Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA LIRIK KECHINMA VA BADIIY



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   259
id313213

 
ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA LIRIK KECHINMA VA BADIIY 
IFODA 
Malika BEKIYEVA, 
mustaqil tadqiqotchi (TATU filiali) (Farg„ona) 
Murodjon YUSUPOV,
Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi (TATU filiali) (Farg„ona)


97 
She`riyatning hayotni qaysi xil timsollar asosida, qay yo‗sinda badiiy tadqiq 
etishi lirik qahramon siymosining qay sur‘atda namoyon bo‗lishi shoir, iste`dodi, 
e`tiqodi va ma`naviyati bilan birgalikda ijtimoiy adabiy muhitga ham bog‗liq. 
Qayd etilishicha, davr yo‗nalishi shoir e`tiqodi va iste`dodiga zid bo‗lmasa ijodkor 
o‗z "men"ini asarlariga ko‗proq, samaraliroq singdiradi. Aksincha bo‗lsa, davrdagi 
yo‗nalishlar shoir ruhi va ilhomi ustidan hukmronlik qilsa, yozgan har bir satri 
"elak"dan o‗tkazilsa, ijodkor "men"i rangsiz qashshoq holga tushishi mumkin. 
Ammo iste`dod shuning uchun ham iste`dodki, u o‗zining tengsiz matonati 
qarama-qarshiliklarni yenga olish qudrati bilan muhit dovullarini yengib, ulug‗ va 
betakror asarlar, isyonkor va jur`atli qahramonlar obrazini yarata oladi. 
1917-yilgacha ham, undan keyin ham xalq va uning iste`dodli vakillari 
hayoti silliq kechgan emas, uni silliq qilib ko‗rsatuvchilar bo‗lgan, xolos. Ammo 
shunisi ham aniqki, Oktyabr to‗ntarilishigacha, ayniqsa, 25-yillargacha matbuot, 
xususan shoirlar ijodi o‗ta darajada senzura elagidan o‗tkazilmadi... Bolshovoylar 
ham adabiyot va san`atni bir hamladayoq o‗z iznlariga sola olmadilar. Zero, o‗sha 
paytlari, ham to‗la shakllanib yetmagan bo‗lsa-da, jadidlar rahnamolik qilayotgan 
demokratik oqim mavjud edi. Qolaversa, adabiyotning xalq hayotidagi o‗rni va 
vazifasini yaxshi tushunadigan otashnafas adiblar to‗lib-toshib ijod qilayotgandi. 
Munavvar Qori, Cho‗lpon, Oybek, A.Qodiriy, Fitrat, Hamza, Botu, Elbek kabilar 
adabiy muhitda o‗ziga xos musaffolikni saqlab turishadi. Buning ustiga o‗sha 20-
yillar boshida matbuot taraqqiyparvar qo‗lidan butunlay tortib olinmagn edi. Ular 
sho‗ro hokimiyatining qaror va ko‗rsatmalari ijod ruhiga zid, shaxs erkinligiga yot 
ekanligini his etishardi. 30-yillargacha ham Cho‗lpon, Fitrat kabi adiblar garchi 
millatchi sifatida tanqid etilsa-da, ommaviy qatag‗onlar hali boshlanmagan edi. 
Yuqorida nomlari sanalgan adib va ziyolilar "adabiyot yashasa millat yashashini" 
(Cho‗lpon), she`riyat xalq hayotini haqqoniy ifodalab berishi lozimligini, bu yo‗l 
oxir oqibat ozodlik kurashchilarini tarbiyalashga asos bo‗lishini chuqur tushuntirdi. 
Ikkinchidan, o‗sha paytlari ochilgan gazeta-jurnallarda ham shu xil yuragida 
kurash va istiqlol ruhi kuchli bo‗lgan qalamkashlar ishlardi. 
50-yillar 
oxiri, 
60-yillar 
boshida 
iste`dodlarning 
unib 
o‗sishini 
ta‘minlaydigan bir muhit yuzaga keldi. She`riyatga E.Vohidov, A.Oripov, M.Ali, 
R.Parfi, G.Nurullayeva singari qator iste`dod egalari kirib kelishdi. Ularning har 
birining she`riyatda o‗z o‗rni va roli bor. Ammo biz bu o‗rinda E. Vohidov ijodiga, 
uning mahorati muammolariga diqqat qilmoqchimiz. Chunki uning ijodida ustozlar 
she`riyatidagi ijobiy xususiyatlar, hayotiylik va tabiiylik, muammolariga jiddiy 
munosabat, illatlarga murosasizlik ayon sezilib turadi. Albatta, Erkin Vohidov 
she`rlaridagi bu xil ijobiy xususiyatlar, lirik qahramon xarakteridagi tabiiylik 
darhol namoyon bo‗ladi. Shu darajagacha yetguncha shoir ijodi ma`lum jarayonni 
bosib o‗tdiki, biz buni ham ko‗zdan qochirmasligimiz kerak. Bu yosh iste`dodlar 
tarbiyasiga, o‗quvchilar ma`naviyatining, didining o‗sishiga ozmi-ko‗pmi ta`sir 
etishi mumkin. 
E.Vohidovning ilk she`rlari mazmun jihatdangina emas, shakl jihatdan ham 
havas qilarli darajada silliq, ravon, satrlar beozor tuyuladi. Ularda sho‗ro maktabi 


98 
va G‗ayratiy to‗garagining tarbiyasini olgan yosh yigitning qalb zarblari sezilib 
turibdi. 
Erkin Vohidovning ilk she`rlarini o‗qigansiz, shahar maktablarida o‗qib 
ulg‗aygan, tabiati ham, qalami ham silliqlangan, qalbida bir dunyo orzular bilan 
yashayotgan yosh yigitning ma`naviyatini tasavvur etasiz. 
Shoirning ilk ijodidan ma`nosi nisbatan yengilroq, odmi she`rlarni topish 
mumkin, ammo soxtalik va mag‗rurlik unga begonaligi sezilib turibdi. Binobarin, 
G‗ayratiy to‗garagi bu o‗rinda iste`dod qalamini charxlash ma`nosida ijobiy rol 
o‗ynagan bo‗lishi tabiiy. Ammo ilk ijodi ma`lum aqida, jilovlar ta`sirida 
shakllansa, bu hol shoirning ijodiy-estetik printsiplari o‗zgacharoq shakllanishiga 
sabab bo‗lishi mumkin. Erkin Vohidovning ilk ijodi o‗ziga xos o‗ychanlik, 
sokinlik, silliqlik, mantiqlik ayon sezilib turadi. Shoir o‗zining dasturini o‗rtaga 
tashlab, Vatan: "Bugun senga faqatgina she`r bag‗ishladim, yurak bo‗lsa, jonni 
fido qilgim keladi", - der ekan, lirik qahramon xarakteridagi silliqlik ham 
ochiqko‗rinadi. Binobarin, u jonimni fido etaman, demaydi, muloyimroq yo‗sinda 
"jonni fido qilgim keladi", - deydi. 
Erkin Vohidov bir she`rida yo‗llarga qarata: "Shoir bo‗lsam ko‗raman sizdan" 
desa, "Qalam"da: "Meni yurtim, davlatimga, xalqimga hizmat qilish davlatiga 
yetkazding"-deydi. Bu satrlardagi "ko‗rarman sizdan", "davlatimga yetkazding" 
kabi turli ma`no tashuvchi so‗z o‗yinlari tufayli she`rxon qalbida o‗ziga xos mayin 
ehtiroslar uyg‗onadi. 
Shoir ijodining boshlarida yozgan dasturiy she`rlaridan birining qahramoni: 
"Yo‗q, xilvat istamayman, orom bilmas yosh jonim, to‗lqin urgan ummoncha bor 
yurakdagi tug‗yonim", - degan edi. E.Vohidov hozirgacha o‗z lirik qahramoni 
aytganidek, junbushga tushib, tug‗yon urib yashadi, deyish mumkin. Ammo 
tug‗yon bilan tug‗yonning, yashash bilan yashashning farqi bor. Erkin 
Vohidovning kuchli hayajon bilan qalam surgan, keskin fikrlar bilan maydonga 
chiqqan paytlari ham kam bo‗lmadi. Ammo qaysi davrlarda shoir ijodi qaysi 
yo‗nalishda bo‗ldi? Uning lirik qahramoni yillar osha qanday xususiyatlarni orttirdi 
va qaysi fazilatlarini boy berdi? 
Erkin Vohidov yuqorida qisman eslatilganidek o‗z hissiyotlarini o‗ta oshkor 
qilavermaydigan, ehtiyotkor, me‘yorni saqlab biladigan shaxs sifatida ko‗rinadi. 
Balki G‗ayratiy maktabi, balki xarakterdagi shu xil kamsuqumlik, ehtiyotkorlik 
shoirning dastlabki ijodida hayotning yorug‗ tomonlarini, shodlik va baxtiyorlikni 
kuylashga sabab bo‗lgandir? Har holda uning lirik qahramoni olamni "shodlik 
uchun yaralgan" deb ta‘riflaydi, hayotdan nur va go‗zallik topadi, yashab turgan 
bog‗ va vatanni aynan teng deb ta‘riflaydi. Uning qahramoni Vatanga: "kezgan 
bilan, sayr etgan bilan husningga hech to‗yib bo‗larmidi?"-deydi. Albatta hayot 
qanchalik og‗ir, murakkab, ziddiyatli bo‗lmasin, shoir uning yorug‗ parchalarini 
kuylashi mumkin. Shu ma`noda Erkin Vohidovning yosh qahramoniga hayot 
go‗zallik manbai bo‗lib ko‗rinishi bir jihatdan tabiiy: "jilmayadi o‗zida yo‗q shod, 
yangi oy ham ketmay qoshingdan, etak-etak olib koinot. Yulduzlarni sochar 
boshingdan..." deya yurt go‗zalligini ko‗tarinki ruhda kuylash ham shu holning 
natijasidir. Shuningdek shoirning: 


99 
Men insonman, qalbimda otash, 
Quyoshdan toj, oydan taxt qurdim, 
Men insonman, ko‗hna jafokash 
Tuprog‗imda mangu baxt qurdim- 
deya e`tirof etishi ham ma`lum ma`noda tabiiy. Chunki shoir zotiga hayot qanday 
ko‗rinsa, u shunday kuylagani ma‘qul. O‗sha paytda Erkin Vohidov lirik 
qahramoniga hayot shunday ko‗ringan, shodlik va baxtni ko‗tarinki ruhda 
kuylagan ekan, bunga shak keltirish qiyin. Agar ijodkor baxtni ishonarli va 
samimiy kuylay olsa, uning asari g‗oyaviy-badiiy yuksaklik kasb etsa, buni qo‗llab 
quvvatlash lozim. Qolaversa, yosh ijodkor ko‗proq kitob ta`sirida bo‗ladi. Bu ta`sir 
uning asarlarida aks etadi. Erkin Vohidovning ilk she`rlarida ozmi-ko‗pmi Hamid 
Olimjon, Mirtemir va Shayxzoda kabi shoirlarning hayotsevarlik ruhi bilan 
yo‗g‗rilgan asarlari ta`siri sezilib turadi. Yana shunisi borki, davr, muhit 
tamoyillari yosh ijodkor ongida chuqur iz qoldirmasligi ham mumkin emas. Erkin 
Vohidov o‗z ijodini 50-yillarning nosog‗lom muhitidan nafas olgan holda boshladi. 
1946-56-yillar adabiyoti va adabiy tanqidchiligida barcha g‗am-qayg‗ular 
oktyabr to‗ntarilishidan oldingi davrda qolib ketdi, Sho‗ro zamonida esa faqat 
baxtiyorlik hukmron, kishilarimiz o‗lim, baxtsizlik nimaligini bilmaydi, degan 
targ‗ibot yoshlar ongiga zo‗r berib singdirilgan. Erkin Vohidovning yosh 
qahramoni ana shu targ‗ibot ta`sirida ulg‗aygan. Shuning uchun ham u 
she`riyatning vazifasi kishi ko‗ngliga nur va surur olib kirishi, deb biladi. Albatta, 
insof va adolat nuqtai-nazardan olib qaraganda, bu fikrni ham mutlaqo yangilash 
deb bo‗lmaydi. Insoniyat hamisha nurga, ziyoga, baxtga intilib kelgan. Baxtni, 
shodlikni tarannum etish she`riyatning ezgu vazifalaridan biri ekanligi ham rost. 
Buning ustiga har qanday og‗ir sharoitda ham baxt va baxtsizlik, quvonch va 
qayg‗u hayotda birgalikda yashaydi. Binobarin, 1946-56-yillar hayotida ham baxt, 
shodlik mutlaqo yo‗q edi, dunyo faqat qorong‗ulikdan, g‗am-alamdan iborat edi, 
deb qat'iy hukm chiqarish insofdan emas. Axir dahshatli urush paytlari ham yig‗i-
sig‗i, fojialar yonida kimningdir to‗yi, yaxshi kunlari bo‗lardi-ku! O‗sha 
shaxsningbaxtiyor damlarini baxtsizlik, quvonchini g‗am, deb ta‘riflashga 
haqqimiz yo‗qligi ayon. 
Ayni zamonda, ozgina quvonchni ko‗paytirib ko‗rsatish, mayda yutuqlarni 
buyuk deb ta‘riflash ham hayot haqiqatini adolat tamoyili asosida aks ettirishga 
zidligini unutmasligimiz lozim. Ayniqsa, hayot va o‗lim singari adabiy 
tushunchalar haqida gap ketganda she`rdami, nasrdami, maqoldami, ob`yektiv 
haqiqatdan sezilarli chekinish bo‗lsa u ko‗zga tez tashlanadi. 
Erkin Vohidovning ba`zi lirik qahramonlari ob`yektiv sabablar va yoshlik 
romantikasi oqibatida voqealikning ayrim qirralarini bo‗rttiribroq ko‗rsatganining 
guvohi bo‗lamiz. Shoirning lirik qahramoni dastlab shu e`tiqod bilan yashaganini 
"Bog‗bon" she`ri misolida ko‗rish mumkin. Bu she`rga Navoiyning "Xazon 
sipohiga ey, bog‗bon, emas, mone, bu bog‗ sahniga gar ignadar tikan qilg‗il" 
misralari ishora qilib olingan bo‗lsa-da, bu fikrga teskari g‗oya ilgari surilgan. Bu 
she`r personaji bo‗lmish 100 yoshli chol: "Bu bog‗ing tomiga tikan qilmay ham 


100 
hazon sipohiga mone bo‗loldim" deydi. Shu bilan go‗yo umrning o‗tkinchiligi 
buning davrida boshqacha ma`no kasb etadi, demoqchi bo‗ladi. 
"O‗lmaslik" haqidagi g‗oya shoir romantik qahramon onggiga shu darajada 
chuqur singan ekanki, shu shoirdan 10 yil keyin bitilgan "Insoniyat tarixi" nomli 
uzungina asarda ham shu fikr yanada kengroq ifodalanadi. Rivoyat asosida 
yozilgan bu she`r personaji-Podshoh o‗z yurtidagi barcha olimlarni yig‗ib, 
insoniyat tarixini yozishni buyuradi. Olimlar ko‗p yillar ranj-mashaqqat chekib, bu 
tarixni bitadilar va qirq tuyaga ortib unga olib keladilar. Barcha kitobni o‗qib 
chiqishga ko‗zi yetmagan podshoh ularga "ko‗pi bilan bir tuyaga" ortsa bo‗ladigan 
kitob yozishni buyuradi. Keyinroq bu ishni bajargan olimlarga bu- bir tuyaga yuk 
bo‗lgan kitobni hali tugatib kelganlarida esa podshoh o‗lim to‗shagida yotgan 
bo‗ladi va ulardan kitob mazmunini ikki og‗iz gap bilan so‗zlab berishni iltimos 
qiladi. Ular kitob mazmunini tushuntirib: "Odamlar tug‗iladi, g‗am chekadi, o‗ladi. 
Insoniyat tarixi mazmuni shu bo‗ladi",- deydilar. Rivoyat shu yerda tugaydi. 
Ammo she`r tugamaydi. O‗sha zamonda shu xil xulosa bilan she`rni tugatish ham 
o‗ziga o‗zi qafas yasash bilan barobar edi... Unda shoirni pessimizmdan, 
Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə