Zbekiston respublikasi oliy va o


partiyaviylikdan, sinfiylikdan chekinganlikda ayblashlari turgan gap edi. Shuni



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   259
id313213


partiyaviylikdan, sinfiylikdan chekinganlikda ayblashlari turgan gap edi. Shuni 
sezgani uchunmi Erkin Vohidov bizning zamonga kelib, bu tarix: "afsona bo‗lib 
qoldi, g‗am odamlarga begona bo‗lib qoldi" degan g‗oyani ilgari suradi. She`r 
oxirida esa: "Odamzod tarixida ortga qaytish bo‗lmaydi, odamlar tug‗iladi, 
kurashadi, o‗lmaydi" deb optimistik xulosa chiqaradi. Bu yerda moddiyumchi 
(materialist) qahramon odamlar ruhan emas, jisman ham abadiydir, degan g‗oyani 
baralla ifodalayotgani baralla sezilib turibdi... 
Ammo Erkin Vohidovning ijodi 60-yillar boshida yaratilgan she`rlardangina 
iborat emasligi, qolaversa, uning o‗sha paytda yaratgan asarlari orasida ham, 
yuqorida qisman aytib o‗tilganidek, mayin lirizm va hayotiy romantikaga to‗liq 
she`rlar mavjudligini eslatib turmoq lozim. 
Aytmoqchimizki, shoirning milliylikka, ma`naviy yetuk, faol inson obrazini 
yaratishgacha kelib yetish yo‗li silliq va ravon kechgan emas. Bu yo‗l, ramziy 
ma`noda, goh silliq marmarlardan, goh o‗ru qirlardan o‗tsa, goh tog‗-u toshlar, 
cho‗qoraqalpoqilar va jarliklardan o‗tib kelmoqda. Uning hayot va ijod yo‗li faqat 
nurli manzillardan iborat bo‗lmaganiday, faqat qorong‗u go‗shalarini ham makon 
etib qolgan emas. Shoir ijodidagi qaysi davrlarda nurli tamoyillar ko‗payganini, 
ularni zarracha kamsitmagan holda ob'ektiv haqiqat nuqtai nazaridan tahlil etishga 
intilar ekanmiz, har xil tamoyillarga duch kelamiz: 
60-yillarning o‗rtalariga kelib she`riyatdagi yo‗nalish hayotiylik tomon 
o‗zgarishi bilan shoir ijodida ham bir qator tamoyillar paydo bo‗ldi. Oylar, yillar 
o‗tib Erkin Vohidovning uslublari hayot haqiqatini borligicha, murakkabligicha 
ifodalash tomonga o‗zgardi. Hayotning u yoki bu qirrasini teran tadqiq etish 
mahoratlari oshdi, dunyoqarashlarida yangiliklar yuzaga keldi, ijodiy qamrov 
ufqlari kengaydi. 
"Keyingi yillarda she`riyatning shiddat bilan rivojlanishining sababi 
shoirlarning xuddi o‗z qarzlarini uzayotgandek urushdan keyingi yillar she`riyatida 
ko‗rinmagan, ammo o‗quvchini ham, adabiyotchilarni ham qiziqtirgan mavzularda 


101 
ko‗p va xo‗p yozganidir. Men bu yerda, avvalo, hayot bor murakkabligi va 
qarama-qarshiliklari bilan ifodalangan she`rlarni ko‗zda tutaman"- degan 
edio‗shanda adabiyotshunoslardan biri. Zero, hayot murakkab unda ijobiy va salbiy 
hodisalar ham, vaqt ham keskin ajralib turmaydi, ular bir-biriga chatishib, birikib 
ketgan bo‗ladi. Shoir zoti hayotning lirik qahramon xarakteri, ruhiyati orqali tadqiq 
etadi. Lirik qahramon ruhiyati esa hayot murakkabliklari ta`sirida o‗zgarib, turlanib 
turadi. She`riyatga 60-yillarda kirib kelgan qator shoirlarning lirik qahramonlari 
ruhiyatida oq va qora rangini emas, turli tuman ranglar "joy talashadi" 
(Shayhzoda). Zotan, hayot bir yoki ikki emas, ko‗plab ranglarining, bir, ikki emas, 
ko‗plab ohanglarning sintezidan iboratdir. Hayotdagi ijtimoiy yangilanish belgilari, 
uslublari hayot haqiqati asosida shakllangan talantlarning asarlarida aks etishi, 
tabiiy, albatta. 
Shayxzoda, M.Boboyev, S.Zunnunova, Shukrulloning ayrim she`rlarida 
ko‗ringan o‗ziga xos hayotiylik, turmushdagi salbiy hodisalarda faol munosabat 
E.Vohidovning satirik yo‗sinda yozgan she`rlarida ("Nasihat", "Ko‗chaman") 
yuksakroq cho‗qqiga ko‗tarildi. 
Sobiq ittifoqning davridagi ayrim asarlarini va Mamarasul Boboyev, 
A.Muxtor, Shukrullo kabi shoirlarning hajviy ruhdagi ba`zi she`rlarini hisobga 
olmaganda urushdan keyingi o‗n yillikda mavjud hayot haqida hajviy she`rlar soni 
va sifat jihatdan kam yozildi. Xolbuki, hayotni hajviy ko‗z bilan ko‗rib poetik 
tadqiq etish xalq ko‗zining ochilishiga millatning o‗zligini anglashga jiddiy 
yordam berish mumkin edi. Hajviy ruh, hayotdagi va insondagi illatlar ustidan 
kulish orqali kamchiliklardan forig‗ bo‗lish millat ongini yangilabgina qolmasdan, 
faollikni kuchaytirishga ham yordam beradi. Shu ma`noda Erkin Vohidovning 
illatlarni nishonga olib hajviy va majoziy she`rlar ijod etishning tarbiyaviy va 
ijtimoiy ahamiyati salmoqlidir. 
Jumladan, Erkin Vohidov o‗zining "Nasihat" she`rida xushomadgo‗y 
og‗irning ustidan, yengilning ustidan yurishga o‗rgangan, ishdan ko‗ra gapni 
ko‗proq biladigan kimlarni fosh etar ekan, kitobxonni shu xil illatlardan yiroq 
bo‗lishiga faollikka da‘vat etadi. 
Qo‗lni ishga mohir etma, tilni gapga usta qil, 
Ishni bir qilgan joyingda gapni albat yuzta qil, 
Boshlig‗ing oldida topmoq istasang sen e`tibor, 
Qomating yuz turli bukkin, so‗zni ham ming tusda qil [2, 77]. 
"Nasihat"dagi shu xil hajviy ruh, kesatiq ohangi mo‗ljalga borib tegadi: 
yaltoqi, mustaqil fikri, dunyoqarashi bo‗lmagan ("Hech fikr qilma o‗zingcha, qilma 
bir ish mustaqil"), boshliqlarga hushomadgo‗ylik qilib kun o‗tkazadigan shaxsning 
obrazi namayon bo‗ladi. Asarning kesatiq tarzida bitilganligi bu she`rda 
gavdalangan obrazga nafrat uyg‗otishda muhim o‗rin tutibgina qolmasdan, 
she`rxonning ko‗nglida, ruhida yashirinib yotgan faollik hissini ham uyg‗otadi, uni 
kamchiliklarga murosasiz bo‗lish ruhida tarbiyalaydi. 
Urushdan keyingi o‗n yillikda hayotning ilg‗or tomonlarini aks ettirishga hech 
qanday qarshilik bo‗lmagani holda, salbiy taraflarni ifodalashga ruhsat yo‗q edi. 
Yangi davrga kelib esa, Asqad Muxtor to‗g‗ri ta`kidlaganidek: "Shoirlar nutqiy 


102 
ohangdosh so‗zlarni ishlatishdan sub`yektiv lirikadan, qatron qiluvchi tanqiddan 
qo‗rqmaydigan payt kelgan edi" [3, 351]. 
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, xalq ochlikka, muhtojlikka 
chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi [1, 124] Afsuski, sho‗ro 
hukumati xalqni shunday laqillatib, aldab, adolatsizlikka yo‗l qo‗yib berdi. El-
yurtning asosiy qismati ertaga hayot yaxshi bo‗ladi, qiyinchiliklar, fojialar 
bo‗lmaydigan, hamma baxtla hayot kechiradigan tuzumni ko‗ramiz deb jonini 
jabborga berib mehnat qilishdi, azob-uqubat ko‗rishdi va hozir ularning bir qismi 
olamdan ko‗z yumdi. Agar hayot bir tomonlama ko‗rsatilmaganda edi, o‗sha 
kishilar, balki, turmushni chinakkamiga yaxshilash uchun jon kuydirishardi, she`r 
mohiyatida yashiringan tarbiyaviy ma`no shu: olamni va odamni yoshlarga, shu 
jumladan, xalqqa haqqoniy ko‗rsatish, ular qalbiga va ongiga to‗g‗ri, haqqoniy 
fikrlar, sobit hissiyotlarni joylash, to‗g‗ri yo‗lga boshlash lozim, demoqchi shoir 
qahramonni. 
Erkin Vohidovning ilk she`riyatidagi har jihatdan baxtli lirik qahramon 
falsafiy she`rlarida dunyoga ochiq ko‗z, ammo bosiqlik bilan qaraydigan insonga 
o‗rin bo‗shata boshladi. To‗g‗ri, bu o‗zgarishlar yashin tezligida yuz bergani yo‗q. 
Hatto, 70-yillarda yozilgan "Inson" falsafiy g‗azalida ham odamzodni quruq madh 
etuvchi ba`zi misralar bor. Ammo shu bilan birga bu she`rida inson hayotidagi 
ziddiyatlar, murakkabliklar qayd etiladi. 
Sen balo, ham mubtalo, xayr ila kim rostu riyo, 
Fitnagar olam aro: fatton o‗zing qurbon o‗zing. 
Goh adolat bog‗ida, piri adolat gohida, 
O‗z dilingning dargohida shayton o‗zing, g‗ilmon o‗zing. 
Shoir insonga falsafiy nuqtai nazardan qarayotgani ayon ko‗rinib turibdi. Bu 
yerda inson tabiatidagi murakkabliklar: uning goh tojdor, goh qul, goh qon 
to‗kuvchi, goh osmonda xirom etuvchi sifatida tasvirlanishi fikrimiz dalilidir. 
Erkin Vohidov 80-yillarga kelib 60-yillarda aytgan: "Yo‗q! Halovat 
istamayman orom bilmas yosh jonim" degan lirik qahramoniga yaqinlashadi. 
Ozbek tiliga davlat maqomi berish arafasida malum bir muddat o‗zi aytmoqchi, 
qaynoq hayot ichida bo‗ldi, o‗tkir ijtimoiy-siyosiy maqolalar, she`rlar ijod etdi... 
Mustaqillik e‘lon qilingunga qadar yozilgan she`rlarida M.S.Gorbachev boshlab 
bergan qayta qurish respublikamizda amalga oshayotgani ("Eski hammom – eski 
tos"), qishloq kishilarining nochor sog‗ligi to‗g‗risida haqqoniy fikrlarni ilgari 
surdi. 
Umuman Erkin Vohidov ijodining o‗ziga xosligi shoirning Vatan 
tuyg‗usiga, mehnatkash xalq taqdiriga turli davrlarda turli xil qarashlarida ham 
ko‗rinadi. 
Ma`lumki inson qalbida ota-bobolari yashab o‗tgan joyiga tabiiy mehr 
tuyg‗ulari bo‗ladi. Bu tuyg‗ular ona allasi, xalqning o‗lan va ertaklari, urf-odatlari, 
yurtning suvi-yu havosi orqali qalbiga, jon taniga o‗rnashadi. Haqiqiy shoirlarning 
qalbi hamisha Vatan mehri ona yurt tuyg‗usi bilan to‗liq bo‗ladi. Zero, shoirlikning 
o‗z ona Vatanni sevmoq, uni kuylamoq odamlar qalbida Vatan tuyg‗usini 
uyg‗otmoq va bu hissiyotlarning ildiz otishiga yordam bermoq demakdir. 


103 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I. O‗zbekiston iqtisodiy siyosatining ustivor yo‗nalishlari. – T.: 
O‗zbekiston. 1993. – B. 19. 
2. Vohidov E. Umrim daryosi. Saylanma. Uchinchi jild. –T.: Sharq, 2001. 291-bet. 
3. Qo‗shjonov M. Saylanma II jildlik, I jild. –T., Sharq, 1982. 351-bet. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə