146
Ma`lumki, badiiy adabiyotni – badiiy asarni ijodkor yaratadi.
Adabiyotshunos olim uni ilmiy jihatdan o‗rganadi, tahlil va talqin qiladi. Kitobxon
esa asarni yashashiga vosita, sabab bo‗ladi. O‗z kitobxoniga ega bo‗lmagan badiiy
asar yoki adabiyot ―tirik‖ hisoblanmaydi. Demak, badiiy adabiyot uchun bu uch
omil bir-birini to‗ldiruvchi, bir-birini taqazo etuvchi jihatlar hisoblanadi.
Shunday ijodkorlar borki, ular o‗lmas asarlar muallifidir.
Ularning asarlari
vafotlaridan keyin ham barhayot bo‗lib qoladi. Mana shunday ijodkorlarimizdan
biri, xalqimizning sevimli shoiri Erkin Vohidov edi:
―She`rni sevib o‗qiyman, ammo
Hayron qilar bir holat meni.
―Men‖ deb yozr shoir doimo
Kimdir o‗sha shoirning ―men‖i ?..
… She`rxon meni tutding savolga,
Tushunaman o‗quvchim seni.
Hech taajjub qilma bu holga,
Sen o‗zingsan shoirning ―men‖i‖ [2, 14].
Ushbu misralar shoirning ―Lirik qahramon‖ she`ridan o‗rin olgan.
Bunda
shoirnig ―men‖i , ya`ni ―lirik qahramon‖i har bir o‗quvchida o‗z aksini topishi
haqida so‗z ketmoqda. Haqiqiy, badiiy asar shunday bo‗ladi. Ayniqsa she`riyatda
kitobxon o‗zini topa bilishi zarur. Shundagina u chin ma`nodagi she`rga aylanadi.
Adabiyotimizda barhayot yashaydigan ijodkorlarimizdan yana biri – Abdulla
Oripovdir. Adabiyotshunos olim Begali Qosimov Abdulla Oripov ijodiga yuqori
baho beradi:
―Abdulla bugungi o‗zbek poeziyasining eng oldingi vakillaridan,
uning
she`riyati adabiyotimizda chinakam hodisa desak o‗ylaymizki, ko‗pchilikning
fikrini aytgan bo‗lamiz. Bir yoki bir nechta maqola doirasida uning she`rlarining
eng muhimlarini ham to‗la sharhlash, talqin qilib berish qiyin. Qolaversa, ularni
qayta o‗qigan sayin yangi fikr-mulohazalar tug‗ilishi,
yangi qirralari namoyon
bo‗lishi, binobarin yangi talqinga hojat sezilishi ehtimoldan uzoq emas‖[3, 50].
Abdulla Oripovning ―Bahor‖ she`rini Begali Qosimov shunday izohladi:
―Shoirning tafakkur va xayol dunyosi qanchalar keng. Shu birgina she`rda
qanchalar xilma-xil ranglar bor. Goh nurday yengil va mayin, goh shaloladay sho‗x
va shaddod, goh dovulday isyonkor va nolakor ohang-chi. Bular shubhasiz katta
iste`dod nishonalaridir‖[3, 50].
Ushbu fikrlar isbotini biz shoirning istalgan she`ridan topishimiz mumkin.
Abdulla Oripovning ―Yuzma – yuz‖ she`rida shunday satrlarni uchratamiz:
―Istayman, qora rang qolmasin jinday,
Dostları ilə paylaş: