Zbekiston respublikasi oliy va o


NAZMI NAVOLI, NAVOBAXSH SHOIR



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   259
id313213

NAZMI NAVOLI, NAVOBAXSH SHOIR 
Dilfuza QOSIMOVA,
6-maktab o„qituvchisi (Guliston)
 


167 
Atoqli shoir Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg‗ona viloyatining 
Oltiariq tumanida muallim oilasida tug‗ilgan. Shoir G‗ayratiy tomonidan 
O‗quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to‗garakka qatnashib, adabiyot sirlarini 
o‗rganadi. O‗n besh-o‗n olti yoshlaridanoq ancha pishiq she`rlar yoza boshlaydi. 
Buyuk ijodkorlarning asarlarini berilib o‗qish, ulardan badiiy mahorat sirlarini, 
so‗zga mas`uliyat hissini, soddalik va ravonlikni o‗zlashtirishida muhim omil 
bo‗ldi. Shuning uchun ham uning ―Tong lavhasi‖, ―Kamtarlik haqida‖, ―Buloq‖, 
―Sevgi‖, ―Ona tuproq‖ kabi qator she`rlaridagi chuqur ma`no go‗zal ifodalar, 
ajoyib tasvirlar bilan uyg‗unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina 
holatdan-choy suzilayotganda choynakning piyolaga ―egilishi‖, choy ichayotganda 
inson piyolaning peshonasidan ―o‗pishi‖dan ajoyib she`r yaratadi:
Garchi shuncha mag‗rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak. 
Shunday ekan, manmanlik nechun, 
Kibr-u havo nimaga kerak? 
Kamtarin bo‗l, hatto bir qadam 
O‗tma g‗urur ostonasidan 
Piyolani inson shuning-chun 
O‗par doim peshonasidan. 
E.Vohidov ellik yildan ko‗proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to‗plab, 
―Ishq savdosi‖, ―She`r dunyosi‖, ―Umr daryosi‖ va ―Ko‗ngil nidosi‖ nomli to‗rt 
jildlik saylanmasini o‗quvchilarga taqdim etdi. Bu asarlar faqat shoir qalbining, 
kechinmalarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko‗zgusidir. Shoir 
asarlaridan hayotga, go‗zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol 
sezilib turadi.
Erkin Vohidov – poetik tafakkuri g‗oyat keng, tiniq, mahoratli, o‗z so‗zi 
bilan aytganda xalq hayotini badiiy so‗z bilan rangli, o‗zgacha, sodda va tushunarli 
qilib kuylovchi iste`dodli shoir. Shoir qalamiga mansub she`rlarda hayotda ro‗y 
berayotgan voqea-hodisalarni teran nigoh bilan ko‗rish, mushohada qilish, tub 
mohiyatini anglashga intilish borligini ko‗ramiz. Shoirning ―quyma misralari 
kitobxon yuragiga kirib, qalb to‗ridan joy oladi va uning xotirasida o‗chmas iz 
qoldiradi. Har bir she`riga o‗zgacha pafos, donishmandlik, xalqchillik bilan 
yondoshgan shoir asarlarida millat sha‘niga maqtov yog‗dirish, hamdu-sano 
aytishdan ko‗ra, ko‗proq insonning hayot oldidagi burchini bajarishi, uni anglash 
kerakligini, hayotda inson degan buyuk nomga munosib bo‗lishga undovchi 
chaqirig‗ini his etish qiyin emas. Shoir teran fikrlaydi. Mushohada bilan, yillar 
tajribasi va hayotiy manzaralardan, dono xalqdan olgan taassurotlarini misralar 
qa‘tiga singdiradi. 
U xalqni, millatni, insonlarni o‗ziga – ustoz, o‗zini esa ulardan bilim 
oluvchi, o‗rganuvchi - tolib ekanini aytib o‗tadi.Va o‗z kasbini juda chiroyli va 
ishonarli, haqqoniy so‗z bilan tasvirlaydi: 
El-ustozim, men esa-tolib, 
So‗z durlarin termoqdir ishim. 
Odamlarning o‗zidan olib, 


168 
Odamlarga bermoqdir ishim [1]. 
Shoir umri davomida o‗zi yaratgan ushbu ―oltin qoida‖ga amal qilib ijod 
qilgan desak mubolag‗a bo‗lmaydi.
Shoir she`rlarida samimiyat, dilbarlik, go‗zllik, soddalik va barkamollik aks 
etadi. Shoir she`rlarining buyukligi ham aynan shunda, nazarimda. She`rlarni 
o‗qib, har bir she`rda o‗ziga xos navo, musiqiylik, o‗yga soluvchi jumboq, kishi 
aqlini mushohada undovchi teranlik borligini ko‗rish mumkin. She`rlar beixtiyor 
biz uchun yozilgandek tuyuladi, sevilib o‗qiladi, misralarda qoqilish kuzatilmaydi, 
eng asosiysi, she`r mazmuni va undagi musiqiylik bizni hayotda yashashga, 
turmushimizdagi vaziyatlarga o‗zgacha ko‗z bilan qarashga o‗rgatadi, estetik 
didimizni shakllantiradi, ruhiyatimiztarbiyalaydi.Aslida adabiyotning bosh vazifasi 
ham aynan kishini, uning his-tuyg‗ularini tarbiyalashdan iborat. Nazmiga navoni 
uyg‗unlashtirgan navobaxsh shoir, aynan bu ta‘rif Erkin Vohidov uchun xos deb 
o‗ylayman. Shoir she`rlarini o‗qiganimizda bu she`rlar dastavval qo‗shiq bo‗lib 
yaratilgandek, keyinchalik qog‗ozga ko‗chirilgandek tuyuladi kishiga. Ohangni 
o‗ziga jam qilgan she`riy satrlar o‗zlariga yuklatilgan, kishi qalbiga kirishdek ulkan 
vazifani yuksak mahorat bilan uddalaganlar. Shoir she`rlariga oddiy ko‗z 
qaramaydi, har bir she`riga o‗zgacha mehr bilan munosabatda bo‗ladi.
Masalan, ―Kuzatish‖ she`rida shunday yozadi: 
Qora-qura polaponlarim 
Chag‗ir-chug‗ur qaqajonlarim
Serjanjal, serto‗polonlarim
Ko‗mganim yo‗q sizni ziynatga 
Oshno qildim samimyatga! - deya ta`kidlaydi, o‗z she`rlarini samimiy 
erkalaydi. Erkinlikda vohid, vohidlikda erkin deya e`tirof etilgan shoirning 
―Kavkaz she`rlari‖, ―Azganush‖, ―Kimni etmas bu ko‗ngil shaydo‖, ―Sevgi‖ , ―Oy 
fonusin ko‗tardi osmon‖ kabi yuzlab, minglab she`rlari yoqimli navoday 
jaranglaydi. Bir o‗qishdayoq ko‗ngilga yoqib qoladi. Shu bois, shoirning barcha 
she`rlarini ―ko‗ngil qo‗shiqlari‖ desak xato qilmagan bo‗lamiz.Yoki,
Yellar bir daqiqa to‗xtang esishdan 
Sernavo bulbullar sayramang, bir oz 
Karbalo dashtidan yayov kezishdan
Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz…
―Fuzuliy haykali qoshida‖ she`rida shoir g‗azal bo‗stonida sayr qilmoqda
she`rni o‗qir ekanmiz, atrof, tabiat, qushlar hatto barglarning shitirlashi, Fuzuliy 
ustoz g‗azallaridan olingan satrlar shoir misralari bilan uyg‗unlashib, bir butunlik 
kashf qiladi. Bu yaxlitlik – hayotbaxsh she`riyat simfoniyasidir. 
Mulki borliq ichra bir mahal 
Ko‗rksizgina olam yaralgan 
Bermoq uchun dunyoga sayqal
Olam aro odam yaralgan 
Shundan beri inson tinmayin 
Shu yer uzra ter to‗kar hamon 
Yerni go‗zal qilgani sayin 


169 
Go‗zal bo‗lar o‗zi ham inson 
Shoir ―Yulduz‖ (1964) nomli she`rida ba‘zan o‗z she`rlаriga sarlavha 
topolmay qolgan o‗rinlarida, sarlavha ornida yulduz qo‗yishini va bu yulduz 
kechayu-kunduz porlab nur sochib turishini orzu qilgan edi:
Zuhro kabi charaqlab tursin 
Tunlar o‗zim, yumganda ko‗zim 
Hech so‗nmasin charaqlab tursin 
So‗nganda ham mening yulduzim [3]. 
Shoirning bu orzusi ro‗yobga chiqdi.Shoir o‗zining sehrli, dilbar, go‗zal, 
samimiy, tug‗yonli, jilvakor she`riy misralari bilan she`riyatimiz osmonida mangu 
porlab, kitobxonlar yuragiga mangu nur ulashib charaqlayveradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2016. 
2.
Vohidov E. Ishq savdosi. – T.: Sharq, 2002. 
3.
To quyosh sochgayki nur. Vohidov E. zamondoshlari nigohida. – T.: 
O‗zbekiston, 2018. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə