Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   259
id313213

 
 
 ERKIN VOHIDOV IJODIYOTINING BADIIY-ESTETIK 
XUSUSIYATLARI 
Hayotxon XAYDAROVA, 
Farg„ona viloyati
 
Adabiyot – xalqimizning mulki. U inson hayotida alohida ahamiyatga 
ega.Inson bor ekan,adabiyot ham bo‗ladi. Shunday ekan, adabiyotning o‗lmasligini 
ta‘minlovchi ikkita qudratli omil bor. Ularning biri adabiyotning g‗oyat ulkan 
tarbiyaviy-ma‘rifiy ahamiyati bo‗lsa, ikkinchisi,uning insonlarga zavq-shavq 
berish xususiyatiga egaligidir. Zero,odam har qanday davrda,har qanday sharoitda 
ham busiz yashay olmagan. Ana shunga ko‗ra, badiiy-estetik ahamiyatga ega 
bo‗lgan yetuk asarlarga aslo zavol yo‗q. Xayriyatki,adabiyotimizda davrning 
sinovlaridan muvaffaqiyat bilan o‗tgan,inchunin,hozirgi kunda ham kitobxonlar 
tomonidan sevib o‗qilib kelinayotgan ajoyib asarlar ko‗p nihoyatda. 
Yangi o‗zbek adabiyoti xalq va jamiyatimiz hayotining o‗ziga xos badiiy 
tarixi,ya`ni yilnomasidir.Uning tasvirlash ob`yekti esa borliq hayot-yangi 
voqelikdir. Binobarin bu adabiyotning mavzu hamda mundarijasi ham yangicha. U 
bevosita yangi hayotni aks ettiradi. Hayotdagi barcha muhim voqealarga faollik 
bilan aralashadi va mehnatsevar, yuksak axloq-odobli qilib tarbiyalash, ularga 
estetik zavq berishga harakat qiladi. To‗g‗ri, adabiyotimizning taraqqiyoti silliq 
kechmagani barchamizga ma`lum. Yangi o‗zbek adabiyoti o‗z yuksalish tarixining 
hozirgi bosqichiga yetib kelguncha ancha murakkab ijodiy yo‗lni bosib o‗tmadi 
deysiz. Bevosita, adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyoti va tarixi ham uzoq davrlarga 
borib taqaladi. Shu jihatdan, har qanday davr ijodkori o‗zigacha bo‗lgan va 
zamondoshlari yaratib ketgan badiiy asarlarga murojaat etadi. Ular haqida u yoki 
bu darajadagi qarashlarini bayon etadi. Bu esa adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyotini 
belgilaydi.
Shu jihatdan taniqli o‗zbek shoiri,dramaturgi,adabiy tarjimoni va davlat 
arbobi, shu bilan birgalikda O‗zbekiston xalq shoiri, O‗zbekiston Qahramoni, 
Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Erkin Vohidov ham badiiy 
adabiyotning taraqqiyoti, ijod va ijodiy jarayonlar, shoirlik qismati, talant va ilhom 
kabi tushunchalar haqida o‗z mulohazalarini bildirib o‗tadi. Jamiyatshunoslarning 
uqtirishicha, axloq-axloqiy ong hamda axloqiy munosabatlarni o‗z ichiga oladi. 
Odatda insonning olamga va o‗z-o‗ziga bo‗lgan munosabati axloqiy ong doirasida 
yuz ko‗rsatadi va yuzaga chiqadi. Bu munosabat kishilarning xulq-atvori, urf-
odatlari, xarakteri, imon- e`tiqodiga yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baho 
berishda ham ko‗rinadi. Zotan, axloqda tiriklik mazmuni, insoniylik nazaridan bu 
yorug‗ dunyodagi burchi va or-nomusi o‗z ifodasini topgan bo‗ladi. Xalqimizning 
azaliy orzusi bo‗lgan Mustaqillik juda ko‗p jabhalarda bo‗lganidek, ma`naviyat 


149 
sohasida ham katta o‗zgarishlarni vujudga keltirgan. Millatimiz hayotida mavjud 
bo‗lgan ma`naviy-axloqiy muammolarga har qachongidan ko‗ra ham diqqat – 
e`tibor kuchaydi. Istiqlol mafkurasi xalq va jamiyat hayotiga chuqur singib 
borayotganligining o‗ziyoq bu fikrni isbotlaydi. Birinchi Prezidentimiz alohida 
ta`kidlaganidek: «Barchamizga ayon bo‗lishi kerakki, qayerdaki, beparvolik va 
loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‗zboshimchalikka tashlab qo‗yilsa, 
o‗sha yerda ma`naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha, qayerda 
hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‗lsa, o‗sha 
yerda ma`naviyat qudratli kuchga aylanadi»[1]. 
O‗zligini chuqur anglab yetgan jamiyatning turmush tarzida ma`naviyat 
markaziy o‗rinni ishg‗ol etishi muqarrar. Negaki, buni yaqin tarix, balki ko‗hna 
tarix ham isbot qilib berib turibdi. Bugungi kunda globallashuv jarayonida 
ma`naviy qadriyatlarning hayotiy zarurati oshmoqda. Shu jihatdan, adabiy-estetik 
tafakkur taraqqiyoti davr badiiyatining turli mezonlarida tahlil etiladi. Iste`dodli 
shoir Erkin Vohidov ijodiyotining badiiy-estetik jihatlarini o‗rganish jarayonida 
ma`lum bir davr adabiyoti haqidagi tushunchalarimizni kengaytirish bilan bir 
qatorda, ijod va ijodiy jarayoning o‗ziga xosliklari haqidagi tushunchalarga ham 
keng e`tibor qaratamiz. Bu esa adibning faqat shoir emas, balki badiiyatni ham 
chuqur anglagan shaxs sifatida ko‗z o‗ngimizda jonlantiradi. Uning ―Tong nafasi‖, 
―Yurak va aql‖ asarlarida yuqorida qayd qilingan tushunchalarni asoslovchi fikr 
mavjudligini ko‗ramiz. Bu she`riy asarlar tarkibidagi bunday qarashlarni tahlil 
qilish va munosabat bildirish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Erkin Vohidovning ijod va ijodiy jarayon haqidagi qarashlarini, talant, 
ilhom, yaxshi asar yaratish jarayonidagi ijodkor iztiroblarini tahlil qilish jarayonida 
shoirning o‗ziga xos badiiy mahoratini yoritib beradi. O‗z navbatida, ushbu 
maqsadimizni amalga oshirish quyidagi vazifalarni yuzaga chiqarishni taqazo 
etadi: shoirning badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‗ziga xos badiiy mahorati 
haqida so‗z yuritish, adabiyotimiz taraqqiyotini belgilovchi adabiy-tanqidiy 
qaqrashlariga munosabat bildirish,adibning zamondosh ijodkolar haqidagi fikr va 
tushunchalarini izohlash va tahlilga tortishdan iborat [1]. 
Ma`lumki, adabiyotimizning tasvirlash imkoniyati juda katta. Unda jamiyat 
hayotida birlashish yasagan katta voqealardan tortib, o‗sha jamiyat a‘zolarining 
turmush tarzi, urf-odati, axloq normalarigacha aks etadi.Buyuk so‗z ustasi Erkin 
Vohidovning bir qator she`rlari borki, ularda ba‘zan oddiy, ko‗z ilg‗amas, bir 
qarashda uncha muhim bo‗lib ko‗rinavermaydigan turli masalalar ilgari suriladi va 
badiiy-estetik tafakkur mahsuli bo‗lgan tushunchalar asosida o‗z mulohazalarini 
qayd qilib o‗tadi. Yozuvchi ijodi haqida so‗z yuritgan adabiyotshunoslar uning 
Iste`dodli shoir sifatidagi faoliyatini va ijod va ijodiy jarayon haqidagi qarashlarini 
yuksak badiiy asar sifatida baholashgan. ―Shoirni o‗stirib voyaga yetkazadigan 
qulay ijodxonalar yo‗q. U hayotning har xil sharoitida issiq-sovug‗i, baland-pasti, 
o‗nqir-cho‗nqiri, qing‗ir-qiyshiq joylaridan o‗ziga yo‗l topib o‗tadi va asta-sekin 
ijodkor sifatida shakllanadi. Shu ma`noda har bir haqiqiy shoirning tug‗ilib voyaga 
yetishi bamisoli Erkin Vohidov ta‘riflagandek o‗z yo‗lini o‗zi ochishi kerak 
bo‗lgan buloq‖, - deb yozadi. 


150 
Iste`dodli shoir Erkin Vohidov ―So‗z latofati‖ asarida shunday yozadi: 
―Mening birinchi taassurotim shundan iboratki, bugungi adabiyotimiz ko‗rki va 
salmog‗i – xalqimizning tarix sahnasida tutib turgan ijtimoiy-siyosiy mavqeiga 
yarasha. Balki, yangi iste`dodlar buyuk badiiy saviyalarini kelajakda namoyish 
etadilar. Hozircha, men adabiyotimizdagi yuksak ijtimoiy-siyosiy ravnaqni e`tirof 
etaman. Bu esa katta bir xalq adabiyoti uchun hazilakam yutuq emas. Ayrim 
yoshlar, G‗ofur G‗ulom ko‗nglini keng qilib yozmagan, degan ma`noda gaplar 
qilishadi. Holbuki, u juda murakkab davrda yashadi. She`r uning qo‗lida bir sehrli 
tayoqcha edi. Shu tayoqcha bilan u nog‗ora chalishi ham mumkin edi, jahonni 
ug‗otishi ham mumkin edi. Lekin davr shuni taqozo etadiki, u faqat jahonni 
uyg‗otdi. She`r – davr farzandi degani shu. She`riyatning ham umumiy prinsiplari 
o‗zgarmasdir‖. 
Qayd qilingan fikrlarda adabiyot va uning murakkab qirralari, ijodkor 
shaxsi, uning fitratidagi tuyg‗ular ifodasi haqidagi qarashlar o‗z aksini topgan. 
Iste`dod sohiblari o‗z xalqini, millatini, dunyoga tanitadi va uni tarannum etadi. 
Shuning uchun she`r davr farzadi degan tushunchani ilgari suradi. Charxlangan 
qalamlarni 
hanuzgacha 
qo‗ldan-qo‗lga 
qo‗ymagan 
oqsoqol 
adiblarimiz 
adabiyotimizning hali hanuzgacha ko‗rki bo‗lib turibdilar. Ular murakkab 
sharoitlarda ham o‗z gaplarini iste`dodlari darajasida amallab aytib keladilar. 
Buning uchun ularga qancha rahmat aytsak shuncha oz. Bu zabardast 
adiblarimizga qo‗rquvning kattakon, daxshatli ko‗zlari begonadir. Axir biz yosh 
avlod uchun bundan ortiq baxt bormi? [2] 
Darhaqiqat, Erkin Vohidov buyuk so‗z sanatkorlari va ular qoldirgan adabiy 
meros haqida so‗z yuritar ekan, ularning badiiy poetik mahoratiga alohida 
to‗xtaladi. Masalan, sobiq sho‗rolar davri adabiyoti haqida so‗z yuritganda 
murakkab bir davrning salbiy jihatlari bilan birgalikda, o‗z davrining buyuk 
ijodkorlarini tarbiyalaganligini ham alohida takidlaydi.
O‗zbekiston xalq shoiri, O‗zbekiston qahramoni – Erkin Vohidov tug‗ma 
istedod egasi. U juda siyrak uchraydigan noyob, nodir shoir. Uning so‗z san`ati 
xazinasiga qo‗shgan hissasi ham bebaho.
Darhaqiqat,E.Vohidovning fikrlarida mustaqillik davri adabiyotining o‗ziga 
xos xususiyatlari tahlil qilingan. Xarakterli jihatlarini tahlil qilar ekan badiiy 
tarjimachilik taraqqiyotiga ham jiddiy e`tibor qaratadi.Jahon adabiyoti nodir 
durdonalarini tarjima qilish dolzarb muammolardan biri ekanligiga urg‗u beradi va 
o‗zbek adabiyotini ham yaxshi tarjimalar orqali jahon ahliga targ‗ib etish 
zarurligini ta`kidlaydi. 
Xullas, Erkin Vohidov nafaqat shoir, ijodkor sifatida, balki jahon va o‗zbek 
adabiyotining yuksak bilimdoni sifatida e`tirof etilishi bejiz emas. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I. Adabiyotga e`tibor-ma`naviyatga, kelajakka e`tibor. – 
Toshkent, O‗zbekiston, 2009. 40 b. 
2. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. . –Toshkent, O‗qituvchi, 2005. - 410 b. 


151 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə