Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOV – VATAN KUYCHISI VA FIDOYISI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   259
id313213

 
ERKIN VOHIDOV – VATAN KUYCHISI VA FIDOYISI 
 Klara FAZILOVA,
katta o„qituvchi (GulDU) 
Shoirlar ko‗rinishi, xarakteri, shaxsiy sifatlari, ko‗ngil qirralari bo‗yicha, 
ijodiy tamoyillari bo‗yicha bir-birlariga yaqin bo‗ladilar va shu bilan birga betakror 
va original bo‗ladilar. Ularning ko‗ngli va ijodining o‗xshashligi mantiqqa zid 
bo‗lib, ijod namunalarini tahlil qilish ularning she`riy dunyolarining o‗ziga xos 
xususiyatlarini yanada yorqinroq ko‗rsatadi.
O‗zbekiston qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov lirik shoir, dostonlar 
muallifi, taniqli dramaturg, o‗zbek adabiyotiga Matmusa timsolini olib kirgan 
hajviyotchi, jahon adabiyoti durdonalarini o‗zbek tiliga mohirona tarjima qila 
olgan tarjimon sifatida taniqli va ardoqli adibdir. Uning Vatanni madh etuvchi 
misralari, ayniqsa, ―O‗zbegim‖ qasidasi barchamizning ko‗nglimizda Vatan 
tuyg‗usini ko‗taradi. 
Erkin Vohidov ijodida Vatan, xalq taqdiri tasviri, ona yurtimizning shonli 
kechmishi bilan faxrlanish tuyg‗usi muhim o‗rin tutadi. Bu tuyg‗u, ayniqsa, 
―O‗zbegim‖ qasidasida o‗zining yorqin ifodasini topdi. 
Bu qasidada shoir o‗zbeklarning Pomiru oqsoch Tyanshonga tengdosh, ming 
asrlar ichra pinhon tarixini namoyon etadi, tarixdan o‗rin olgan Afrosiyob, O‗rxun 
xati, mutafakkirlarimizdan Beruniy, Xorazmiy, Forobiy, Ulug‗bek, Navoiy, Bobur 
kabi buyuk zotlar ko‗z oldingizdan o‗tadi. 
Men Vatanni bog‗ deb aytsam, 
Sensan unda bitta gul, 
Men Vatanni ko‗z deb aytsam, 
Bitta mujgon, o‗zbegim. 
Erkin Vohidov ―O‗zbegim‖ qasidasida Vatan erkinligi va mustaqilligini 
tarannum etadi. 
Qayga bormay, boshda do‗ppim, 
Shuhratim, qadrim buyuk, 
Olam uzra nomi ketgan 
O‗zbekiston, o‗zbegim. 
Shoirning barcha asarlarida, ayniqsa, Vatanni madh etuvchi ―Inson‖, 
―O‗zbekiston‖ va ―O‗zbegim‖ uchlik qasidasida inson, tarix, vatan, xalq, millat 


118 
yuksakliklarga ko‗tariladi. Ularni o‗qir ekanmiz, shu buyuk yurtga, shu aziz 
Vatanga daxldorlikdan faxrlanamiz: 
Men buyuk yurt o‗g‗lidirman, 
Men bashar farzandiman, 
Lekin avval senga bo‗lsam 
Sodiq o‗g‗lon, o‗zbegim. 
Shoirning Vatanga bag‗ishlangan asarlari ko‗p. Ular she`rlar, g‗azallar, 
dostonlardan iborat. ―Ona tuproq‖, ―Vatan‖, ―O‗zbekiston‖, ―Vatandin yaxshi yor 
bo‗lmas‖, ―Vatan sog‗inchi‖, ―Qulluq qil demasman‖, ―Yurtim bolasi‖, ―Vatan 
qadri‖, ―Vatan, to tanda jonim bor‖ shular jumlasidandir. 
―Vatan istagi‖ she`ri 1990 yilda, Mustaqillikdan oldin yozilgan bo‗lib, unda 
shunday satrlar bor: 
Bu vatanda bir Vatan 
Qurmoqni istaydir ko‗ngil, 
O‗zni ozod qush kabi 
Ko‗rmoqni istaydir ko‗ngil. 
Bu – mustaqil Vatanni ko‗rishni istagan shoir istagi. Shuning uchun ham u 
bor ovoz bilan ―Bas, etar yolg‗on saodat, yolg‗on erk, yolg‗on vatan, Hurriyat 
zavqini chin surmoqni istaydir ko‗ngil‖ - deya hayqiradi.
E.Vohidovning 1980-yillar oxiri 90-yillar boshlarida yozilgan va ―Yaxshidir 
achchiq haqiqat‖ to‗plamiga jamlangan she`rlarida ruhiy erkinlik namoyon 
bo‗lgan. Erkin Vohidovning shu davr mahsuli sanalmish ―Shukrkim, keldi istiqlol‖ 
she`rida shunday satrlar bor: 
Agarchi ismim Erkin, 
Erki yo‗q, bandi kishan bo‗ldim, 
Ko‗zim bog‗liq, dilim dog‗liq, 
Tilim yo‗q, besuxan bo‗ldim… 
Shukurkim, keldi istiqlol, 
Umidim rost qil, Ollohim, 
Ki, shoyad beqafas bulbul 
Kabi sohib chaman bo‗ldim. 
Erkin Vohidovning istiqlol yillarida yaratilgan she`rlarida milliy 
qadriyatlarni qayta tiklash, o‗zlikni anglashga chaqirgan. 
Uning ijodida ona Vatanni, tug‗ilib o‗sgan el-yurtni e‘zozlash, o‗lkamizning 
go‗zal, fusunkor tabiatini tasvirlash, uni madh etish alohida o‗rin egallaydi. 
Ayniqsa, o‗zi tug‗ilib o‗sgan Farg‗onani ko‗klarga ko‗taradi. 
Bu vatanda bir makon bor, 
men uchun bir donadir, 
Ko‗hna Turkiston sadaf bo‗lsa, 
u er durdonadir, 
Kim parixona deb aytar, 
kim uchun Parkonadir, 
She`riyat ta‘rifida 
uyqudagi jononadir, 


119 
U mening uyg‗oq diyorim 
o‗ktamu mardonadir, 
Maskanim Farg‗onadir, 
Farg‗onadir, Farg‗onadir. 
Shoir o‗zining ilk ijod davrida yaratilgan she`rlaridan birida ―Ona Vatan! Bir 
o‗g‗ling kabi fido etay jonimni senga!‖ degan satrlarni bitgan edi.
Vatan hurriyati uchun hamisha, 
Fidolikka tayyor hayoting kerak. 
Boshqa bir she`rida ma`noni yanada kuchaytiradi: 
Qulluq qil demasman, 
Yurt tuprog‗in o‗p. 
Unga qullar emas, 
fidolar kerak. 
Bu she`rlarda urg‗u bilan jaranglayotgan ―fido‖, ―fidokorlik‖, ―fidoyilik‖ 
so‗zlari markaziy o‗rin egallaydi, Erkin Vohidov she`riyatida vatanparvarlik 
timsoli bo‗lib yangraydi. 
Inson o‗z Vatanida ozod va erkin bo‗lsagina baxtli hisoblanadi. Shoir 
sho‗rolar tuzumidagi ta'qiblarga qaramay, ona yurtini ozodlik sari etaklovchi aqlli, 
tadbirkor daholarni orzu qilgan. O‗zbek xalqi bunday daholarni tarbiyalab, voyaga 
etkaza olishini qalban his qilgan va shunga ishongan. 
Uning senu mendek shoirlari ko‗p, 
Buyuk elga endi daholar kerak. 
Xullas, Erkin Vohidov asarlarida Vatanga muhabbat, ona diyorning buyuk 
kelajagiga ishonch uni xalqning sevimli shoiriga, zamonaviy adabiyotimizning 
yorqin yulduziga aylantirdi [1]. 
Xalqimiz ma`naviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida 
o‗zlikni anglash, milliy g‗urur va iftixor tuyg‗ularini, ezgu fazilatlarni kamol 
toptirishda badiiy adabiyotning o‗rni beqiyos. O‗zbekiston xalq shoiri Erkin 
Vohidov o‗zining betakror asarlari bilan adabiyotimiz ravnaqiga katta hissa 
qo‗shdi. 
Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
2016-yil 
7-dekabrdagi 
―O‗zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash 
to‗g‗risida‖gi qarori shoir ijodini o‗rganish va targ‗ib qilishda alohida ahamiyat 
kasb etgan edi.
Atoqli shoir yarim asrdan ziyod ijodiy faoliyati davomida o‗nlab she`riy 
to‗plamlar, ―Nido‖, ―Quyosh maskani‖, ―Ruhlar isyoni‖, ―Ko‗hinur‖ kabi 
dostonlar, ―Oltin devor‖, ―Istanbul fojiasi‖ singari sahna asarlari, ―So‗z latofati‖ 
badiiy risolasi, jahon adabiyotining Hofiz Sheroziy, Mirzo Bedil, Iogann Gyote, 
Sergey Esenin kabi namoyandalari merosidan qilgan tarjimalari bilan o‗ziga xos 
ijodiy maktab yaratdi. Uning turli janrdagi o‗nlab asarlari dunyodagi ko‗plab 
tillarga tarjima qilindi. Erkin Vohidov xalqimiz uchun samimiy tuyg‗ular kuychisi 
sifatida g‗oyat qadrlidir. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Vohidov E
.
Saylanma. 1-jild. – T.: Sharq, 2000.
2.
Qurbonov T. Erkin Vohidov ijodida Vatan madhi. Postda, 2019. 


120 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə