Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV IJODIGA BIR NAZAR



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   259
id313213

ERKIN VOHIDOV IJODIGA BIR NAZAR 
Feruzaxon HAYITBOYEVA, 
7-maktab o„qituvchisi (Qo„shtepa tumani)
O‗zbekiston Qahramoni, O ‗zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ―So‗z 
sehri‖ nomli maqolasida Erkin Vohidov ijodi, so‗z qo‗llash mahorati haqida 
shunday yozadi: ―Mana bir necha yildirki, biz dilbar bir she`riyatning muattar 
havosidan bahramand bo‗lib kelayotirmiz. Ona tilimizdagi ipakdek mayin
kamalakdek rang-barang, g‗oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazil, goh 
samimiy tabassum uyg‗otuvchi tanbehlar, o‗tkir xulosalar – bularning bari ulkan 
shoirning qalamiga mansub betakror fazilatlardir. Men Erkin Vohidovni 
she`riyatda o‗ziga xos sehr sohibi deb bilaman...‖deydi prof.N.Karimov.
Darhaqiqat, shoir Erkir Vohidov o‗zbek mumtoz she`riyati an`analari izidan 
borib, zamondoshlari ma`naviyati va kayfiyatini ifoda etuvchi ―Yoshlik devoni‖, 
yuksak zamonaviylik, fuqorolik ruhi bilan sug‗orilgan ―Tirik sayyoralar‖, ―Sharqiy 
qirg‗oq‖, ―Kelajakka maktub‖, ―Yaxshidir achchiq haqiqat‖ deb nomlanuvchi 
qator she`riy to‗plamlari, urush fojiasidan so‗zlovchi ―Nido‖, ―Ruhlar isyoni‖ 
falsafiy dostoni, ―Istambul fojiasi‖ she`riy drammasi, hajviy-yumoristik 
―Donishqishloq latifalari‖ turkumi, ―Oltin devor‖ komediyasi, I.Gyote, Fuzuliy, 
Mirzo Bedil, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Hamzatov kabi 
mashhur shoirlardan qilgan tarjimalari, xususan, ―Eron taronalari‖ bilan ―Faust‖ 
tarjimasi XX asr o‗zbek adabiyotida, madaniy hayotida ulkan voqea sanaladi.
Shoirning publitsistik, adabiy-tanqidiy maqolalari, suhbatlari va ulardan 
tashkil topgan ―Shoiru she`ru shuur‖ (1987), ―Iztirob‖ (1992) nomli kitoblarini 
yorqin aks ettiruvchi o‗ziga xos ko‗zgu sifatida qadrlidir. 
Shunisi muhimki, shoir Erkir Vohidov o‗zining sermahsul ijodiy faoliyatini 
doimo jamoat ishlari bilan qo‗shib olib bordi. U uzoq yillar ―Yosh gvardiya‖ 
(hozirgi Cho‗lpon) nashiryotida muharrir o‗rinbosari, ―Yoshlik‖ jurnalining 
asoschilaridan biri va birinchi bosh muharriri, G‗afur G‗ulom nomidagi adabiyot 
va san`at nashriyotida direktor bo‗lib ishlagan. Shoir E.Vohidov O‗zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasida turli mas`ul vazifalarni bajargan; uning ko‗p vaqti 
do‗stlik elchisi sifatida chet el safarlarida o‗tdi. Keyingi yigirma yil davomida 
shoirning ijtimoiy faoliyat doirasida Respublika Oliy Kengashining oshkoralik 


175 
qo‗mitasi, Oliy Majlisning xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‗mitasiga 
raislik qilgan kezlarda, ayniqsa, kengaydi. Bu yillarda atoqli shoir E.Vohidov yirik 
davlat arbobi sifatida ham katta obro‗ qozondi. 
Shoir Erkin Vohidovning aruz vaznidagi she`rlari unchalik ko‗p emas va 
bunga tabiiy hol deb qarash lozim. Negaki, zamonaviy shoirlarning aruz vazniga 
munosabatida quyidagi ikki holatni hisobga olish lozim. Birinchidan, mumtoz 
she`riyatimizda aruz hukmronlik qilgan davr bizdan, ya`ni XXI asrdan ancha 
uzoqlashgan, bugungi o‗zbek she`riyatining asosiy vazni barmoqdir. Ikkinchidan, 
aruz vazni – zamonaviy shoir uchun bir imtihon va o‗zini bu imtihonga chog‗lagan 
shoirlar unchalik ko‗p emas. 
Erkin Vohidov o‗ttiz-o‗ttiz bir yoshda o‗zbek shoirlari orasida ilk bor 
aruzdagi she`rlarini to‗plab ―Yoshlik devoni‖ tuzgan ijodkor sanaladi. Bu 1967-
1968 yillarga to‗g‗ri keladi. Mumtoz adabiy merosga, jumladan, aruzga o‗sha 
yillardagi munosabat badiiy adabiyot, ayniqsa, she`riyat bilan qiziqqan kishilarga 
juda yaxshi ma`lum. O‗sha davrda aruzda yozilgan she`rlar milliy qadryatlarga 
nisbatan bir oz boshqacha munosabatga qarshi xalqparvar ijodkorlar ikki isyonning 
bir ko‗rinishi edi. 
Shoir aruzdagi dastlabki she`rlarini an`anaviy ishq mavzuiga bag‗ishlagan 
edi. Erkin Vohidovning ishqiy g‗azallari silsilasida ―Lola sayli‖, ―Yo‗q emish 
orzuda ayb‖, ―Dildorga noma yozdim‖, ―Surma‖, ―G‗uncha‖, ―Kiprigingdan o‗q 
uzib‖, ―Rashkim‖, ―Na qilsin‖, ―Gulnorini o‗p‖ kabi ko‗plab manzumalarning har 
biri inja tuyg‗ularning rang-barang jilvalarini ifodalashi, muhabbatning turfa 
hollaridan bahs etishi, badiiy tasvir poetikasi, ularda iboralar, maqol va 
aforizimlarning o‗rinli qo‗llanilishi bilan o‗ziga xos, bir-birini takrorlamaydi. Bu 
g‗azallar xuddi ishq mavzuidagi romanning boblari singari, bir-birini to‗ldirib 
boradi. 
Erkin Vohidovning aruzda yozgan g‗azallari, muxammaslari zamonaviy 
aruzning qonuniyatlari, an`analarining tadrijini o‗zida yorqin namoyon eta oladi. 
Umuman, bu vaznning o‗ziga xos leksikasi, sintaksisi, badiiy tasvir poetikasi, 
iboralarning qo‗llanish imkoniyatlari Erkin Vohidov aruzida tom ma`noda o‗z 
ifodasini topib kelmoqda. Shu bilan birga shoir ko‗hna aruz torlarining yangi 
pardalarini topib jaranglata olgan novator ijodkorlardan biridir.
―Aql va yurak‖ (1963), ―Mening yulduzim‖ (1964) nomli she`riy to‗plamlari 
o‗z vaqtida shoir Erkin Vohidov ijodida yangi bosqich bo‗lgan edi. Bu 
to‗plamlardan o‗rin olgan ―Yo‗q halovat istamayman‖, ―Yurak va aql‖, 
―Kosmanavt va shoir‖, ―Inson‖, ―Asablar‖, ―Fuzuliy haykali yonida‖, ―Vokzalda‖, 
―She`r va shaxmat‖, ―Chirchiq‖, ―Do‗stim‖, ―Olimlarning rafiqalariga‖ nomli 
she`rlarda lirik qahramonning tuyg‗u va fikrlari, til vositalaridan foydalanish 
mahorati katta salmoq kasb etib, ularning o‗zaro uyg‗unligi yanada kuchayganligi 
ko‗zga tashlanadi. Bu she`rlardagi lirik qahramon hayotni abadiy bahor, o‗zini esa 
bahor latofatidan zavqlanuvchi odamgina deb his etmaydi. U hayotni, taraqqiyotni 
abadiy qarama-qarshiliklar kurashi, o‗zini esa shu kurashda faol ishtirok etuvchi 
inson sifatida anglay boshlaydi. 


176 
Xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti, faoliyati va so‗nmas ijodi bilan o‗z 
xalqiga sidqidildan xizmat qildi. Uning satrlaridagi bola obrazi bo‗ladimi, oshiq 
obrazi bo‗ladimi, do‗st, hamsuhbat – umuman aytganda, olam hodisalarini 
baholavchi shaxs hamisha milliy qarashlar asosida fikrlaydi. Shoirning biror satri 
yo‗qki, u o‗zbek kitobxoni uchun ozgina bo‗lsa-da, tushunarsiz yoki begona bo‗lsa. 
Erkin Vohidov o‗z satrlarida aytganidek, o‗zbek o‗g‗li, e`tiroflarga chin ma`noda 
mos bo‗lgan O‗zbekiston Qahramoni edi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə