Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   259
id313213

 
 
ERKIN VOHIDOV IJODIDA EPIGRAFNING O„RNI 
Oybek NORMURODOV,
magistrant (GulDU)
 
Badiiy asar ko‗rkam bo‗lishi uchun uning har bir unsuri o‗rinli va 
mukammallikni talab qiladi. Asarning ichki va tashqi tomoni ijodkor mahorati 
bilan go‗zal tarzda payvandlansa, ana shunday nuqtada haqiqiy san`at asari paydo 
bo‗ladi. Mana shu jarayonni Erkin Vohidov she`rlariga tanlangan epigraflar va 
ularning mavzu yo‗nalishiga qay darajada mosligi misolida kuzatish mumkin.
Adabiyotshunoslik lug‗atida epigrafga quyidagicha izoh beriladi: 
“Epigraf 
asarning boshlanishida sarlavhadan keyinroq, yoki uning bo„lim,(bob, fasl)lari 
boshida keltiriluvchi qisqa, odatda, e`tiborli manbalardan (xalq ijodi, mashhur 
kishilarning purhikmat so„zlari va sh.k.)olingan ko„chirma sitataning bir 
ko„rinishi. Ko„p hollarda epigraf o„zining aforistik mazmuni bilan asar mazmunini 
ochib beradi” 
[1, 360]. Bundan ko‗rinadiki, epigrafning bosh maqsadi asarni 
tushunishga, uning g‗oyalarini chuqurroq anglashga yordam berishdan iborat. 
Avvalo, shoir ijodi uchun tanlangan epigraflarning manbalarini quyidagicha 
guruhlash mumkin: 
1. Mumtoz adiblarimiz ijodidan olingan parchalar.
Shoirning ―Bizga so‗z tegdi kecha‖, ―Senga baxtdan taxt tilarman ‖, ―Hijron 
yuki‖, ―Tola soch‖ kabi she`rlariga epigraf qilib olingan badiiy parchalarning 
barchasi mumtoz adabiyot namunalari bilan bog‗liqdir.
2. Zamondoshlari ijodidan olingan epigraflar. 
―Orzu chashmasi‖ dostoni, ―Vafo‖, ―Turkiston bozori‖ she`rlariga tanlangan 
epigraflar shoir zamondoshlarining ijod namunalaridan olingan. 
3. Jahon adabiyoti namoyondalarining asarlaridan olingan epigraflar. 
Erkin Vohidovning mashhur ―Ruhlar isyoni‖ dostoniga hind shoiri Nazrul 
Islomning ―Tug‗ilgansan ozod, mudom Ozod bo‗lib qol!‖ misralari epigraf 
qilingan. Bu misrani bevosita shu guruhga kiritish o‗rinli.
4. Siyosiy adabiyotlardan olingan epigraflar.


Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə