Zbekiston respublikasi oliy va o


Ijodkor  Adabiyotshunos olim



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   259
id313213

Ijodkor 
Adabiyotshunos olim 
Kitobxon 


147 
Istayman, botmasa shu rangin quyosh. 
Akaning singilga achinganiday 
Inson inson uchun to‗ka olsa yosh. 
Ona xalq baxti deb har vaqt, har qachon, 
Istayman, bir safda tursa odamlar‖[4, 65]. 
Abdulla Oripov she`riyati falsafiylikka nihoyatda boy she`riyatdir. Uning 
she`rlarida hechbir shoir ijodida uchramaydigan kuchli mantiqni uchratishimiz 
mumkin. Ushbu satrlarni o‗qishimiz bilanoq shoirning alohidaligi, o‗zgacha 
misralari darhol diqqatimizni tortadi. Qoralikni yo‗qolishi, quyoshni so‗nmasligi, 
xalq uchun hammani bir safda turishi kabi fikrlarni boshqa ijodkorlar ijodida ham 
uchratish mumkindir, ammo:
―Akaning singilga achinganiday 
Inson inson uchun to‗ka olsa yosh‖. 
Ushbu fikrni, ushbu mantiqni boshqa hech qayerda uchratmaymiz. Shoir 
nega aynan aka-singil munosabatini tanlab oldi? Ota- ona va farzand, aka-uka, opa-
singil yoki opa-uka emas, aynan aka-singil tuyg‗ulariga to‗xtaldi? Mana bu haqiqiy 
mantiq. She`rni ravon o‗qib ketayotgan kitobxonni bir to‗xtashga, nimalargadir 
iqror bo‗lishga majbur qiladi. Buni har bir kitobxon o‗z holicha tushunadi. Ehtimol 
aka – singil – himoyachi va ojizalik bordir bu yerda. Abdulla Oripov she`rlarida 
bunday falsafiy ma`no yuklangan satrlarni ko‗plab uchratish mumkin. Uning 
she`rlarini har o‗qiganingizda yangidan yangi qirralarini kashf etaverasiz.
Adabiyot rivoji uchun ijodkorlarning mehnati kamlik qiladi. Buning uchun 
qanchadan qancha adabiyotshunoslarning ham peshona terlari zarur. Adabiyot 
sohasi ham madaniy, ham ilmiy sohadir. Undan ham bilim, ham madaniy hordiq 
olamiz. Adabiyotshunoslik sohasida peshqadam bo‗lgan, ijodkorlar va ularning 
asarlarini 
ilmiy 
o‗rganib, ko‗plab yangiliklar qilgan adabiyotshunos 
olimlarimizdan biri Begali Qosimovdir. Begali Qosimovning adabiyotshunoslik 
rivojidagi xizmatlari beqiyosdir. Begali Qosimov jadid adabiyotini mukammal 
o‗rgangan, zamonaviy adabiyot haqida dolzarb fikrlar bildirgan, matnshunoslik va 
manbashunoslik sohalarida, darsliklar yaratishda faol ishtirok etgan – 
adabiyotshunoslikning sohalarida sertarmoq faoliyat yuritgan olim edi.
―Begali Qosimov chavandoz, voleybolchi, odamoxun inson edi. Uning 
tabiatida chapdastlik bor edi. U ilmda o‗zi bilan yonma-yon borayotgan odamga 
tan berardi. Bordiyu yonidagi odam xom, chala, g‗irromroq bo‗lsa, Begali ayab 
o‗tirmasdi, tishli – tirnoqli maqola bilan raqibi surobini to‗g‗irlab qo‗yardi‖ [5, 80-
81], - deya e`tirof etgan edi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Umurzoq 
O‗ljaboyev o‗z xotiralarida olimni.
Mana shunday ijodkor va olimlarimizning borligi adabiyotimizning eng 
katta yutuqlaridandir. Chunki ular adabiyot rivojini ta‘minlab beruvchi omillar, 
adabiyotning tayanch ustunlaridandir. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
A.Cho‗lpon. Adabiyot nadur? – T.: Sharq, 2003. 
2.
Erkin Vohidov. Saylanma (2-jild) She`r dunyosi – T.: Sharq, 2001 , 14-bet. 
3.
Begali qosimov. Adabiy-tarixiy jarayon (3-jild) – T., 2017, 50-bet. 


148 
4.
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar (1-Jild) – T.: G‗afur G‗ulom nomidagi 
Adabiyot va san`at nashriyoti, 2000. 
5.
Umurzoq O‗ljaboyev. Inson bilan tirikdir inson. – Guliston, 2012.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə