Zbekiston respublikasi oliy va o


– T: 1976-yil.  4. Abadiyat gulshani.Sharq.  –



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   259
id313213


T: 1976-yil. 
4. Abadiyat gulshani.Sharq. 

T.: 2013-yil. 
ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATINING O„ZIGA XOSLIGI VA BUGUNGI 
O„ZBEK ADABIYOTIDAGI O„RNI
 Nazokat TURG„UNOVA,
17- maktab o„qituvchisi (Namangan)
 
Shoir qaysi mavzuda qalam tebratmasin, uning she`rlari adabiyot muxlislari 
tomonidan zo‗r qiziqish bilan kutib olinib, ularning ma`naviyatini boyitishga hissa 
qo‗shib kelmoqda. Erkin Vohidov ijodida muhabbat, Vatan, do‗stlik, mehr-oqibat, 
insoniylik kabi mavzular alohida ajralib turadi. 
Shoir lirikasida Vatan, O‗zbekiston mavzulari boshqa ijodkorlarnikiga 
o‗xshamagan tarzda bayon etilgan. ―O‗zbegim‖ qasidasi yozilgan paytda esa 
mustaqillik degan so‗z haqida gap bo‗lishi ham mumkin emas edi. Lekin shoir 
o‗sha davrdayoq, o‗zbegimning kim ekanligini, O‗zbekistonnning qanday 
diyorligini barchaga namoyon eta oldi. 
Menga Pushkin bir jahon-u 
Menga Bayron bir jahon, 
Lek Navoiydek bobom bor, 
Ko‗ksim osmon o‗zbegim. 
Qayga bormay boshida do‗ppim, 
G‗oz yurarman, gerdayib, 
Olam uzra dong‗i ketgan, 
O‗zbekiston o‗zbegim. 
Shoir yuqoridagi misralarida buyuk bobokalonomiz Mir Alisher Navoiy 
bilan qanchalik faxrlanmoqda, hatto o‗sha paytlarda eskilik sarqitiga ham 
chiqarilgan milliy bosh kiyimimiz-do‗ppimizni ham ulug‗lab, ko‗klarlarga 
ko‗tarmoqda. O‗zbekistonning janatmakonligi, yurti rivojiga hissa qo‗shgan 


165 
adiblar-u shoirlar, buyuk ajdodlarimizning hech biri shoir nazaridan chetda qolgan 
emas.
Do‗st haqida qadimgi xalq og‗zaki ijodi namunasi bo‗lgan ertaklar, maqol-u 
matallarda ham ko‗p gapirilgan. Lekin shoirning "Do‗st bilan obod uying" she`ri 
esa do‗stlik haqidagi madhiyaga aylanib ketgan desam mubolag‗a bo‗lmaydi. 
Erkin Vohidovning talabalik paytidagi eng yaqin do‗stlaridan biri Abdurahmon 
Nazarov (Olloh rahmatiga olgan bo‗lsin) men istiqomat qilayotgan Namangan 
viloyati Norin tumanidan. Abdurahmon Nazarovning eng suyuki jiyani Salohiddin 
Yo‗ldoshevdan eshitganlarimni qog‗ozga tushirmoqchiman. U tog‗asi va Erkin 
Vohidovning juda qalin do‗st bo‗lganligini, kunlarning birida kursdosh do‗stlari 
yig‗ilib bir badavlat o‗rtog‗ining uyiga boribdilar. Uning oilasidagilar kursdosh 
do‗stlarni yaxshi kutib olmabdi. Shundan so‗ng ular tunda Noringa, Abdurahmon 
Nazarovning uyiga kelibdilar. Abdurahmon Nazarov oddiygina hovlida onasi bilan 
yashar ekan. Uning onasi kursdosh do‗stlarni ko‗rib boshi ko‗kka yetib, shunday 
mehmon qilibdiki, barcha do‗stlari rosa xursand bo‗libdilar. Shunda Erkin 
Vohidovning o‗sha mashhur "Do‗st bilan obod uying" she`ri bitilgan ekan. She`r 
misralariga e`tibor berib, do‗st so‗zining asl mohiyatiga tushunib yetamiz: 
Do‗st bilan obod uying, 
Gar bo‗lsa u vayrona ham
Do‗st qadam qo‗ymas esa, 
Vayronadir koshona ham. 
Shoir ―Inson‖ qasidasi orqali insonga haqiqiy haykal qo‗ydi: 
Sobit-u sayyorada 
Inson o‗zing, inson o‗zing. 
Mulki olam ichra bir 
Xoqon o‗zing, sulton o‗zing. 
Sobit o‗z ma'vosida, 
Sayyor fazo dunyosida, 
Koinot sahrosida 
Karvon o‗zing, sarbon o‗zing. 
Olloh tomonidan inson bo‗lib yaratilganligimizning o‗zi bir baxt. Har bir 
sohada, har bir ko‗z ilg‗amas narsalarda ham, jangda ham, fazoda ham, ezguliklar 
to‗rida, hatto yovuzliklar ichida ham kim? Albatta, inson.
Erkin Vohidov ijodiyoti haqida so‗z borganda uning ―Kamtarlik haqida‖ 
she`rini eslamay ilojimiz yo‗q. Xalqimizda ―Kamtarga kamol‖ degan purhikmat 
maqol bor. Bu she`rni yosh-u qari qalbiga jo etgan va yod bo‗lib ketgan. Bugungi 
kundagi ba`zi bir sal mansab cho‗qqisiga minishi bilanoq o‗zini tuta olmay qolgan 
kalondimog‗ insonlar uchun ham bu she`r ajoyib manba bo‗la oladi:
Garchi shuncha mag‗rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak. 
Shunday ekan, manmanlik nechun 
Kibr-u havo nimaga kerak? 
Kamtarin bo‗l, hatto bir qadam, 
O‗tma g‗urur ostonasidan, 


166 
Piyolani inson shuning-chun, 
O‗par doim peshonasidan. 
Shoir shoir emaski, u muhabbat haqida kuylamasa. Erkin Vohidovning 
xalqning qon-qoniga singib ketgan shunday misralari borki, uni yod olmagan 
oshiq, tinglamagan ma'shuqa bo‗lmasa kerak. ―Rashkim‖, ―Barcha shodlik senga 
bo‗lsin‖, ―Kimni etmas bu ko‗ngil shaydo‖, ―Sevgi shunday navbahorki‖, ―Senga 
baxtdan taxt tilayman‖ kabi she`rlari muhabbat haqida yozilgan she`rlarning 
gultojisidir. 
Sevgi shunday navbahorki, 
U tikandin gul qilur. 
Toshga jon-u til bag‗ishlab, 
Zog‗ni ham bulbul qilur.
Sevgini bunday shoirona tarzda talqin etish har qanday ijodkorga ham xos 
emas. Bunday o‗tli misralarini esa sof muhabbat dardiga chalingan haqiqiy oshiq 
yoza oladi. Demak, Erkin Vohidov – s of muhabbat sohibi.
Sevgi bormi, albatta, uning yonida rashk degani ham bo‗ladi. Rashkni shoir 
shunday ta'riflab yozadiki, ma'shuqalar beixtiyor meni ham yorim shunday rashk 
qilsa edi deb yuboradi: 
Seni yotlar tugul hatto- 
Qilurman rashk o‗zimdan ham, 
Uzoqroq termulib qolsam, 
Bo‗lurman g‗ash ko‗zimdan ham. 
Shoir yorni o‗zidan, hatto uzoq termulsa, ko‗zidan ham qizg‗onyapti. Lekin 
samimiy, xudbinlacha emas. O‗zining xudbinligi tufayli yoriga azob beruvchi 
"rashkchi" lar asl rashkni shoirimizdan o‗rgansa arziydi.
Yaqinda bir qo‗shiq qulog‗imga chalindi va qo‗shilib ayta boshladim. Bu 
Erkin Vohidovning "Kimni etmas bu ko‗ngil shaydo" she`riga kuylangan qo‗shiq 
edi. Ijrochisi-Jasur Mavlonov. To‗g‗risi, quvondim. Shunday ma`noli qo‗shiq 
o‗zbek estradasida paydo bo‗lganligiga.
Erkin 
Vohidov ijodiyoti, 
uning boy 
xaziinasi 
barcha 
adabiyot 
shinavandalaring qalb mulkiga aylanib ulgurgan. Yosh avlodni ma' naviy yetuk va 
barkamol qilib tarbiyalashda shoirning o‗lmas merosi biz ustozlar uchun juda 
qimmatli manba bo‗lib xizmat qiladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1. Vohidov Erkin. O‗zbegim. – T.: Yangi asr avlodi, 2017. 
2. Yusupova Dilnavoz. Adabiyot. Universal qo‗llanma. – T.: Akademnashr, 
2014. 
3. To‗xliyev Boqijon, Karimov Bahodir, Usmonova Komila. Adabiyot. 11-
sinf. – Т.: O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə