Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   259
id313213

 ERKIN VOHIDOV 

 XX ASR O„ZBEK SHE`RIYATI MUMTOZ 
VAZNINING OTASHIN HIMOYACHISI 
Dilfuza HAMROYEVA, 
o„qituvchi (Buxoro)


162 
Shoir Erkin Vohidov o‗zbek she`riyatida aruz vaznining himoyachilari 
safida turib, bu vaznda yengil ifoda shaklida mavzu jihatdan xilma-xil, xalqqa 
manzur bo‗ladigan, sevib o‗qilib kuyga solinadigan g‗azallar yaratdi. 
Xususan,‖Yoshlik‖ devonida shoirning jonli tili va badiiy mushohada qobiliyati 
yaqqol namoyon bo‗ladi. Bu haqida xalq shoiri Abdulla Oripov shunday yozadi: 
―Yoshlik devoni‖ni o‗qir ekansiz, shoir qalbidan sizib chiqayotgan 
ma‘sumtuyg‗ular go‗yo sirli,sehrli so‗zlarga aylanadi. Shoir ipakday mayin bu 
so‗zlarni to‗zg‗itib o‗ynaydi-yu, ulardan go‗zal, o‗ynoqi ohanglar yaratadi, so‗ngra 
esa ular asta o‗rni-o‗rniga tushadi, xuddi dastgohdan chiqayotganday. Quyma, 
betakror satrlar paydo bo‗layotganday taassurot qoldiradi kishida: 
Tun bilan yig‗labdi bulbul, 
G‗uncha hajri dog‗ida. 
Ko‗z yoshi shabnam bo‗lib 
Qolmish uning yaprog‗ida. 
Ona tilimizdagi ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang, g‗oyat nozik lutf, 
beozor qochirimlar,goh hazin, goh samimiy tabassum uyg‗otuvchi tashbehlar, 
o‗tkir xulosalar – bular bari ulkan shoirimiz qalamiga mansub betakror 
fazilatlardir‖ [1, 246 ].
―Rashkim‖ she`ri ham muhabbat mavzusida bitilgan, o‗ynoqi misralar-u 
dilga yaqin tashbehlar mahsulidir. Dunyo yaralibdiki, ishq, oshiqlik tushunchalari 
barhayot. Muhabbat, ishq-hayotning ma`nosini, mohiyatini, davomiyligini ta‘min 
etuvchi yuksak tuyg‗u ekanligi hammaga ayon haqiqat. Aslida g‗azal ham 
muhabbat hissining to‗fonidan paydo bo‗lgan. 
Erkin Vohidovning ―Rashkim‖ g‗azali ishqiy mavzuda bitilgan bo‗lib, el 
orasida mashhur. G‗azal olti baytdan iborat. U aruzning hazaj bahrida,ya`ni 
mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun ruknida bitilgan. G‗azalda o‗zimdan- 
ko‗zimdan-yuzimdan-uzumdan-so‗zimdan-yulduzimdan-o‗ttizimdanso‗zlari qofiya 
bo‗lib, ham yuklamasi radif vazifasini bajargan. She`rda tashbeh, tanosib, tadrij 
san`atlaridan samarali foydalanilgan. G‗azal oshiq qalbining jo‗shqin muhabbatini 
ifoda etadi. Shoir she`rda ishq otashida yongan, butun olami muhabbat bilan 
to‗lgan oshiq timsolini chizadi. Biz bilamizki, insonning qalb oynasi bu- ko‗z. 
Yorni yotlardangina emas, hatto o‗zidan rashk qilish – bu ishqni ilohiy bilish, uni 
qalbda pinhon saqlash demakdir. Zero, Navoiyning ―Farhod va Shirin‖ dostonida 
Farhodning Xusrav bilan shunday savol-javobi bor: 
Dedikim: dilbaringning de sifotin? 
Dedi: til g‗ayratidin tutmon otin [2, 86 ]. 
Farhod yorning nomini aytmay, ―til g‗ayratidan tutmon otin‖ deydi. 
Ya`nikim, ―yorning nomini aytishga hatto tilimdan ham rashk qilaman‖.Bunday 
javobga loyiq bo‗lgan sevgini izohlashga hojat yo‗q. Bu sevgini muqaddas bilish, 
uni botinda saqlash, unga yengil qaramaslik ifodasidir. Birinchi baytda his-tuyg‗u, 
mazmun misralar osha kuchayib oshiq yorni nafaqat yotlardan, balki o‗zidan ham 
rashk qiladi. Bu rashk shunchalar alanga oladiki, hatto lirik qahramon yorni o‗z 


163 
ko‗zlaridan ham qizg‗ona boshlaydi. Misralar badiiyatida tadrij san`atining go‗zal 
ko‗rinishi aks etadi: 
Seni yotlar tugul hatto – qilurman rashk o‗zimdan ham, 
Uzoqroq termulib qolsam, bo‗lurman g‗ash ko‗zimdan ham [3, 273]. 
Keyingi baytda ko‗zdagi rashk lolaga ko‗chadi. Shoir ko‗z bilan nargisni, 
lola bilan yuzni parallel qo‗llab, qiyos usulini yaratadi va ularning o‗xshashligi 
zamirida yuzning qizilligiga ishora qiladi. Nargis, lola, chaman tushunchalarini 
yonma-yon qo‗llab tanosib san`atini yaratadi: 
Ko‗zim yongay senga nargis – ko‗zin tiksa chamanlarda, 
Yashirmam,lolaga rashkim ayon bo‗lgay yuzimdan ham. 
Nega yuz qizil?Negaki, oshiq iboli, uyatchan. Undagi oshiqlik odobi yuzida 
zohir bo‗ladi. Baytlar osha oshiqning rashki ma‘shuqa siymosi go‗zalligini 
ta‘minlagan ol labga teggan gilos va uzumga bo‗lgan hasadga aylanadi. Lirik 
qahramon ma‘shuqa labini charos-u ol gilosga o‗xshatib, tashbehning go‗zal 
namunasini qo‗llaydi: 
Degaylarki, charos-u ol gilos olmish labingdan rang, 
Labing tegsa hasad qilgum gilos birlan uzumdan ham. 
Oshiq tuyg‗ularini,dil izhorini pinhon tutadi. Ammo bu ish imkondan 
tashqari, chunki ishq shunday to‗fonki, uni oshkor etmaslikning iloji yo‗q. Biroq 
bu izhor ma‘shuqaga yoqmaydi, yorning qoshi chimirilishidayoq u iqroridan – 
―qo‗pol aytgan so‗z‖ idan pushaymon bo‗ladi.Oshiq qo‗pol so‗zlamadi, balki o‗z 
sevgisini izhor qildi-ku! Lekin muhabbatni tilga chiqarmoqning o‗zi qo‗pollikdir. 
Baytda muhabbatning hayo bilan go‗zal ekanligi, uni yengil-yelpi qiliq yoki oddiy 
so‗z bilan ifoda etib bo‗lmasligi haqidagi fikr oydinlashadi. Qolaversa, ishq pinhon 
tutilmog‗i kerak. Hazrat Navoiy bir g‗azalida: ―Kimki ishqi pok erur,sirri aning 
pinhon kerak‖, deb yozadi [4, 35]. 
Seni jonim dedim yolg‗iz, seni qalbim dedim tanho, 
Chimirding qosh, pushaymonman qo‗pol aytgan so‗zimdan ham. 
Keyingi baytda ―tongdan ko‗ngilda ranj‖ jumlasi bor. Oshiq qalbi tong 
otishidan qo‗rqmoqda. Nega?Mumtoz she`riyatda oshiqlarning yorsiz hayoti, 
ro‗zg‗ori qora tunga o‗xshatilgan. Zero, Navoiyda ―ro‗zg‗orimdek ham o‗lg‗onda 
qorong‗u kelmadi‖ misrasi bor. Lekin oshiq o‗sha qora tunda ham baxtli. Nimasi 
bilan?Yorning shirin yodi, visol orzusi bilan baxtli. Nogoh tong otsa-yu, oshiq 
visolga yeta olmasa, o‗sha shirin xayollaridan ham ayrilib qolishdan cho‗chiydi: 
Visol onida ko‗z ochsa, ne tong, tongdan ko‗ngilda ranj, 
Judo qilgay meni oy yuz, xumor ko‗z yulduzimdan ham. 
So‗nggi baytda oshiqning ―senga o‗n to‗rtda bog‗landim‖ degan o‗tinchi bor. 
Eslang, Farhod ham ayni shu yoshda ich-u tashi ishq bilan to‗lgan edi.Demak yorni 
anglash, uning sevgisini to‗la his qilmoq uchun shu yosh nazarda tutilgan. Shoir 
ishqqa bog‗langan dilning o‗ttiz yoshda ham erkin bo‗la olmasligini va bundan 
oshiqning mamnunligini ―aql kirmas‖ kinoyasi bilan tasdiqlaydi: 
Senga o‗n to‗rtda bog‗landim, hanuz erkin bo‗lolmas dil, 
O‗zim dog‗man, aql kirmas, to‗zimsiz o‗ttizimdan ham. 


164 
Erkin Vohidovning ―Rashkim‖ g‗azali ishq bilan limmo-lim qalbning iffat 
va nafosat pardasiga o‗ralgan izhoridir.Baytdan baytga o‗tgani sayin oshiqning 
rashk o‗ti kuchayib boradi. Har bir baytda yangicha ifoda va timsollarga duch 
kelamiz. G‗azaldagi oshiqning mehribon nigohi, nafis muomalasi beixtiyor 
ko‗ngilga ko‗chib o‗tadi.Rashk tushunchasi o‗zgacha ma`no va mohiyat kasb etadi. 
Erkin 
Vohidovning 
devonida 
jamlangan 
g‗azallarni 
o‗qir 
ekanmiz,hassosshoir tizgan satrlarning yangi qirralarini kashf etamiz. Kuyga 
osongina tushadigan dilbar,o‗ynoqi misralardan yangi-yangi ma`no tovlanishlarini 
topib hayratimiz oshadi.Birso‗z bilan aytganda Erkin Vohidov – XX asr o‗zbek 
she`riyatida aruzni qayta tiriltirgan ijodkor, mumtoz vaznning otashin himoyachisi. 
U yaratgan betakror g‗azallar asrlar osha qalblarni o‗ziga maftun etib kelaveradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Ona tili va adabiyot: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik .

T.: Sharq, 2015-yil. 
2. Farhod va Shirin. Adabiyot va san`at nashriyoti. –T.: 1990-yil. 
3. Muhabbat. G‗afur G‗ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə