Zbekiston respublikasi oliy va o


UMRIMNI FIDO ETAY U JON BERGAN VATANGA



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   259
id313213

 
UMRIMNI FIDO ETAY U JON BERGAN VATANGA 
Bo„rigul NURMUHAMEDOVA,
o„qituvchi 
Odamlar, siz mening hayotim, 
Har biringiz umrim parchasi. (E.Vohidov) 
Zamonaviy o‗zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Erkin 
Vohidovning she`rlari, dostonlari va asarlarini o‗qimagan, sahna asarlarini 
tomosha qilmagan o‗quvchilarni yurtimizdan topish qiyin. Uning ijodida g‗azal, 
qasida, muxammas kabi janrlar ham muhim o‗rin tutadi. U adabiyotning bu 
sohadagi tajribalarini boyitish, mukammallashtirishga intiladi. Erkin Vohidov 
badiiy mahorati o‗sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga 
ko‗tarilgan ijodkordir. U O‗zbekiston xalq shoiri, O‗zbekiston qahramoni. 
Toshkentda kechgan bolalik va o‗smirlik yillarining eng yorqin esdaliklari 
shoir G‗ayratiy tashkil etgan to‗garak mashg‗ulotlari va g‗oyat olijanob hamda 
atroflicha bilimdon tog‗asining xonadonida bo‗lib turadigan adabiy suhbatlar bilan 
bog‗liqdir. Chunki bu davralar unda badiiy so‗zga ehtirom uyg‗otdi, bo‗lajak 
shoirni so‗z gozalligini his etishga o‗rgatdi. G‗ayratiy to‗garagiga qatnashib yurgan 
kezlarida , hali o‗smir yoshida ―Mushtum‖ jurnalida birinchi she`ri bosildi.
Uning birinchi she`rlari 14 yoshida 7- snfda o‗qib yurgan kezlarida chop 
etilgan. Uning ―Manzara‖ nomli she`rida tabiat go‗zalligi, beg‗ubor manzara 
samimiy, oddiy tasvirga kirgan bo‗lsa, ko‗p o‗tmay, u do‗stlariga qarata: 
Istaymanki, xurramlik bo‗lsin, 
Sho‗x qah-qaha bog‗lasin qanot. 
Kuy shalola yanglig‗ kuylasin, 
Qo‗shiq bo‗lib tuyulsin hayot, - 
deb, ijodning ulkan karvoniga o‗zining yaxshi niyati, buyuk tilagi va katta umidi, 
pokiza qalb izhori bilan kirib kelgan edi. 


170 
Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga 
o‗qishga kiradi. Endilikda u adabiyotni tom ma`noda chuqur o‗rganishga kirishadi. 
Ham o‗zbek mumtoz adabiyotini, ham jahon adabiyotini sinchiklab o‗rganar ekan, 
o‗zining ijodi ham takomillasha boradi. Buyuk ijodkorlarning asarlarini berilib 
o‗qish, ulardan badiiy mahorat sirlarini, so‗zga mas`uliyat hissini, soddalik va 
ravonlikni o‗zlashtirdi. ―Tong lavhasi‖, ―Kamtarlik haqida‖, ―Buloq‖, ―Sevgi‖, 
―Ona tuproq‖ kabi she`rlaridagi chuqur ma`no go‗zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan 
uyg‗unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina holat –choy 
quyilayotganda choynakning piyolaga ―egilishi‖, choy ichayotganda inson 
piyolaning peshonasIdan ―o‗pishi‖dan ajoyib she`r yaratdi. 
Garchi shuncha mag‗rur tursa ham, 
Piyolaga egilar choynak. 
Shunday ekan manmanlik nechun, 
Kibr-u havo nimaga kerak? 
Kamtarin bo‗l, hatto bir qadam 
O‗tma g‗urur ostonasidan. 
Piyolani inson shuning- chun 
O‗par doim peshonasidan. 
Erkin Vohidovning badiiy tafakkurida ham, poetik uslubida ham o‗sish, 
ulg‗ayish sezila boshladi. Endi shoir oddiy hayotiy tasavvurlardan ancha chuqur 
fikrlash sari ko‗tariladi. Shoir har tomonlama kamolatga erishadi. U kitobxonlarni 
xushnud etish maqsadida yangidan yangi ijodiy ishlarni amalga oshirdi. ―O‗ylab 
qarasam, - deydi Erkin Vohidov,- bolalik xotiralarimning ko‗pchiligi she`rlarga, 
dostonlarga ko‗chgan ekan. ―Nido , ―Quyosh masakani‖ poemalari, ―Bolalik‖, 
―Oqsoqol‖, ―Bolalik ekan-da‖ she`rlari o‗sha murg‗ak tasavvur, ilk xotiralarning 
mevasi bo‗lgan.
―Nido‖ dostonida shafqatsiz urush tufayli otasiz qolib qalbi ozor chekkan 
millionlab ma‘sum go‗daklarlarning fig‗onlari aks ettirilgan. Dostonni o‗qir 
ekanmiz, ana shu millionlab yetimlarning nidosi, yer qa‘rida otgan urush 
qurbonlarining nidosi, farzand dog‗ida kuygan ota-onalarning nidosi birlashib, 
yigirmanchi asr nidosiga aylanganini tuyamiz va bu og‗riqli nidoni eshitganday 
bo‗lamiz. 
Umrimni fido etay 
U jon bergan Vatanga. 
El mendan rozi bo‗lsin 
O‗xshabsan, deb otangga. 
Dostonning qahramoni – bola otalar ishiga sadoqatli, ularning dushmanga 
qarshi olib borgan mardona kurashi, qahramonliklari bilan faxrlanuvchi, otalarning 
fidoyiligi evaziga barpo bo‗lgan hayotning qadriga yetuvchi, ular kabi xalqqa, 
Vatanga bemunnat xizmat qilishga bel bog‗lagan avlodning umumlashma obraziga 
ko‗tariladi. Doston g‗oyat sodda , ravon, hammaga tushunarli tilda yozilgan.
Shoir sifatlash, o‗xshatish kabi badiiy ifoda vositalaridan o‗z oldiga qo‗ygan 
ijodiy niyatiga mos holda mohirona foydalangan, asarning ta`sirchanligini 
oshirishga erishgan Ayniqsa, dostondagi: ―Quzg‗unning qanotiday Qaro edi o‗sha 


171 
tun‖, ―Avtomatlar bosh uzra ko‗tarildi tug‗simon‖, ―Ona bag‗rida yotgan Mas‘um 
go‗dak singari‖ kabi o‗xshatishlar asarda tasvirlanayotgan voqealarni o‗quvchilar 
ko‗z oldiga yaqqol keltirishga, lirik qahramon holatini aniqroq tasavvur qilishga 
yordam beradi. Shoir asarlarida hayotga, go‗zallikga muhabbat, yovuzlikka, 
tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ―Nido‖ dostonida insoniyatga og‗ir 
judoliklar, bitmas jarohatlar keltirilgan urush qattiq qoralansa, ―Ruhlar isyoni‖ 
dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‗rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta 
falokat olib kelishi tasvirlangan. Bu esa shoir ijodida insonparvarlik, 
Vatanparvarlik hamisha bosh mavzu bo‗lib kelganligini ko‗rsatadi.
Erkin Vohidov she`rlar, doston va dramalar yozgan shoir sifatida emas, balki 
mudrab qolgan aruz vaznini qayta uyg‗otgan g‗azalnavis sifatida adabiyot 
gulshanida chuqur iz qoldirgan. Shoirlar aruzda ijod qilishga botinolmay qolgan bir 
paytda Erkin Vohidov aruz janrida katta jasorat bilan insoniy tuyg‗ularni kuylagan, 
haqqoniy tuyg‗ulardan to‗lib toshgan, vazn talablariga mos keladigan, sof 
zamonaviy o‗zbek tilida bitilgan yetmishga yaqin g‗azalni o‗z ichiga olgan 
―Yoshlik‖ devonini e‘lon qildi. Shoir devonidagi g‗azallar sodda va ravon, 
qo‗shiqdek o‗qiladi. Gazal qahramonlari nafaqat oshiq timsolida, balki ijtimoiy 
hayotga befarq qaray olmaydigan davr kishisi sifatida ham shakllangan 
Erkin Vohidov ijod cho‗qqisiga chiqish bilan birga insoniylik cho‗qqisini ham zabt 
etgan inson ekanligini ko‗p shoir-u, yozuchilarimiz o‗z xotiralarida ko‗p bor 
ta`kidlab o‗tishgan. 
―Erkin Vohidov she`riyatida adabiy mavzular xazinasiga aniq zamon va 
makon kaliti orqali kirib boriladi. Xalqimz keyingi davrlar mobaynida bosib o‗tgan 
va o‗tayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tug‗yonli, goh iftixorli 
yo‗llarining manzara va ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she`riyatida 
mujassamdir ‖. (Abdulla Oripov)
Shoirlik bu shirin jondan kechmoqdir, 
Limmo-lim fidolik mayin ichmoqdir. 
O‗zni tomchi-tomchi va zarra-zarra, 
Elga qurbon qilib eng so‗nggi karra, 
Armon bilan demoq: ―Ey ona yurtim, 
Kechir, xizmatingni qilolmay o‗tdim. 
―Erkin Vohidov dilbar rubobiy taronalari, asr armoni, fig‗oni darajasiga 
ko‗tarilgan dostonlari qatori g‗oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, ayni paytda 
istehzo, kinoya-kesatiqlar, o‗tkir ijtimoiy pafos bilan yo‗g‗rilgan hajviyoti, Benazir 
tabassumi bilan ham elimiz uchun ardoqlidir‖. (Umarali Normatov) 
Qalbida Vataniga bo‗lgan muhabbati cheksiz bo‗lgan, insonlarning farovon 
hayotini har narsadan ustun ko‗radigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizday 
qaysar, ummondek cheksiz, tog‗lardek ulug‗vor bo‗lgan insonni o‗z umrining 
qahramoni deyish mumkin. Erkin Vohidov ham shunday insonlardan edi desak 
yanglishmagan bo‗lamiz. Mustaqillikka erishib o‗zligini, o‗zbegini yaratayotgan 
xalqimiz esa bunday insonlarni ulug‗laydi. Erkin Vohidovning hayot yo‗li, 
yaratgan asarlari va ulardagi yetakchi g‗oyalar har bir inson qalbida ezgu fikrlarga 
yondosh tarzda yashashiga ishonamiz.


172 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom 
ettirib, yangi bosqichga ko‗taramiz. – T.: O‗zbekiston, 2017. 
2. Yo‗ldashev Q. Maktabda Erkin Vohidov ijodini o‗rgatish. Til va adabiyot 
ta`limi. 2006 y. 6-son. 
3. Uzluksiz ta`lim tizimini kompetentsiyaviy yondashuv asosida 
takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika ilmiy-
amaliy konferentsiyasi materiallari. ‒ T.: 2016.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə