Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOVNING SO„Z QO„LLASH MAHORATI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   259
id313213

ERKIN VOHIDOVNING SO„Z QO„LLASH MAHORATI 
Dilfuzaxon SOTVOLDIYEVA, 
o„qituvchi (Andijon) 
 
Hozirgi davr o‗zbek she`r iyatining yirik namoyondasi O‗zbekiston 
qahramoni Erkin Vohidov o‗zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-
o‗ylarini badiiy ifodalash ,millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko‗tarib 
chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga 
yo‗naltirgan. 
Erkin Vohidov: ―Adabiy ijod hamisha So‗z olamiga sayohatdir. Ijodkor 
So‗zni tirik jon deb biladi va So‗z bilan so‗zlashadi. Umrini yashab bo‗lgan va 
barhayot,men anglagan va anglab yetmagan sohir xilqat bilan ko‗ngil bog‗larida 
kezib, hayolan So‗z bilan so‗zlashsam, til bilan tillashsam, deyman. 
So‗z yaralishdan mo‗jiza. Avval so‗z bo‗lgan, muqaddas kitoblarda. Hazrat 
Navoiy aytganlar: 
So‗z kelib avvalu jahon so‗ngra 
Ne jahonki, kavn ila makon so‗ngra 
Chunki mavjud bo‗lsa nuqtai ―kun‖ 
Bo‗ldi mavjud toza, yo‗qsa kukun. 
Ya`ni avval So‗z kelgan, Ollohning ―bo‗l‖degan nidosi kelgan va mayda 
zarrachalar olamidan yangi olam yaralgan. Agar shu ilohiy So‗z kelmagan 
kelmaganda olam kukinligicha qolgan bo‗lardi. 
Erkin Vohidovning ―O‗zbegim‖ qasidasini xalqimiz sha‘ni va shavkatiga 
badiiy so‗zdan tiklangan muhtasham muhtasham obida deb baholasak, aslo 
mubolag‗a bo‗lmaydi. Shoir 1968-yilda ―O‗zbegim‖ qasidasini yozgan. Erkin 
Vohidov ona xalqi – O‗zbegimga qasida bag‗ishlaydi. Qasida xalqimizning 
shavkatli tarixiga sayohatdan boshlanadi: 
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o‗zbegim 
Senga tengdosh Pomir-u oqsosh Tiyonshon, o‗zbegim. 
So‗ylasin Afrosiyob-u so‗ylasin O‗rxun xati, 
Ko‗hna tarix shodasida bitta marjon, o‗zbegim. 
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Farob avlodidan, 
Asli nasli balki O‗xluq, balki Tarxon, o‗zbegim. 
Bu asar yozilgan paytlarda xalqimiz tarixini to‗la va atroflicha o‗rganish, 
ayniqsa, o‗tmishda o‗tgan sarkardalar, amirlar va xonlar faoliyatiga baho berish 
nihoyatda mushkul, xatarli ish edi. O‗z o‗tmishini, ota-boblari merosini bilish 
millatga g‗urur iftixor bag‗ishlaydi, uni o‗zligini tanish, haq-huquqini anglash 
darajasiga olib chiqadi. 


158 
Amerikani nazariy jihatdan kashf etgan ham, koinot xaritasini tuzgan ham
insoniyat she`r iy tafakkurini eng yuqori bosqichlarga ko‗targan ham bizning 
buyuk ajdodlarimiz hisoblanadi: 
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‗bek Ko‗ragonoy jadvalin, 
Sirli osmon tog‗iga ilk qo‗ydi Narvon o‗zbegim. 
Mir Alisher na‘rasiga aks sado berdi jahon, 
She`r iyat mulkida bo‗ldi shoh-u sulton o‗zbegim. 
Rus xalqining Pushkindek, inglizlarning Bayrondek ulug‗shoirlarini ham 
o‗ziga muallim deb bilgan ijodkor, Navoiydek mutafakkirga meroxo‗r ekanligidan 
faxr etadi: 
Men buyuk yurt o‗g‗lonidurman, men bashar farzandiman, 
Lekin avval senga bo‗lsam sodiq o‗g‗lon, o‗zbegim. 
Menga Pushkin bir jahon-u, menga Bayron bir jahon, 
Lek Navoiydek bobm bor, ko‗ksim osmon, o‗zbegim. 
Har birmiz shu Vatanda dunyoga ko‗z ochgan ekanmiz, ona xalqimiz bizga 
berganoq sut va tuzni oqlamog‗imiz, uning ravnaqi yo‗lida butun kuch- 
g‗ayratimizni sarf etmog‗imiz lozim. Inson shunday yashamog‗I kerakki, xalqi 
undan iftixor etsin, uni tarbiyalab voyaga yetkazgani rozi bo‗lsin. Faqat 
shundagina inson hayotini, ijodkor umrini mazmunli o‗tdi, deb aytish mumkin 
bo‗ladi: 
Bu qasidam senga, xalqim, oq sut-u tuz hurmati, 
Erkin o‗g‗loningman, qabul et, o‗zbegim jon o‗zbegim. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Vohidov E. So‗z latofati. – T.: O‗zbekiston, 2010. 
2.
Vohidov E. Asarlar. 3-jild. Kuz sahovati. – T.: Sharq, 2016. 51-b. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə