Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA OZODLIK



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   259
id313213

 
ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA OZODLIK 
VA HURLIK G„OYALARINING TARANNUM ETILISHI 
Murodali LATIPOV,

 
 
 O‟zbek tili va adabiyoti kafedrasi o„qituvchisi (GulDU) 
 
―Ruhlar isyoni‖ dostoni Erkin Vohidov ijodida muhim orin tutadi. Doston 
o‗tgan asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan otashin bengal shoiri Nazrul 
Islomning qahramonona va fojeali taqdiriga bag‗ishlanadi.
Shoirga qalbidagi dardini ifodalash uchun Nazrul Islomning achchiq qismati 
vosita vazifasini o‗tagan. Chunki o‗sha davrda O‗zbekiston ham sobiq Ittifoqning 
mustamlakalaridan biri bo‗lib, o‗zbek xalqining erki va mustaqilligi o‗z qo‗lida 
emas edi. Mustamlakachilar tomonidan o‗zbek millatining ming yillik an`ana va 
urf-odatlari, milliy qadriyatlari, ilm-u urfonning toptalishi, yo‗q qilinishi, 
ma‘rifatparvarlarni xalq dushmani sifatida qamalishi va qatl etilishi, so‗z 
erkinligining yo‗qligi shoirni ushbu mavzuga qo‗l urishga undagan, albatta. 
Chunki yurt boyligi yetarli bo‗lsa-da, xalqining mehnatiga yarasha farovon 
yashamasligi, kamsitilishi, nazar-pisand etmasligi Erkin Vohidovga ham Nazrul 
Islomday tinchlik bermadi. Shu bois Erkin Vohidov nafaqat o‗zini, barcha 
erksevarlarni qiynayotgan dil tubidagi dard-sitamlarni Nazrul Islom tilidan baralla 
aytishga jazm etdi va bunga erishdi. 
Dostonda Vatanining ingliz mustamlakachilaridan ozod bo‗lishini orzu 
qilgan va mana shu yo‗lda o‗z umri hamda erkini baxshida etgan vatanparvar 
Nazrul Islomning tutqinlikdagi hayoti, his-tuyg‗ulari badiiy tasvirlanadi. Ona 
yurtida zulm va zo‗ravonlik, irqchilik, erksizlikning avjiga chiqishi
mustamlakachilar tomonidan hind xalqi qonining zulukdek so‗rilishi, ayovsiz 
ezilishli, och-nochorligi shoir qalbini junbushga keltiradi. Dostondagi ―Isyon 
qo‗shig‗i‖da Nazrul Islom hind xalqini asriy qullikka qarshi kurashga, o‗z ozodligi 
uchun bosh ko‗tarishga da‘vat etadi: 
So‗yla, inson, 
So‗yla qadding ko‗tarib baland. 
Yuksaklikda sening qadring 
Himolay monand 
Uyg‗onmoqning vaqti keldi, 
Bosh ko‗tar uyg‗on! [1, 253] 
Ammo bu she`rni eshitgan olomon da‘vatkor shoirni xalq tinchini buzuvchi 
dushmanga chiqardi. Olomonning o‗z shoirini anglab yetmagani, unda 
ergashmagani mustamlakachilarga juda qo‗l keldi va shoir ozodlikdan mahrum 
etiladi.
Malomatga qoldi endi 
Shoir bitib haq doston. 
Hindu uni ―jobon‖ dedi, 
―Kofir‖ dedi musulmon [1, 253]. 


121 
Dostondagi qator mavzularni yoritishda shoir turli xil rivoyatlardan unumli 
foydalanadi. Dostonning uchinchi faslidagi ―tutqinlik‖ mavzusida Nazrul 
Islomning zindondagi o‗y-xayollari, insoniy his-tuyg‗ulari mohirona ishonarli 
tarzda bayon etiladi. Shoir onasini g‗am-qayg‗uga qo‗yganligidan iztirob chekadi. 
Nazrul Islom o‗zini gunohkor hisoblamaydi, agar gunohi bo‗lsa, u ham faqat 
onasining oldidagi farzandlik burchini ado eta olmaganida va xalqini ozodlik sari 
boshlaganida, deb biladi. Aslida, haqiqat ham shundan iborat.
Onajonim, menga bu kun 
Sendan o‗zga dilxoh yo‗q. 
Zindondaman, bilmam nechun, 
Menda zarra gunoh yo‗q. 
Gunohkorman, bilmam nechun, 
Menda zarra gunoh yo‗q. 
Gunohkorman, na Ollohim, 
Na vijdonim oldida. 
Faqatgina bir gunohim 
Onajonim oldida, kechir, onam! 
Ko‗zingda g‗am, azob bo‗ldim joningda [1, 255]. 
Shuningdek, shoir jafokash hind xalqining tinimsiz og‗ir mehnat qilishi, och-
yalang‗och, uysiz, joysiz kun ko‗rishi va yurt boyliklarining huzurini kelgindi 
mustamlakachilar ko‗rayotganini o‗ylab yurak-bag‗ri o‗rtanadi. 
Necha ming yil manglay tering 
To‗kib yerga, qolding och. 
Sen olamga ipak berib 
O‘zing o‗tding yalang‗och. 
Bebaho – fil suyaklaring, 
Bahring aro – to‗la dur. 
G‘avvos qilib go‗daklaring, 
Kelgindilar oladur [1, 257]. 
Shunday bo‗lsa-da shoir tushkunlikka tushmaydi, ona yurti va o‗z xalqining 
ozodlikka erishiga ishonadi, mana shu umid unga kuch bag‗ishlaydi. 
Dostonning so‗nggi faslida erksevar shoirning va hind xalqining orzusi 
ro‗yobga chiqqanligi tarannum qilinadi. Biroq tutqinlikdagi qattiq qiynoqlar, azob-
uqubatlar shoirning bu baxtli kunlar shukuhidan benasib etadi.
Erkin Vohidovning ―Ruhlar isyoni‖ dostoni shoir adabiy merosining
umuman, XX asr o‗zbek dostonlarining eng sara namunalari qatorida turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 1997. 
2.
Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. – T.: Fan, 2007.


122 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə