Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   259
id313213

 
 
ERKIN VOHIDOV LIRIKASIDA METAFORANING O„RNI 
F.B.SULTONQULOVA, 
 o„qituvchi (TerDU) 
 
Har qaysi shoir o‗z ijodiy jarayonida til materiallaridan, jumladan, badiiy 
ko‗chim vositalaridan unumli foydalanidi. Metafora lirik asarlarda keng 
qo‗llaniladigan badiiy ko‗chim turlaridan biri. Odatda, metaforaga so‗z 
ma`nosining narsa-hodisalar orasidagi o‗xshashlikka asoslangan ko‗chim turi 
sifatida qarab kelinadi. Biroq metafora lirik asarlarda bir qator vazifalarga ega. 
Metafora ―shoirga o‗z ichki olamini tashqi olamga qiyosan va tashqi olamni ichki 


85 
olamiga qiyosan anglashga yordam beruvchi tengi yo‗q vositadir‖ [1, 10]. Mumtoz 
she`r iyatida metafora istiora deb nomlangan va o‗z davri olimlari uning nazariy 
asosini quyidagicha belgilagan: ―so‗z o‗z ma`nosiga egadir yoki shoir uni o‗z 
ma`nosidan tashqari boshqa ma`noda ishlatadi, go‗yoki ―qarzga olganday... bu 
bilan nutq ziynatlangan bo‗ladi‖ [2, 259]. Ma`lumki, metafora she`r iyatning asosi 
sifatida ko‗pincha semantik jarayonlar negizida paydo bo‗ladi. Ispan shoiri Garsia 
Lorka ―metafora bo‗lmasa, she`r iyat yaralangan ohuga o‗xshab qolardi‖ deganda 
haq edi. O‗zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov she`riyatida metaforik vositalar, 
jumladan, metafora, kinoya va allegoriya keng qo‗llaniladi.
Erkin Vohidov nomi XX asr o‗zbek she`r iyatida aruz nomi bilan birga tilga 
olinadi. O‗zbekiston Qahramoni sevimli shoirimiz Abdulla Oripov ta`biri bilan 
aytganda, ―Mumtoz adabiyotimizning oltin eshiklari abadiy bekiladi, deya karomot 
qilishayotganada yosh avlod orasida birinchilardan bo‗lib Erkin Vohidov aruzning 
tabbarruk ostonasida posbon yanglig‗pado bo‗ldi‖. Darhaqiqat, shoir she`r iyati 
o‗ziga xos mumtoz an`analarni davom ettirgan, turli janrlar va poetik shakllarga, 
chuqur falsafiy mushohadaga, ramziy poetik timsollarga, o‗tkir va samimiy satirik 
yumor yo‗g‗rilgan hajviyotga nihoyat darajada boydir. Shoir nafaqat ―Oltin devor‖ 
komediyasi, ―Nido‖, ―Ruhlar isyoni‖ dostonlari, ―Yoshlik devoni‖, ―Ahmad al-
Farg‗oniy‖ dramasi, jahon adabiyoti xazinasidagi durdona asarlar tarjimalari, rang-
barang metaforik vositalarga asoslangan betakror she`r iyati bilan xalqimizning 
yuragida chuqur joy qoldirdi. Teran mazmunga va turli poetik janrlarga boy, 
serma`no va kuchli she`r iyat shoirning asosiy badiiy merosidir. Uning she`r 
larilarida metafora asosiy tasvir vositasi ekanligi yaqqol ko‗zga tashlanadi. 
―Bag‗ishlov‖ she`r idagi quyidagi misralar buning isbotidir: 
Umrim agar bog‗- bo‗lsa, siz 
Bog‗bonisiz, elim, 
Tutdim, oling, — o‗z bog‗ingiz 
Sharbat, gulobidir [2. 4]. 
Shoir an`anaviy metafora inson umrini bog‗ga o‗xshatish asosida, shoir 
umrini ham bog‗ga qiyoslaydi, biroq bu bog‗ni yaratgan ―bog‗bon‖ shoir nazdida 
―el‖, u o‗z she`r larini elga ―bog‗ingiz sharbat, gulobidir‖ ―eng go‗zal gullar gul 
barglaridan yig‗ib olingan sharbat‖ deya taqdim qiladi. Erkin Vohidov she`r , 
shoirlik, she`r iyat mavzusini ko‗p bor qalamga olarkan, she`r larining birida she`r 
iyatni o‗ziga ―Azizu oshino‖ tutib, ―Sahar cho‗lponidek jozib, Sochibdirsan ziyo 
menga‖ deydi va unga ―sahar cho‗lponi‖ – tong yulduzi metaforasini qo‗llaydi. 
Darhaqiqat, shoir she`r iyatda o‗xshatish mahoratiga ega noyob iqtidor sohibi 
ekanligi, uning dastlabki she`r laridayoq yaqqol namoyon bo‗lgan: 
Ufqlarga qo‗yib guldasta, 
Tog‗ortidan ko‗tardi-da bosh, 
Pastga boqdi cho‗qqidan asta, 
Oltin qalam tutgan bir naqqosh. 
Shoirning ―Tong lavhasi‖ deb nomlangan she`r idan keltirilgan mazkur 
parchada o‗quvchi ongida tong otishi manzarasi birdan jonlanmaydi, she`r da 
sarlavha kalit so‗z vazifasini bajarsa-da, asosiy mazmunni yuzaga chiqishi 


86 
metaforik tasvirlar orqali bajariladi, ya`ni ―Ufqlarga qo‗yib guldasta, Tog‗ortidan‖ 
―bosh‖ ko‗targan va , ―cho‗qqidan asta‖ ―pastga boq‖qan – ―Oltin qalam tutgan bir 
naqqosh‖ – Quyosh obrazi tasavvurni jonlantiradi. Bu esa yosh shoirning poetik 
mahorati, muqoyasa qilish iqtidorini to‗la namoyon ettirgan edi. Shoir peyzaj 
lirikasida ifodalangan she`r laridagi asosiy tasvir usuli ham metafora sanaladi.
Kun tog‗o‗rkachiga tirmashar asta, 
Novvot koyalarda yaltiraydi qor. 
Yuksak cho‗qqilardan boshlangan bahor 
Shalolalar bilan intilar pastga. 
To‗shab sohillarga jilvakor gilam 
Daryo bo‗lib okar Amu, Siriga. 
Bahor o‗lkasining kon tomiriga 
Sharqirab kiradi fusunkor ko‗klam. 
E`tibor qilsak, shoir vaqt ifodasini, kunning ma`lum bir qismining 
boshlanish payti quyoshning ―
tog„o„rkachiga tirmash”ish 
, baland tog‗lardagi 
oppoq qor o‗rnida 
“novvot koyalar”
birikmasini qo‗llab, yashirin o‗xshatish 
asosida o‗quvchi ongida vaqt tushunchasi va qor manzarasi haqida taassurot 
uyg‗otadi. Ikkinchi bandda ―jilvakor gilam‖ o‗t maysalar o‗sgan ma`nosida 
ifodalangan bo‗lsa, tabiatning mo‗‘jizakor fasli bahor ona er ―qon tomiriga‖ 
uyg‗onish, yasharish va yangilanishlar boshlangani manzarasini tasvirlaydi. She`r 
da asosan shoir yoyiq metaforalardan unumli foydalanadi va she`r metafora 
asosida qurilgan. Shoirning hajviy she`r larida oddiy metaforalardan 
foydalanganini kuzatish mumkin: 
Pishiq
edi Matmusa,
Boshga qo‗yib qo‗lini,
O‗ylab topdi eng arzon
Tandir qurmoq 
yo„lini
.
Shuningdek, shoir satirik she`rlarida kinoya asosiy ko‗chim sifatida muhim 
o‗rin tutadi. Adabiyotshunos olim Y.Solijonov baholaganidek, shoirning ―... 
latifalaridagi tandir, rubob, qalpoq, lagan, eshak singari detallar Matmusa shaxsi 
bilan yonm-yon turib, rivojlana borib, qahramon xarakterini turli tomonlardn 
yorituvchi obraz darajasiga ko‗tariladi‖[3]. Bizningcha, mazkur obrazlarning 
tadqiqi metafora masalasi bilan bog‗liq o‗rganilishi lozim. Darhaqiqat, beqiyos 
poetik mahoratt egasi bo‗lgan shoir Erkin Vohidov she`r iy asarlari vatanparvarlik, 
xalq dardi bilan yonib yoshash, shoirlik mas`ul iyati, haqiqat va adolatni dadil ayta 
olishlik, muhabbat va sadoqat kabi eng go‗zal tuyg‗ular tarannumi, insoniy 
fazilatlar sabog‗i bo‗lib yangraydi. Zero, piyolaga egilgan choynakning kamtarlik 
fazilati sizu bizga o‗rgatilgan oddiy hayotiy, hech kim tomonidan o‗ylab 
topilmagan beqiyos saboqdir. Badiiy adabiyotning asosiy xusussiyati insonga 
estetik tarbiya berishligidir. Xulosa qilib aytganda, yuqorida aytilganidek, metafora 
Erkin Vohidov she`r iyatining asosiy ifoda vositalardan biri sanaladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Karimov 
O. 
Abdulla 
Oripov 
she`riyatida 
metaforik 
obrazlar: 
Filol.fan.dokt...diss. avtoref. – Toshkent.: 2012. – B.10.


87 
2. R.Votvot. Hadoyiqu-s-sehr Sharq mumtoz poetikasi. Boltaboyev H. 
talqinida. – T.: O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. – 
B.259.
3. Vohidov E. Saylanma.1-kitob. –T.: Sharq, 2001. – B.4. 
4. Vohidov E. Saylanma. 3-kitob. –T.: Sharq, 2001. – B.106.
5. Solijonov Y. Ruhiyatni yoritgan she`r iyat. // Sharq yulduzi, 2013, №2 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə