Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkentmoliyainstituti «Buxgalteriya hisobi»



Yüklə 44,26 Kb.
səhifə6/8
tarix15.05.2023
ölçüsü44,26 Kb.
#110440
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI bux

Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablag‘larni to‘lovchining) topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Akkreditivning amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi mablag‘larni to‘lovchi bilan mablag‘larni oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Shartnomada yana quyidagilar bo‘lishi kerak:

  • mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi;

  • akkreditivning turi va uni bajarish usuli;

  • akkreditiv ochilganligi haqida mablag‘larni oluvchini xabardor qilish usuli;

  • akkreditiv bo‘yicha mablag‘lar olish uchun mablag‘larni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi;

  • tovarlar jo‘natilganidan (xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar.

Akkreditiv quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • qoplangan (deponentlangan) akkreditiv;

  • qoplanmagan akkreditiv.

Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning o‘z mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank ixtiyoriga o‘tkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka akkreditivning butun summasini mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankda yuritilayotgan hisobvarag‘idan o‘chirish huquqini beradi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan shaklda bo‘lishi mumkin. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
Chek — chek beruvchining hisobvarag‘idan chek oluvchining hisobvarag‘iga chekda belgilangan summani o‘tkazish bo‘yicha topshiriq nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.
Chek-hisob-kitob hujati bo‘lib chek beruvchining chek oluvchining hisobiga chekda belgilangan (nazarda tutilgan) summani (mablag‘ni) o‘tkazish.1
Cheklar banklar buyurtmasiga muvofiq «Davlat belgisi» davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Chekning seriyasi va tartib raqami, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va firma belgisi bosma shaklda chor etiladi.
Cheklar jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladi.
Chekning maksimal summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar tomonidan belgilanadi.
BPK — bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi.
BPKlardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishda foydalaniladi.
Xalqaro BPKlar vakolatli banklar tomonidan muomalaga chiqariladi va ularga xizmat ko‘rsatiladi.

Yüklə 44,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə