69
Pakana baqoloqman...
Ichim to„la hikoya,
Qirqtasin aytaman.
Dam olinglar, hozircha
So„zimni to„xtataman.
Erkin Vohidov she`riyatida salmoqli o‗rinni hajviy ruhdagi she`rlar
egallaydi. e`tiborga
loyiq jihati shundaki, aynan shunday she`rlarda folklorga xos
xususiyatlardan, jumladan, mavzularidan foydalanilgan. Masalan,
shoirning
―Donishqishloq latifalari‖ turkumidagi she`rlarini keltirishimiz mumkin [2, 168-
210]. Bu turkumga kiruvchi yigirmaga yaqin she`rlarning bosh qahramoni
Matmusa, garchi muallif qahramonini Aldarko‗sa deb e`tirof etgan obraz bo‗lsa
ham folklordagi Nasriddin Afandining aynan o‗zginasi. Matmusaning foydasidan
zarari ko‗proq yumushlarni
qoyillatib bajarishi, hatto bu ishlarini donolik
darajasida baholashi o‗quvchida samimiy tabassum uyg‗otadi. Engil yumor bilan
sug‗orilga bu she`rlarni o‗qir ekanmiz, oramizda
yashab yurgan afanditabiat
zamondoshlarimiz ko‗z o‗ngimizda gavdalanadi. Beixtiyor yuzimizga tabassum
yuguradi. Mazkur turkumdagi ayrim she`rlar ham folklor namunalari asosida
yaaratilganligini ko‗rishimiz mumkin.
Mashhur adib Abdulla Qodiriyning ―G‘irvonlik Mallavoy‖ qissasida
g‗irvonliklarning latifanamo hangomalaridan namunalar keltirilganligi ma‘lum. Bir
g‗irvonlik bozordan tandir sotib oladi va eshakka o‗tirib,
tandirni kiyib oladi va
adashib boshqa joyga borib qoladi. Ana shu hangoma syujetidan Erkin Vohidov
―Tandir kiygan Matmusa‖ she`rida unumli foydalangan. She`r oxirida
Ayo do„stlar, adashagan
Bir mo„mindan kulmaylik.
Matmusadek o„zimiz
Tandir kiygan bo„lmaylik.
[2, 188].
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov ijodida
folklor namunalaridan
foydalanib yaratilagan she`rlar o‗quvchilar ruhiyatini ko‗tarish, ular qalbida yumor
hissini o‗stirishga xizmat qiladi.
Shoir xalq og‗zaki ijodi namunalarini mukammal bilishini, ularda ilgari
surilgan ezgu g‗oyalarni asarlari qatiga singdirib yuborishni haddi a‘losiga etkazib
uddalay olganini guvohi bo‗lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vohidov Erkin. Asarlar. 1-jild. Bahor tarovati. – T.: Sharq, 2015. – B.144-
145
2.
Dostları ilə paylaş: