Tong lavhasi‖da bir 
marotaba matn adog‗ida ―tongotar‖ iborasini qo‗llasa, Rauf Parfi she`r davomida 
―tong‖ konstruktsiyasini olti marotaba ishlatadi. Ikkala she`r ham 2 band, 8 
misradan tashkil topgan: agar dastlabki namuna subhidam manzarasini chizsa, 
ikkinchi she`rda tabiat lavhasi ifoda uchun ruhiy tahlil vazifasini bajaradi. 
Umuman, Erkin Vohidov she`riyatida mumtoz janrlar falsafa, mantiq va 
ohangni omuxtalashtiradi. Unda ruhiyat tahlili ijtimoiy mohiyatni ochib beradi, 
unda fikr vazni tuyg‗u qamrovini teranlashtiradi, unda tasvir tezkorligi ifoda 
mustaqilligini tayin etadi, unda obrazlar taqvimi shaxs ma`naviyatini poetik 
tahlillash predmetiga aylantiradi, unda estetik tanlov alohida she`riy dunyoqarash 
tig‗izlashuviga yo‗l ochadi, unda ruh ozodligi ijtimoiy erk sezimini tavsiflaydi, 
unda ko‗ngil olami badiiy idrokka to‗qnashadi, unda ijodiy an`ana va hayotiy 
tajriba uyg‗unlashadi, unda g‗oya muqobilligi va adabiy talqin originalligi 
yaxlitlashadi, unda so‗z quvvat-hofizasi va poetik idrok teranligi bir-birini 
boyitadigan to‗ldiruvchi mohiyat yanglig‗ tuslanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar : 
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – 
har bir rahbar faoliyatining kundalik faoliyati bo‗lishi kerak. –T.: O‗zbekiston, 
2017.
2. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. –T.: Adabiyot va san`at, 2016. 
3. Yo‗ldoshev Q. So‗z yolqini. –T.: Adabiyot va san`at, 2018. 
4. Vohidov E. Yoshlik devoni. –T.: Adabiyot va san`at, 1969. 
5. Rauf Parfi. Saylanma. –T.: Akademnashr, 2013.


129 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə