Zbekiston respublikasi oliy va o


“QUYOSH MASKANI” DOSTONI – ISTIQLOL ISTAGAN KO„NGIL



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   259
id313213

“QUYOSH MASKANI” DOSTONI – ISTIQLOL ISTAGAN KO„NGIL 
IZHORI 
G„oliba QAMCHIBEKOVA,
39-maktab o„qituvchisi (Namangan) 
Vatan ozodligi – xalq farovonligi, xalq farovonligi – ko‗ngil shodligidir. 
Yurtimizning bugungi kundagi hur va farovon hayotini ne-ne insonlar orzu qilib, 
uning ozodligi yo‗lida jonlarini fido qilishdi. Vatanimiz qariyb yetmish yil 
davomida sho‗ro hukumatining tazyiqi ostida yashab keldi. Bu davr mobaynida 
Sobiq sovet hukumati xalqimizni o‗z ma`naviyati, milliy qadriyatlari, dini hamda 
urf-odatlaridan ayri holda yashashga mahkum etdi. Xalq ichidan chiqqan hur fikrli 
insonlarni esa ―Xalq dushmani‖ sifatida qatag‗on qildi. Ularning ko‗pchiligi ana 
shu qatag‗on qurbonlariga aylandilar. Abdulla Qodiriy, Cho‗lpon, Usmon Nosir 
kabi xalqimizning asl o‗g‗lonlarining ayanchli qismati bunga yorqin dalildir. 
Sho‗ro davridagi qatag‗on siyosati 1953-yilda Stalin vafot etgandan so‗nggina 
yakun topdi. Ammo bu o‗sha davrdagi siyosiy tuzum haqida erkin fikrlash imkoni 


159 
berildi degani emas edi. Shoir Erkin Vohidovning she`riyatga, umuman, 
adabiyotga qadam qo‗yishi ayni shu yillarga to‗g‗ri keldi. 
―... Hali G‗afur G‗ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda,. Sobir Abdulla, 
Uyg‗un, Zulfiya, Saida Zunnunova singari o‗zbekning she`r orkestrlari yangrab 
turganda, ularning na`rali ovozlari ichidan yosh Erkin Vohidov nayi ham sas 
tarataboshladi. Va bu nay tovushi eshitilmay qolmadi. Uni hamma eshitdi va 
birdan berilib tingladi‖ [1, 5] 
Men jilg‗aman, 
Daryo bo‗ lib to‗ lgim keladi. 
Ona yurtim, 
Senga o‗g‗lon bo‗lgim keladi. 
Bugun senga 
Faqatgina she`r bag‗ishladim, 
Kerak bo‗lsa, 
Jonni fido qilgim keladi [2, 19] 
Bu misralar endigina o‗n yetti yoshni qarshilagan iqtidor egasining ko‗ngil 
torlaridan taralayotgan xalqona kuy. Unda Ona Vatanga sadoqat izhor qilish 
ishtiyoqi bilan yonayotgan yosh shoir qalbining sof, musaffo tuyg‗ulari ifodalagan. 
Erkin Vohidov o‗zining vatanparvarlik burchini juda chuqur his qiladi va anglaydi. 
Bu juda yoshlikda uning qoniga singgan. U hayotda qanday bo‗lsa, she`ri va 
dostonlarida ham xuddi shunday Vatanni vatan qilgan otalarning ulkan ijtimoiy 
ishiga sadoqat uning lirik qahramonini estetik jihatdan g‗oyatda faol shaxsga 
aylantiradi. 
Shoirning 60-yillarda yozilgan ―Nido‖ hamda 70-yillarda yozilgan ―Quyosh 
maskani‖ dostonlarida ana shu xususiyatlar mujassamlashgan. U shoir sifatida o‗z 
Ona Vatanini ozod va obod ko‗rishni istaydi. 
Samoni bulut qoplab, quyosh nurini to‗sib qo‗ysada, u o‗z shuurlari bilan yer 
yuzini yoritgani kabi Erkin Vohidov qalbidagi Vatan ozodligi va mustaqilligiga 
bo‗lgan ishonch sobiq Sovet davrida bir lahzaga bo‗lsada, susaygani yo‗q, 
aksincha, undagi umid hissi asardan asarga sayin o‗sib bordi. 
Keksa qayrag‗ochning 
Ildizin ochib, 
Tortdilar qo‗sh arqon solib belidan. 
Lekin u tuproqqa panjasin sanchib, 
Sira qo‗zg‗almadi 
Ungan yeridan... 
Nihoyat gurs etib yerga quladi, 
Butab, so‗ng ko‗tarib ketdilar, biroq - 
U o‗z panasiga olib jo‗nadi. 
Yashagan yeridan 
Bir siqim tuproq. 
Shoir ushbu she`rida Vatan tuprog‗ini, nafaqat, insonga, balki butun bir 
nabotot olami uchun ham naqadar qadrli va muqaddas ekanini oddiygina hayotiy- 


160 
haqiqat orqali o‗quvchi qalbiga singdirishga harakat qilgan va bunga erisha olgan, 
albatta. 
Erkin Vohidov ko‗nglidagi vatanparvarlik hissi uning she`r-u dostonlariga 
ko‗chgan. Shoirning ―Quyosh maskani‖ dostonida Vatanni ozod ko‗rishni 
xohlagan haqiqiy o‗g‗lonlarning chin ko‗ngil izhori yangradi.
Hov ana, U yerda tugaydi o‗rmon, 
Davomi tutashdir, poyonsiz cho‗lga, 
Cho‗1 orti men uchun eng aziz makon. 
Ne ajab, 
U tomon boqdim daf atan, 
Vujudimni tortdi bir ohangrabo. 
O‗t ham ko‗tarilar o‗sha tarafdan
O‗sha yurt ustida porlaydi Zuhro [2, 359] 
Mana, shoir qalbidan kechgan hislar inkosi. Unda Vatan ozodligi-yu obodligi 
g‗oyalari mujassam. 
O‗zbekiston... Ne-ne olim-u fozillarni jahon ahliga qo‗sh qo‗llab tutqazgan 
muqaddas diyor. Uning boshidan shoir misralarida porlagan Zuhro bugun ozodlik 
va obodlik mash'aliga aylanib, pok ko‗ngillarni yog‗dulantirayotgan bo‗lsa ne 
ajab. O‗sha davrdagi ijtimoiy muhit hamda siyosiy tuzumda bu kabi gapni aytish 
shoir uchun oson bo‗ lgan emas. 
Fuzuliy devonin qo‗limga oldim, 
U soldi ko‗nglimga g‗azal mehrini... 
Ko‗p zahmat so‗ngida 
Anglab yetdim, 
Ustoz Alisherning buyuk sehrini. 
Uni tanidimu elimni bildim, 
Mahkamroq turganday bo‗ldim zaminda. 
Diyorim sen bilan iftixor qildim, 
Barcha shavq-u otash shu bois menda [2, 361] 
Ushbu misralarda ajdodlar merosiga nazar solish, unga mehr-muhabbat 
qo‗yish va shu orqali Vatan tuyg‗usini yanada chuqurroq tuyish va his qilish 
g‗oyalari ilgari surilgan. 
Paxta... 
U sevgidek mavzudir o‗lmas, 
U ilhom chashmasi - mangu buloqdir. 
Ammo u chamanning ko‗ksida gulmas, 
Yerning kaftidagi oq po‗rsildoqdir [2, 362] 
O‗zbek xalqi mehnatkash xalq. U mana shu mehr-u muhabbatini o‗z bolasidan 
ko‗proq dalasiga berganiga butun bir tarix guvoh. Vaholanki, sobiq sovet tuzumi 
davrida shuncha mehnat mashaqqat evaziga ―paxta ishi - o‗zbek ishi‖ degan 
haqoratli gaplar eshitdi xolos. 
U jon rishtasidan yaralgan samar, 
Chanoqqa jo bo‗lgan hovuch to‗la nur. 
U manglay teridan yetilgan gavhar, 


161 
U nuri diydadan bino bo‗lgan dur. 
Shu dur bilan to‗ldi 
O‗lkamning qo‗yni, 
Javohir koniga aylandi bu kun. 
Ona xalqim ! 
Tarix yelkangga qo‗ydi. 
Million tonnalarning zaminday yukin [2, 363] 
Ushbu doston yaratilgan davrda xalqimiz hamon paxta siyosatining og‗ir 
mashaqqatlarini boshidan kechirar edi. Shoir qishloq farzandi bo‗lganligi uchun 
unga bu dard-alamlar ham begona emas edi. Shuning uchun u ushbu misralari 
bilan jafodiyda xalqiga hamdardlik izhor qildi. Uning dardini o‗z dardi, o‗z 
tashvishi deb bildi. Yurtimizda xalqimiz mehnatidan bino bo‗lgan million tonnalik 
xirmonlar sovet markaziga olib ketilar va xalqimiz ushbu boylikdan bebahra qolar 
edi. Sobiq sovet hukumati o‗lkamizni xom ashyo manbaiga aylantirgani va bunda 
xalq kuchidan keragidan ortiq darajada foydalangani tarixiy haqiqat. 
Shoir misralaridan ayni shu jarayonning badiiy ifodasini topganini ko‗rish va 
anglash qiyin emas. 
Yur, do‗stim, 
Birga sayr etaylik, o‗sha, - 
Samon yulduzlari bo‗lsin poyandoz. 
Bizni yuksaklarga yo‗llagan go‗sha, 
Yiroqlardan boqsin xushnud sarafroz. 
Ufq manglayiga durday qadalgan, 
O‗sha yulduzimiz yarqiroq bo‗lsin. 
Uning jahoniy Erk 
deya atalgan. 
Dostonni boshdan oyoq o‗qisak, asar boshida ilgari surilgan g‗oyalar ketma-
ketligi asar so‗nggida jamlanib bitta maqsadga yo‗nalganini ko‗ramiz. Maqsadki, 
azob-uqubatlar adog‗i, maqsadki, istibdod mash'ali so‗nib, istiqlol bayrog‗i 
sarbaland bo‗lmog‗idir. Shoir asarda tahlikali zamonlar oqimiga qarshi suzish 
qanchalar og‗ir bo‗lishiga qaramay, o‗zining ko‗nglidan kechgan, o‗zigagina ayon 
bo‗lgan gaplarni qog‗ozda aks ettirish bilan chegaralanmay unga isyonkor ruh 
baxsh etgan. Buni asarni o‗qigan nafaqat adabiyotshunos, balki oddiy 
o‗quvchining ham sezishi qiyin emas. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
E. Vohidov. Saylanma. 1- tom. – T.: Sharq nashriyot matbaa konserni. 
2000.
2.
E. Vohidov. Ishq savdosi. – T.: Sharq nashriyot matbaa konserni. 2000. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə