Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   259
id313213

 
 
ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA BADIIY KO„CHIMLARDAN 
FOYDALANISH MAHORATI 
Nilufar MIRZABDULLAYEVA,
10- maktab o„qituvchisi (Namangan) 
O‗zbek adabiyoti she`riyatida o‗zidan o‗chmas iz qoldirgan tug‗ma iste`dod 
sohibi shoir Erkin Vohidov she`rlarini ta`sirchanligini ta‘minlagan omillardan biri 
badiiy ko‗chimlardir. Ko‗chim – badiiy ifodalilikni oshirish uchun ko‗chma 
ma`noda qo‗llangan nutq birligi, ibora. Allegoriya, kinoya, metafora, sinekdoxa, 
epitet va o‗xshatish ko‗chimning eng tarqalgan qo‗llanuvchi turlariga kiradi
[1, 55]. 
Badiiy adabiyotda so‗z matni ta`sirchanligini oshirish uchun badiiy ko‗chim 
turlaridan foydalanish maqsadga muofiq ishdir. Shoir she`rlarida ham 
o‗xshatishning eng go‗zal namunalarini ko‗rish mumkin. 
Garchi shuncha mag‗rur tursa ham, 
Piyolaga egilar choynak. 
Shunday ekan, manmanlik nechun, 
Kibr-u havo nimaga kerak. 
Shoir bu oddiy o‗xshatish orqali insondagi ikki bir-biriga zid bo‗lgan 
tuyg‗uni ta`kidlayapti, shu bilan bir qatorda she`rning jozibasi va ta`sirchanligi 
ham ortmoqda. 
Badiiy ko‗chimlardan yana biri metaforadir. Metafora narsalar, hodisalar 
orasidagi o‗xshashlikka asoslanib, biriga xos bo‗lgan xususiyatlarni boshqasiga 
ko‗shirishdir. Narsalar o‗zining rangi, shakli, harakat-xususiyat va boshqa 
belgilariga ko‗ra boshqa shunday belgilarga ega bo‗lgan narsa nomini oladi. Bunda 
umumiy bo‗lgan belgi, tushuncha saqlanadi [2]. Metafora leksik ma`no 
taraqqiyotini ko‗rsatuvchi til vositasi hisoblanib, u so‗zlarning ko‗chma ma`nosi 
asosida yaratiladi. 
She`riyatda bu muhim ahamiyat kasb etadi va shoirning mahoratini 
belgilaydi. Masalan:
Xayolning tumanli pardasi aro, 
Yillar ko‗z oldimdan charx urayotir. 
Qishloq ko‗chasidan zanjirday qaro, 
Olov bolaligim yugurayotir. 


173 
Bu misralar orqali shoir insonning chalkash xayollarini xuddi tuman 
pardasiga o‗xshatyapti. Nima sababdan bolalik zanjirday qaro deya ta`kidlanyapti. 
Biz bilamizki, adibning bolalik yillari urush davriga to‗g‗ri keladi. Bolalik davri 
insonning bir umrlik yodida qoluvchi, beg‗ubor onlari hisoblanadi.Urushlar qadim-
qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar solib kelgan. Urush tufayli qanchadan- 
qancha odamlar qurbon bo‗lgan, ayollar tul, bolalar yetim qolgan. Bu dahshatli 
urush uni shunday damlarini o‗g‗irladi. Shu sababli ham qora rangiga urg‗u 
berilgan. 
Narsa va hodisalar o‗rtasidagi o‗xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali 
ikkinchisining belgisi, mohiyatini to‗laroq, aniqroq, bo‗rttiribroq ko‗rsatib berish 
o‗xshatish deyiladi. O‗xshatish eng qadimiy va ko‗p qo‗llanadigan tasviriy 
vositalardandir. U, asosan, nutqiy hodisa hisoblanadi. Ya`ni, bir narsa ma`lum 
o‗rinda boshqa biror narsaga o‗xshatilsa, ikkinchi o‗rinda boshqa narsa 
o‗xshatilishi mumkin. O‗xshatish to‗rt asosiy qismdan tarkib topadi: 1) 
o‗xshatilgan narsa; 2) o‗xshatiladigan narsa; 3) o‗xshatish asosi; 4) o‗xshatish 
vositasi.
Shoir qalbi go‗yo anor, 
She`ri uning sharbarti. 
Bu yerda shoir qalbi anorga, she`ri sharbatga o‗xshatilgan. Shoir she`rlarida 
jonlantirishning ham go‗zal namunalarini ko‗rishimiz mumkin. 
Barqut kiyib bezandi bog‗lar, 
Sahrolar ko‗ksiga taqdi qizg‗aldoq. 
Quyosh etagiga oq bulut bog‗lab, 
O‗rik shoxlarida qovurdi bodroq. 
Shoir mahoratini ta`kidlab turgan ko‗chimlar bo‗lmasa, she`r hozirgidek 
hissiy ko‗chimga ega bo‗larmidi? Erkin Vohidovning deyarli har bir satrida 
ko‗chimning mana shunday namunalarini ko‗rishimiz mumkin.
Qo‗rquvning ko‗zi katta 
Yuragi kichik bo‗lur, 
Qo‗rquv zo‗r kelgan yurtda 
Arslonlar kuchuk bo‗lur. 
Metonimiya- qayta nomlash. Narsa yoki tushunchalar o‗rtasidagi muayyan 
aloqadorlik asosida birining nomi bilan ikkinchisining atalishi. Masalan: 
Kim najotni sokin tunning 
Uyqusidan so‗raydi. 
Kim g‗amini 
Nikotinning tutuniga o‗raydi. 
Bu yerda metonimiyaga misol nikotin orqali zaharli modda nazarda tutilgan. 
Shoirning har bir satrida ko‗chimning ajoyib namunalarini ko‗rish mumkin.
Ona tuproq esa kuz tashvishida, 
Yuksak xirmonlarga siynasi yuklik. 
Uning sokingina tin olishida, 
Bordir onalarga xos bir buyuklik. 


174 
Ona tuproq birikmasida shoir allegoriyadan foydalangan. Ona farzandi 
uchun hamma narsa tayyor bo‗lgani kabi, shoir yerni ham onaga qiyoslayapti. 
Erkin Vohidov ijodida vatanparvarlik, muhabbat, insoniylik, do‗stlik va 
sadoqat kabi tuyg‗ular tarannum etiladi. Shunday samimiy tuyg‗ularni tarannum 
etganligi uchun ham shoir she`rlari bilan kitobxonlar qalbida umrbod yashaydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Xo‗jaev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‗ati. – T., 2002. – B. 55 
2.Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. – T., 1993.
3.Vohidov E. She`r dunyosi. Saylanma. II jild. – T., Sharq, 2001.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə