Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA G„OYA



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   259
id313213

ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA G„OYA 
VA MAHORAT MASALASI 
Sharofat ABDURAHMONOVA,
magistrant ( GulDU)
 
O‗zbek badiiy adabiyotining yirik namoyondasi bo‗lgan Erkin Vohidov 
lirikasi kitobxonlarni hayratga solib kelayotgan, asarlari qo‗ldan tushmay sevilib, 
qaynoq mutolaa qilinayotgan adiblardan biridir. Sababi, uning she`rlaridagi 
badiiyat o‗quvchi ruhiyatiga sezilarli ta`sir ko‗rsatadi, kshini she`r bilan bir 
maromda kuylashga, uning har bir detalini ko‗ngildan o‗tkazib, shoir qalbini 
chuqurroq, dildan his qilishga undaydi. Xususan, ijodkorning ―Nido‖ dostoni ana 
shunday hissiyot bilan yo‗g‗rilgan, kishi dilini larzaga soladigan, chin ma`nodagi 
yuksak badiiyatli metin asardir.
Jumladan, ―Ruhlar isyoni‖ dostoni ham ana shunday mazmundagi 
insonparvarlik g‗oyalarini o‗zida mujassam etgan teran mulohazali asarlardan biri 
hisoblanadi. Asar markazidagi Nazrul Islom obrazi dostonda etakchi qahramon 
sifatida gavdalanadi va asar boshlangunidan yakuniga qadar kitobxon u bilan 
hamnafas tarzda dard chekadi. Muallif ushbu asarni yozishda o‗ziga xos falsafiy 
qarashlarini ham syujetga mohirona tarzda singdiradi. Uning bu kabi fikrlaridan 
ta`sirlangan o‗quvchi bir qadar sergak tortadi. Masalan, asarning kirish qismida bir 
rivoyat keltiriladi. Unda suvga tashna bir kishi boqiylik bulog‗idan suv ichishdan 
o‗zini tiyadi. Sababi Olloh bergan umrning o‗zi unga yetarli ekanligini tushunib 
yetadi. Bu bilan muallif yashashning mazmuni masalasiga e`tibor qaratadi va 
mazmunsiz, insonlarga naf bermaydigan hayotni qoralaydi. Bu esa muallifning 
obraz sifatidagi chizgisini kitobxon tomonidan tasavvur qilinishiga yo‗l ochadi.
Asardagi isyon ruhining tashbehlari ham o‗ziga xos bayon qilingan. Bunda, 
boychechakning ochilishi, uning qishga isyoni, yohud osmonni qora bulut qoplashi 
yorug‗likning nursiz hayotga isyoni va yana yangi tug‗ilgan go‗dakning yig‗isi – 


141 
bu uning o‗limga bo‗lgan isyonidir, – deydi. Uni inson sabrining zamirida isyon 
yotganligiga mutanosib tarzda bog‗lab, o‗zining bu boradagi xos qarashlarini ilgari 
suradi. 
Asarga Nazrul Islomning kirib kelishi zamonning og‗irligi bilan bog‗liq 
tarzda voqealantiriladi: 
Yetti asr avvalgidek 
Bo‗lsa edi zamonlar
Balki 
Xusrav Dehlaviydek 
Bitar edi dostonlar [3, 181] 
Bu bilan muallif qahramonning qismati shu ekanligiga ishora qilib, davr 
ruhini kitobxonga yetkazishga harakat qiladi: 
O‗zga edi ammo fursat, 
O‗zga edi el dardi. 
Zamon uning yonib turgan 
Yuragini so‗rardi. [3, 182] 
Shoir tasvirining olovi haqiqatda yurakni kuydiradi. Qahramonning bu 
holatda namoyon bo‗lishio‗quvchini u haqda o‗ylashga, uning muhitini ko‗zoldiga 
keltirishga undaydi. 
Hind xalqining boshiga tushgan og‗ir kunlarni, ular: ko‗rgulik, – deydi. 
Musulmon ahli esa ―taqdir ekan‖, deya bosh egadi. Ammo Nazrul Islom bu kabi 
taqdirga ham, ko‗rgulikka ham bo‗yin egishni xohlamaydi. Uning qalbidagi isyon 
ruhi xalqning g‗aflatda ko‗milib yotgan isyonini uyg‗otishga chorlar edi: 
Qullik senga ko‗p maloldir, 
Ammo nechun 
Boshing egik, 
Tiling loldir, 
Qomating zabun? 
Tangrilarga bo‗ysunmagan, 
Bermagan bardosh, 
Bandasiga bugun nega
Egadirsan bosh? 
Shu gaplarni ayta turib, butun Tojmahal ahli-yu musulmon xalqini 
uyg‗onishga da‘vat etadi. Biroq: 
Hamma bilar, 
Inson erkin –
Yashashi shart poyidir. 
Biz ham aytsak bo‗lar, 
Lekin, 
Uyda bola-chaqa bor, - deya, xalqning ham tili kesikligi, zamon zo‗rligiga 
ishora qiladi. Ularni nizoga ro‗baro qilayotgan yov aslida kim kimlar ekanligini 
tushuntirishga harakat qiladi: 
Bas, adovat! 
Bas, endi kin, 


142 
Jangni qo‗ying odamlar! 
Sizning asl yovingiz kim
Bilib qo‗ying odamlar![1, 180] 
Muallif shoirlik uchun she`rlarni yod olish emas, balki uning fidoyiligini 
anglashlik, shoirlikda vatanparvarlik ruhi eng zaruriy ehtiyoj ekanligini his 
qilishlikni kifoyalaydi va shu elparvarligi tufayli uni zindonband etgani, uni tutib 
borayotgan ikki soqchi ham aynan o‗zining vatandoshlari – hind va musulmon 
ekanligi shoirni yanada g‗azabga keltiradi. 
Jaholat haqidagi rivoyat ham o‗quvchini g‗azablantirmay qolmaydi. Basir 
odamning sog‗ayganligi va kun kelib uni davolagan hakimga qilgan da‘volari 
g‗oyaga singdiriladi. Xalqning g‗aflatiga ortiq sabr qila olmasligi, ularni uyqudan 
uyg‗otishning yuki yakka o‗ziga og‗irlik qilishini tushunib yetadi. Rivoyat 
so‗ngida, davr o‗tib uyg‗ongan xalq shoirga haykal qo‗yadi, hurmat ko‗rsatadi. 
Asar so‗ngidagi xulosa fikrlar kitobxonda o‗zgacha tuyg‗ular uyg‗otadi. 
Darhaqiqat, Erkin Vohidovning she`rlari o‗ta zalvorli, u kishiga zavq berishi bilan 
birgalikda uning dardlari bilan ham o‗rtoqlashadi. Qahramonlardagi dadillik, 
jaholat, adolatsizlikka qaratilgan isyonkorlik ruhi o‗quvchini ham bir karra o‗z 
shuuridagi vatanparvarlik tuyg‗ularini uyg‗otishga, taftish qilishga undaydi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, Erkin Vohidov she`riyatini takrorlanmas 
nazm javohiri deyish mumkin. Shu bois, shoir she`riyati hamisha ulug‗lanadi, 
ixlosmandlar tomonidan yod olinadi. Erkin Vohidov hamon bizning qalbimiz 
to‗rida va uning hotirasi abadiy o‗chmaydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Normatov U. Ijodkorning haroratli so‗zi. – T.: Turon zamin ziyo, 2015. 
2.
Umurov H. Adabiyot nazariyasi. – T.: Sharq, 2002. 
3.
Vohidov E. She`r dunyosi. Saylanma. – T.: Sharq, 2001. 
4.
Xudoyberdiyev E. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: 2007. 
5.
Yo‗ldoshev Q. Yoniq so‗z. – T.: Yangi asr avlodi, 2006. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə