Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV LIRIKASIDA YUMORNING O„RNI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   259
id313213

 
ERKIN VOHIDOV LIRIKASIDA YUMORNING O„RNI 
O„g„ilnor RO„ZIYEVA, 
magistrant (GulDU)
O‗zbek she`riyatining zabardast vakili Erkin Vohidovning lirikada o‗ziga xos 
uslubi, o‗zi ochgan so‗qmog‗I, o‗zi kashf etgan dinamikasi bor. Shoirning 


138 
jiddiylikka yo‗g‗rilgan she`rlari bilan bir qatorda hazil-mutoyiba, hajviya va yumor 
bilan to‗yintirilgan betakror she`riyati ham o‗z o‗quvchilariga egadir. 
Adabiyotshunos Matyoqub Qo‗shjonov bir maqolasida hajviy, komik-yumoristik 
yo‗nalish haqida gapirar ekan, jumladan, shunday deydi: ―Yozuvchi hajvda har xil 
uslublardan foydalanishi mumkin. Shu asosda nuqson va kamchiliklarni, hayotda 
uchrab turadigan illatlarni qavartirib, ayrim joylarda oshirib tasvirlashi, zarur 
paytlarda noreal situatsiyalardan real xulosalar chiqarib, kamchiliklarni sog‗lom 
nuqtadan turib fosh qila bilishda, hayot bir daryo ekanligini, unga tushib qolgan 
ba`zi bir xas-cho‗plar, shox-shabbalar, shiddatli oqim natijasida paydo bo‗lgan 
yengil ko‗piklar uning tagli oqimiga putur yetkazishini anglagan holda ish 
tutishidadir‖ [2, 275]. 
Erkin Vohidov shunday ish tuta olgan ijodkor sifatida o‗zining 
―Donishqishloq latifalari‖, ―Hajv daftari‖, ―Tabassum‖ rukni ostidagi ijod 
namunalarida komik-satirik detallar, belgi-chiziqlar topib ishlatganki, hayotning 
salbiy tomonlarini inkor etishda yumoristik galeriya yarata olgan. Birgina 
Matmusa obrazining o‗zi fikrimiz isbotidir. Ammo shoir kichik to‗rtliklari orqali 
ham yumor vositasida o‗z intellektual saviyasini namoyon qila olgan. Erkin 
Vohidov ―Zo‗ravon‖ nomli qisqagina she`rida komik usul orqali oz so‗z ortiga 
katta poetik hikmat yashirganini ko‗ramiz: 
Qoch, chetga o‗t, yo‗l ber yigitga!- 
Deya tog‗ni tepdi chigirtka. 
Shu qisqagina satrlardagi chigirtka va tog‗ obrazining solishtirma tasviri 
she`rga kutilmaganlik effektini singdirgan. O‗qirman birinchi satrni mutolaa qilib, 
ongiga singdirar ekan, chigirtkaning o‗zini yigit atab tog‗ni bir tepishi 
mumkinligini xayol qilmaydi, ammo ikkinchi satrni o‗qir ekan bunday yumoristik 
badiiy topilmadan zavqlanadi. 
Yoki ―Yangi boshliq‖ she`rida ham rahbarlar ma`naviyatini yumor orqali 
tanqid qiladi: 
Boshlig‗imiz mard edi, o‗ktam, 
Yangisidan ko‗ngil to‗lmadi. 
O‗nta majlis o‗tkazganda ham 
Bitta odam infarkt bo‗lmadi 
She`rda yangi va eski boshliq qiyoslanar ekan, yangi boshliqdan ―Ko‗ngil 
to‗lmadi‖, - deyilsa-da, aslida eski boshliq tanqid ostiga olinayotgani poetik 
kashfiyotni yuzaga keltirgan. Salbiy lirik obraz- eski boshliq ―mard edi, o‗ktam‖,-
deya tasvirlanishi va bu tasvirning o‗z ma`nosidan ko‗chib kinoyaga evrilishi 
estetik tadqiqot ifodasidir. 
Shoirning ―Tayyorada‖ nomli to‗rtligida ham tilga e`tibor masalasi bir qadar 
yumorga o‗rab ko‗tarilganini ko‗rish mumkin: 
Parvoz chog‗i tayyoraning dilbar kelini 
Ko‗k toqini bizga taxti Sulaymon qildi 
Lekin e‘lon o‗qiganda o‗zbek tilida 
Davlat tili bo‗lganiga pushaymon qildi. 


139 
She`rdagi oxirgi misra tasvirining dastlabki ikki misradagi tasvirga qarama- 
qarshi qo‗yilishi, tayyoradagi qizga nisbatan ―dilbar kelin‖ tashbehining 
qo‗llanilishi, kichkina syujet orqali hajv yarata olingani she`rga zalvorli badiiy yuk 
bergan. Erkin Vohidov komik momentlarni qalamga olar ekan, shoir idealini aks 
ettiradigan ijobiy lirik qahramon bosh planda turavermaydi, ya`ni ijodkor o‗zining 
estetik idealini salbiy obrazga kulgi yaratuvchi munosabatida ifodalaydi, bu jihat 
she`rning voqeiy oqimida ko‗rinadi. 
Quyidagi ―Gripp bo‗lgan oshnamga‖ nomli she`rda ham quruq ritorikani 
uchratmaymiz, yengil yumor va kinoyaviy ifoda birlashmasi badiiy samarani 
manzaralashtiriladi: 
Sog‗lom bo‗lsang ishlab horma, og‗ayni, 
Gripp bo‗lsang ishga borma, og‗ayni, 
Fidoyiman deb hammaga uqtirma, 
Bu ham bir dard, uni elga yuqtirma. 
Shoir hajviy to‗rtliklarining aksariyatida eng katta yukni, aytmoqchi bo‗lgan 
eng salmoqli fikrini oxirgi satrda ifodalaydi. Ammo yuqoridagi she`rda badiiy yuk 
uchinchi satrda ko‗rinadi:―Fidoyiman deb hammaga uqtirma‖ tarzida ifodalanishi 
sinchkov va nozik kuzatish natijasidir. Adabiyotshunos Ibrohim G‗ofurovning 
Erkin Vohidov haqidagi quyidagi fikrlari ham fikrimiz isbotidir: ―…Uning 
so‗zlari, tiniq, nafis baytlari kirib borgan qalblar ichdan nurlanib, she`r fayzi bilan 
go‗zallashadi… Uning satrlari odamlarni o‗z ohanrabo doirasiga tortadi. 
O‗quvchilar uning ilk she`rlari va dostonlaridagi ohanraboni juda tez ilg‗ab olgan, 
maftun bo‗lgan, yangi she`rlarini ixlos bilan kutar, qarshilardilar… Allaqanday 
insoniy joziba, nazokat, madaniyat va izzat-ikrom unga tug‗ma tarzda tortiq 
qilinganga o‗xshardi. Bularning bari uning tabiati, fe‘l-atvorida ich-ichidan tabiiy 
tarzda shu‘lalanib turardi‖[1, 342]. Darhaqiqat, shoir satrlaridagi yengil yuquvchi 
estetika, nozik yumor ohahraboni yuzaga keltiradi go‗yo. Quyidagi ―Tarbiya‖ 
nomli she`rda ham shu jihat ko‗zga tashlanadi: 
Jiyan tog‗asiga ―jinnisan‖ desa, 
Ota tanbeh berdi o‗g‗liga sekin: 
Tog‗ang katta odam, kattani esa 
Sizlash kerak o‗g‗lim ―jinnisiz‖ degin. 
She`rda ob`yektga ma`naviy-axloqiy mavqedan turib yondashilgan bo‗lib, 
umuminsoniy qimmatga molik jihat-tarbiya haqida gap ketadi. To‗rtlikning 
sarlavhasi ―Tarbiya‖ deb nomlangani holda misralarda bu so‗zning tilga 
olinmagani, otaning voqeaga munosabati yumor orqali ifodalanishi emotsional 
diapazonning kenggayishini ta‘minlagan.Yana bir yumorga yo‗grilgan she`r: 
Johilda ham ko‗z bor, so‗qirmas, ko‗rmas, 
Faqat u burnidan uzoqni ko‗rmas. 
Ne ko‗rsa fe‘l bois ko‗rar u, lekin 
Birovdan ko‗radi, o‗zidan ko‗rmas. 
―Johil‖ sarlavhali yuqoridagi to‗rtlikda ham bemurosa yumorist o‗zining faol 
munosabati bilan inkor qilish mavqeyida turib johilning fe‘lini tanqid ostiga 
oladi.She`rdagi ko‗rmas so‗zini ham muallif o‗rinli qo‗llab tajnis tasviriy vositasini 


140 
yuzaga keltiradi. Birinchi misrada johilning ko‗zi ―ko‗r emas‖ ma`nosida 
qo‗llangan bo‗lsa, ikkinchi misrada ―uzoqni ko‗rmaydi‖ ma`nosida, oxirgi misrada 
esa ―o‗zidan ko‗rmaydi‖ ma`nosida qo‗llangan bo‗lib, ko‗rmoq fe‘li yuksak badiiy 
natijani paydo qila olgan. 
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov lirikasining salmoqli qismini yumor 
tashkil qiladi, ayniqsa, kichik hajmli to‗rtliklarda shunchaki sharoitni, vaziyatni 
ko‗rsatish yo‗lidan borilmaydi, aksincha, poetik ritmga solingan tanqidiy 
psixologizm, komiklikka, ba‘zan yumor va satiraga tayanilgan badiiy sintez
hayotning turli noqobil va salbiy jihatlariga qarshi reaksiyadir. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
G‗ofurov I. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2017. 
2.
Qo‗shjonov M. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2019. 
3.
Vohidov E.Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2018. 
4.
Yo‗ldoshev Q., Yo‗ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari.–T.: Kamalak, 2016 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə