Zbekiston respublikasi oliy va o


IBTIDO VA INTIHO SHAHRI ORALIG„I



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   259
id313213

IBTIDO VA INTIHO SHAHRI ORALIG„I 
Hafiza ERMATOVA, 
10-maktab o„qituvchisi (Guliston) 
Erkin Vohidov o‗zbek xalqining zabardast shoiri edi. Ijodkorning o‗zi 
―Bag‗ishlov‖ she`rida aytgan Ibtido va Intiho shahri oralig‗idagi hayot yo‗lida 


154 
o‗zbek she`riyatini yuqori pog‗onalarga ko‗targan yuksak iste`dod sohiblaridan biri 
bo‗lib, xalqning mehriga sazovor sevimli ijodkor bo‗lib qoldi.
―Erkin Vohidov yetakchiligidagi adabiy avlod inson shaxsi, uning tuyg‗ulari 
tasviriga e`tibor qarata boshladi‖ [1, 264]. 
Erkin Vohidov badiiy tafakkurida she`rga va shoirga o‗zgacha baho bergan. 
U she`rni ―dilning dilga javobi‖ deb ataydi. Xalqni bog‗bon, she`rni esa o‗z 
bog‗idan yetishtirilgan sharbat va gulobga o‗xshatadi. Shoir o‗zining ikki shahar 
oralig‗i deb atalgan umri davomida arzirli adabiy meros qoldirdi. Aksar 
she`rlaridagi o‗z Ona Vataniga munosib inson bo‗lish orzusi aynan o‗lmas ijod 
namunalari orqali amalga oshdi.
Shoirning ―Yo‗q, halovat istamayman‖ she`rida o‗z hayoti mazmuni bo‗lgan 
ijod pallalaridagi halovatsiz onlari aks ettirilgan.
Yo‗q, halovat istamayman, 
Orom bilmas yosh jonim. 
To‗lqin urgan ummoncha bor, 
Yurakdagi tug‗yonim [4, 22]. 
deyish orqali she`rning lirik qahramoni bo‗lgan yosh shoirning ijod qilish 
jarayonidagi yurak tug‗yoni his etilgan lahzalardan hech qachon voz kechmasligini 
ta`kidlaydi.
Bo‗ronlarga, dovullarga
Peshvoz yurgim keladi. 
Daryolarning girdobiga
Ko‗krak urgim keladi [4, 22]. 
Bu parchada ta‘riflanayotgan bo‗ron va dovullar istioralar bo‗lib, ular hayot 
yo‗lida inson duch kelishi mumkin bo‗lgan qiyinchiliklar ma`nosini ifodalagan. 
Ya`ni navqiron shoir hayot dolg‗alariga peshvoz chiqib, ularni yengib o‗tib, hayot 
ummonida toblanishni xohlaydi.
Har mushkulga bardosh berar, 
Chidar mening tosh boshim. 
Ammo sokin, tinch yashashga 
Sira yo‗qdir bardoshim [4, 22]. 
Ushbu misralarda ham hayotning turfa kurashlar maydoni ekanligi, u aynan 
shu jihati bilan yosh shoirni o‗ziga maftun etayotganligi, sokinlik unga hech 
qachon baxt keltirmasligini ta`kidlamoqchi bo‗ladi.
Bir she`rida shoir hayotni – sevib yashamoq uchun berilgan imkoniyat deya 
baholaydi. Bu tushunchani biz Navoiy she`riyatining asosiy tamoyillaridn biri 
ekanligini bilamiz.
Sayr etaylik, kel, birga, erkam, 
Rozi ketsin bizdan umrbod –
Shodlik uchun yaralgan olam, 
Sevmoq uchun berilgan hayot [4, 24]. 
Ya`ni muhabbatsiz inson haqiqiy inson bo‗lolmasligi, hayot sevib va sevilib 
yashash uchun insonga bir martagina beriladigan buyuk ne‘mat ekanligi uqtiriladi.


155 
Shoirning ―Inson va fursat‖ she`rida insonlarning soatni ishlatish jarayonlari, 
usullarini tasvirlash orqali aslida o‗tayotgan vaqtga munosabatni aks ettirganlari 
tasvirlanganligini ko‗rish mumkin.
Ammo fursat bo‗ysunmadi hech, 
Yurmadi biz istagan yo‗lga. 
deyish orqali uni tizginlab bo‗lmasligini, u insonlarga hech qachon bo‗ysunmaslini 
ta`kidlamoqchi bo‗ladi. ―Vaqt – oqar suv‖ iborasi ham aynan iziga qaytarib 
bo‗lmas fursatlar haqida ekanligi shu misralardan anglashiladi.
Shoirning ―Kun o‗tganda‖ she`rida ham o‗tayotgan vaqt masalasiga yana bir 
marta to‗xtalib o‗tadi. Ijodkor uchun hayotning har bir daqiqasi mazmunli va qadrli 
bo‗lishi kerak.
Fursat degan sekundlar 
Qanotida uchadir. 
Kecha ―bugun‖ bo‗lgan kun 
Bugun mana ―kecha‖dir [4, 55]. 
Darhaqiqat, vaqtni hech kim tizginlay olmaydi, kunlar ketidan kunlar 
o‗tayotganligi ba`zida kunlik tashvishlariga ko‗milib yashayotgan insonlarga 
umuman bilinmasligi ham mumkin. She`r davomida yilning o‗n ikki oyi o‗n ikki 
shoxli daraxtga, oylar tarkibidagi kunlarning o‗tishi ushbu daraxtdagi yaproqlar 
to‗kilishi holatiga o‗xshatilgan. Shamol uchirayotgan kalendar varog‗i ham aslida 
bir kun ma`nosida kelgan. O‗tgan kunning mazmuni yoki undan qolgan taassurot 
haqida esa quyidagicha fikr bayon qilingan: 
O‗tgan kundan she`r qoldi, 
Ko‗k bo‗yi xirmon qoldi. 
Birovga olam quvonch, 
Birovga armon qoldi [4, 55]. 
Kunning qanday o‗tganligi uning mazmuni, amalga oshirilgan ishlar 
salmog‗i bilan o‗lchanishi, kimdir o‗sha kundan rozi, yana kimdir esa norozi 
bo‗lishi ushbu kunning insonga bergan yaxshi va yomon tuxfalari bilan bog‗liq 
ekanligi xususida so‗z bormoqda.
Shoirning ―Bosh tebratar soat kafgiri‖ nomli she`rida: 
Bosh tebratar soat kafgiri, 
Shoshil, odam, o‗tmoqdadir on. 
Har narsaning bo‗lar oxiri, 
Bosh tebratib qolma so‗ng, inson! [4, 53] 
deyish orqali ijodkor osma soatlardagi tebranuvchi kafgirni insonlarni fursat o‗tib 
ketayotganligidan ogohlantiruvchi yaratiq sifatida talqin etgan. Shoir vaqtning 
naqadar qadrli ekanligi, uning qadriga yetmaganlar keyinchalik pushaymon bo‗lib 
qolishi o‗ziga mashaqqat keltirishiga ishora qilmoqchi bo‗ladi.
E.Vohidovning ―Yulduz‖ she`rida ushbu osmon jismini istiora sifatida 
qo‗llaydi. Ushbu jism o‗z hayotida ijodkor yaratgan yuksak darajadagi ijod 
namunasi tushunchasi uchun istiora vazifasini o‗tagan:
Zuhro kabi yaraqlab tursin 
Tunlar o‗zim yumganda ko‗zim. 


156 
Hech so‗nmasin, charaqlab tursin, 
So‗nganda ham mening yulduzim [4, 62]. 
Ya`ni shoir bu dunyoni tark etganda ham uning yuksak ijod namunalari 
osmonda so‗nmas yulduz bo‗lib porlab turishini ta‘minlashiga shoir ishonadi.
Xuddi shunday mazmun ijodkorning yana bir she`rida ham keltirilib o‗tiladi. 
Bunda shoir o‗zi yozgan ash‘orlari tufayli unga tosh otuvchi g‗alamislar boshiga 
solayotgan g‗avg‗olar bartaraf bo‗lgach, albatta, yaxshi kunlar kelishiga dildan 
ishonadi.
O‗tar g‗avg‗oli bu onlar, 
Kelar osuda davronlar, 
Zakiy erkin g‗azalxonlar 
Berar bir kun baho menga [4, 426]. 
O‗z she`rxonlari beradigan xolis baholar u uchun hayotining mazmuni bo‗lib 
qolganligi u yozgan asar namunalarining kelgusi avlod tomonidan e`tirof etilishi 
bilan bog‗liq ekanligi she`r mazmunidan anglashiladi.
Buyuk iste`dod sohibining ―Shoirlik‖ she`rida o‗z hayotining asosiy 
mazmuniga aylangan shoirlik tushunchasiga ta‘rif berib o‗tadi. Ya`ni:
Shoirlik – bu shirin jondan kechmakdir, 
Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir. 
Shoirlik – jigarni ming pora etmak, 
Bag‗ir qoni bilan satrlar bitmak.
O‗zni tomchi-tomchi, zarra va zarra 
Elga qurbon qilib, eng so‗nggi karra 
Armon bilan demak: ―ey ona yurtim, 
Kechir, xizmatingni qilolmay o‗tdim‖ [4, 309].
 
Shoirning she`r yozishdagi axvoli uning qalbidagi iztiroblardan ushbu qalb 
tomchilarga va zarralarga aylanib ketishi, ushbu jarayonning naqadar og‗riqli 
ekanligini dalolatlaydi. Shoir o‗zining o‗zbek milliy adabiyotiga qo‗shgan ulkan 
adabiy merosini kamtarlik bilan zarra darajasida deya baholaydi va baribir 
xalqning xizmatini qila olmaganligidan, armonda ekanligini aytadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidov o‗z hayoti davomida, 
o‗z iborasi bilan aytganda, ibtidodan intihogacha bo‗lgan davrda ulkan adabiy 
meros qoldirdi. Ushbu merosning salmog‗i uning asarlarining xalqimiz orasida o‗ta 
mashhurligi, bu shoirning she`rlarin bilmaydigan inson yo‗q ekanligi, sodda va 
ravon misralari muxlislari qalbini bir umr ketmaydigan darajada zabt eta olganligi 
kabilar bilan izohlanadi. Shoirning fursatning qadriga yeta bilgan mazmunli hayoti 
o‗zi aytgan bashoratlarning amalga oshganligi bilan belgilanadi. Ya`ni uning 
iste`dodi mashhur yulduz ijodkorlar osmonida charog‗on porlab turibdi va hech 
qachon so‗nmasligiga ishonamiz.
Adabiyotlar: 
1.
Yo‗ldoshev Q. So‗z yolqini. –T., G‗.G‗ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. 2018. - 504 bet. 
2.
Karimov N. va boshqalar. XX asr o‗zbek adabiyoti tarixi. – T., O‗qituvchi 
1999.


157 
3.
Umurov H. Adabiyot nazariyasi. –T., Sharq, 2002 . -302 bet.
4.
Erkin Vohidov. Tanlangan asarlar. – T., Sharq, 2016. - 696 bet.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə