Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV – BUYUK ISTE`DOD EGASI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   259
id313213

ERKIN VOHIDOV – BUYUK ISTE`DOD EGASI 
Gulbahor DUSHAYEVA , 
O„zbek tili va adabiyoti kafedrasi o„qituvchisi (GulDU) 
 
Noyob lirik shoir, benazir nosir va atoqli olim sifatida dong taratgan 
E.Vohidov XX asr o‗zbek adabiyotining iftixoridir. Binobarin, mazkur adabiyot 
taraqqiyotini uning ijodisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. O‗zbek adabiyoti, 
madaniyatining rivojlanish tarixi sevikli adibimz E.Vohidov nomi bilan 
chambarchas bog‗liqdir. E.Vohidov sakson yillik umrining oltmish yildan 


83 
ko‗prog‗ini adabiyotimz, fan va madaniyatimiz taraqqiyotiga bag‗ishlagan. Erkin 
Vohidov ijodini xalqimiz hayotini juda yorqin, tiniq aks ettiruvchi munavvar 
ko‗zgu deb atasak, mubolag‗a bo‗lmas.
E.Vohidovning kamalakdek tovlanuvchi, serjilo va qudratli she`riyatini, 
purviqor va hikmatli nashrini million-million kitobxonlar sevib o‗qimoqda. 
Shoirning ijodi juda o‗ziga xos va serqirra. E.Vohidov ijodi zamonaviylik va 
tarixiylikka, hayotiylik va badiiylikka boy bo‗lib, o‗sha davrning dolzarb ijtimoiy 
muammolari tasvirlangan. E.Vohidov o‗z taqdirini xalq taqdiri bilan mahkam 
bog‗laydi, tinmay izlanadi, hayotni sinchiklab o‗rganadi. ―Erkin Vohidov 
iste`dodining olmos qirralaridan biri – uning adabiyotshunoslik va tarjimonlik 
faoliyatida yarqirab ko‗rinadi‖, deb yozadi Ozod Sharafiddinov. Erkin Vohidov 
o‗zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi rivojiga katta hissa qo‗shgan adiblardan 
biridir. E. Vohidov tabiatidagi ilmiy-tanqidiy me‘rosidagi kishini lol qoldiradigan 
narsa, qiziqish doirasining benihoyat kengligidir. U faqat o‗zbek adabiyoti emas, 
qardosh xalqlar hayoti va madaniyati haqida teran she`rlar yozdi, muammolarni 
chuqur bilim bilan qalamga oldi, har bir masalaning tub mohiyatini yoritdi. Erkin 
Vohidov she`rlarining ko‗pi 40-50 yillarda yozilgan, biroq uni o‗qisangiz kecha 
yoki bugun yozilgandek taassurot qoldiradi. Ular kuchli shoir runi bilan 
sug‗orilgan. Bu she`rlardagi umrboqiylikning siri ikki narsada ko‗rinadi:
1. E.Vohidov hech vaqt oson va yuzaki yo‗lni tanlamadi, tavsif qilish yoki 
bayonchilik yo‗lidan yurmadi, uning har bir ijodi asosida tinimsiz izlanuvchan, 
shiddatli, xolis tafakkur yotadi.
2. Har bir she`rida olim nazari bilan badiiy ijodkor yuragi tutashadi, balqib 
turadi. Ularda ijodkorning sinchkov tafakkurigina emas, san`atkorning qiynoq 
qalbini ham his qilamiz. Uning ijodida ehtiros kuchli, yuksak didli kuzatuvchining 
o‗tkir nigohi bor, qaysi mavzuda yozmasin, unga muhabbat va hurmat bilan 
yondashadi. 
E.Vohidov ijodini jo‗shib, to‗lib turgan teran dengizga qiyos qiladilar, bu 
dengiz doimo to‗lqinlanib, mavjlanib turadi. Ular ichida tanqidiy tafakkur 
to‗lqinlarining o‗ziga xos o‗rni bor. E.Vohidov asarlari tili sfligi, chuqur 
xalqchilligi, ifodaviyligi va yorqinligi bilan ajralib turadi. E.Vohidov adabiyot 
haqida hukmron mafkura qoliplaridan kelib chiqib emas, san`at qonuniyatlari 
asosida mulohaza yuritishga chaqiradi. E.Vohidov Mahmud Qoshg‗ariydan tortib, 
Yusuf Xos Xojib, Yugnakiy, Nosiriddin Rabg‗uziy, Sakkokiy, Lutfiy, Nodira, 
Uvaysiy ijodlarini o‗qib o‗rganadi. Erkin Vohidovning asarlarida adabiyotning 
an`anaviy va novatorlik, til va uslub, xalqchillik va badiiy mahorat kabi 
muammolari bo‗yicha qimmatli fikrlar bayon etilgan. Uning, ayniqsa, xalq ijodini 
o‗rganishdagi xizmatlari beqiyosdir. Bu borada, u hech mubolag‗asiz etuk 
tarjimonlar qatorida turadi. Shoir ijodini tarjimonlik faoliyatisiz tasavvur etish 
qiyin. Erkin Vohidovning adabiyotshunoslik va badiiy tarjima sohasidagi 
xizmatlari ham buyukdir. U ko‗plab mashhur jahon shoirlarining asarlarini o‗zbek 
tiliga mahorat bilan o‗girgan. Xususan, E.Vohidov tarjimasidagi rus shoiri Sergey 
Yesenin she`rlari, nemis shoiri Gyotening ―Faust‖ asari o‗zbek adabiyotida muhim 
ahamiyat kasb etdi. O‗zbek tiliga bag‗ishlangan tarjimalari tarjimashunoslikning 


84 
oltin fondini tashkil qiladi. Shoir o‗tmish voqeligini aks ettirish, uning Vatanga va 
xalqqa bo‗lgan cheksiz muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik
insonparvarlik, qahramonlik va yomonlikka nafratini targ‗ib qildiki, o‗sha davr 
talablariga to‗la mos kelar edi. Shoir asarlaridan hayotga, go‗zallikka muhabbat , 
yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni –―Nido‖ da 
insoniyatga og‗ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qoralansa, 
keyinroq bitilgan ―Ruhlar isyoni‖ dostonida xalqlar, millatlar, dinlar orasidagi 
nizoldar insoniyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan. Bu esa 
shoir ijodida insonparvarlik hamisha bosh mavzu bo‗lib kelganini ko‗rsatadi. Shoir 
yaryatgan ―Nido‖ va ―Ruhlar isyoni‖ asarlari dostonchilik janrining nodir 
namunasidir.
E.Vohidov G‗afur G‗ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyotida 
muharrir, bosh muharrir, direktor, ―Yoshlik‖ jurnalida bosh muharrir lavozimlarida 
faoliyat yuritdi. E.Vohidov el-yurt va adabiyotimiz oldidagi xizmatlari inobatga 
olinib, ―Buyuk xizmatlari uchun‖ ordeni va ―O‗zbekiston qahramoni‖ unvoni bilan 
taqdirlandi.
Xulosa qilib aytganda, shoir adabiyotimiz xazinasiga ulkan va bebaho hissa 
qo‗shgan. Uning asarlari XX asr o‗zbek adabiyotining dunyo miqyosidagi 
shuhratini ta‘minlashda muhim rol o‗ynamoqda. Bugungi tanqidchilik Erkin 
Vohidov faoliyatidan ko‗p narsani o‗rganishi mumkin. Ijodkorning she`riyati va 
tarjimalarida XX asr adabiy tanqida shakllanishidagi o‗ziga xoslik, mahorat va 
uslub masalalaridagi katta e`tibor bilan qaragan. Chunonchi, mustaqillik davri 
yoshlari ham shoirning ―Ruhlar isyoni‖, ―Nido‖, ―Oltin devor‖ kabi asarlari sevib 
o‗qimoqda. Hullas, san`atimiz, fanimiz, madaniyatimiz taraqqiyotida, adabiy til 
takomilida, xalq tilining xarakterli vositalarini yozma nutqqa kiritishda Erkin 
Vohidovning qo‗shgan hissasi benihoyadir. E.Vohidovning so‗zi – xalqning so‗zi , 
xalq orzu-umidining, xalq ko‗nglidagi gapning ifodasi bo‗lib jaranglab kelmoqda. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. –T.:Tafakkur, 2011 y. 
2. Vohidov E. Saylanma. – T.: Sharq, 2016 y. 
3. Normatov U. Ijod sehri. – T.: Sharq, 2007. 
4. Boltaboev H. So‗z sehri. –T: Sharq, 2006 y.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə