Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   259
id313213

 
 
BADIIY ADABIYOTDA IJODKOR, ADABIYOTSHUNOS VA KITOBXON 
MASALASI 
 Umida YULDOSHEVA , 
 magistrant (GulDU)
 
―Adabiyot, san`at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat 
bezavol yashaydi‖, - deya e`tirof etadi mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. 
Abdulhamid Cho‗lpon ―Adabiyot nadur ?‖ maqolasida : ―Adabiyot yashasa - millat 
yashar. Adabiyoti o‗lmag‗an va adabiyotining taraqqiysiga chalishmagan va 
adiblar yetishmag‗on millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‗ydan, fikrdan mahrum 
qolub, sekin-sekin inqiroz bo‗lur. Muni inkor qilib bo‗lmas. Inkor qilgan millat 
o‗zini inqirozda ekanun bildirur‖[1],- deb aytib o‗tgan edi. Yurtboshimizning 
fikrlari ham ayni shu fikrning mantiqiy davomi, isbotidir. Negaki, adabiyotda xalq 
yashaydi. Har bir xalqning dunyoqarashi, urf-odatlari, o‗zligi aynan o‗z 
adabiyotida akslanadi.
Badiiy adabiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun nafaqat qalami o‗tkir 
ijodkor, balki mohir adabiyotshunos va yaxshi kitobxon ham zarurdir. Ijodkor 
tomonidan yaratilgan badiiy asar adabiyotshunos olim va kitobxon tomonidan 
to‗g‗ri tahlil qilinishi muhim ahamiyatga ega.
Demak, badiiy adabiyotning rivojlanishini quyidagi omillarga bog‗lashimiz 
mumkin: 
Badiiy adabiyot 
Badiiy asar 


146 
Ma`lumki, badiiy adabiyotni – badiiy asarni ijodkor yaratadi. 
Adabiyotshunos olim uni ilmiy jihatdan o‗rganadi, tahlil va talqin qiladi. Kitobxon 
esa asarni yashashiga vosita, sabab bo‗ladi. O‗z kitobxoniga ega bo‗lmagan badiiy 
asar yoki adabiyot ―tirik‖ hisoblanmaydi. Demak, badiiy adabiyot uchun bu uch 
omil bir-birini to‗ldiruvchi, bir-birini taqazo etuvchi jihatlar hisoblanadi.
Shunday ijodkorlar borki, ular o‗lmas asarlar muallifidir. Ularning asarlari 
vafotlaridan keyin ham barhayot bo‗lib qoladi. Mana shunday ijodkorlarimizdan 
biri, xalqimizning sevimli shoiri Erkin Vohidov edi: 
―She`rni sevib o‗qiyman, ammo 
Hayron qilar bir holat meni. 
―Men‖ deb yozr shoir doimo 
Kimdir o‗sha shoirning ―men‖i ?.. 
… She`rxon meni tutding savolga, 
Tushunaman o‗quvchim seni. 
Hech taajjub qilma bu holga, 
Sen o‗zingsan shoirning ―men‖i‖ [2, 14]. 
Ushbu misralar shoirning ―Lirik qahramon‖ she`ridan o‗rin olgan. Bunda 
shoirnig ―men‖i , ya`ni ―lirik qahramon‖i har bir o‗quvchida o‗z aksini topishi 
haqida so‗z ketmoqda. Haqiqiy, badiiy asar shunday bo‗ladi. Ayniqsa she`riyatda 
kitobxon o‗zini topa bilishi zarur. Shundagina u chin ma`nodagi she`rga aylanadi.
Adabiyotimizda barhayot yashaydigan ijodkorlarimizdan yana biri – Abdulla 
Oripovdir. Adabiyotshunos olim Begali Qosimov Abdulla Oripov ijodiga yuqori 
baho beradi:
―Abdulla bugungi o‗zbek poeziyasining eng oldingi vakillaridan, uning 
she`riyati adabiyotimizda chinakam hodisa desak o‗ylaymizki, ko‗pchilikning 
fikrini aytgan bo‗lamiz. Bir yoki bir nechta maqola doirasida uning she`rlarining 
eng muhimlarini ham to‗la sharhlash, talqin qilib berish qiyin. Qolaversa, ularni 
qayta o‗qigan sayin yangi fikr-mulohazalar tug‗ilishi, yangi qirralari namoyon 
bo‗lishi, binobarin yangi talqinga hojat sezilishi ehtimoldan uzoq emas‖[3, 50]. 
Abdulla Oripovning ―Bahor‖ she`rini Begali Qosimov shunday izohladi: 
―Shoirning tafakkur va xayol dunyosi qanchalar keng. Shu birgina she`rda 
qanchalar xilma-xil ranglar bor. Goh nurday yengil va mayin, goh shaloladay sho‗x 
va shaddod, goh dovulday isyonkor va nolakor ohang-chi. Bular shubhasiz katta 
iste`dod nishonalaridir‖[3, 50]. 
Ushbu fikrlar isbotini biz shoirning istalgan she`ridan topishimiz mumkin. 
Abdulla Oripovning ―Yuzma – yuz‖ she`rida shunday satrlarni uchratamiz: 
―Istayman, qora rang qolmasin jinday, 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə