Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   259
id313213

 
 
ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA VATAN MADHI 
Shohsanam QARSHIYEVA,
magistrant (GulDU) 
Erkin Vohidov – yurtsevar ijodkor. Uning she`riyatida vatanparvarlik, 
xalqchillik, milliy g‗ urur va iftixor ruhi balqib turadi. Shoir uchun vatan o‗zini 
o‗rab turgan tog‗ -u tosh, dov-daraxtdan iborat moddiylik emas, balki qalbda 
qo‗nim topgan ma`naviy-ruhiy mohiyatdir. Shoir har qanday davrda Vatan va 
millat oldidagi burch va mas`uliyatidan og‗ishmay ijod qilgan. Xatto sho‗ro 
davrining suronli yillarida ham yuragidan sizib chiqqan elparvarlik, xalqsevarlik 
hislaridan tonmagan. She`r yozganda yurak so‗zidan boshqa so‗zni uqqan 
emasman. Nozirlarning qattol ko‗zidan g‗azbidan qo‗rqqan emasman‖, degan shoir 
―O‗zbegim‖ qasidasini mahorat va jasorat bilan bitgan. O‗sha davr uchun ulkan 
ma`naviy jasorat timsoli bo‗lgan. ―O‗zbegim‖ qasidasi nafaqat, o‗zbek she`riyati 


143 
osmonida, balki jahon she`riyati osmonida ham porlagan otashin quyosh yanglig‗ 
charaqlab chiqdi.
Tarixingdir ming asrlar 
Ichra pinhon o‗zbegim, 
Senga tengdosh Pomir-u 
Oqsoch Tiyonshon, o‗zbegim. 
Qasidada ―Ko‗hna tarix shodasida bitta marjon‖ bo‗lgan o‗zbek xalqining 
shon-u shavkati bilan bir qatorda ―Ilm-u she`rda shoh-u sulton, Lek taqdiriga qul‖, 
o‗z elida g‗urbat chekkan ―zor-u nolon‖ xalqning kechmish-u kechinmalari aks 
etgan. Xalqimizning buyuklar ichra buyuk daholari, millatga xos bo‗lgan tantilik, 
ko‗ksi osmonlik tuyg‗ ulari tarannum etilgan. Shoir ona zaminni bog‗ga o‗zbek 
millatini esa gulga, Vatanni ko‗zga, millatni mujgonga mengzaydi. Eng qimmatlisi, 
shoir asarda o‗zbek ekanligi bilan faxrlanadi, boshidagi do‗ppisi bilan qayga 
bormasin g‗ oz yurib iftixor etadi. ‖O‗zbegim‖ qasidasi ijodkor uchun ―Olam uzra 
nomi ketgan‖ O‗zbekiston, xalq va millatning ―oq sut-u tuz hurmati‖ bitilgan 
bo‗lsa, millat uchun bu asar dilnoma, iftixornoma bo‗lib buyuk ahamiyat kasb etdi. 
Chinakam inson o‗z elidan, tilidan, millatidan faxrlanishni kanda qilmaydi. 
Shoirning ―O‗zbek bo‗lish oson emasdir‖ she`rida juda jo‗n, sodda satrlar bilan 
kashf etilgan buyuk iftixor tuyg‗ usi inson qalbida dilbar titroq uyg‗ otadi: 
Yaponchilik demaydi yapon, 
Nemischilik demaydi olmon, 
O‗zbekchilik bor bo‗lsin omon, 
O‗zbek bo‗lish oson emasdir. 
Erkin Vohidov Vatan mavzusidagi she`rlari bilan yurt tushunchasini 
ma`naviy qadriyatga aylantira olgan. U vatanni el, xalq, millat bilan bir butun
chambarchas tasavvur qiladi. Shu ma`noda ijodkor haqiqiy millatparvar shoir 
sifatida shon-sharaf sohibidir: 
Tojik-yuksak Pomirim, 
Turkman-tutash tomirim, 
Qirg‗iz, qozoq, bovirim- 
Turkiston bir, Vatan bir. 
Shoir she`rlarini vatanning ruhiy manzaralari deyish mumkin. Ijodkor ona 
yurtni kishilar ruhiyatiga ko‗chira olgani uchun ham uning bitiklari yuksak 
ahamiyatlidir. Badiiy qiymati beqiyos bo‗lgan ushbu satrlar shunchaki yaltiroq 
dabdaba, suronli chaqiriq emas, ohorli tuyg‗ ular zamzamasidir: 
Bog‗ laringni sayr etganimda 
Sen bor eding qalbda, Vatanim. 
Bog‗ husniga she`r bitganimda, 
Uni dastlab senga atadim 
Minglab tilda madhingni so‗zlar 
Bunda o‗sgan har bitta daraxt. 
Nur emadi millionlab ko‗zlar 
Ko‗kdan sening husningga qarab. 


144 
Shoir tuyg‗ulari konkret voqea-hodisadan jonlanadi va o‗qirmanni hayratga 
solar darajada badiiy ifoda bilan jilolanadi. Shoirning ―Bir nihol‖ deb nomlangan 
hajman kichikkina she`ri yurtdoshni bir hihol ekishga undash bilan boshlanadi. 
Ekilgan niholning ―Yaxshilik‖ deb, nihol yoniga gul ekib gulning ismini 
―Go‗zallik‖ deb qo‗yilishini istagan shoir qalbida ulkan yaratuvchanlik, obodlik, 
ezgulik kabi tuyg‗ ular silsilasini kuzatsak, gul va niholga hayot baxsh etish uchun 
―Mehr‖ otliq suv quyishga da‘vat etayotgan mohir ruhiyat rassomining ko‗ngil 
odami ekanligi, mehr va muhabbat kuychisi, samimiyat sohibkori, xushfe‘l va 
xushsiyratligiga ishonch hosil qilamiz. Lekin asosiysi bu emas, shoirning asl 
maqsadi she`rning oxirgi baytida namoyon bo‗ladi:
Sendan farzandingga bog‗ qolsin, ey do‗st, 
Bog‗ ing Vatan degan nom olsin, ey do‗st. 
Shoir jonidan ortiq ko‗rgan yurtining manzaralarini tasvirlashda ham 
mahorat ustasi. Bu jihatdan ―Manzara‖, ―Tong lavhasi‖, ―O‗lka‖ kabi she`rlari 
ahamiyatlidir. Ayniqsa, shoirning ―Daryo oqshomi‖ she`ri ijodkorning nazari 
o‗tkir, sinchkov shoir ekanligini isbotlaydi:
Yelkalarni tebratib asta 
Ona daryo 
Alla ayatadi. 
So‗zni rozg‗ or buyumidek ishlatadigan, she`riy qatorlaridagina Vatan uchun 
jonini tutgan ―shoir‖larning son-sanog‗i yo‗q. Faqat va faqat tildagina Vatanga 
iddaolar qiladigan kishi vatan sevgisidan mosuvo bo‗ladi. Yurt tushunchasi 
tilidagina bo‗lib qolmay, ko‗ngliga ko‗chib ruhini butkul egallagan ijodkor nima 
haqida yozsa ham, vatanni tasvirlayotgan bo‗lib chiqaveradi. Aslida u o‗z ichki 
olamini ifoda etadi. Bu ichki olam tanho vatan surati va siyratidan iborat bo‗ladi.
Shoirning ―Bahor‖ she`ri aslida tabiat manzarasiga atalgan asar. She`rda 
bahorning barqut kiyib bezangan bog‗lari, qizg‗ aldoqning sahro ko‗ksiga taqilishi, 
quyoshning oq bulutdan etak bog‗ lab o‗rik shoxlarida bodroq qovirishi, 
barglarning chapak chalib shodon uyg‗ onishi, butoqqa qo‗nib gul kitobini 
varaqlayotgan bulbulning g‗ azalxonligi, g‗ unchaning gul bo‗lish tashvishida gul 
ochishi, haydalgan daladan xas ortmoqlab chumolining yugurishi-yu, tabib 
irmoqlarining yer tomiriga qon quyish uchun shoshilib chopishi-bari-bari borib ona 
tuproqqa tutashadi. Bahorning shu kabi sifatlari yo‗g‗ rilgan she`r ona tuproqning 
kuz tashvishida ―Yuksak xirmonlarga siynasi yuklik‖ bo‗lishi, sokingina tin 
olishida ―Onalarga xos bir buyuklik‖ ifodasi bilan yakunlanadi. Vatan va ona 
buyukligi tenglashiladi.
She`r qadrini biladigan haqiyqiy she`riyat shaydolari chinakam ijtimoiy 
bitikka ehtiyojmand, tashna bo‗ladi. Buyuk shoir Erkin Vohidovning ―Vatan, to 
tanda jonim bor‖ she`rida ijodkorni vatan bilan bir butunlikda, yakdillikda 
ko‗ramiz: 
Agar shodliklaring ozdir, 
Meningdirsan, meningdirsan. 
Magarkim g‗ amlarim bisyor, 
Seningdirman, seningdirman. 


145 
Shuningdek shoir ―Vatan qadri‖, ―O‗zbekiston ―, ‖Yurtim bolasi‖, ―Vatan 
sog‗ inchi‖, ―Sen davlatsan, aziz Vatandosh!‖ kabi she`rlari bilan chinakam Vatan 
farzandi sifatida ijod qildi, el-yurt dardini kuylab yashadi. ―Shoir uchun el 
nazaridan qolish – eng oliy jazo. Qolganini iztirob demasa ham boʻladi‖, deb 
yozgandi muhtaram adibimiz. Ustoz, so‗z san`atkori Erkin Vohidov hamisha 
yurtini, xalqini sevib ardoqladi va ona vatan ham o‗z navbatida yurtsevar 
farzandini suyib, siylab keldi. Shoir butun umr qutlugʻ saodatni his qilib yashadi, 
hamisha – el nazarida, ehtiromida boʻldi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vohidov E. Tanlangan asarlar. 
– T.: 
Sharq
, 2016.
2. Is‘hoqov Y. So‗z san`ati so‗zligi. 
– T.: 
O‗zbekiston, 2014. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə